N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Yurish uzunligining yo’qotilishini ta’siri
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.8.Chuqurlik nasosining dinamik sath bo’yicha botirilish chuqurligini aniqlash
11.7.Yurish uzunligining yo’qotilishini ta’siri
Nasosning nazariy uzatishi shtanga osilgan nuqtaning yurish uzunligi S orqali aqniqlanib, plunjer yurish uzunligiining S nisbatan amalda qisqarishi nasosning amaldagi uzatishiga ta‘sir qiladi. Shunday ekan, S S S S p 2 , (11.14) bu yerda S p – nasos silindriga nisbatan plunjerning amaldagi yurish uzunligi; λ – quvur va shtanganing tarang defformatsiyasi ta‘sirida plunjer yurish uzunligining yo‘qotilishi. Bu yo‘qotishga shtanga yuqoriga harakatlanishida plunjer kesimi yuzasining pulunjer yuqorisidagi va pastidagi bosimlar orasidagi farqqa ko‘paytmasiga teng kuch ta‘sirida uzayadi. Bu vaqtda haydovchi klapan yopiq bo‘ladi. Bir vaqtda nasos quvur 191 qisqaradi, plunjer pastga harakatlanishida quvur uzayadi va shtanga qisqaradi.Bu deformasiya kattaligi Guk formulasidan aniqlanadi. Sinusoidal qoida bo‘yicha harakatlanayotgan shtangada inersiya kuchi paydo bo‘ladi. Bu kuchlar yuqorida osilgan nuqtada yuqoritomonga yo‘naladi, qarama- qarshi tomonga og‘irlik kuchi yo‘naladi va bu shtanganing og‘rlik kuchini kamaytiradi. Pastki tinch(mertvoy) nuqtada inersiya kuchi pastga yo‘naladi va shtanganing og‘irlik kuchini oshiradi. Bu shtangani qo‘shimcha qisqarishi va uzayishiga olib keladi va natijada plunjerning silindrda foydali yurish uzunligi uzayadi.Bu yurishdan yutish koeffitsiyenti K hisoblanadi. 11.8.Chuqurlik nasosining dinamik sath bo’yicha botirilish chuqurligini aniqlash Quduqni ishlatish tavsifiga ko‗ra optimal suyuqlik qazib olish uchun chuqurlik nasoslari quduq tubigacha yoki quduq tubidan biroz balandroqqa tushiriladi. Chuqurlik nasosining so‗rish qismini imkon qadar minimal – suyuqlikni nasosning so‗ruvchi va kichik diametrli klapan qismlaridan oqib o‗tishida qator gidravlik qarshiliklarni yengib o‗tishi mumkin bo‗lgan – chuqurlikka tushirish zarur bo‗ladi. Gidravlik qarshilik nafaqat nasosning konstruktiv qismlariga, balki suyuqlik qovushqoqligi va suyuqlikning uzluksiz ravishda yuqoriga ko‗tarilishida oqimning yetarli darajadagi tezligiga bog‗liq. Ma‘lumki, qovushqoq neft harakati davomida katta qarishilikka sababchi bo‗ladi. Nasos plunjerining yuqori tezligida, ya‘ni tebranishlar soni sezilarli darajada bo‗lganda, plunjer yuqoriga harakat qilayotgan vaqtda suyuqliklik tezligining muntazamligini ta‘minlash uchun nasosning so‗rish qismidagi napor oshishi kerak. Nasosning qo‗zg‗almas qismida so‗rish boshlanguncha yig‗ilgan va uning yuqoriga harakatidagi kerakli tezligini ta‘minlashdagi suyuqlikning hamda klapan sharikining inersiyasi tufayli nasos silindr qismida suyuqlikning o‗tish qarshiligi oshib ketadi. 192 Kichik diametrli (28, 32 mm) ketma-ket ikkita so‗ruvchi klapanli nasoslarda napor yo‗qotilishi tezda oshib ketadi, shuning uchun bu nasoslarning normal ishlashini ta‘minlash uchun uni dinamik sathdan chuqurroqqa botirish kerak. Chuqurlik nasosining uzluksiz ishlashi uchun boshlang‗ich botish chuqurligi quduqdagi dinamik sathdan 20 m.dan kam bo‗lmagan chuqurlikda botib turishi kerak. Gazi kam ahamiyatsiz taranglikka ega bug‗i bo‗lgan neftli quduqlarda 20 m.dan chuqurroqqa tushirish amalda nasos mahsuldorligiga ta‘sir ko‗rsatmaydi. Biroq gaz miqdori yuqori bo‗lgan quduqlarda nasosning botish chuqurligi uning to‗lish koeffitsiyentini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Lekin bu holatda ham botish chuqurligini yuqori tanlash ma‘lum bir vaqt quduqdagi depressiyaning oshib ketishi bilan davriy favvoralanishga olib kelishi va quduq tubida qum tiqinlari hosil bo‗lishiga olib kelishi mumkin. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling