Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


III BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI - VAQT TALABI VA DEMOKRATIK TIZIM OMILIDIR


Download 124.97 Kb.
bet11/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

III BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI - VAQT TALABI VA DEMOKRATIK TIZIM OMILIDIR
Bugungi zamonaviy bosqichda ko‘plab mamlakatlarda barqarorlik, geosiyosiy, ijtimoiy,iqtisodiy va milliy-etnik muammolarning kuchayishi davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘zaro samarali aloqalarni o‘rnatishda, jamiyat reusrslari va davlat tuzilmalarini tinchliktotuvlik va rivojlanish yo‘lida birlashtirishga imkon beruvchi jamoatchilik nazorati instituti mexanizmlarini shakllantirishda siyosiy madaniy o‘rni beqiyosdir. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Davlatchilik paydo bo‘lgandan buyon, jamoatchilik nazorati, uning ko‘rinishlari, usullari davrlarga qarab o‘zgarib, rivojlanib keldi. Jamoatchilik nazorati davlat boshqaruvida eng muhim jarayonlardan biri bo‘lib, unda butun xalq davlat hokimiyati va boshqaruviga ma’lum miqdorda ishtirok etadi.
3.1 Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati
Jamoatchilik nazorati — bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va oʻzini oʻzi boshqarish, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari tomonidan qonun doiradida olib boriladigan nazorat hisoblanadi.

Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fangaijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi.

Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq-atvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.


Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling