N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Favvora qudug’i ishini muofiqlashtirish
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
9.5.Favvora qudug’i ishini muofiqlashtirish
Har bir favvora qudug‘i qatlam energiyasini oqilona sarflab ishlatish taqazo etadi. Shunday ishlash rejimini o‘rnatish kerak bo‘ladiki, yani shunday debitni, bunda bir tonna neftni qazib olish uchun eng kam energiya sarflansin. Quduqda bunday debitni ta‘minlash uchun, quduq tubiga kelayotgan qatlam energiyasini sarflanish darajasini boshqarish lozim bo‘ladi. Buning uchun shtutser deb nomlanuvchi teshikli diafragmani o‘rnatish yo‘li bilan favvora quvvuri bashmagiga yoki quduq ustida qarshi bosim hosil qilinadi. Quduqda shtutser teshigi diametrini almashtirib, suyuqlik va gaz qazib olish ko‘rsatkichini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Shtutserni quduq tubiga o‘rnatishda (ko‘taruvchi quvur uchiga) quduq usti bosimi, shtutserni archadan chiqishga qo‘yilgan holatdan sezilarli past bo‘ladi. Yer yuzasida o‘rnatilgan shtutserning kichik teshigidan o‘tgan gazsuyuqlik aralashmasi armatura qismlarining muzlashiga olib keladi. Chuqurlik shtutseridan foydalanishda aralashma kichik teshikdan hardoyim harorati yuqori bo‘lgan chuqurlikda o‘tadi va shuning hisobiga armaturaning muzlashi kuzatilmaydi. Chuqurlik shtutserini boshqarish va almashtirish qiyinligi tufayli qo‘llash keng tarqalmagan. 137 Favvora armaturasi qismlarining muzlashi (gidrot hosil bo‘lishi), shu bilan birgalikda mahsuloti tarkibida qum zarrachalari bo‘lgan quduqda shtutserning yemirilishini oldini olish uchun bosqichli shtutserdan, yaniy chiqish chizig‘iga diametri kattalashtirilib boriladigan ikki yoki uch bosqichli shtutserdan foydalaniladi (9.6-rasm). Shunday qilib umumiy bosimlar farqi birnechta shtutserga bo‘linib oqim tezligi pasayadi shtutser yemirilishi va gidrat hosil bo‘lishi oldi olinadi.Shtutserlarning ohirgisi (kichigi) ishchi sanaladi. Usti shtutserlar markazida teshik hosil qilingan quyma silindir (Suraxansk shtutseri) va o‘rtasida teshigi mavjud disk ko‘rinishida bo‘ladi. (9.7-rasm). Teshik diametri 3 dan 15 mm gacha, ayrim holatda undan ham katta bo‘ladi. Shtutser 1 yon chiqish chizig‘iga zulfindan keyin maxsus shtutser quvurchasiga 2 flants 3 bilan bolt yordamida mahkamlanadi. O‘zi bilan qum zarrachalarini olib kelayotgan oqim shtutserdan chiqishda 0,3 m masofagacha quvur devorlarini yemiradi. Shtutserni almashtirishni osonlashtirish uchun uzunligi 1-1,2 m qalin devorli quvurchalardan foydalaniladi. 9.8-rasm. Ko‘p bosqichli shtutserlar. Quvurcha diametri 100 yoki 150 mm bo‘lgan burg‘ilash quvuridan tayyorlanadi. Almashtirishni oson bo‘lishi uchun har ikkala tomonida flansi bo‘ladi.Bir muncha soda yer usti shtutseri bir tomonida flansi bo‘lgan slindir 138 ko‘rinishidagi shtutser hisoblanadi. Buni vtulkali shtutser deb ataladi va ikkita flanes oralig‘iga mahkamlanadi. Kamchiligi yemirilgan shtutserni qayta ishlatilmasligi va uni almashtirish vaqti uzoqligidadir. 9.9-rasm.Shtutserlar: a-disk ko‘rinishida; b-vtulkali 9.10-rasmda neft oqimi tarkibida qum miqdori ko‘p bo‘lgan quduqda qo‘llaniladigan usti shtutseri. Bu shtutserning suraxansk turidan farqi oson almashadigan termik ishlov berilgan vtulka ko‘rinishida bo‘ladi.Uni almashtirishda korpusni yechmasdan shtutser 1 ni almashtiriladi. 9.10-rasm. Yechiladigan vtulkali shtutser: 1-shtutser korpusi; 2-shtutser quvurchasi; 3-shtutser vtulkasi. Mahsuloti tarkibida qum miqdori ko‘p bo‘lgan quduqda shtutser vtulkasining yemirilishini kamayrirish uchun vtulkasi turli qattiq eritmalardan tayyorlanadi. Favvora oqimida mexanik qo‘shimchalar ko‘p bo‘lsa shtutserlar tez yeyilish kuzatiladi va ularni tez-tez almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday quduqlarda tez yechib qo‘yiladigan shtutserlardan foydalaniladi. 139 Tezalmashtiriladigan shtutserlarning bitta vakili 9.11-rasmda keltirilgan. Shtutser flanes bilan nipple 1, qotiruvchi gayka 2, shtutser korpusi 3, prokladka-halqa 4, vtulka 6 bilan vkladish 5 nippel 8 ga joylashtirilgan, flans 7 bilan quvurcha 9 dan tashkil topgan bo‘ladi. Yechiladigan shtutser vtulka ligerlangan po‘latdan yoki qattiq qotishmadan tayyorlanadi, prokladka-halqa 4 qizil mis yoki kam uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. Bu shtutserning yaxshi tomoni, uni almashtirish uchun flansni yechish shart emas, buning uchun qotiruvchi gayka 2 ni burab, nippel 1 va shtutser korpusi 3 yechiladi. Vkladish 5 vtulka 6 bilan teshik 10 dan foydalanib osan chiqariladi (9.9- rasm A-A ga qarang). 9.11-rasm.Tezalmashtirladigan shtutserlar. Eski vtulka korpusdagi teshikdan chiqarib olinadi A-A kesmada ko‘rsatilgan, shundan keyin yangi vtulka qo‘yiladi va qotiruvchi gayka 2 teskari buralib qotiriladi. Bu shtutserning kamchiligi almashtirish vaqtida oqimni ikkinchi chiqish chizig‘iga yo‘naltirilishidir. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun o‘tkazish teshigi boshqariladiga shtutserlardan foydalaniladi. 9.12-rasmda boshqriladigan ignali shututser keltirilgan. Bu shtutserda favvora oqimi yo‘nalishi 90 o gacha o‘zgartiradi. Bu shtutser chiqish chizig‘i burilgan joyga maxovigi yuqoriga qilib o‘rnatiladi. Unda o‘tish kesimi yuzasini o‘zgartirish 140 maxovikni aylantirish hisobiga uchlikga o‘rnatilgan ignaning 3 vtulka 2 ga yaqinlashish va uzoqlashishi orqali amalga oshiriladi. Shtutserning ochilish kattaligi ko‘rsatkich7 strelkasi orqali aniqlanadi. O‘tish yuzasini tez o‘zgartirish mumkinligi uning yaxshi tomonidir. Bunday shtutserlarni mahsuloti tarkibida qum zarrachalari bo‘lmagan yoki juda kam bo‘lgan favvora quduqlarida qo‘llash tavsiya etiladi. Aks holda ignasining tez yeyilishi kuzatiladi. 9.12-rasm. Boshqriluvchi ignali shtutser. 1-korpus; 3-shtutser vtulkasi; 3-igna-uchlik; 4-shtok; 5-tayanch;6-gayka; 7- ko‘rsatkich. Amalda shtutser diametri quduqni tadqiqot qilish natijasida aniqlanadi. Yuqori gaz faktorli quduqlarda Gaziyev formulasidan foydalanish mumkin. Quduq usti shtutserlaridan tashqari ayrim holatlarda quduq tubi shtutserlardan foydalaniladi. 9.13-rasmda oddiy quduq tubi shtutseri keltirilgan. Ular tashqarisida bo‘rtib chiqqan joyi bo‘lgan o‘rtasi teshilgan po‘lat bolvankadan tayorlangan bo‘ladi. Shtutser favvora quvuri tizmasi pastki qismidagi ikki quvur muftasi orasiga o‘rnatiladi. Yemirilishga bardoshli bo‘lishi uchun qattiq qotishmadan tayyorlanadi. Uni almashtirish uchun ko‘taruvchi quvurlar tizmasini to‘liq yuqoriga ko‘tarib chiqariladi, bu ishni ishlatilayotgan favvora qudug‘ida amalga oshirish qiyin kechadi. 141 9.13-rasm. Quduq tubi shtutserining sxemasi. Odatda bunay quduq tubi shtutserlar bilan quduq ishi meyyorlanmaydi, pulsasiyani kamaytirish va tiqinlarni kamaytirish masqadida favvoralanish davri uchun o‘rnatiladi. Chet el amaliyotida quvurni quduqdan chiqarib olmasdan shtutserni almashtirish mumkin bo‘lgan turlari ham mavjud. Bunday shtutserlar quduqqa salnik-lubrekator bilan tushirilgan arqonlar yordamida o‘rnatiladi. Shtutserni tushirish vaqtida favvoralanish quvur ortidan amalga oshiriladi. Bizda chuqurlik shtutserlaridan foydalanilmaydi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling