Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Download 1.08 Mb.
bet185/241
Sana21.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1792031
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   241
Bog'liq
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani-fayllar.org

Umumiy Pedagogika FANIDAN
GLOSSARIY


Anomaliya (yunoncha – anomal) – me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish.
Anomal bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish – korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Axloq (lotincha «moralis» – xulq-atvor ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong – shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio»– xalq) – o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling