N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


-rasm.Favvora armaturalarining standartlashtirilgan sxemalari


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

9.2-rasm.Favvora armaturalarining standartlashtirilgan sxemalari: 
1-manometr; 2-ventil; 3-manometr osti bufer flanetsi; 4-zichlovchi moslama; 
5-uchlik; 6-drossel; 7-quvur boshchasi o‗tkazgichi; 8-javob flanes
*
; 9-quvur uchi; 10-
krestovina 
9.3-rasm.GOST 13946-84 bo‗yicha favvora armaturalarining sxemalari: 
belgilashlar 9.2-rasmdagidek. 


130 
GOST 13946-89 bo‘yicha favvora armaturalari standartlashtirilgan sxemalari 
GOST 13946-84 dan farqi, har bir sxema a va b variantda tayyorlanib, a variantida 
bir qatorli, b-variantida ikki qatorli ko‘targichga mo‘ljallangan armatura beriladi. 
9.4-rasm: Sinash bosimi 250 kg/sm
2
bo‘lgan ikki qatorli ko‘targichlar uchun 
uchlik turidagi flansli favvora armaturasi. 
9.4–rasmda sinash bosimi 250 kg/sm
2
ga mo‘ljallangan uchlik turidagi 
favvora armaturasi ko‘rsatilgan. U barcha qismlarining o‘tish kesimi 63 mm bo‘lgan 
favvora archasi va diametri 100 va 63 mm bo‘lgan ikki qator ko‘targichli quvurni 
osib qo‘yish uchun mo‘ljallangan quvur uchidan tuzilgan. 
Quvur boshchasi (9.4–rasmga qarang) tizma uchi flansi 1 ga mahkamlangan 
to‘rtyoq 6, uchlik 8 va katushka 7 dan tuzilgan. To‘rtyoq ikkita chiqishga ega bo‘lib 
unga ø 63 mm bo‘lgan zulfin 5 ulanadi. Chap tomondagi chiqish chizig‘i ø 100 mm 
bo‘lgan birinchi qator quvuri va ishlatish quvurlari tizmasi orasidagi bosimni aniqlash 
uchun xizmat qiladi. Bufer quvurgacha payvandlangan quvurga ventil 3 manometr 4 
bilan mahkamlanadi. Bu manometr bilan o‘lchangan bosim quvur orti bosimi deb 
ataladi. To‘rtyoqning ikkinchi tomoni quduqni ishga tushirishda quvur ortiga 
suyuqlik haydash uchun xizmat qiladi. Katushka 7 ning pastki qismining ichiga rezba 
ochilgan bo‘lib unga nasos-kompressor quvurining rezbali nippeli mahkamlanadi. 


131 
Favvora archasi ikkita uchlik 8, olti - ettita zulfin 7 va bufer 9 dan iboratdir. 
Favvora archasi ikki yoki uchta yon tamonga ega bo‘ladi, uni tashlama deb ham 
ataladi. Yuqoridagi tarmoq ishchi, pastkisi zaxirada bo‘ladi. Zaxiradagi tashlamadan 
shtuserlarni almashtirgich yoki archa yuqorisidagi qismlarini almashtirish va 
ta‘mirlashda foydalaniladi. Ayrim hollarda quduqni ishga qo‘shish vaqtida dastlab 
ko‘p qum va loylar qo‘shilib chiqadi, buni tozalash uchun barcha tarmoqlar 
ishlatiladi. Tozalangandan keyin pastki tarmoq yopiladi va yuqorisidan mahsulot 
olinaveradi. 
Katta bosim va favvora oqimi tarkibida qum aralashmasi ko‘p bo‘lsa, 
tashlamada ikkitadan zulfin o‘rnatiladi. Ishchi tashlamadagi quduq o‘qidan birinchisi 
zaxiradagi, ikkinchisi esa ishchi hisoblanadi. Favvora archasining pastki katushka 
bilan birikkan joydagi zulfini asosiy, ya‘ni markaziy zulfin deyiladi. U doimo ochiq 
holda bo‘ladi, qachon quduq to‘xtalishi kerak bo‘lsa yopiladi. Uchliklar orasidagi 
ikkinchi zulfin undan yuqoridagi qismlarni almashtirishda ishlatiladi. Yuqoridagi 
bufer tag‘idagi zulfin buferni almashtirishda ishlatiladi. Quduq normal ishlash 
vaqtida bu zulfin doim ochiq bo‘ladi, chunki u orqali manometrga oqim borib turadi. 
Bu zulfin quvurda tekshirish ishlari olib borish uchun lubrekator o‘rnatish vaqti 
ishlatiladi. Buferda o‘rnatilgan manometr yordamida o‘lchangan bosim bufer bosimi 
yoki usti bosimi deb ataladi. Bir qator ko‘targich favvora armaturasining, ikki qator 
ko‘targich uchun mo‘ljallangan favvora armaturasidan farqi yana bitta qo‘shimcha 
uchlik bo‘ladi. Unda 4 katushka turtyoq 2 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan bo‘ladi. 
Yuqori bosimli (300-500 kg/sm
2
) quvurlar uchun favvora armaturasi 
ikkitadan zulfin bilan jixozlangan bo‘ladi. Bunday bosimda barcha to‘rtyoqli 
armaturalar markaziy zulfinlar ham, tarmoqlardagi zulfinlar ham ikkitadan 
jixozlanadi. Favvoralanayotgan oqim tarkibida qum miqdori kam bo‘lsa to‘rtyoqli 
armatura qo‘llansa yaxshiroq bo‘ladi. Uning balandligi uncha katta bo‘lmaydi va 
unga xizmat qilish oson bo‘ladi. 


132 
9.5-rasm. Sinash bosimi 250 kg/sm
2
bo‘lgan bir qatorli ko‘targichlar uchun 
to‘rtlik turidagi flansli favvora ko‘targichi. 
1-manometr; 2-ventil; 3-bufer; 4-zulfinlar; 5-to‘rt yoq; 6-
o‘tkazgich(katushka); 7- quvurcha; 8-quvur boshchasining to‘rt yog‘i; 9-aulfinlar; 10-
shtutser; 11-tizma boshchasi; 12- buffer. 
Sinash bosimi 250 kg/sm
2
bo‘lgan ikki qatorli kutargich uchun flansli 
turtyoqli favvora armaturasi 9.5-rasmda keltirilgan. U ikkita uchlik o‘rniga bir dona 
to‘rtyoq qo‘yilganligi bilan uchlikdan farqlanadi. Bunday turdagi armaturaga shtuser 
oqim pastga burilgandan keyingi joyga qo‘yiladi. Har ikkala tarmoqdan hoxlagan 
bittasi ishchi, ikkinchi zaxirada bo‘lishi mumkin, shuning uchun har bir tarmoqqa 
ikkitadan zulfin o‘rnatiladi. 
To‘rtyoqli armaturaning asosiy kamchiligi, to‘rtyoq shikastlanganda 
almashtirish uchun quduqni to‘liq to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. 
Ayrim armaturalarda klinali zulfin o‘rniga murvvat o‘rnatilgan bo‘ladi. 
Murvatning zulfinga nisbatan afzalliklari: 
1) murvatning tashqi o‘lchami va og‘irligi zulfindan kichik bo‘lib, bu 
armaturaning tashqi o‘lchami va og‘irligini kichkina bo‘lishini ta‘minlaydi; 
2) murvatda oqish muhiti, deyarli o‘z yunalishini o‘zgartirmaydi; 
3) murvatni ochish – yopish tez amalga oshirilishi. 
Bu armaturalar o‘zagidagi o‘chish teshigi diametri 62 mm va yonidagi teshik 
diametri 60 mm. 


133 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling