N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 


198 
 
11.13-rasm. Haydash rejimi va chuqurlik nasosi jihozlarini tanlash uchun 
diagramma: 
a-GOST 5866-66 bo‘yicha tebratma-dastgohning bazaviy modeli; b-GOST 
5866-66 bo‘yicha tebratma-dastgohning yangilangan modeli. 
11.12. Tebratma-dastgohni tanlash 
Tebratma dastgoh turini suyuqlik ustunini (nasos chuqurligi) va qazib olinishi 
mo‗ljallangan suyuqlik miqdorini hisobga olgan holda balansir boshiga tushadigan 
maksimal yukka asosan tanlanadi. Balansir boshiga tushadigan maksimal yuk 
formula orqali hisoblanadi, keyin R.A.Ramazonov formulasi orqali albatta reduktor 
valining aylanish vaqti(momenti) qiymatini tekshirib ko‗rish kerak: 
M
max
= 30 S + 0,236 S (P
max
– P
min
),  
(11.20) 
Bu yerda M
max
– maksimal aylanish momenti, kg.m (nm); 
S – plunjer (silliq shtok) yurish uzunligi, м; 
P
max
va P
min
 – nasos harakat siklidagi maksimal va minimal yuklanish, kg (n). 
Tebratma dastgoh rejimlari: 


199 
a) shtanga osiladigan nuqtada maksimal ko‗rsatgichga, reduktor valining 
aylanish momenti esa maksimumdan pastroq; bu rejim chuqurlik nasosi diametri 
kichikroq, chuqurligi katta bo‗lganda bo‗lishi mumkin; 
b) shtanga osiladigan nuqtada maksimal ko‗rsatgichdan past, reduktor 
valining aylanish momenti esa maksimal; bu rejim chuqurlik nasosi diametri kattaroq, 
yurish uzunligi kichikroq bo‗lganda; 
v) shtanga osiladigan nuqtada va aylanish momenti maksimal ko‗rsatgichga 
erishiladi. 
Kon amaliyotida Q va L ning belgilangan qiymatlarida chuqurlik nasosi 
diametri va tebratma dastgohlarini tanlashni osonlashtirish maqsadida diagrammadan 
foydalaniladi. Diagramma (11.13 – rasm) GOST 5866 – 66 bo‗yicha VNIIneftning 
Krasnodar filiali professori A.N. Adonin tomonidan 150 m
3
/sut.gacha mahsuldorlikka 
ega bo‗lgan, tayanch nusxasi (bazoviy model) (11.13.a – rasm) va 
modifikatsiyalashgan nusxalari uchun (11.13.b – rasm) tuzilgan. 
Diagramma tuzish va hisoblash (11.13 – rasm) quyidagi dastlabki 
ma‘lumotlar asosida keltirilgan: 
a) haydalayotgan suyuqlik zichligi 900 kg/m3 deb qabul qilingan; dinamik 
sath nasosning so‗rish qismida, ya‘ni nasos tushirilgan chuqurlik suyuqlik ko‗tarilish 
balandligiga muvofiq keladi; 
b) o‗rtacha ta‘mir davrida nasos to‗lish koeffitsiyenti (gazini hisobga 
olmaganda) 0,85; 
v) shtanga va suyuqlik massasining notekis harakatidan hosil bo‗ladigan 
inersiya kuchiga nisbatan shtangalar osilgan nuqtadagi statik yukning yurish uzunligi 
1,8 m va tebranishlar soni 15 taga teng bo‗lgandagidek, maksimal tebranishlar soni 
va 1,8 m.dan ortiq yurish uzunligi quyidagi formula bo‗yicha aniqlangan 
(11.21) 
Bu yerda n
2
– S
2
yurish uzunligi uchun aniqlanadigan tebranishlar soni; 
n
1
– S
1
yurish uzunligi uchun aniqlanadigan tebranishlar soni; 


200 
d) qabul qilingan shtanga va quvurlar o‗lchamlari hamda konstruksiyasi 19 – 
jadval bo‗yicha olingan. 
Diagrammaning gorizontal o‗qida (11.13 – rasmga qarang) nasos tushirilish 
chuqurligi L m, vertikal o‗q bo‗ylab esa quduq debiti Q m
3
/sut ko‗rsatilgan. 
Diagrammadagi uzluksiz siniq chiziqlar ushbu turdagi tebratma dastgoh qo‗llanish 
chegarasini, uziq chiziqlar esa nasosning standart o‗lchamlariga mos ravishda 
tebratma dastgoh qo‗llanish chegarasi ko‗rsatilgan. 
Ruxsat etilgan keltirilgan kuchlanish σ
kel
≈ ~118 n/mm
2
(12 kg/mm
2
) deb 
qabul qilingan. 
Diagrammaning yuqori (uziq chiziq) chegarasi har qaysi nasosning maksimal 
yurish uzunligi va tebranishlar sonida mahsuldorliga mos keladi. Unda belgilangan 
qazib olish ko‗rsatgichiga erishish uchun maksimal yurish uzunligini saqlab qolgan 
holda kerakli tebranishlar sonini quyidagi nisbatda aniqlanadi 
(11.22) 
Bu yerdan 
(11.23) 
Bu yerda n
max
– tebranma dastgoh uchun o‗rnatilgan maksimal tebranishlar soni; 
Q
max

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling