Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


-mavzu. Yoshga doir pensiyalar va nogironlik pensiyalari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

4-mavzu. Yoshga doir pensiyalar va nogironlik pensiyalari.
 
4.1. Yoshga doir pensiyalar tushunchasi, turlari va tayinlanishining 
umumiy asoslari. 
4.2. Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash va uning shartlari.
4.3. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash asoslari.
4.4 To‘liqsiz mehnat staji bilan yoshga doir pensiya tayinlash.
4.5 Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash.
4.6. Nogironlik pensiyalari tushunchasi, turlari. 
4.7. Nogironlikni belgilash tartibi. 
4.8. Nogironlik pensiyasi tayinlash asoslari va shartlari 
4.1. Yoshga doir pensiyalar tushunchasi, turlari va tayinlanishining 
umumiy asoslari.
Pensiyaga chiqish yoshiga etgan fuqaro belgilab qo‘yilganidan (erkaklar -
kamida 25 yil, ayollar - kamida 20 yil) kam, ammo kamida 5 yil mehnat stajiga ega 
bo‘lgani taqdirda ham (masalan 5 yil yoki 10 yillik ish staji bilan) pensiya 
tayinlashlarini «Yoshga doir pensiya» tushunchasi qonunchiligimizda 
nisbatan yangi bo‘lib, dastavval O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarni 
davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 1993 yil 3 sentabrda qabul qilingan 
qonunida muomalaga kiritildi. Qarilik va yoshga doir pensiya tayinlash yoshi 
tuShunchalari o‘rtasida jiddiy tafovut bor bo‘lib, yoshga doir pensiya 
tayinlanganligi har doim ham fuqaroning qari ekanligini anglatavermaydi va 
qonunchilikda 50 yosh, 45 yosh va hatto 40 yoshdan pensiyaga chiqish 
mumkinligini nazarda tutiladi. Vaholanki 40 yoshli, 50
yoshli va hatto 60 yoshli 
shaxsni qariya deb atash ko‘pchilik hollarda g‘ayrioddiy tuyuladi.
Turmush kechirish darajasining yaxshilanib borishi, sog‘liqni saqlash va 
ijtimoiy xizmatlar sifatining ortib borishi tufayli o‘rtacha umr kechirish 
yoshining uzayishi, keksalik chegarasi yanada ortishi kuzatiladi.
Mamlakat 
aholisining qarib borishi ko‘rsatkichi shuni ko‘rsatadiki, pensiya yoshidagi 
aholining soni o‘sish tendensiyasiga ega (2010 yildagi aholining umumiy soniga 
nisbatan 5,9 foizdan 2018 yilga kelib 7,4 foizgacha). Statistik tashkilotlarning 
ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yildan boshlab pensiya yoshidagi aholi soni 9 foizdan 
ortadi va 2025 yilga borib 11 foizga etadi (2011 yildagi 6,2 foizga nisbatan).


89 
Shu bilan birga, fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining asosiy 
ko‘rsatkichlaridan biri bu pensiya yoshi hisoblanadi. O‘tkazilgan tahlillar Shuni 
ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi erkaklar va ayollar uchun 62 
yoshni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5 yoshni tashkil etadi (ayollar 
uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh). Markaziy Osiyo davlatlarida, masalan 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi 
erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun –58 yosh. Qozog‘istonda ayollarning 
pensiya yoshini 63 yoshga etkazish, bunda har yili pensiya yoshni 6 oyga 
bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan amalga oshirib boriladi. Turkmanistonda 
pensiya yoshi erkaklar uchun 62 yoshni, ayollar uchun 57 yoshni tashkil etadi
41
.
Bugungi kunda Jahon bankining bergan prognozlariga ko‘ra O‘zbekiston 
aholisi 2050 yilga borib 39 mln. kishiga etishi kutilmoqda. Mamlakatdagi o‘rtacha 
umr davomiyligi ko‘rsatkichi 68 yildan 72 yilga oshadi va 65 yoshdan katta 
bo‘lgan iqtisodiy faol aholi ulushi 4,4%dan 13,4%ga etishi mumkin
42
.
Yoshga doir pensiya fuqaroning mehnat qobiliyati yo‘qolishi yoki pasayishi 
bilan bog‘lanmagan bo‘lib, muayyan yoshga etishi va qonunda nazarda tutilgan 
hajmdagi ish staji mavjudligi asosida butun umrga tayin etiladigan davlat ta’minoti 
turlaridan biri hisoblanadi hamda bunda fuqaroning mehnatga layoqatsiz bo‘lib 
qolgan bo‘lishi lozimligi talab etilmaydi. Yoshga doir pensiya aslida fuqaroning 
o‘tgan davrlardagi mehnat faoliyati, jamiyat boyliklari ko‘payishiga qo‘shgan 
hissasi uchun jamiyat unga beradigan moddiy ta’minot, mamlakat milliy 
daromadining taqsimlanishidan iboratdir.
Hozirgi paytda amalda bo‘lgan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida»gi hamda «Harbiy xizmatchilarni pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 
qonunlarga muvofiq yoshga doir pensiyalarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
1) 
Umumiy asoslardagi yoshga doir pensiya
2) 
Imtiyozli shartlar bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya; 
3) 
To‘liqsiz ish staji bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya; 
4) 
Muddatidan oldin tayinlanadigan yoshga doir pensiya; 
41
Молия вазирлиги ҳузуридаги Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси давлат пенсия тизимини ислоҳ 
қилиш концепцияси лойиҳаси ишлаб чиқди. 2018 йил 
42

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling