N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Issiqlik kimyoviy va issiq kislotali ishlov berish


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
6.3.Issiqlik kimyoviy va issiq kislotali ishlov berish 
 
Quduqqa issiqlik kimyoviy va issiq kislotali ishlov berish deb, issiq tuz 
kislotasi bilan ishlov berish jarayoniga aytiladi. Quduqda tuz kislotasi va reagentlar 
(Mg va boshqalar) reaksiyaga kirishib issiqlik ajralib chiqadi ya‘ni ekzotermik 
reaksiya ta‘sirida qizish ro‘y beradi. 
Quduqdan parafin va smolalarni tozalash neft oqimini yaxshilash uchun 
issiqlik kimyoviy usuldan foydalaniladi. 
Quduq tubida yuqori harorat hosil qilish uchun quduqqa kaustik soda, Mg va 
boshqalar tushirilib, tuz kislotasi bilan ta‘sirlashadi va issiqlik ajralib chiqadi. Kislota 
va Mg o‘rtasida quyidagi reaksiya jarayoni ro‘y beradi. 
Mg+2HCl+H
2
O=MgCl
2
+H
2
O+H
2
+110,2 kkal 
1 gramm molekula (og‘irligi bo‘yicha 24 gramm) Mg kislotada erishida 110,2 
kkal issiqlik ajralib chiqadi yoki 1 kg Mg tuz kislotasida eriganda 4520 kkal issiqlik 
ajraladi. 1 kg Mg ning to‘liq erishi uchun 18,62 litr konsentrasiyasi 15% bo‘lgan tuz 
kislota eritmasi kerak bo‘ladi. 
Tajriba usulida 15% li kislotada 1 kg Mg to‘liq eriganda quyidagi 
ko‘rsatkichlar olingan. 
70 litr kislota reaksiyadan keyingi harorati 85
0

80 litr kislota reaksiyadan keyingi harorati 75
0

100 litr kislota reaksiyadan keyingi harorati 60
0

120 litr kislota reaksiyadan keyingi harorati 50
0
C. 


70 
Kislotali ishlov berish murakkab jarayon hisoblanadi. Quduqqa ikki 
bosqichda ishlov beriladi: birinchi bosqichda issiqlik kimyoviy usulida ishlov 
beriladi; ikkinchi bosqichda oddiy kislotali ishlov beriladi. 
6.4.Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta’sir ko’rsatish 
Og‗ir qovushqoq, parafin va asfaltosmolali (5-6% dan yuqori) neftni qazib 
olishda quduq tubi atrofiga issiqlik ta‘sir usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta‘sir etish davriy olib borilib quduq uncha 
chuqur bo‗lmasligi kerak (1300 m gacha), quduqdan qizdirgich olingandan keyin 
suyuqlik yetarli issiqlikda qazib olinishini ta‘minlashi shart. 
Parafin va asfoltasmolali moddalarning quduq tubi atrofiga qotib qolishi 
bosimning tez o‘zgaradigan, ya‘ni quduq devoridan 2,5 metr masofagacha kuzatiladi. 
Bu sizishga qarshilikning juda ortishiga va quduq debitining pasayishiga olib keladi. 
Quduq tubi atrofi ikki usulda qizdiriladi: issiqlik tashuvchini (to‗yingan yoki 
qizdirilgan bug‗, eritma, issiq suv yoki neft) qatlamga ma‘lum chuqurlikka haydash 
orqali; 
Quduq tubiga qizdiruvchi moslamani elektropech yoki maxsus chuqurlik gaz 
gorelkalarini tushirib ishlov berish. 
Ikkinchi usul arzon va sodda. Bundan tashqari tog‗ jinsining issiqlik 
o‗tkazuvchanligi pastligida elektroqizdirish usuli qatlamga issiqlik tashuvchilarni –
suv yoki bug‘, kondensat haydash bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Elektroqizdirish orqali ishlov berishda qatlamning issiqlik o‗tkazuvchanligi past 
bo‗lgan holatda 40
o
C gacha harorat o‗zgarishi 1m gacha bo‗ladi. 
Issiqlik tashuvchilarni haydashda qizdirish radiusi 10-20 metrgacha yetadi 
buning uchun statsionar qozonxona qurilmasi-bug‘generatori kerak bo‗ladi. Quduq 
tubi atrofiga elektroqizdirgichlar bilan davriy ishlov berishda quvvati bir necha o‗n 
kVt bo‗lgan elektroqizdirgichlar maxsus kabel-tros bilan kerakli chuqurlikka 
tushiriladi. Elektroqizdirgichning quvvatni oshirish, u o‗rnatilgan joyda neftdan koks 
hosil bo‗lishini ta‘minlovchi haroratga 180-200 
о
С gacha oshiradi. 


71 
Quduq tubi atrofini davriy qizdirish uchun ЗИЛ-157Е avtomashinasiga 
o‘rnatilgan o‘zi yurar СУЭПС-1200 markali elektroqizdirgichlardan foydalaniladi. 
Avtomabil dvigateli bilan harakatlanadigan baraban korataj lebedkasi bilan 
mashinada joylashtirilgan. Barabanga uzunligi 1200 m, diametri 18 mm bo‘lgan 
КТНГ-10 kabel –kanat o‘ralgan. Kabel –kanat uchta tok o‘tkazuvchi ko‘ndalang 
kesimi 4 mm
2
simdan va uchta ko‘ndalang kesimi 0,56 mm
2
bo‘lgan simdan tashkil 
topgan bo‘ladi. 
6.3-rasm.Quduq elektroqizdirgichi: 
1-kabel ushlagich; 2-o‘tkazgich bandaji; 
3-kabel-trost; 4-qizdirgich boshchasi;
5-asbest opletka; 6-quyma qo‘rg‘oshin; 
7-pastki gayka; 8-qisqich bo‘shlig‘i;
9-qizdiruvchi quvur 
1m kabel og‘irligi 8 N. Bir o‘qli tirkamaga quduqdan neftni haydashda 
qo‘llaniluvchi markazdan qochma elektronasos qurilmasini boshqaruv stansiyasi va 
avtotransformator o‘rnatilgan bo‘ladi. 
СУЭПС-1200 qurilma jamlanmasiga uchta quduqqa xizmat qilish uchun 
mo‘ljallangan tirkama, shu bilan birgalida yer usti qo‘l yordamida ko‘targichi, blok-
balans uch oyog‘i, ustki kabel qisgichi va boshqa yordamchi jixozlar kiradi. 
Qizdiruvchi element diametri 11 mm li qizil misdan tayyorlangan uchta U- shaklidagi 
quvurchadan tashkil topgan bo‘ladi (6.3-rasm). Qizdiruvchi quvurcha mexanik 
zararlanishidan himoya qilish uchun yuqorisidan metal qopqoq bilan yopilgan 
bo‘ladi. Quvvati 10,5 kVt bo‘lgan qizdirgich tashqi diametri 112 mm va uzunligi 2,1 
m va quvvati 21 kVt bo‘lgan qizdirgich uzunligi 2,1 m. Elektroqizdirgich yuqori 


72 
qismiga termopara mahkamlanib u kabelning signal beruvchi simiga ulanib, u 
qizdirish davridagi quduq tubidagi harorat quduq ustida qayd qilib boriladi. Quduq 
ustida kabel-kanat boshqaruv stansiyasi va past voltli (380 V) set bilan bog‘langan 
avtotransformatorga ulanadi.
Elektroqizdirgichni quduq tubi atrofida qo‘llash amaliyoti ko‘rsatishi 
bo‘yicha, quduq tubidagi harorat uzluksiz 4-5 sutka qizdirilganda barqarorlashadi. 
Ayrim holatlarda 2,5 sutkada harorat barqarorlashadi (6.4-rasm). 
6.4-rasm. Elektroqizdirish jarayonida quduq tubi haroratining o‘zgarishi: 
1-21 kVt; 2-10,5 kVt; 3,4-21 kVt; 5,6,7-10,5 kVt 
1,2-egri chiziqlar Arlansk koni uchun; qolganlari-Ishimbaysk koni uchun 
Quduqda olib borilgan o‘lchashlar orqali harorat tarqalishi yuqoriga 20-50 m 
va pastga 10-20 m tashkil qilgan. O‘zbekistonda quvvati 10,5 kVt bo‘lgan qizdirgich 
bilan 5-7 sutka qizdirilgandan keyin harorat tushishi 3-5 
o
C/soatni tashkil qilgan. 
Shuning uchun quduq tubiga ishlov berilgandan keyin quduq tezda ishga tushirilishi 
kerak bo‘ladi.
Ishlov berish ta‘siri 3-4 oy davom etadi. Qayta qizdirishda samaraning past 
bo‘lishi kuzatiladi. 
Ozbekistonda 814 elektroqizdirgich bilan ishlov berilib, 66,4% samarali 
bo‘lgan, bunda bitta muvoffaqiyatli ishlov berish orqali 70,3 t qo‘shimcha neft qazib 
olingan. 
Chuqur bo‘lmagan quduqlarda quduq tubi atrofiga siklik bug‘ haydash usuli 
elektroqizdirish usulidan samarali hisoblanadi. Bug‘ haydashda issiqlik energiyasi 
miqdori haydalayotgan chuqurlikka bog‘liq bo‘ladi. Konda o‘tkazilgan tekshirishlar 


73 
natijasida aniqlanishicha 800 m chuqurlikka 1 t/soat tezlikda bug‘ haydalsa, 
samarasiz bo‘ladi. Haydash tezligi qancha katta bo‘lsa NKQ da harorat yo‘qotilishi 
shuncha kam bo‘ladi. Nazariy va amaliy baholash natijasida aniqlanishicha haydash 
tezligi 4-5 t/soatda 800 m chuqurlikka issiqlik tashuvchi haydalganda NKQ da 
harorat yo‘qotilish 20 % kamayadi. 
Quduq tubiga issiq bug‘ bilan ishlov berish uchun harakatlanuvchi ППГУ-
4/120M, ДКВП-10/39 va chet elda ishlab chiqarilgan ―Takuma‖, КСК va boshqa shu 
kabi qurilmalardan foydalaniladi. Harakatlanuvchi bug‘ generator qurulmasi katta 
og‘irlikka ega, bir nechta bloklardan tashkil topgan bo‘ladi, uni o‘rnatish joyiga 
prokladka, suv va gaz quvuri kerak bo‘ladi. Stasionar qurilmalar ishlov beriladigan 
quduqlar guruhi atrofiga o‘rnatilib, vaqtinchalik bug‘ o‘tkazgichlar bilan ulanadi. 
Quduq jixoziga quduq ustini bog‘lash uchun issiqlikka bardoshli maxsus 
armatura, quvur orti qismini ajratish uchun issiqlikka bardoshli paker, NKQ va 
mustahkamlovchi quvurlar tizmasida haroratni kompensatsiyalash uchun maxsus 
quvurli harorat kompensatorlari kiradi. 
1 t qo‘shimcha neft olish elektroqizdirgich bilan ishlov berishga nisbatan 
siklik bug‘ haydashda 2,8 marta ko‘p issiqlik (issiqlik bilan ishlov berishda 333 000 
kJ, elektroqizdirgich bilan ishlov berishda 120000 kj sarflanadi)sarflanadi.

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling