N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
9.2.Favvora quvurlarini qo’llash
Suyuqlik va gazning o‘zgarmas sarfida jami yo‘qatish ko‘taruvchi quvur diametriga bog‘liq ekanligini bilamiz. Diametr qancha kichik bo‘lsa napor yo‘qotilishi shuncha katta, teskarisi, diametr qancha katta bo‘lsa bosim yo‘qotilishi shuncha kichik bo‘ladi. Diametri 63 mm li quvurlar tizmasidan doimiy gaz sarfida yo‘qotilish minimal bo‘lgan (77-rasmga qarang). Bundan shuni aytish mumkinki, suyuqlik va gazning har qanday sarfi uchun jami napor yo‘qotilishi minimal bo‘ladigan ko‘taruvchi quvur diametrini tanlash mumkin bo‘ladi. Suyuqlik va gaz aralashmasining quduq tubidan ustigacha harakatlanishida napor yo‘qotilish o‘zgarish aniqlangan. Bir xil diyamertli tizmada napor yo‘qotilishi quduq tubiga nisbatan, ustiga yaqin joyda ko‘proq bo‘ladi. Yo‘qotilish minimal bo‘ladigan ma‘lum samarali oqim tezligi mavjud. Ko‘taruvchi quvur uzunligi bo‘yicha samarali oqimni ta‘minlash uchun, favvora qudug‘i diametri o‘zgaruvchan bo‘lishi kerak. Amalda tizmaning diametrini pastdan tepaga kattalashib boradigan qilib tayyorlash qiyin. Shuning uchun ayrim holatda yuqorisida katta diametrli pastiga kichik diametrli quvurlar tushiriladigan pog‘onali ko‘targichlardan foydalaniladi. Bu konstruksiya noqulay: ko‘taruvchi quvurning diametrik har xilligi porshenlash orqali o‘zlashtirish imkonini cheklaydi. Favvoralanishi kutilayotgan barcha quduqlarda o‘zlashtirishdan oldin favvora quvuri tushiriladi. Bu uchi tekis yoki bo‘rtgan diametri 25 dan 100 mm standart nasos-kompressor quvurlaridir. Quduqning ko‘taruvchi quvurdan favvoralanishida, ishlatuvchi quvurlar tizmasidan favvoralanishiga nisbatan qatlam energiyasi samarali sarflanadi. Bundan tashqari gaz faktori kamayadi, favvoralanish davri uzayadi. Favvora quvurini qo‘llash oqim harakati tezligini boshqarish va qatlamga qarshi bosim hosil qilishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Quduqda favvora quvuridan foydalanish, qum tiqini hosil bo‘lishini oldini olish imkonini beradi. Favvora quvurining ishlatilishi quduq usti birikmalarining ishdan chiqishida quduqni to‘xtatish imkonini beradi. 122 Neft qudug‘ini ishlatish usullari ichida iqtisodiy jihatdan eng samaralisi favvora usuli hisoblanadi. Odatda quduq favvoralanishning dastlabki davrida, gaz faktori kichik bo‘ganda ham suyuqlikni ko‘tarishda energiya sarfi yuqori bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan energiyaning ortiqcha yo‘qotilish kamayadi va shunday vaqt keladiki qatlam energiyasi faqat suyuqlikni ko‘tarish uchun sarflanadi. Keyinchalik suyuqlikni yer yuzasiga ko‘tarish uchun qatlam energiyasi yetmaydi, energiyani yer yuzasidan kiritishga, yani ishlatishning mexanizasiyalashgan usullariga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Favvoralanishni uzoq davom etishini ta‘minlash uchun, favvoralanish ohirgi davrda yuqori F.I.K bilan ishlaydigan ko‘taruvchi quvur tanlash kerak bo‘ladi. Ko‘targich samarali debit Q sam rejimida ishlaganda favvora ko‘targich ohirgi favvoralanish davri uchun diametri A.P.Krilov formulasi orqali aniqlash ham mumkin. (9.11) d-favvora quvuri diametri, m da; L-favvora quvurlari tzmasining diametri, m da; ρ-neftning zichligi, t/m 3 ; g-og‘irlik kuchi tezlanishi, m/sek 2 ; p bash -favvoralanish ohiridagi favvora quvurlari tizmasi bashmagidagi bosim n/m 2 ; p u -favvoralanish oxiridagi usti bosimi n/m 2 ; Q sam -samarali debit m 3 /sutka. Agar hisob natijasida olingan diametr standart quvur diametriga to‘g‘ri kelmasa, unga yaqin bo‘lgan standart quvurdan yoki pog‘onali quvurdan foydalaniladi. Bunday holatda quvurlar tizmasining uzunligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: (9.22) Bu yerda l-tizmaning yuqori, yani katta diametrli qismining uzunligi m da; L-tizmaning umumiy uzunligi m da; 123 d-hisob natijasida olingan diametr m da; d 1 -standart quvurga yaqin kichik quvur diametr (pastki pog‘ona) m da; d 2 -standart quvurga yaqin katta quvur diametr (pastki pog‘ona) m da, d 2 >d>d 1 . Tanlangan ko‘targich konstruksiyasi fovvoralanishning ohirgi davri uchun mo‘ljallangan bo‘lib, favvoralanishning boshlang‘ich davri uchun xizmat qila olishini bilishimiz uchun, maksimal o‘tkazuvchanlik qobilyatini quyidagicha aniqlaymiz Agar quduqning boshlang‘ich debiti yuqoridagi formula bilan aniqlangan ko‘rsatkichdan katta bo‘lsa, favvoralanish ohirgi davri uchun hisoblab topilgan diametr boshlang‘ich davri uchun xizmat qila olmaydi. Favvoralanish boshlang‘ich davri uchun quvur diametrini quyidagicha aniqlaymiz (9.13) Bu yerda belgilashlar yuqoridagi formuladagidek. Favvoralanish boshlang‘ich davri uchun hisoblab topilgan quvur, favvoralanish ohirgi davri uchun maksimal F.I.K. bilan ishlamaydi. Buday holatda favvoralanish davrini uzaytirish uchun katta diametrli quvurni kichik diametrli (50, 38, 30 va 25 mm) quvurlarga almashtirilib yerishiladi. Favvora quvuri diametrini aniqlash bo‘yicha A.P.Krilov formulasidan tashqari, G.N.Gaziyev va V.S.Melikovlar tuzgan formulalar ham mavjud. Bu formulalar quyidagi ko‘rinishga ega. Favvora quvurlari diametrini aniqlash uchun quyidagi formulalarlardan foydalanish mumkin a) A. P. Krilov formulasi (9.14) yoki soddaroq ko‘rinishda (9.15) 124 b) G.N.Gaziev formulasi (9.16) yoki soddaroq ko‘rinishda (9.17) v) V.S. Melikov formulasi (9.18) yoki soddaroq ko‘rinishda (9.19) bu yerda; d – favvora quvuri ichki diametri, dyum da; Q – suyuqlik debiti, t/sut da; H – quduq tubi chuqurligi, m da; P q.tub – quduq tubi bosimi , kg/sm 2 da; P u – quduq usti bosimi , kg/sm 2 da; ρ suyuk - suyuqlikning nisbiy zichligi U yoki bu diametrli favvora quvurini quduqqa tushirilishidan oldin, shu tanlangan diametrli quvurni quduqqa tushirilishi mumkinligini tekshirish shart. Chunki quduqni ishlatish davrida qum tiqinlar hosil bo‘lishi favvora quvurini qisilishi ro‘y berishi mumkin, bunda quduqda qisilish bo‘ladigan joyda ma‘lum diametrdan katta bo‘lmasligi kerak bo‘ladi: Quduq diametri 102mm bo‘lsa 50 mm Quduq diametri 125 mm bo‘lsa 63 mm Quduq diametri 150 mm bo‘lsa 75 mm Quduq diametri 175 va 200 mm bo‘lsa 102 mm Favvora quduqlarida qo‘llaniladigan nasos kompressor quvurlari S, D,E,K,L va M mustahkamlik guruhidagi po‘latlardan tayyorlanadi. Quvurlar uchlari tekis va bo‘rtib chiqqan holda tayyorlanadi. Nasos kompressor quvuri birikishiga qarab; yechilib tarqatilmaydigan va yechilib tarqatiladigan turlariga bo‘linadi. Yechilib tarqatiladigan quvurlar birikishiga ko‘ra muftali va muftasiz turlariga bo‘linib, muftali quvurlarning o‘zi uchlari payvandlangan, uchlari tekis va tashqariga bo‘rtib chiqqan turlari mavjud. Muftasiz nasos kompressor quvurlari ichkariga bo‘rtib chiqqan va tashqariga bo‘rtib chiqqan turlariga bo‘linadi. 125 Nasos kompressor quvurlari yasalgan materiallariga ko‘ra metal va nometal NKQga bo‘linadi. Metal NKQ lar oson eriydigan va po‘latlardan tayyorlangan NKQga bo‘linadi. Ular ham o‘z navbatida qoplamali va qoplamasiz turlariga bo‘linadi. Qoplamalar emal va epoksidlar yordamida hosil qilinadi. Nometall nasos kompressor quvuri oyna tolasidan, polimerlardan va aralash materiallardan tayyorlangan bo‘ladi. Bir xil o‘lchamli NKQ ning chegaralangan tushirilish chuqurligi 9.3-jadvalda keltirilgan 9.3-jadvalda Nominal diametri, mm Mustahkamlik guruhi Tushirilish chuqurligi, m Bo‘rtibchiqqan Tekis 38 50 63 75 102 D E D E D E D E D E 1750 2550 2050 2850 2050 3100 2150 3100 1950 2850 3150 4550 3150 4500 3000 4500 3100 4500 3150 4500 Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling