N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

NAM O’LCHAGICH - gaz suyuqlik va qattiq jinslarning namligini 
o’lchovchi asbob. Nam o’lchagichlarning ko’pchiligi moddalarning tarkibida 
namlik miqdori o’zgarish bilan uning elektr qarshiligi va dielektrik 
o’tkazuvchanligi o’zgarishini o’lchashga asoslangan. Neft qudug’ining tubidagi 
neftning namlik miqdori geofizik kabel’ orqali quduqga tushiriladigan chuqurlik 
nam o’lchagichi bilan aniqlanadi. Qattiq jismlarning namligi sig’imi 
konduktometrik nam o’lchagichlar bilan aniqlanadi. 
GAZLARNING NAM SAQLASHI - odatda tabiiy gazlar suv bug’lari 
bilan to’yingan bo’ladi. Ularning miqdori bosimga, haroratga va jins tarkibiga 
bog’liq. Harorat va gaz molekulyar massaning ko’payishi bilan gazning nam 
sig’imi oshadi. Bosimning ko’payishi bilan esa gazning nam sig’imi kamayadi. 
NEFTNING NAM SAQLASHI - neftning suvlanish darajasi u asosan 
yuzaga neft bilan birga keladigan qatlamga suvning hajm sarfiga, neftning 
zichligiga va yopishqoqligiga bog’liq. Bir xil sharoitda suv sarfi, neftning 
yopishqoqligi, zichligining kamayishi va suv zichligining ko’payishi bilan 
neftning nam saqlashi kamayadi. 
NEFTLI SUVLAR - neft va gaz bilan kuzatiladigan neftli gorizontlardagi 
yer osti suvlari. Neftli suvlar yuqori darajali minerallanishi bilan farqlanadi va 
xlorit-kal’tsiy-natriyli, xlorit-kal’tsiy –magniyli gidrokorbanat-natriyliturkumlari 
taaluqli. Odatda neftli suvning tarkibida yuqori miqdorda Br, B, Ra, Ba, Sr va 
mikroelementlar, shuningdek organik moddalar, uglevodorodlar, biogen azotlar, 
serovodorodlar, karbonat angidridlar uchraydi. 
QOVUSHQOQLIK - zarrachalarning boshqa kuch ta’siriga (aralashishga) 
bo’lgan qarshiligi. Suyuqliklarga nisbatan dinamik va kinematik qovushqoqliklar 
ma’lum. Dinamik qovushqoqlik 1 sm
2
maydonli suyuqlik qatlamini 1 sm ga 1 sek. 
tezlik bilan ko’chirish uchun ko’rsatilgan qarshilik kuchi bo’lib, puazda 
o’lchanadi. Qovushqoq suyuqlikning dinamik qovushqoqligi uning solishtirma 
og’irligiga nisbati bo’lib, stokslarda o’lchanadi. 


212 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling