N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
9.3.Favvora qudug’i usti jixozlari Ishlatish quvurlari tizmasi tushirilib sementlangandan keyin mustahkamlovchi quvurlar tizmasining yuqori qismini jixozlash muhim ahamiyatga ega. Mustahkamlovchi quvurlar tizmasining yuqori qismiga tizma boshchasi o‘rnatilib, u bilan quvurlar oralig‘i zichlanadi. Tizma boshchasi burg‘ilash ishlari tugatilgandan keyin ishlatish usulidan qat‘iy nazar har bir quduqda o‘rnatiladi, bundan tashqari qidiruv quduqlarida ham o‘rnatiladi. Tizma boshchasi zavodlarda yoki konning o‘zidagi ustaxonalarda tayyorlanadi. 126 9.1-rasm: Mustahkamlovchi quvurlar tizmasini tizma boshchasi bilan jixozlanish sxemasi. Ko‘p sonli tizma boshchalarida uchta asosiy sxemalarni ko‘rib chiqamiz (9.1- rasm). 1 – sxema diametri 10, 125, 150 mm bo‘lgan bir tizmali 75 yoki 125 kg·g/sm 2 bosimga mo‘ljallangan quduqlarni jixozlashda qo‘llaniladigan tizma boshchasidir. Tizma boshchasi tuzilishi juda sodda: bu ishlatish quvurlari tizmasining yuqori uchiga rezba bilan berkitilgan flanes: flanes birikish joyi o‘lchami unga biriktirilgan qismlar (zulfin yoki quvur boshchasi krestovigi) bir xil o‘lchamga keltirilgan. 2 – sxemada ishchi bosimi 125 kg/sm 2 bo‘lgan diametri 250 va 150 mm bo‘lgan ikki tizmali quduqlarni jixozlash uchun mo‘ljallangan tizma boshchasi ko‘rsatilgan. 3 – sxema ishchi bosimi 125, 200 va 300 kg/sm 2 bo‘lgan, diametri 350, 250 va 150 yoki 400, 250 va 150 mm bo‘lgan uch tizmali quduqlarni jixozlash uchun mo‘ljallangan. 2 va 3 sxemada ikki va uch tizmali GKK tipidagi klinali osma bilan jixozlanish ko‘rsatilgan. Ikkinchi sxema bo‘yicha tizma boshchasi qismlari quyidagicha jixozlangan: a) Quvur boshchasi yoki zulfinni o‘rnatish uchun, ularning flansiga bir xil o‘lchamga keltirilgan, katushka; b) mustahkamlovchi quvurlar tizmasini ko‘tarib turish uchun boshcha korpusi; v) katushka yuqori flansini xohlagan balandlikka ko‘tarish uchun quvur; 127 g) mustahkamlovchi quvurlar tizmasi yuqorisiga o‘rnatilgan flanesga boshchani o‘rnatish uchun quvurga o‘rnatilgan flanes. Mustahkamlovchi quvurlar tizmasini (bu yerda ishlatish quvurlarini) osish uchun boshcha korpusi ichiga oltita klinalar o‘rnatilib, tizma boshchasini quduqqa zichlashtirish uchun rezinali zichlagich (paker) o‘rnatilgan bo‘ladi. 3-sxema bo‘yicha klinada ikkita mustahkamlovchi quvurlar tizmasi osiladi. Flanesli birikmalarni zichlashtirish uchun har bir flanesda bittadan aylana oval ariqcha bo‘ladi. Bu ariqchaga maxsus kam uglerodli po‘latdan tayyorlangan oval tuzilishdagi halqa joylashtiriladi. Halqa qo‘yilganidan keyin flanes boltlar yordamida tortiladi. Quduq favvoralanish davrida favvora armaturasining ishlashi mumkin bo‘lgan shartlarini aniqlash: 1) neft qudug‘ida kutilayotgan bosimlar; 2) qum miqdori va uning armaturada harakatlanish tezligi; 3) favvoralanish xarakteri; 4) karroziyaga olib keluvchi moddalar borligi. Armaturani tanlashda asosan bosim ta‘sir ko‘rsatadi. Har xil favvoralanish shartlarida favvora armaturalarini qo‘llashda bir necha tipdagi armatura ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarilgan favvora armaturalari quyidagi turlarga ajratiladi: 1) ishchi bosimiga qarab 7,14,21,35,70 va 105 MPa (7,14,21,35 MPa ga mo‘ljallangan armaturalarning sinash bosimi ikki baravar ortiq olinadi, 70 va 105 MPa ga mo‘ljallangan armaturalarning sinash bosimi bir yarim baravar ortiq olinadi), sinash bosimi ishchi bosimidan ikki marta katta bo‘ladi; 2) qismlarining o‘zaro ulanishiga ko‘ra – flansli va rezbali armatura; ikkinchi turi qismlarga ajratishning qiyinchiligi tufayli keng tarqalmagan ; 3) quduqqa tushirilgan quduqlar qatorlari soniga qarab –bir qatorli va ikki qatorli; 4) tuzilishi bo‘yicha (chiqish chiziqlarining joylashishiga ko‘ra) – uchlik (troynik) va to‘rtyoqli (krestovik); 128 5) stvoli o‘lchamiga ko‘ra -50 mmdan 150 mm gacha. Favvora armaturasi qalin devorli uchliklar, to‘rtyoqlar, quvurchalar (patrubka), zulfinlardan yig‘ilib, ikki qismga ajratiladi: quvur (boshchasi) uchi va favvora archasi. Quvur uchi favvora quvurini ko‘tarish, ishlatish quvurlari tizmasini va favvora quvuri oralig‘ini zichlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu bilan birgalikda quduqda suyuqlik oqimini hosil qilish uchun quvur orti qismiga neft, suv, gaz yoki havo haydash uchun mo‘ljallangan. Tizma uchining yuqori flanesga quvur uchi pastki flanes bilan o‘rnatiladi. Favvora archasi – favvora armaturasining yuqori qismi bo‘lib, quvur uchiga o‘rnatiladi. Favvora archasi quduqni ishini tartiblash va nazorat qilish uchun favvora oqimini u yoki bu chiqish yo‘liga yo‘naltirish va kerak bo‘lganda to‘xtatish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tizma boshchasi va favvora armaturasini tayyorlashda ko‗plab variantlari ishlab chiqilishi mumkin, buni tayyorlash va ishlatishni osonlashtirish uchun tartibli sxema asosida ishlab chiqish yo‗lga qo‗yilgan. GOST 13946-74 bo‗yicha favvora armaturalarining o‗qi va yon chiqish sizig‗i diametri va shunga mos bosimga mo‗ljallangan tartiblashtirilgan sxema asosida ishlab chiqiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling