Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan mulohazalar tahlilini umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin


Download 124.97 Kb.
bet15/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan mulohazalar tahlilini umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:

  1. Xalq bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlarini yaratish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini, jamiyatni va davlat boshqaruvini demokratlashtirishga qaratilgan, milliy taraqqiyotimizning obʼektiv talablaridan kelib chiqqan holda yangi institutsional boshqaruvni yaratish.

  2. Xalq qabulxonalari faoliyatida boshqarish va koordinatsiya funksiyalari ustuvorlik qiladi. Bu funksiyalar aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni qonuniy hal etishga joylardagi davlat idoralarini va boshqaruv institutlarini jalb qilishda namoyon bo‘ladi;

  3. Xalqdan tushayotgan murojaatlar aholining shaxsiy ehtiyojlaridan tortib, davlat ahamiyatiga molik yirik muammolargacha o‘z ichiga oladi, ularning bu darajada rang-barangligi Xalq qabulxonalari faoliyatini polifunksional qiladi. Shuning uchun Xalq qabulxonalari faoliyatini faqat murojaatlarni tinglash va o‘rganish bilan cheklash mumkin emas, ular bugun joylardagi shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy, hatto transmilliy muammolarni ham hal etish bilan shug‘ullanmoqda. Ammo bu Xalq qabulxonalari faoliyatini mutloqlashtirishga, ularga barcha muammolarni hal etuvchi institut, deb qarashga olib kelmasligi zarur;

  4. Xalq bilan muloqot mexanizmlari va ta’sirchan jamoatchilik nazoratining jamiyat rivojidagi ahamiyati Xalq qabulxonalari va boshqa boshqaruv tizimidagi sansalorlik, byurokratiya va korrupsiyaga qarshi xalq manfaatlarining haqiqiy ifodachisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Ular ochiqligi, faoliyatining shaffofligi, har qanday murojaatni tinglashi va zarur tartibda masʼulligi bilan boshqa boshqaruv tizimidan farq qiladi.

  5. Davlat organlari xodimlariga xalq ommasi Prezident ishongan, vakolat bergan mutaxassislar, deb qaramoqda. Shu bois kishilar ularda avvalo ibratli maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni ko‘rishni istaydi. Institutsional nuqtai-nazardan esa ular boshqarish texnologiyasidan yaxshi xabardor, huquqiy va iqtisodiy bilimlarga ega, zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar bo‘lishlari lozim;

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti eʼlon qilgan tanqidiy tahlil metodi ijtimoiy borlig‘imizdan asta-sekin joy olmoqda. Bu amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning ijobiy mahsulidir. Biroq bugun davlat boshqaruv idoralarida tanqidga ko‘nikish sindromi ham paydo bo‘lmoqda. Mazkur befarqlik sindromi kelgusida yangi-yangi muammolarni, illatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Befarqlik sindromining anʼanaga, boshqarish usuliga aylanmasligi uchun demokratik o‘zgarishlarni, jamiyatning yangilanishini uzluksiz jarayonga aylantirish talab qilinadi.

  7. Xalq bilan muloqot mexanizmlari va ta’sirchan jamoatchilik nazoratining qisqa davr ichida xalq ommasida adolat, qonun ustuvorligiga va demokratik davlat qurishga ishonch uyg‘ota oldi. Mazkur ishonchni so‘ndirmaslik uchun demokratik yangilanishlar davom etishi, davlat idoralarini xalqqa xizmat qildirishning yangi-yangi mexanizmlari, innovatsion usullari izlanishi lozim;


Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling