Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari


Download 124.97 Kb.
bet13/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

3.2 Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari


Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham NNTlar o‘zlarining nazorat qilish huquqini o‘sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur.
Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha maxsus qonun qabul qilingan.
Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan davlatni ijtimoiy davlat deb bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo‘lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo‘llabquvvatlagan narsalargina yashashi kerak.


Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling