N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

11.11. Chuqurlik nasosini tanlash 
U yok bu quduq uchun nasos tanlash nafaqat ma‘lum belgilangan 
mahsuldorlikka, balki qazib olinadigan suyuqlikning fizik-kimyoviy xossasiga va 
quduqni ishlatish xarakteristikasiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Chuqurlik nasosini to‘g‘ri tanlash uchun ishlashi mumkin bo‘lgan barcha 
shartlar majmuasini bilish kerak bo‘ladi. Bunda tebratma –dastgoh turi va uning 
yurish uzunligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Yurish uzunligi katta bo‘lganda ko‘p 
sonli vutulkali nasoslardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ko‘tarilish balandligi katta 
bo‘lgan quduqlarni ishlatishda vtulka va klapanlar (uchtadan kam bo‘lmagan) soni 
ko‘p bo‘lgan uzun plunjerli nasosdan foydalanish kerak bo‘ladi. Chuqur va o‘rtacha 
quduqni ishlatish uchun plunjerli o‘rnatiladigan nasoslar tavsiya qilinadi. Qum 


196 
tiqinlarini tozalash uchun tez tez nasos ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan chuqur 
bo‘lmagan quduqlarni ishlatish uchun quvurli va manjetli nasoslarni tavsiya qilish 
mumkin. Katta diametrli nasos bilan jixozlangan chuqur bo‘lmagan kamdebitli 
quduqlarni ishlatishda, agar S
p
>20 bo‘lsa, haydovchi klapanlarda qo‘shimcha 
qarshiliklarni kamaytirish uchun, sedloning ko‘ndalang kesimi katta bo‘lgan bitta 
klapandan foydalanish tavsiya qilinadi. Tanlangan nasos maksimal tushirilish 
chuqurligi bosimiga va mos posadkaga, biron turdagi plunjerga mos bo‘lishi shart. 
Samarali ishlash rejimini tanlashda tanlangan plunjer diametri minimal 
bo‘lishi va belgilangan miqdordagi suyuqlikni qazib olish va shtangaga tushayotgan 
yukalnishning minimal bo‘lishini ta‘minlashi lozim. 
Buning uchun chuqurlik nasosi minimal diametri va shtangaga minimal 
yuklanish shartida, uning samarali ishlash rejimi qyidagicha aniqlanadi 

 
 
 (11.18) 
(11.19) 
Bu yerda n-minutdagi tebranishlar soni; 
Q
suy
-sutkalik suyuqlik debiti, m
3
/sut; 
S-silliq shtok yurish uzunligi, m da; 
q
sht
-1 m uzunlikdagi shtanganing og‘irlik kuchi, n da; 
η-uzatish koeffitsiyenti; 
F
pl
-plunjer yuzasi, m
2
da; 
ρ-suyqlik zichligi kg/m
3

Odatda haydalayotgan suyuqlik miqdori va tebratma dastgoh turi ma‘lum 
bo‘ladi. Shunday xarakteristikaga ega bo‘lgan ishlayotgan qo‘shni quduq bo‘yicha 
uzatish koeffitsiyentini qabul qilib, berilgan S bo‘yicha, unga mos F
pl
yoki n ning 
qiymatlarini aniqlaymiz, nasos mahsuldorligini formula bo‘yicha F
pl
yoki n ning 
qiymatlariga mosini aniqlaymiz. 


197 
Bajarilgan hisob natijalari asosida shtangalar tizmasi mustahkamligini 
qondiruvchi, tebratma-dastgoh balansiri boshchasiga ruxsat etilgan yuklanishga va 
reduktor vali aylanish moment bo‘yicha mumkin bo‘lgan rejimni aniqlaydi. 
Haydaladigan suyuqlik miqdori va nasosning tushirilsh chuqurligini bilgan 
holda 11.13-rasmda keltirilgan diagramma orqali nasosning kerakli diametrini 
aniqlash mumkin. Buning uchun gorizontal o‘qda nasosning tushirilish chuqurligini 
topib, shu nuqtadan haydash miqdori berilgan gorizontal chiziqqa perependikulyar 
chiziq tortib aniqlaymiz.

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling