N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Quduqni to‘xtatilgandan keyin suyuqlik oqimini hisobga olgan holda


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqni to‘xtatilgandan keyin suyuqlik oqimini hisobga olgan holda 
bosimning egri tiklanishi bo‘yicha tadqiqot ishlari natijalariga ishlov berish. 
Ba‘zi hollarda, quduqlarni tadqiqot qilishda, ∆P, lgt koordinatalarida 
BETning to‗g‗ri chiziqli qismini olib bo‗lmaydi. Ko‗pincha bu quduq yopilgach 
suyuqlikning qatlamdan quduqqa davomli oqishi (yoki teskarisi) ning ta‘siri sabab 
bo‗ladi. Ko‗rsatilgan holatlarda quduq to‗xtatilgandan keyin suyuqlik oqimining 
qatlamdan quduqqa harakatini hisobga olgan holda tadqiqot qilish natijalariga ishlov 
berish kerak bo‗ladi.
Quduqqa suyuqlik oqimi hisobga olgan holda BETga ishlov berish uchun 
quduq tubida vaqt bo‗yicha bir vaqtning o‗zida bosim o‗zgarishini va suyuqlik 
oqimini qayd qilib boriladi, yoki quduq ustida quvur ichi va quvur orti bosim 
o‗zgarishi vaqt bo‗yicha o‗lchanadi (favvora va kompressor quduqlari uchun), 
chuqurlik nasosi bilan ishlatilayotgan quduqlarda esa quvur orti qismida suyuqlikning 
dinamik sathi aniqlanadi. 


105 
Qatlam va quduq parametrlarini aniqlash maqsadida quduqqa suyuqlik 
oqimini hisobga olgan holda BETga ishlov berishning bir nechta usuli mavjud. 
Tadqiqot natijalari asosida ko‗pgina tadqiqotchilar (mualliflar) (yuqori aniqlikka ega 
bo‗lgan chuqurlik manometrlari bilan bajarilgan tadqiqot natijalari bo‗yicha va egri 
chiziqning gipoteza (faraziy) usullarni taqqoslash) BET qayta ishlashda 2 ta usul 
qo‗llashni tavsiya etiladi. 
Suyuqlikning sekinlashgan (sustlashgan) oqimida E.B.Chekalyukning integral 
usulini qo‗llash afzalroq, oqimning yuqori tezligining so‗nib borishida 
Y.P.Borisovning differensial usulini qo‗llash kerak bo‗ladi. Integral usulni BETning 
nuqtalar tarqalgan holda ham qo‗llash mumkin. 
7.6.Gidroeshitish usuli 
Quduqni BET usulida tadqiqot qilishda ishga tushirish yoki to‗xtatish qo‗shni 
quduqlarning ishiga ta‘sir ko‗rsatadi. (quduqlar interferensiyasi) Bu ta‘sirning 
darajasi qatlam sistemasi xossasidan va debitning jadal impulsiga bog‗liq bo‗ladi. 
Quduqni interferensiya natijalari bo‗yicha qatlam joylashishi va xossalarini o‗rganish 
gidroeshitish deyiladi. 
Gidroeshitish usuli tadqiqot qilinayotgan quduqlarda gidrodinamik aloqa 
o‗rnatishga mo‗ljallangan. Bu tadqiqot bir quduqqa (qo‗zg‗atuvchi) ta‘sir 
ko‗rsatganda boshqa quduqda (ta‘sirlanishi) bosim o‗zgarishini kuzatishni o‗z ichiga 
oladi. 
Bu usul bosim to‗yinish bosimidan yuqori bo‗lganda qo‗llaniladi va bir fazali 
suyuqlik yoki suvneft aralashmalarining filtratsiya sharoitida foydalaniladi. 
Maqsad: tadqiqot o‗tkazilayotgan quduqlar oralig‗ida gidroo‗tkazuvchanlik ε 
va pezoo‗tkazuvchanlik χ ning o‗rtacha qiymatini aniqlash. 
7.12. 
rasm. 
Gidroeshitish 
usulida 
tadqiqot etish sxemasi. 
1-qo‗zg‗atuvchi quduq, 2-ta‘sirlanuvchi 
quduq, 3-qatlam, 4-chuqurlik manometri (yoki 
difmanometr). 
ε
1
va ε
2
quduq tubi zonasi qatlam 
gidroo‗tkazma koeffitsienti, ε
1
va ε
2
– qatlam 
olis zonasida gidroo‗tkazma koeffitsienti. ε
3
– 


106 
qo‗zg‗atuvchi va ta‘sirlanuvchi quduqlar oralig‗idagi qatlam gidroo‗tkazuvchanlik 
koeffitsienti. 
Tadqiqot qilinayotgan quduqlarni taqqoslaganda quduq tubi zonasi va 
quduqning olisroq zonasidagi olinayotgan qiymatlarning 3 ta varianti bo‗lishi 
mumkin. 
1) ε
1
≥ ε
2
va ε
1
;
2) ε
3
< ε
2
va ε
1
– turli jinsli zonasi mavjud; 
3) ε
3
=0 – o‗tkazuvchan chegara mavjud. 
Gidroeshitish usulining turlari: 
1. Sakratish usulida qo‗zg‗atuvchi quduq debitini o‗zgartirish. 
2. Qo‗zg‗atuvchi quduq debini ravon o‗zgartirish. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling