Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Ikkinchi bobga oid xulosalar


Download 124.97 Kb.
bet10/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Ikkinchi bobga oid xulosalar
Davlat boshqaruvidagi yangi bosqichga xos o‘zgarishlar Prezidentimiz eʼlon qilgan “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan prinsipga muvofiq amalga oshirilmoqda. O‘tgan o‘n yilliklarda jamiyatimizni, davlat boshqaruvini demokratlashtirish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati byurokratiya, sansalorlik, taʼmagirlik va korrupsiya taʼsirida kutilgan natijalar bermadi. Qabul qilingan qarorlarning real hayotdagi ifodasi, ayniqsa inson, xalq taqdiriga, turmush darajasiga taʼsiri obʼektiv o‘rganilmadi. Mustaqillik eyforiyasiga berilish oqibatida boshqaruv tizimida yuqoridan ko‘rsatma kutib o‘tirish, men senga tegmayman sen menga tegma tarzida ishlash, xalqdan uzoqlashish paydo bo‘ldi.
Muayyan davr oralig‘ida mehnatkashlarning bir necha oylab maosh ololmasligi odatiy holga aylandi, normal ish va ish haqi topish ilinjida fuqarolarimiz (baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, ularning soni 8 milliongacha borgan) boshqa respublikalarga chiqib ketdi, amaldorlar esa chet ellarda chiqarilgan qimmatbaho mashinalar minar va kim o‘zdiga dabdabali to‘ylar, yubileylar o‘tkazardi. Bu salbiy hollarni ko‘rgan oddiy kishilar, xalq ommasi davlat boshqaruvi tizimidan norozi bo‘lmasligi aslo mumkin emasdi. Mazkur salbiy hollar yuqori idora tomonidan kuzatilgan, albatta.
Ammo boshqaruv tizimida ijtimoiy adolatni qaror topitirishning, davlat idoralarining inson, xalq manfaatlariga ishlashini taʼminlashning samarali mexanizmlarini topolmagan. Bu keskin muammolarni hal etish Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev zimmasiga tushdi, shuning uchun ham milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi uning nomi va saʼy-harakatlari bilan bog‘liqdir.
Davlat islohotlarning tashabbuskori, bosh subʼekti va masʼuliyatni o‘z ustiga olgan institut bo‘lishi zarur. Yangi bosqich davlat institutining, ayniqsa davlat rahbarining kreativ faolligi, dadilligi, vatanparvar va xalqparvarligi, innovatsion o‘zgarishlarga tayyorligi qanchalik muhim ekanini ko‘rsatdi. Davlatimiz rahbarining bu fazilatlarini va tashabbuslarini o‘rganish kratalogik taʼlimotlar uchun boy manbadir. Xalq qabulxonalari uning, chet ellik ekspertlarning iqroriga, eʼtirofiga ko‘ra, “jahon tajribasida deyarli uchramaydigan noyob hodisa”, davlat institutlarini inson, xalq manfaatlariga xizmat qildirish borasida yaratgan betakror kashfiyotidir.


Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling