N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
11.4. Nasos shtangalari 
Nasos shtangasi tebratma-dastgohning individual yer usti harakatlantiruvchi 
qismini va ShQN bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Quduq nasosi plunjeriga 
tebratma harakatni uzatishga xizmat qiladi. 
Shtanga diametri 12 dan 28 mmgacha va uzunligi 1000 dan 8000 mm gacha 
bo‘lgan ikki tomonida rezba ochilgan po‘lat sterjindan tayyorlanadi(11.10-rasm).


182 
Shtanga legirlangan po‘latdan tayyorlanadi(11.6, 11.7-jadvallar). Uzunligi 
1000, 1200, 1500, 2000 va 3000 mm bo‘lgan qisqartirilgan shtangalar shtangalar 
tizmasining uzunligini meyorlash uchun xizmat qiladi. 
11.10-rasm. Nasos shtangasi 
11.6-jadval 
Shtanga 
Shtanganing 
nominal 
diametri 
(tanasi) d, 
mm 
Shtanganing 
nominal 
diametri 
(tashqi) d, 
mm 
Tayanch 
burt 
diametri 
D, mm 
Tayanch 
burt 
diametri 
D
1
, mm 
Shtanga boshchasi 
kvadratining 
o‘lchami, mm 
L


ShN16 
16 
23,824 
34 
32 
35 
22 
ShN19 
19 
26,999 
38 
37 
35 
27 
ShN122 
22 
30,174 
43 
38 
35 
27 
ShN25 
25 
34,936 
51 
46 
42 
32 
11.7-jadval 
Shtanga 
L
sh
, mm uzunlikdagi shtanga og‘irligi (kg da)
1000 
1200 
1500 
2000 
3000 
8000 
ShN16 
2,07 
2,39 
2,86 
3,65 
5,23 
12,93 
ShN19 
2,89 
3,25 
3,92 
5,03 
7,26 
18,29 
ShN122 
3,71 
4,3 
5,2 
6,7 
9,68 
24,5 
ShN25 
5,17 
5,85 
7,12 
9,08 
12,93 
31,65 
 
11.5. Shtangali chuqurlik nasos qurilmasi bilan ishlatilayotgan quduq usti 
jihozlari 
Quduq usti jihozi tizma boshchasining yuqori flanesiga o‘rnatiladi(1-ilova). 
Quduq usti jixozlarining vazifasi; 
-quvurlar oralig‘ini zichlash; 


183 
-quduq maxsulotini yo‘naltirish; 
- NKQ lari tizmasini osish. 
Quduq usti jixozlariga katta talab qo‘yiladi, shunday ekan quduq ustida 
bosim 4MPa gacha yetishi mumkin (yuqori qovushqoq suyuqlikda). 11.11-rasmda 
keltirilgan NKQ ushlash uchun mo‘ljallangan uchlik, ustki salnik va armaturali 
bog‘lam eng ko‘p tarqalgan jixoz sanaladi. 
NKQ ni ushlab turuvchi armatura. Tizma boshchasining 1 flanesiga 
planshayba 2 mahkamlanadi, u ichki slindrik rezba va ikkita teshikchaga ega 
(gorizontal yon teshigi quvur ortki qismidan gazni chiqarishga xizmat qilsa, tik teshik 
dinamik sathni aniqlovchi –exolot qurulmasini o‘rnatish uchun xizmat qiladi). 
Planshayba ustida ikki tomonidan rezba ochilgan mufta 4 mahkamlanadi. Yuqori 
rezbasiga uchlik 5 mahkamlanadi, pastki rezbasiga NKQ 3 mahkamlanadi(yoki 
quvurcha). NKQ tizmasi quduq o‘qiga nisbatan markazida joylashtiriladi. Bunday 
joylashtirish quvur ortki qismiga chuqurlik asboblarini tushirish uchun kerak bo‘ladi. 
11.11-rasm. Quduq usti jixozlari sxemasi. 
1-tizma boshchasi flanesi; 2-planshayba; NKQ; 4-yuqori mufta (tayanch 
mufta); 5-uchlik; 6-sal‘nik; silliq shtok; 8-sal‘nik boshchasi(qopqog‘i) 
Uchlik. Uchlik 5 (11.11-rasm) quduq mahsulotini chiqish chizig‘iga 
yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. 
Ustki salnik. Uchlik yuqori qismiga ustki salnik o‘rnatiladi. Uchlikni 
zichlash va silliq shtokdan 7 chiqishni zichlash uchun xizmat qiladi(11.11-rasm). 
Salniklar turli tuzilishli bo‘ladi (11.11 va 11.12 –rasm). 


184 
O‘zizichlovchi salnik (11.11-rasm) korpusdan tuziladi va uchlikka 
mahkamlanadi. Korpus ichida silliq shtokni 7 zich ushlovchi neftga bardoshli rezinali 
halqali salnik joylashtiriladi. 
Berilgan tuzilishli salmnik plunjer yoki o‘rnatiladigan nasosni yer yuzasiga 
uchlikni yechmasdan va chiqish chizig‘ini ajratmasdan amalga oshirishni imkonini 
beradi. 
СУС(quduq usti salnigi) turidagi salnikning farq qiluvchi tomoni zichlovchi 
tiqin va uchlikli salnik boshchasi oralig‘ida sharli sharnir 1 bo‘shlig‘i mavjedligi 
(11.11-rasm). Sharnirli birikma, salnik boshchasini o‘zini o‘rnatishni osonlashtirish 
uchun xizmat qiladi va salnikning ishlash vaqtini uzaytirishga xizmat qiladi. 
11.12-rasm. СУС turidagi ustki salnik 
Quduq ustki salnikli moslamasi ikki turda tayyorlanadi: СУС1- birqavat 
zichlagichli-kichik statik sathli va gaz hosil bo‘lmayotgan quduq uchun(11.12-rasm) 
va СУС2-ikki qavat zichlagichli. 
Ustki salniklarning texnik tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan. 
СУС1A-73-31 SUS2A-73-31
Briktiruchi rezba, mm 73 73 
Ustki shtok diametri, mm 31 31 
Maksimal bosimi(harakatsiz shtok
va tortilgan salnikli tiqinda),MPa 7 14 


185 
Tashqi o‘lchami, mm 340x102x440 340x102x560 
Og‘irligi, kg 19 22 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling