Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar


Qidiruv tizimlaridan to‘g’ri maqsadda foydalanish


Download 1.16 Mb.
bet7/11
Sana10.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#143134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dadamirzayeva G. Qo'llanma ТАЙЁР


Qidiruv tizimlaridan to‘g’ri maqsadda foydalanish. Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli bo‘lganlari ma'lumotlar uchraydi. Internet tarmog’idagi Axborot-qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma'lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday ma'lumot kiritilsa, xuddi shu ma'lumotga mos ma'lumotlarni qidirib topadi. Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g’ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot-qidiruv tizimlaridan faqatgina to‘g’ri va foydali maqsadda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma'lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish maqsadga muvofiqdir.

  1. Tarixiy tadqiqotlarda qidiruv tizimidan foydalanish , uning imkonyatlari va foydali tomonlari

Quyidagilarni bajarish kerak;

1. Asboblar panelidagi Poisk tugmasini bosing.

2. Xoxlagan serveringizni tanlang.

3. O‘zingizni qiziqtirgan kalit so‘zni kiriting va Poisk tugmasini bosing.

Natijada topilgan hujjatlar ro‘yxati ekranning chap tomoniga chiqadi. Hujjatlarga kirish uchun shu hujjat nomi ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosing. Hujjatning mazmuni bilan oynaning o‘ng qismida tanishishingiz mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog’ida o'z adresiga ega. Masalan, yuqorida sanab o'tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com vawww.google.uz adreslarga ega. Qidiruv tizimi Web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya'ni brauzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi.

Qidiruv tizimlari (Web-sahifasi) turli ko'rinishga ega bo'lgani bilan ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni Rambler qidiruv tizimi misolida ko'rib chiqamiz. Qidiruv tizimida ishlash Ramblerni ishga tushirish uchun avval Internet Explorerni ishga tushiramiz, Brauzerning adreslar satriga Rambler qidiruv tizimining adresi – www.rambler.ru ni kiritib Enter tugmasini bosamiz. Brauzer ma'lumotlar maydoniga Rambler qidiruv tizimining Web-sahifasi chiqadi: Avvalambor, internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim.U biror mavzu bo'yicha maqola, o'yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo'lishi mumkin. Agar biror maqola kerak bo'lsa, Rambler qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo'lgan so'z yoki jumla, ya'ni kalit so'z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Agar biror dasturni topish kerak bo'lsa, qidiruv satriga shu dastur nomi yoki uning vazifasi kiritiladi.

Rambler qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog'idagi millionlab hujjatlar ichidan izlaydi) Natijada Web-brauzer ma'lumotlar maydoniga bir necha (o'nlab yoki yuzlab) hujjatlarning gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat Web-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifga ko'ra aniqlab olinadi. Izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo'yicha izlash mumkin. Buning uchun Ramblerning bo'limlar ro'yxatida kerakli bo'lim tanlanadi. Bu ish tanlangan bo'lim nomi ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.

Rasmlarni qidirish. Rasmlar ma'lumotlarning grafik yoki tasvir ko‘rinishi hisoblanadi. Internet tarmog’ida grafik ma'lumotlarning ko‘plab turlari uchraydi, ya'ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma'lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo‘lmaydi. Shundan ko‘rinib turibdiki, demak rasm ko‘rinishidagi ma'lumotlar ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko‘pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko‘rinishidagi ma'lumotlarni qidirish uchun alohida bo‘limga ega bo‘lib, bu bo‘lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan, quyidagi rasmga shunday qidiruv tizimlarining biri tasvirlangan.

3) Qidiruv tizimi turlari; Yandeks, Google, Rambler, WWW. UZ va ixtisoslashgan qidiruv tizimlari

WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog’idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy hususiyatlaridan biri uning ko‘p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari va ma'lumot omborlari bilan o‘zaro ishlay olishidadir.

WWW.UZ Internet tarmog’i foydalanuvchilariga milliy sigmentda joylashgan veb-saytlar bo‘yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni veb-sayt manzili va ichki ma'lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Shu WWW.UZ qidiruv tizimi Internet resurslari (veb-saytlari) katalogini va veb-saytlar reytingi yuritadi, saytlar bo‘yicha jamlangan statistik ma'lumotlarni to‘playdi hamda axborot texnologiyaari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi. WWW.UZ “Katalog” bo‘limi – Internet tarmog’ida ochiq holda joylashgan, O‘zbekiston Respublikasiga aloqador bo‘lgan, ro‘yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog mavzulari bo‘yicha saralangan veb-saytlar to‘plami.WWW.UZ katalogi foydalanuvchilari o‘zlariga kerak bo‘lgan saytni mavzular bo‘yicha (Iqtisod, OAV, Madaniyat va boshqalar) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.

Shu bilan birga WWW.UZning har bir foydalanuvchisi “Top-reyting” bo‘limiga kirib, barcha ro‘yxatga olingan saytlar reytingini ko‘rishi, “Jamlangan statistika” bo‘limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin.Qidiruv tizimi – maxsus Web-sahifa bo'lib, Internet tarmog’idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.

Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo, Google larni keltirish mumkin.Mashhur Internet qidiruv tizimlari. Internet tarmog’i yirik ma'lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma'lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo‘yilgan eng asosiy masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma'lumotlar omboridan kerakli ma'lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega. Internet tarmog’ida bunday tizimlarning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. Bular: Ushbu mashhur qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil kengaytrilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanib ixtiyoriy foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan ixtiyoriy turdagi ma'lumotni qidirib topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma'lumot kerak bo‘lib, lekin siz uning qaerda va qanday ko‘rinishda joylashganligini bilmasangiz, u holda shu kabi axborot – qidiruv tizimlaridan foydalaning.

Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari. Axborot qidiruv tizimlari – bu veb-sayt hisoblanib Internet tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o‘tilganidek Google i Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so‘rovlari bo‘yicha ilg’orlardan biridir.

"Rambler”, 1996-yilda Rossiyaning birinchi qidiruv tizimi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan kompaniya, o‘zining qidiruv texnologiyasidan voz kechmoqda. U hozirda "Yandeks” kompaniyasi bilan qidiruv texnologiyasi va kontekstli reklama sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

2010-yilning kuzidan beri kuzatuvchilar "Rambler”ning "Yandeks” yoki "Google” foydasiga o‘zining qidiruv mashinasidan voz kechishini taxmin qilib kelayotgan edi. O‘shanda "Rambler” har ikkala kompaniyalar bilan ham muzokaralar olib borgan, tahlilchilar "Rambler”ning "Google” tomon yaqinlashishini kutishayotgan edi. Biroq, bunday bo‘lib chiqmadi. Gap shundaki, "Rambler” 2008-yilning kuzidan beri o‘zining saytiga "Google” qidiruvini o‘rnatishga harakat qilib kelayotgan edi. O‘shanda u o‘zining strategiyasini axborot, yangiliklar qidiruvi tomon o‘zgartirgandi. U elektron pochta va qidiruvdan ko‘ra ko‘proq yangiliklar agregatori hamda ijtimoiy servislarni rivojlantirishga asosiy e’tiborni qaratishni boshlagan. "Rambler”, shu bilan birga, "Yandeks.Direkt” reklama tarmog‘iga ham qo‘shildi. "Yandeks”ning ushbu reklama tarmog‘iga "Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i, Mail.ru portali hamda Microsoft korporatsiyasining Bing qidiruv mashinasi ham kiradi. Bugungi kunda ko‘plab mashhur portallar, jumladan LiveJournal.ru, Nigma.ru va QIP.ru "Yandeks”ning qidiruv texnologiyasidan foydalanadi.

Rambler Media – integrallashgan media kompaniyasi, butun dunyo bo‘ylab rus tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilarga Internet hamda mobil xizmatlarni ko‘rsatadi. Bugungi kunda Runetning 14% auditoriyasi, ya’ni 4,2 million kishi "Rambler”ning qidiruv mashinasidan foydalanmoqda. Birlashgan kompaniyaga tegishli internet-loyihalardan 17 million kishi foydalanmoqda.

Yandeks – Rossiyaning eng yirik IT-kompaniyalardan biri, 1997-yilda tashkil qilingan. U qayta ishlayotgan qidiruv so‘rovnomalari soni bo‘yicha jahondagi qidiruv saytlari ichida 7-o‘rinda turadi. Bugungi kunda "Yandeks” Rossiyaning internet- qidiruv bozorida 65% ulushga ega. Butun dunyoga mashhur Google esa Runetning qidiruv sohasida 22% ulushga egalik qilmoqda. "Yandeks” 2010-yil 19-may kuni ingliz tilidagi qidiruvlarni amalga oshirish uchun yandex.com saytini ishga tushirdi va bu bilan u xalqaro darajaga chiqdi. Kompaniya 2010-yil yakunlariga ko‘ra 439,7 mln. $ daromad olib, uning sof foydasi 134,3 mln. $ ni tashkil qildi.WAISWAIS (Wide Area Information System) – keng profilli axborot sistemasi. Kirish uchun ochiq berilganlar bazasi sistemasi. U tarmoq resurslarini indekslangan ma'lumotlarini saqlovchi global berilganlar bazalarini majmuidir.

Wais taqsimlangan berilganlar bazasida qandaydir satr yoki kalit so`zlar yordamida ma'lumotlarni topish imkoniyatini beradi. Bundan ko`rinib turibdiki, Wais fayl nomlari va formati bilan emas, balki ularda joylashgan matnlardan tashkil topgan berilganlar bazasi bilan ish ko`radi.Wais da boshqa xost kompyuterlarda mavjud berilganlar bazasi bilan bevosita aloqa bog`lab, kerakli hujjatni undan avtomatik ravishda oladi. Demak, Wais tufayli intermurojaatlar turli bazalar sistemasi bilan ham bog`langan.

Bundan tashqarii Wais da mavjud berilganlar bazasiga yangi berilganlar bazasini qo`shish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilgan, Waisda ishlatiladigan matnlardan tashkil topgan fayllardagi matnlar o`lchoviga hech qanday chegara yo`q. Bunday imkoniyat hozirda tijorat maqsadlarida ma'lumot olishda keng qo`llanilmoqda.

FINGERFinger bu Internetning buyrug`i bo`lib, u foydalanuvchilar haqida ma'lumotlar olish uchun xizmat qiladi. Uning deyarli barcha operatsion sistemalar (Dos, Windows) uchun versiyalari mavjud. Finger buyrug`ini bajarish (Unixda) quyidagicha bo`ladi. Finger foydalanuvchi ro`yxat nomi (login). Misol uchun: Finger zaripov@law.silk.org buyrug`i bilan Internet bilan bog`lanilsa, Finger orqali zaripov haqida ma'lumot olish mumkin. Finger dan foydalanish uchun foydalanuvchining nomi (login) va foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan kompyuterning to`la nomini bilish kerak. Bu ma'lumotlar ma'lum bo`lsa, Finger foydalanuvchi to`g`risida quyidagi ma'lumotni beradi: uning ismi sharifi, uy katalogi, Internet bilan oxirgi marta qachon aloqa qilgani, o`qilmagan elektron pochtaning borligi. Ayniqsa oxirgi ma'lumot ko`p hollarda foydali bo`lishi mumkin. Chunki xususan siz yuborgan xatingizni o`qilgan yoki o`qilmagani (olmagani) haqida ma'lumotga ega bo`lasiz. Finger yordamida plan (shaxsiy reja) agarda u uy katalogida joylashtirilgan bo`lsa, faylini ham ochib ko`rish imkoniyati mavjud. O`z shaxsiy plan faylingizda esa hoxlagan rejani yozishingiz mumkin.



Ixtisoslashgan qidiruv tizimlari. Axborot qidiruv tizimlari – bu veb-sayt hisoblanib Internet tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o‘tilganidek Google i Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so‘rovlari bo‘yicha ilg’orlardan biridir. Axborot qidiruv tizimlari – bu veb-sayt hisoblanib Internet tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o‘tilganidek Google i Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so‘rovlari bo‘yicha ilg’orlardan biridir.

Bundan tashqari Internet tarmog’ida ma'lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:

KtoTam” – insonlar to‘g’risidagi axborotlarni qidirishga mo‘ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.

Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resruslaridan qidirib ularning ro‘yxatini shakllantiradi. So‘rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.

Truveo” – Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni qidirishga ixtisoslashgan axborot – qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-layn video hamda teledasturlar namoyishlarini ham qidirib topish mumkin.

Kinopoisk” – filmlar to‘g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, akterlar ismlari hamda rejisserlar va stsenariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.

Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma'lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab mashhurlari to‘plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo‘yicha guruhlanadi.

 “Ulov-Umov” – rezyume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karera va ishga bag’ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxati shakllantiriladi.



Nazorat uchun savollar

  1. Internet vujudga kelishi va shakllanishi.

  2. Internetning axborot resursi sifatidagi kamchiliklari va chegaralanganligi.

  3. Internet ma’lumotlaridan ilmiy tadqiqotda foydalanish muammolari.

  4. Internet ma’lumotlarining bibliografik tavsifi.

  5. Tarixchi mutaxassislar uchun internet axborot resurslari.

  6. Ilmiy tadqiqot natijalarini internet orqali e’lon qilish

  7. Global tarmoq imkoniyatlari.


ASOSIY ADABIYOTLAR:

  1. Информационные технологии для историков: учеб. пособие к практикуму по курсу «Информатика и математика» / Ред. Л.И.Бородкин. М.: Изд-во МГУ, 2006.

  2. Христочевский С.А. Электронные мультимедийные учебники и энциклопедии // Информатика и оброзование. М., 2000. №2. С. 70-77.

  3. Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: прак. рук. / А.Т. Хроленко, А.В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010.

  4. Lawrence J. Mc.Crank. Historical Information Science: An emerging Unidiscipline. Medford. New Jersey, 2002.


QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:

  1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. T.: O‘zbekiston, 2006.

  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2017.

  3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. -T.: O‘zbekiston.2017.

  4. Бородкин Л.И., Валетов Т. Я. Электронные ресурсы в изучении истории России XX века, М.,МГУ, 2002,-20 с.

  5. Вымятнин В.М., Дёмкин В.П. Принципы и технологии создания электронных учебников. Томск, 2002.

  6. Гарскова И,М Базы данных: создание и использование, Учебно-методическая разработка.Выпуск №1 М.: МГУ, 2005,-55 с.

  7. Жуков Д.С., Лямин С.К. Моделирование исторических явлений и процессов средствами фракталбной геометрии // Информационный бюллетень Ассоциации «Истрия и компьютер». 2006. №34 С.52

  8. Информационные технологии в гуманитарных исследованиях: Сборник трудов. Новосибирск: НИИ МИОО НГУ, 1988.

  9. История и математика: Процессы и модели / Ред. Л.Е.Гринин, А.В. Коротаев, С.Ю. Маликов. М., 2009.

  10. Информационный Бюллетень Ассоциации «История и компьютер». 1990-2001.

  11. Информатика для гуманитариев: Учебное пособие/ Под.ред.В. Л. Акимова, Л.И. Бородкина. Москва-Саранск, 1998.-215 с

  12. Крупник А. Поиск в интернете. Самоучитель. СПб., 2006.

  13. Ландэ Д.В. Поиск знаний в Интернете. Профессиональная работа. М., 2005.

  14. Леонтьев В. Новейшая энциклопедия Интернета. М. 2009.

  15. Муслимов Н., Сайфуров Д. Web технология асосида электрон ахборот таълим ресурсларини яратиш ва уларни амалиётга жорий этиш. Тошкент. 2015.

  16. Круг идей: историческая информатика в информационном обществе/ Отв. ред.Л.И. Бородкин., В. Н. Владимиров. М. , 2001.

  17. Словарь историка./ Ред. Г. Дюфо, Э. Мазюрель. М.2006

  18. Қосимов С.С. Ахборот технологиялари. Т., 2006.


INTERNET SAYTLARI

1. http://www.ziyonet.uz

2. http://www.edu.uz

3. http://www.google.uz

4. http://www.turklib.uz

5. http://www.mirknig.ru

6. http://www.history.ru

7. http://www.archeologia.ru

8. http://www.archeo.ru

9. http://arc.novgorod.ru

10. http://www.elib.dgu.ru

11. http://www.book.ru

12. http://www.ibooks.ru

13. http://www.iprbookshop.ru

14. http://www.biblio-online.ru

15. http://www.books.google.com

16. http://www.neicon.ru

17. http://www.ru.wikipedia.org


MAVZU: ELEKTRON TAQDIMOT TAYYORLASH
REJA:

  1. Taqdimot tayyorlash tizimi (Power Point). Elektron taqdimot: umumiy tushuncha, tuzilishi.

  2. Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichari. Taqdimot tayyorlash dasturlari.

  3. Tarixiy jarayonlarni anglash hamda o‘qitishda elektron taqdimotlarning o‘rni va ahamiyati.


POWER POINT DASTURI

Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo‘lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.

Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, tarqatiladigan material, dokladni rejasi va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi.

Slayd – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, o‘z ichiga matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.

Tarkatiladigan material – qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo‘ljallangan materiallar.

Dizayn qolipi – professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, bo‘yoqlar, jilolar, tovushlar namunasi bo‘lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan.

Ranglar sxemasi – bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to‘plam bo‘lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.

Animatsiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.

Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi – POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni qo‘llab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, qogozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoyish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarqatish uchun ma‘ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.

Microsoft PowerPoint (to'liq nomi – Microsoft Office PowerPoint, ingl. power pointpower point – ishonarli hisobot) – taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo bo'ladi.

1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb o'zgartirishga qaror qiladi.

1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. Power Pointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi.

1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.

Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin:

.ppt – PowerPoint taqdimoti

.pps – faqatgina PowerPoint taqdimoti

.pot – PowerPoint modeli

PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar pptx, ppsx, potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.

PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga jo'natilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni ta'minlash zaruriyatini bildiradi. Power Pointning ba'zi taqdimotlari Windows tizimiga o'rganganligi bois uni macOS Power Point versiyasida ochishning iloji yo'q. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga o'tishga qaror qildi.

Prezentastiya – maʻruza, biznez reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.

Misrosoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.

Kundalik hayotimizda biz ko‘pchilik hodisalar bilan tanishamiz bular inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o‘rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson hamisha ko‘rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa u turli hil yo‘llarni o‘ylab topdi va rivojlantirdi.

Hozirgi electron hisoblash texnikalari rivojlangan davirda buning yo‘li juda osonlashib qolga. Electron qurilmalar va shu maqsadga yo‘naltirilgan vositalar bunda kata yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dadasturini ishlab chiqargan. Bu dastur yuqorida aytib o‘tganimizdek turli hil grafik ko‘rinishdagi axborotlar bilan, video multimediya fayillari bilan ishlash imkoniyatini beradi. Aynan shu dastur orqali biz ofis dasturlarining boshqalarida uchramaydigan imkoniyatlarga ega bo‘lamiz.

Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.

Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.



Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)

Ma'ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.



Taqdimot nima uchun samarali?

So‘nggi o‘n yilliklarda dunyoda kompyuter inqilobi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning ta’lim sohasi ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.

Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.

Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining u’zoqligini ta'minlaydi.


Nazorat uchun savollar

      1. Tarixiy manbalarni elektron shaklga o‘girish tajribalari

      2. Taqdimot tayyorlash tizimi (Power Point).

      3. Elektron taqdimot: umumiy tushuncha, tuzilishi.

      4. Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichari.

      5. Taqdimot tayyorlash dasturlari.

      6. Tarixiy jarayonlarni anglash hamda o‘qitishda electron taqdimotlarning o‘rni va ahamiyati.


ASOSIY ADABIYOTLAR:

  1. Информационные технологии для историков: учеб. пособие к практикуму по курсу «Информатика и математика» / Ред. Л.И.Бородкин. М.: Изд-во МГУ, 2006.

  2. Христочевский С.А. Электронные мультимедийные учебники и энциклопедии // Информатика и оброзование. М., 2000. №2. С. 70-77.

  3. Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: прак. рук. / А.Т. Хроленко, А.В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010.

  4. Lawrence J. Mc.Crank. Historical Information Science: An emerging Unidiscipline. Medford. New Jersey, 2002.


QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:

  1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. T.: O‘zbekiston, 2006.

  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2017.

  3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. -T.: O‘zbekiston.2017.

  4. Бородкин Л.И., Валетов Т. Я. Электронные ресурсы в изучении истории России XX века, М.,МГУ, 2002,-20 с.

  5. Вымятнин В.М., Дёмкин В.П. Принципы и технологии создания электронных учебников. Томск, 2002.

  6. Гарскова И,М Базы данных: создание и использование, Учебно-методическая разработка.Выпуск №1 М.: МГУ, 2005,-55 с.

  7. Жуков Д.С., Лямин С.К. Моделирование исторических явлений и процессов средствами фракталбной геометрии//Информационный бюллетень Ассоциации «Истрия и компьютер». 2006. №34 С.52

  8. Информационные технологии в гуманитарных исследованиях: Сборник трудов. Новосибирск: НИИ МИОО НГУ, 1988.

  9. История и математика: Процессы и модели / Ред. Л.Е.Гринин, А.В. Коротаев, С.Ю. Маликов. М., 2009.

  10. Информационный Бюллетень Ассоциации «История и компьютер». 1990-2001.

  11. Информатика для гуманитариев: Учебное пособие/ Под.ред.В. Л. Акимова, Л.И. Бородкина. Москва-Саранск, 1998.-215 с

  12. Крупник А. Поиск в интернете. Самоучитель. СПб., 2006.

  13. Ландэ Д.В. Поиск знаний в Интернете. Профессиональная работа. М., 2005.

  14. Леонтьев В. Новейшая энциклопедия Интернета. М. 2009.

  15. Муслимов Н., Сайфуров Д. Web технология асосида электрон ахборот таълим ресурсларини яратиш ва уларни амалиётга жорий этиш. Тошкент. 2015.

  16. Круг идей: историческая информатика в информационном обществе/ Отв. ред.Л.И. Бородкин., В. Н. Владимиров. М. , 2001.

  17. Словарь историка./ Ред. Г. Дюфо, Э. Мазюрель. М.2006

  18. Қосимов С.С. Ахборот технологиялари. Т., 2006.


INTERNET SAYTLARI

  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.edu.uz

  3. http://www.google.uz

  4. http://www.turklib.uz

  5. http://www.mirknig.ru

  6. http://www.history.ru

  7. http://www.archeologia.ru

  8. http://www.archeo.ru

  9. http://arc.novgorod.ru

  10. http://www.elib.dgu.ru

  11. http://www.book.ru

  12. http://www.ibooks.ru

  13. http://www.iprbookshop.ru

  14. http://www.biblio-online.ru

  15. http://www.books.google.com

  16. http://www.neicon.ru

  17. http://www.ru.wikipedia.org


MAVZU: ELEKTRON KUTUBXONA VA ARXIVLAR BILAN ISHLASH
REJA:

  1. Tarix sohasiga oid elektron kitoblarning tarixiy bilimlarni egallashdagi roli.

  2. Elektron kutubxona tushunchasi. Elektron kutubxona ahamiyati.

  3. Tarixiy tadqiqotlarda elektron kutubxona materiallaridan foydalanish.

  4. Elektron arxivlar va ularda foydalanish afzalliklari.

Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan. «Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha bilimlari jamlangan. Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos. Bu ma`ruzamiz ta’lim va fan sohasida tobora ahamiyati ortib borayotgan, jahon bilim omborining asosiga aylanayotgan elektron kutubxonalarga dahldor.

Elektron kutubxona deganda nimani tushunamiz? Uning tarkibiy qismlari nima? Xalqaro Tarmoqdagi minglab kitoblarni o'z ichiga oladigan saytlar elektron kutubxonami yoki kutubxona saytlari hammi? Raqamli kolleksiyalarni yaratish uchun qanday bilim va malakalar kerak bo'ladi? Ushbu ma`ruzada shu kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz (maqolada "elektron kutubxona", "e-kutubxona" va "raqamli kutubxona" terminlari bir ma'noda qo'llaniladi).

Elektron kutubxona-Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda, odatda, ko`plab kitoblar terib qo`yilgan, uzun, katta javonlar joylashgan xonalar ko`z oldimizga keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini esa Internet saxifalari bajaradi. Bu kutubxona ma'lumotlari elektron ko`rinishda bo`ladi va ular kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. U orqali Siz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi elektron kutubxona ma'lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni zarur ma'lumot nusxasini ko`chirib olishingiz mumkin. Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va Internet tarmog`i bo`lishi yetarli.

Faraz qilaylik, biror bir ma'lumot bilan tanishish uchun elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida ma'lumotni bir necha daqiqada topish mumkin. Ma'lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir zumda sizning kompyuteringiz ekranida tasvirlanadi. Buning uchun Siz kompyuteringiz tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir necha daqiqada ma'lumot ko`z oldingizda namoyon bo`ladi. Bu mujizani eslatadi. Bu mo‘jiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topish uchun oylab vaqt sarflash zarur edi. Bugun esa bu maqsadni amalga oshirish uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati yo`qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi: Elektron kutubxona, Virtual kutubxona, e-kutubxona, e-library, digital library.

Keyingi vaqtlarda virtual dunyo, virtual olam, virtual do`st kabi so`zlar paydo bo`ldi. Virtual so`zining ma'nosi bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstrakt ko`rinishidir. Bu kutubxonaning kitoblari, jurnallari va ro`znomalari kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo`ladi. Bu kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma'lumotlar to`plamidir. Bu: bosma audio, video va multimedia ma'lumotlaridir. Ma'lumotlar xajmiga qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog`langan bir necha kompyuterlardan iborat bo`ladi.

G'arb mamlakatlarida, masalan AQShda, kutubxonalarni avtomatlashtirish 1960-yillardan boshlangan, kitoblarni kompyuterga kiritish orqali elektron kolleksiyalarni yaratish 1971-yildanoq bajarib kelinmoqda. Bizning mamlakatimizda Internet tarmog'ining 90-yillarning oxiri – 2000 yillarning boshidan ommalashishi bugungi kunga kelib bizga elektron kutubxonalarni yaratib, mamlakatimiz aholisi va dunyo ahli bilan alishish imkonini bermoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Davlat Kutubxonasining kabi markaziy tashkilotlarning loyihalari, Internet tarmog'ida tashabbuskor vatandoshlarimiz tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan kolleksiyalar bunga misol. Bu loyihalarning bajarilish darajasi turlicha bo'lib, bu albatta malakali mutaxassislarning bu jarayonlarda zamonaviy bilimlarni qo'llagan holda ishtirok etganlari yoki etmaganlariga bog'liq. Xalqaro standartlar va muvaffaqiyatli amaliyotlar (best practice) dan xabardorlik va ko'p hollardagi vaziyatni tubdan yaxshilashi muqarrar. Shu maqsad yo'lida elektron kutubxonalar konsepsiyasi, uning tamoyillari va xorijda to'plangan tajribalar xususida so'z yuritamiz.

AQSh universitetlaridan biridagi "Elektron kutubxonalar" kursi talabalari ilmiy adabiyotdan ushbu atamaning 65 ta ta'rifini to'plab, umumiy xususiyatlarni ajratib olishdi. Unga ko'ra elektron kutubxona:

*ma'lum jamoalar yoki jamoalar majmuiga xizmat qiladi;

*yagona ob'ekt bo'lmasigi mumkin (ya'ni qismlar turi domenlar yoki tashkilotlarga biriktirilgan);

*barcha qismlar uchun umumiy bo'lgan mantiqiy tashkiliy strukturaga ega;

*nafaqat erkin foydalanish imkoni, balki ta'limiy komponentlarni o'z ichiga olgan;

*inson va texnologik resurslardan unumli foydalangan;

*tez, samarali va to'siqsiz kirishni ta'minlaydi;

*kirishning turli darajalarini ta'minlaydi (user, contributor, administrator va hok.);

*bepul foydalanishni taklif etadi (ehtimol foydalanuvchilarning faqat ayrim guruhlariga);

*resurslarga egalik va nazorat qilish;

*kolleksiyalar:

**yirik va uzoq muddatga saqlab kelinadigan;

**yaxshi tashkillashtirilgan va boshqariladigan (fayllarning mavjud kategoriyalarga to'g'ri kiritilishi, metadata qoidalarga mos shaklda ta'minlanishi va hok.);

**turli xil formatlarni o'z ichiga olgan;

**nafaqat ob'ektlar haqida ma'lumot (abstrakt, bibliografik ma'lumot va hok.), balki ularning o'ziga ham ega bo'lishi (kitob, maqola, jurnal va hok.);

**boshqa yo'l bilan qo'lga kiritib bo'lmaydigan noyob manbalarga ega bo'lishi;

**ba'zi fayllar raqamli shaklda yaratilgan (ab origine) bo'lishi mumkin.

Elektron kutubxona tushunchasining quyidagi ta'riflari alohida e'tiborga loyiq:

Elektron kutubxonalar shu turdagi tashkilotlarki, ular raqamli asarlar kolleksiyalarini ma'lum bir jamoalar yoki jamoalar majmuiga oson va iqtisodiy jihatdan qulay holda foydalanish uchun taqdim qiladi; saralash, strukturasini tuzish, intellectual yo'l ochish, talqin qilish, tarqatish, to'laligicha saqlab qolish uchun zarur resurslar, shu jumladan, ixtisoslashgan xodimlar bilan ta'minlaydi. [1]

Shuningdek:

1. Raqamli kutubxonalar elektron resurslar majmui bo'lib, axborotni yaratish, izlash va foydalanish uchun zarur texnik quvvatlarni o'z ichiga oladi. Bu ma'noda ular axborot saqlash va qidiruv sistemalarini to'ldiradi va kengaytiradi; distribyutlashgan tarmoqlardan job olib, har qanday ko'rinishdagi media (matn, surat, ovoz, sokin va dinamik suratlar)ni manipulyatsiya qiladi. Raqamli kutubxonaning tarkibida ma'lumotning o'zi va uning turli xossalarini tasvirlaydigan metadata (masalan, aks ettirish (representation) yo'llari, yaratuvchisi, egasi, qayta bo'yicha huquqlar va hok.) va boshqa ma'lumot yoki metadata (tashqi yoki raqamli kutubxona ichidagi)ga bo'lgan link yoki munosabatni ko'rsatadigan elementlardan tashkil topgan bo'ladi.

2. Elektron kutubxonalar foydalanuvchilar jamoasi tomonidan shakllantirilib, ularning funksional imkoniyatlari o'sha jamoaning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ular jamoalarning ajralmas qismi bo'lib, bundagi yakka shaxs va guruhlar bir-biri bilan ma'lumot, axborot va bilim resurslari hamda sistemalari orqali aloqada bo'ladilar. Shu ma'noda elektron kutubxonalar foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun turli resurslar to'planib, saqlanib, va taqdim etib kelinadigan an'anaviy informatsion tashkilotlarning mantiqiy davomi, kengayishi va integratsiyasidir. Shu kabi informatsion tashkilotlar sirasiga kutubxonalar, muzeylar, arxivlar va maktablarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, elektron kutubxonalar sinfxona, ofis, laboratoriya, uy va boshqa o'rinlardagi faoliyatni mazmunan boyitadi.

Yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, tom ma'nodagi elektron kutubxona ko'pchilik fikrlaganidek bir necha o'nlab kitobning elektron versiyasi joylashtrilgan veb-saytdan farqli xususiyatlarga ega. Bu nafaqat tashabbuskor foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar jamoasi tomonidan Wordpress, Joomla yoki boshqa ommabop kontentni boshqarish sistemasi (CMS)ning birlamchi versiyasiga joylashtirib chiqilgan elektron matnlar va hokazo fayllar majmui, balki ma'lum tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislar tomonidan bibliografik imkoniyatlari keng bo'lgan dasturdan foydalangan holda, resurslarni samarali izlab topilishi maqsadida to'g'ri metadata bilan ta'minlangan, doimiy faoliyat ko'rsatishi uchun muntazam ravishda boyitilib, hamda moliyaviy quvvatlanib kelinadigan butun boshli tuzilma hamdir. Shu o'rinda elektron kutubxonalar bilan chalg'itish oson bo'lgan boshqa narsalarni ajratib olsak:

Bu elektron kutubxona EMAS (balki kutubxona veb-sayti):

Bular ham elektron kutubxona emas (balki tijorat mahsuloti bo'lgan ma'lumotlar bazasi va kutubxonaning onlayn katalogidir):

Mana bular esa, ha, ELEKTRON KUTUBXONA

Elektron kutubxona imkoniyatlari

Elektron kutubxona odatdagi kutubxonaga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega:

joy tejalishi, ya'ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joy zaruriyatining yo`qligi;

nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatini mavjudligi;

foydalanishning qulayligi va yangiligi;

qidiruv tizimlarining mavjudligi;

ma'lumotlar xajmining cheklanmaganligi;

ma'lumotni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirilishi;

vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya'ni undan 24 soat mobaynida foydalanish mumkinligi;

qo`shimcha xizmatlarning mavjudligi.

Demak, elektron kutubxona – turli ma'lumotlar jamlangan Internet sahifalaridir. Bu sahifa kutubxonalardagi maxsus markaz mutaxassislari tomonidan ma'lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritish va yig`ish orqali tayyorlanadi. Ya'ni ma'lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona xajmi kengayib boradi.

Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin. Buning uchun kutubxona manzilini Adres maydoniga yozishingiz zarur. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona ma'lumotlari xam mavzu yoki alfavit bo`yicha tartiblanadi. Shuning uchun zarur ma'lumotlarni shu tartibda topish mumkin. Virtual kutubxona haqida batafsil ma'lumot bilan quyidagi http://vlibrary.freenet.uz saxifasida tanishishingiz mumkin.

Hozirgi kunda elektron kutubxonalar son sanoqsizdir. Kutubxonalar, universitetlar, ba'zi tashkilotlar o`z elektron kutubxonalariga ega. O`zbekistonda ham shunday kutubxonalar mavjud. Quyida ba'zi elektron kutubxona manzillari va tavsifini keltiramiz.

Kongress virtual kutubxonasi. http://Icweb.lok.gov Kongress kutuvxonasining elektron kurinishi bo`lib, u dunyodagi eng yirik virtual kutubxonalardan biridir. Kongress kutubxonasi 1800-yili 24 aprelda tashkil etilgan. Unda 115 milliondan ziyod kitob va xujjatlar yigilgan. Virtual kutubxonada tarixga oid ma'lumotlar, turli kollektsiyalar, rasmlar axborotlar, yangiliklar mavjud. Bu kutubxona bo`ylab sayr qilganingizda, unga mujassamlashgan obidalarning uzoq tarixiga safar qilgandek bo`lasiz.

WWW Virtual kutubxonasi. http://www.vlib.org – WWWVirtual kutubxonasi turli-tuman ma'lumotlarni o`z ichiga oladi: qishloq xujaligi, iqtisod va biznes, kompyuter texnologiyalari, aloqalar, axborot va jurnalistika, o`qish, qonunlar, ilm - fan va hokazolar. Kutubxonaning quyidagi bo`linmalari xam mavjud: Pensilvaniya Davlat Universiteti (USA), Buyuk Britaniya (UK), Shveytsariya (Switzerland) va Argentina. Kutubxonada alfavit bo`yicha so`z va jumlalar bo`yicha qidirish tizimi mavjud.

Gpo Access. http://gpo.gov – US Goverment Printing Office markazi millionlab ma'lumotlarni o`zida mujassamlagan. Unda siz AQSHdagi turli tuman hujjatlar, kitoblar, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000.000 ta xujjat bilan to`ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma'lumotlar bo`linmasi bajaradi. Maslahatlar va buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi. Kuniga bir necha minglab foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat va shaxsiy korxonalar keng foydalanadilar.

Ushbu kutubxonada bolalar uchun maxsus bo`linma mavjud bo`lib, bu bo`linmada bolalar o`ziga zarur va qiziqarli ma'lumotlarni olishi mumkin. Bo`lar: tarix, qonunlar, o`qishga oid zarur to`plam va ma'lumotlardir. Bu bo`linmaning nomi – AQSH hukumatining bolalar uchun sahifasi. (Ben`s Guide to the US goverment for kids), manzili – http://bensguide.gpo.gov. Marketing va reklama bo`limi kutubxona kataloglarini ishlab chiqadi va ularni dunyo bo`ylab tarqatadi.

Virginia Commonwealth University. http://vcu.library.edu – Virginia Commonwealth University elektron kutubxonasi. Bu kutubxona universitetning elektron kutubxonasdir. Bu kutubxona o`zida ko`pgina kitoblar, maqolalar, jurnallar, audio va video ma'lumotlarni mujassamlashtirgan. Kutubxona barcha konferentsiyalar, anjumanlar va ma'ruzalar haqidagi ma'lumotlarni muntazam e'lon qilib turadi.

Vashington Universiteti Virtual Kutubxonasi. www.library.wustl.edu -Ushbu kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma'lumotlar mavjud: san'at va arxitektura, ilm-fan, tibbiyot, qonunlar va hokazolar. Kutubxonaning qidirish tizimi mavjud. Kutubxona ma'lumotlarga buyurtmalar qabul qiladi.

Rossiya Milliy Elektron kutubxonasi. http://www.nnc.ru – Dunyodagi eng yirik ommaviy axborot vositalarining rus tilidagi elektron to`plamidir. Unda matbuotdagi nashrlar, turli xil ma'lumotlar keltirilgan. Ma'lumotlar 2.500 dan ko`p Moskva, Rossiya mintaqalari, MDX va Boltiq bo‘yi davlatlari axborot manbalaridan olinadi va doimo yangilanib turiladi. Kutubxonaga kuniga 6.500 dan ortiq xujjatlar kelib tushadi va ular to`la xajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4.000.000 dan ortiq xujjatlar yigilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma'lumotlarni so`z va iboralar bo`yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxona bilan istalgan vaqtda shug’ullanish mumkin. Kutubxona manbalaridan tijoriy usulda foydalanish mumkin. Kutubxona Rossiyadagi eng yirik ommaviy, siyosiy va yangiliklar serveri hisoblanadi.

Moliyaviy axborotlar Agentligi Virtual Kutubxonasi 2000-yilda Yevroosiyo fondining moliyaviy ko`magi yordamida tashkil etildi. Virtual Kutubxona biznes-jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini axborot bilan ta'minlash uchun yaratilgan. Kutubxona axborot olish, yig`ish va uzatish uchun zamonaviy kompyuter va axborot vositalari bilan ta'minlangan. Virtual kutubxona kitobxonlariga respublikamizda va xorijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar, xamda iqtisodiy jarayonlar haqida ma'lumotlar olish uchun maxsus to`plamlar yaratilgan.

Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin?

Demak, yuqorida aytib o‘tganimizdek elektron kutubxona resurslari kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘lib, kompyuterda raqamli formatda, maxsus kompyuterlar – Serverlarda joylashadi. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun kompyuter, modem va internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Biz esa shu kutubxona joylashgan internet manzilini bilsak kifoya. Elektron kutubxonada mas’ul mutaxassislar ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona hajmi kengayib boradi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter javonlaridan o‘zingiz qidirasiz.

Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin? Buning uchun kompyuteringiz brauzerida kutubxona manzilini yozishingiz kerak. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona ma’lumotlari mavzu yoki alifbo bo‘yicha tartiblanadi.

ZiyoNET portali ham foydalanuvchilar uchun elektron kutubxona imkoniyatini taqdim etadi – buning uchun portalning “Kutubxona” bo‘limiga kirsangiz kifoya. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portal kutubxonasidan 7000 ga yaqin turli hajmdagi va turli ko‘rinishdagi ilmiy axborot resurslari joy olgan. Ular asosan yurtimiz oliy o‘quv yurtlari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, ilmiy tadqiqot ins­titutlari va boshqa turli ta’lim muassasalarida xamkorlik qilib kelayotgan 400 ga yaqin mas’ullar ko‘magida jamlanganini alohida e’tirof etish lozim. Eng muhimi, adabiyotlarning aksariyati o‘zbek tilidadir.

Kutubxonada jamlangan adabiyotlar 9 ta yirik guruh toifasida tasniflanadi. O‘z-o‘zidan har bir guruh kichik bo‘linmalarga ham bo‘linadi. Guruhlar quyidagilar:



  • matematika va tabiiy fanlar ta’limi;

  • texnika va texnologiyalar yo‘nalishi ta’limi;

  • tibbiyot va farmatsevtika ta’limi;

  • ijtimoiy-gumanitar ta’lim;

  • iqtisodiyot va boshqaruv yo‘nalishi ta’limi;

  • madaniyat va san’at yo‘nalishi ta’limi;

  • yuridik ta’lim;

  • pedagogik ta’lim;

  • harbiy ta’lim.

Siz yuqoridagi bo‘limlardan o‘zingizga keraklisiga kirishingiz va adabiyotlarni ko‘zdan kechirib chiqishingiz mumkin. Har bir adabiyotni ko‘chirib olib, ko‘z yugurtirib chiqish odatda ma’lum vaqt talab etadi. Ustiga-ustak shu mavzuda adabiyotlar ko‘p bo‘lgan taqdirda aynan keraklisini ajratib olish uchun yana vaqt zarur. Bunda vaqtni tejashning oson yo‘li bor – siz adabiyotlar ro‘yxatida xar bir adabiyotga yozilgan qisqa sharhlar ko‘magida darrov o‘zingizga keraklisini tanlashingiz mumkin.

Zarur adabiyotni tezroq topishning yana bir oson yo‘li – portalning boshqa bo‘limlarida bo‘lgani kabi, “Kutubxona” bo‘limida ham qidiruv tizimi mavjud. Qidiruv maydoniga o‘zingizga zarur adabiyot nomini yoki mavzuni yozasiz hamda qidiruvga buyruq berasiz. Sanoqli soniyada tizim topilgan adabiyotlarni e’tiboringizga taqdim qiladi. Eng muhimi, siz mazkur ilmiy resurslarni nafaqat ko‘zdan kechirish yoxud o‘qish, balki ko‘chirib olish imkoniga xam egasiz.

Foydalanuvchi kutubxonaga axborot resurs joylashtirish mumkinmi?

Aytaylik, siz pedagogsiz va faoliyatingiz doirasida ko‘plab pedagogik ijodiy ishlar – dars ishlanmalari, ma’ruzalar, qo‘llanmalar tayyorlagan bo‘lishingiz mumkin. Sizda ushbu resurslarni ham portalimiz kutubxonasiga joylashtirish istagi tug‘ildi, deylik. Bu istakni amalga oshirish juda ham oson. Endilikda portalimizning texnik darajasi shunga qodirki, kutubxonani aynan siz ham “onlayn” tarzda boyitishingiz mumkin. Bu kutubxonaning “Resurs qo‘shish” nomli bo‘linmasiga kirish orqali amalga oshiriladi.

Eng avval, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan axborot resursingiz ba’zi talablarga javob berishi lozim. Demak, ular bilan tanishib olamiz. Xalq ta’limi vazirligining 2006-yil 28 iyundagi 167-sonli qaroriga binoan, “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot resurslariga qo‘yiladigan texnik talablarquyidagilar:

1. Microsoft Word – Matn (*.rtf – Matn RTF shaklida) formatdagi ma’lumotlar uchun:

shrifti: Times New Roman

usuli: oddiy

o‘lchami: 12

hujjat chegarasi: tepa qismi – 2 sm., pastki qismi – 2 sm. chap qismi – 3 sm., o‘ng qismi – 1.5 sm.

shakl: kitob shaklida

matnning tekisligi: chap tarafdan

xat boshi chapdan – 0 sm, o‘ngdan – 0 sm.

2. Grafikali ma’lumotlarni taqdim qilish shakli.

Grafikali ma’lumot deganda – fotosuratlar nazarda tutilgan:

fotosurat o‘lchami 4×3 bo‘lishi zarur (fotosuratning qulay shakli 1024 piksel uzunasiga va 768 piksel bo‘yiga bo‘lishi zarur);

fotosuratning hajmi 100 dpi dan kam bo‘lmasligi zarur (nuqta dyumga);

fotosuratning qisqart­masi *.jpg yoki *.jpeg;

fotosuratning qog‘ozdagi shakli 9×15 sm va 21×30 sm dan katta bo‘lmasligi zarur;

oq-qora shaklda taqdim qilingan fotosurat, o‘z holicha o‘zgarmay qoladi.

3. Katta hajmdagi (2 megabaytdan yuqori) ma’lumotlarni elektron axborot tashish vositalarida (3,5 disk, SD-R, CD-RW yoki USB Flash Drive) taqdim qilish mumkin.

4. Ma’lumotlar quyidagi tillarda qabul qilinib, joylashtiriladi:

davlat (o‘zbek) tili – lotin yozuvida (kirillda UNICOD)

ingliz (english) tili – lotin yozuvida

rus tili – kirill yozuvida

Aytaylik, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan adabiyotlaringiz yuqoridagi talablarga javob beradi. Demak, resursingiz joylashgan faylni *.zip yoki *.rar formatga keltirasiz va “Kutubxona”ning “Resurs qo‘shish” bo‘limiga kirasiz. Bu bo‘limda e’tiboringizga anketa taqdim qilinadi. Anketada adabiyotning nomi, turi, yo‘nalishi, auditoriyasi, tili, muallifning ismi-sharifi, kasbi va bosh­qa ma’lumotlar so‘ralgan. Barcha bandlarni to‘ldirish va adabiyot bo‘yicha qisqa sharh yozganingizdan so‘ng, “Qo‘shish” (Dobavit) tugmasini bosasiz. Shu tariqa ish yakuniga yetadi. Portal moderatorlari tomonidan taqdim etgan resursingiz ko‘zdan kechiriladi va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda sanoqli daqiqalardan so‘ng “Kutubxona” bo‘limidan joy oladi.

(Eslatma: kutubxonaga “onlayn” tarzda adabiyotlar qo‘shish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz lozim va joylashtirilayotgan resursingiz 2 megabaytdan oshmasligi kerak.)

Xo'sh, kimlar e-kutubxona yaratish bilan mashg'ul? Javob shuki, ehtiyoj va imkoniyatlarga qarab, har qanday tashkilot ham o'z e-kutubxonasiga ega bo'lishi mumkin. Ammo asosan, hukumat tashkilotlari, arxivlar, universitet kutubxonalari va ommaviy kutubxonalar, noshirlar va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun muhim faoliyat hisoblanadi.

Raqamli kutubxonalar bilan bog'liq muammolar ham yo'q emas. Ulardan eng ko'p uchraydigani mualliflik huquqi bilan bog'liq masalalardir. Ko'pincha turli onlayn jamoalar platformalarda u yoki bu asarning muallifi (yoki huquq egasi) ruxsatisiz chop etilishi yuzasidan tortishuvlar bo'lib turadi. Ko'pchilik saytlardagi resurslar mualliflik huquqi amal qilish muddati tugagan asarlarni o'z ichiga oladi. Masalan, Maykl Hartning Project Gutenberg loyihasi doirasida faqat ochiq domendagi kitoblar raqamlashtirib omma e'tiboriga havola qilinadi.

Boshqa elektron kutubxonalar uchun esa mualliflik huquqi amalda bo'lib turgan asarlar uchun litsenziya sotib olinadi (masalan ellektron kolleksiyani boshqarayotgan kutubxona yoki universitet tomonidan) va uni tijorat yo'li bilan tarqatadi.

Muammolardan yana biri esa, an'anaviy kutubxonalardan farqli tarzda, elektron kolleksiyalarga kirish uchun barqaror axborot texnologiyasi infrastrukturasi talab qilinadi. Bu esa o'z navbatida elektr energiyasi va telefon tarmoqlarining mavjudligi va sifatiga chambarchas bog'liq. Shu sababdan, birinchi qarashda hamma uchun ochiq, global ko'lamda deb bilingan elektron kutubxonalardan hamma ham foydalana olmasligi mumkin (masalan, uchinchi dunyo mamlakatlarining aholisi).

Hozirda yirik ko'lamdagi elektron kutubxonalar yaratilmoqda. Ta'lim va madaniyat dargohlaridan tashqari, tijorat kompaniyalari ham bu jarayonga kirib kelishdi. Hammamizga ma'lum qidiruv mashinalari ta'minotchilari bo'lgan Google, Yahoo va MSN kutubxonalar jamg'armasidagi jildlarni skanerlab, o'z platformalariga joylashtirishni boshlagan edilar. Microsoft kompaniyasini keyinchalik iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamaydi deb hisoblab, bu kabi tashabbusni to'xtagan bo'lsa ham, Google kompaniyasi hozirgi kunga qadar millionlab kitoblarni raqamlashtirib, Google Book Search loyihasi doirasida Internetga joylashtirib kelmoqda. Shu yo'sinda, kitoblarni boshqarish, OCR ( optical character recognition) va e-kitob kabi bosma nashrlarni aks ettirish texnologiyalarning rivojlanishi sharofati bilan muqobil saqlash platformalari va biznes modellarining paydo bo'lishi elektron kutubxonalarning yanada ommalashuviga turtki bo'ldi.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling