N. U. Arabov I f. d, professor


Ziddiyatli vaziyatlarga qarshilik ko‘rsatish


Download 1.91 Mb.
bet128/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

Ziddiyatli vaziyatlarga qarshilik ko‘rsatish. Xeshlash jarayonidan o‘tganidan keyin bir xil xeshga ega bo‘lgan ikkita kiritilgan ma’lumotlarini ehtimoli imkon qadar nolga yaqin bo‘lishi kerak. Kriptovalyutalar raqamli xavfsizlik masalasi haqida gapirganda, bu xususiyat juda muhimdir. Kriptografiyada ikkinchi bir xil xeshni qidirish qobiliyatiga qarshi turish qobiliyati to‘qnashuvlarga qarshilik deb nomlanadi.

  • Ko‘chki ta’siri. Xeshlash jarayonida ushbu xususiyat, kiritilgan ma’lumotlarga hatto ozgina o‘zgartirishlar kiritish ham xeshni tubdan o‘zgartirishga olib keladi. Yuqoridagi misol 1 da bitta harfni almashtirish butunlay boshqa xeshga olib keldi. Kriptografik xesh funksiyalarining ushbu xususiyati blokcheyin 253

    xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlashda eng muhim rol o‘ynaydi. Har bir blok avvalgisining xeshini o‘z ichiga oladi va bitta blok ma’lumotlarini o‘zgartirish uchun avvalgisining ma’lumotlarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi va hokazo.
    Xesh funktsiyalaridan foydalanish sohalari
    Xesh - funktsiyalarning keng rivojlanishi va qo'llanilishi axborot, komminikatsion, tarmoqli texnologiyalarning rivoji bilan bog‘lash mumkin. Hozirgi vaqtda kriptografiya, ma’lumotlarni uzatish xavfsizligi, himoyalanishga asoslangan ko‘plab masalarni yechish uchun keng qo‘llaniladi. Eng muhimlarini va yuqori talabga ega bo‘lganlarini ko‘rib chiqamiz:

    1. Oddiy xesh- funksiyalari TCP / IP protokollari va Internet tarmog‘ida boshqa protokollar va algoritmlar orqali paket uzatilishining yaxlitligini tekshirish vaq apparatdagi xatolar va nosozliklarni aniqlash uchun ishlatiladi. Agar xesh summasining hisoblangan qiymati paket bilan birga yuborilgan nazorat summasiga to‘g‘ri kelsa, demak, paketda ma’lumot yo‘qolgan yoki o‘zgarishlar yo‘q.

    2. Shunga o‘xshash sxema blokcheyin texnologiyasida ham qo‘llaniladi, bu erda xesh to‘lov zanjiri yaxlitligining kafolati bo‘lib, uni ruxsatsiz o‘zgarishlardan himoya qiladi. Xesh - funksiyalari tufayli blokchein yaxlitligini buzish juda qiyin. Shuning uchun, uning asosida ko‘plab kriptovalyutalar yaratildi, eng mashhur kriptovalyuta - Bitcoin. Shuni ta’kidlash kerakki, Bitcoin 2009- yildan beri mavjud bo‘lib, hozirga qadar uning yaxlitligi buzilmagan.

    3. Xeshlash texnologiyasi tufayli yaqinda keng ishlab chiqilgan va foydalanilayotgan elektron raqamli imzo (ERI) texnologiyasini yaratish mumkin bo‘ldi. Xesh yordamida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatning haqiqiyligi tekshiriladi.Imzolangan hujjatlar o‘zgaruvchan (va odatda juda katta) hajmga ega bo‘lganligi sababli, elektron raqamli imzoda (ERI) imzo ko‘pincha hujjatning o‘ziga emas, balki uning xeshiga qo‘yiladi. Xeshni hisoblash uchun kriptografik xesh - funksiyalari qo‘llaniladi, bu imzolarni tekshirish paytida hujjat o‘zgarishini aniqlashni kafolatlaydi. Xesh - funksiyalari elektron raqamli imzo algoritmining bir qismi emas, shuning uchun sxemada har qanday ishonchli xesh - funksiyasidan foydalanish mumkin.

    4. Login va parol orqali saytlar va serverlarga kirish uchun xeshlah foydalaniladi. Parollarni ochiq ko‘rinishda saqlash ishonchli emas. Shuning uchun barcha parollarning xeshlari saqlanadi. Foydalanuvchi o‘z parolining belgilarini kiritadi, maxsus dastur shu zahotiyoq xesh miqdorini hisoblab chiqadi va sayt ma’lumotlar bazasida saqlangan hash miqdorini tekshiradi. Ushbu turdagi xeshlash juda yuqori kriptografik salohiyatga ega bo‘lgan murakkab funktsiyalardan foydalanadi va parolni xeshdan tiklab olish mumkin bo‘lmasligi uchun ishlatiladi.

    Xesh - funksiyalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi:

    • hisoblash murakkabligi. Odatda, elektron hujjatning xeshi asl hujjat hajmidan bir necha baravar kichikroq va xesh hisoblash algoritmlari elektron raqamli imzo algoritmlariga qaraganda tezroq bo‘ladi. Shuning uchun, xesh hujjatni yaratish va unga imzo qo‘yish hujjatning o‘zi imzolagandan ko‘ra tezroq.

    • muvofiqligi. Ko‘pgina algoritmlar ma’lumotlar bitlarining satrlarida ishlaydi, ammo ba’zilari turli xil tasvirlardan foydalanadilar. Ixtiyrolik bilan kiritilgan matnni mos formatga o‘tkazish uchun xesh- funktsiyasidan foydalanish mumkin.

    • yaxlitligi. Xesh- funksiyasidan foydalanmasdan, ba’zi bir sxemalardagi katta elektron hujjat elektron raqamli imzoni qo‘llash uchun yetarlicha kichik bloklarga bo‘linishi kerak. Hujjatning haqiqiyligini tekshirishda barcha bloklarning qabul qilinganligini va to‘g‘ri tartibda bo‘lishini aniqlash mumkin emas.


    Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling