Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


-Topshiriq Jamoa va uning o‘zigaxos belgilarini o‘zlashtirilishiga doir blits-so‘rov savollari


Download 1.08 Mb.
bet177/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

2-Topshiriq
Jamoa va uning o‘zigaxos belgilarini o‘zlashtirilishiga doir blits-so‘rov savollari
Jamoa deganda nima tushuniladi?
Jamoaning o‘zigaxos belgilari nimalardan iborat?
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsad deganda nima tushuniladi?
Jamoaning birgalikdagi umumiy faoliyati nimalardaaks etadi?
O‘quvchilar jamoasining majburiy mas’uliyatli munosabatini yo‘lga qo‘yish nima uchun zarur?
Jamoaning rasmiy va norasmiy tuzilishidagi farqlar nimada namoyon bo‘ladi?


3-Topshiriq
O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari va bosqichlarini aniqlashtirishga doir toifalash jadvali





O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari


O‘quvchilar jamoasini shakllantirish darajalari mazmuni


O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlari


O‘quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlari mazmuni











7- Seminar mashg‘ulot. Didaktik nazariyalar va ta’lim paradigmalari
Reja
1.Didaktik ta’lim nazariyasi.
2. Didaktik nazariyalar va ta’lim paradigmalari.
3. Didaktika mazmuni.
4.Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
5.Didaktika pedagogik tizim sifatida
Ta’limning xususiy qonuniyatlariga doir 1-topshiriq.
Quyidagi fikrlar bilan tanishing va ularni ta’limning qaysi xususiy (tashkiliy, sotsiologik, psixologik, kibernetik, gnoseologik) qonuniyatiga tegishli ekanligini aniqlang:
Ta’lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘nikmalariga; ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘zaroaloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.

Ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘zigaxosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog‘liq.

Ta’lim samaradorligi qaytaaloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga; ta’lim sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog‘liq.

Individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo‘ladigan individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog‘liq.

Ta’lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv majburiyatlariga munosabatiga; o‘quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog‘liq.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling