N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
11.10. Nasos shtangalari tizmasi osilgan nuqtaga tushayotgan yuklamani
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
194 11.10. Nasos shtangalari tizmasi osilgan nuqtaga tushayotgan yuklamani aniqlash Haydash rejimiga bog‘liq shtanga osilgan nuqtaga tushayotgan maksimal yuklanishni aniqlash uchun turli formuladan foydalaniladi. Shtanganing osilgan nuqtasiga tushayotgan maksimal yuklanishini hisoblashning statik usuli amalyotda keng tarqalgan. Unda hisob faqat shtanganing og‘irlik kuchi va suyuqlik va inersiya kuchining statik kuchlanishi orqali aniqlanadi P max =P st +P i . Shtangalar tizmasi tebranishidan sodir bo‘ladigan statik va dinamik yuklanish va kuchlanishni hisobga olib shtanga osilish nuqtasidagi maksimal yuklanish, quyidagiga yoziladi P max =P st +P i +P v . (11. 15) Shuni takidlash lozimki shtangalar tizmasida tebranma jarayonni hisobga olib dinamik yuklamani aniq anolitik hisoblash qiyin, shuning uchun buni hisoblash uchun qator formulalardan foydalaniladi. Nasos shtangalarining xususiy tebranishini hisobga oluvchi A.S.Virnovskiy formulasi amalyot bilan mos keladi: (11.16) Bu yerda P sht - shtangalar tizmasining og‘irlik kuchi, n da; P suy - plunjer yuqorisida joylashgan suyuqlikning og‘irlik kuchi, n da; P suy =ρgL(F pl +f sht ) (bu yerda ρ-suyuqlik zichligi, L-nasosning tushirilish chuqurligi; F pl -plunjer kesimi yuzasi; f sht -shtanga kesimiyuzasi); - dinamik sath ostida nasosning botirilishiga bo‘liq bo‘lgan pulunjer pastidagi suyuqlikning bosim kuchi, n da; S-silliq shtokning yurish uzunligi, m da; ω-krivoshipning aylanishining burchak tezligi, rad da; D va d – mos ravishda plunjer va shtanga diametri, m da; 195 λ sht –shtangalar tizmasining static deformatsiyasi, m da; C - ga teng, koeffitsiyent (bu yerda F quv – nasos quvuriningo‘tish kesimining yuzasi); Ψ - ga teng, koeffitsiyent (bu yerda f m – nasos quvurining o‘tish kesimining metal bo‘yicha yuzasi); α, a 1 - tebratma-dastgohning kinematikasiga bog‘liq koeffitsiyent, α=π/2φ (bu yerda φ – krivoshipning boshlang‘ich holatidan burilish burchagi, unda tezlik maksimumga yerishadi); a 1 - koeffitsiyent a 1 =2r/S tenglik bilan aniqlanadi(bu yerda r- krivoship radiyusi). Pog‘onali shtangalar tizmasidan foydalanilsa f sht o‘rniga f o‘rt. sht dan foydalaniladi. A.N.Adonin tomonidan o‘tkazilgan eksprement asosida, quduqni ishlatishning o‘rtacha shartiga mos qiymatda, tebranishla soni bo‘yicha A.S.Virnovskiy formulasining qo‘llanilish chegarasi berilgan (11.17) Bundan boshqa bir nechta formulalar ham mavjud. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling