Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar


Download 1.16 Mb.
bet4/11
Sana10.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#143134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dadamirzayeva G. Qo'llanma ТАЙЁР


Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta'lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to‘ldiruvchi matnlar to‘plami. Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko‘rsatmalar o‘quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko‘rsatmalar matn bilan o‘quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshruvchi hamda o‘quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo‘naltiruvchi vosita hisoblanadi.

Elektron ma'lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma'lumotnoma terminlarning ro‘yxatidan iborat bo‘lib, ro‘yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya'ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi. Elektron ma'lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O‘UM uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Nazorat uchun savollari

  1. Ma’lumot va ma’lumotlar modeli tushunchalariga tarif bering.

  2. Ma’lumotlar tuzilishiga ko‘ra qandau turlarga bo‘linadi?

  3. Matnli manbalar haqida ayting

  4. Statistik manbalarga tarif bering.

  5. Kartografik manbalar ahamiyati haqida nimalarni bilasiz.

  6. Tasviriy manbalarga nimalar kiradi?

  7. Elektron hujjat tushunchasiga tarif bering.

  8. Kompyuter manbashunosligining vujudga kelishi bosqichlarini ayting.

ASOSIY ADABIYOTLAR:

  1. Информационные технологии для историков: учеб. пособие к практикуму по курсу «Информатика и математика» / Ред. Л.И.Бородкин. М.: Изд-во МГУ, 2006.

  2. Христочевский С.А. Электронные мультимедийные учебники и энциклопедии // Информатика и оброзование. М., 2000. №2. С. 70-77.

  3. Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: прак. рук. / А.Т. Хроленко, А.В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010.

  4. Lawrence J. Mc.Crank. Historical Information Science: An emerging Unidiscipline. Medford. New Jersey, 2002.


QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:

  1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. T.: O‘zbekiston, 2006.

  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2017.

  3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. -T.: O‘zbekiston.2017.

  4. Бородкин Л.И. Валетов Т. Я. Электронные ресурсы в изучении истории России XX века, М., МГУ, 2002,-20 с.

  5. Вымятнин В.М., Дёмкин В.П. Принципы и технологии создания электронных учебников. Томск, 2002.

  6. Гарскова И.М. Базы данных: создание и использование, Учебно-методическая разработка.Выпуск №1 М.: МГУ, 2005,-55 с.

  7. Жуков Д.С., Лямин С.К. Моделирование исторических явлений и процессов средствами фракталбной геометрии//Информационный бюллетень Ассоциации «Истрия и компьютер». 2006. №34 С.52

  8. Информационные технологии в гуманитарных исследованиях: Сборник трудов. Новосибирск: НИИ МИОО НГУ, 1988.

  9. История и математика: Процессы и модели / Ред. Л.Е.Гринин, А.В. Коротаев, С.Ю. Маликов. М., 2009.

  10. Информационный Бюллетень Ассоциации «История и компьютер». 1990-2001.

  11. Информатика для гуманитариев: Учебное пособие/ Под.ред.В. Л. Акимова, Л.И. Бородкина. Москва-Саранск, 1998.-215 с

  12. Крупник А. Поиск в интернете. Самоучитель. СПб., 2006.

  13. Ландэ Д.В. Поиск знаний в Интернете. Профессиональная работа. М., 2005.

  14. Леонтьев В. Новейшая энциклопедия Интернета. М. 2009.

  15. Муслимов Н., Сайфуров Д. Web технология асосида электрон ахборот таълим ресурсларини яратиш ва уларни амалиётга жорий этиш. Тошкент. 2015.

  16. Круг идей: историческая информатика в информационном обществе/ Отв. ред.Л.И. Бородкин., В. Н. Владимиров. М. , 2001.

  17. Словарь историка./ Ред. Г. Дюфо, Э. Мазюрель. М.2006

  18. Қосимов С.С. Ахборот технологиялари. Т., 2006.


INTERNET SAYTLARI

  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.edu.uz

  3. http://www.google.uz

  4. http://www.turklib.uz

  5. http://www.mirknig.ru

  6. http://www.history.ru

  7. http://www.archeologia.ru

  8. http://www.archeo.ru

  9. http://arc.novgorod.ru

  10. http://www.elib.dgu.ru

  11. http://www.book.ru

  12. http://www.ibooks.ru

  13. http://www.iprbookshop.ru

  14. http://www.biblio-online.ru

  15. http://www.books.google.com

  16. http://www.neicon.ru

  17. http://www.ru.wikipedia.org


MAVZU: INTERNET VA UNING TARIXCHI UCHUN IMKONIYATLARI. TARIXIY TADQIQOTLARDA QIDIRUV TIZIMIDAN FOYDALANISH.
REJA:

  1. Internet vujudga kelishi va shakllanishi. Internet ma’lumotlaridan ilmiy tadqiqotda foydalanish muammolari.

  2. Internet ma’lumotlarining bibliografik tavsifi. Tarixchi mutaxassislar uchun internet axborot resurslari.

  3. Global tarmoq imkoniyatlari. Kutubxona kataloglari bilan ishlash. Elektron pochta. Web-sayt. Gipermatn.

  4. Qidiruv tizimlari. Google, Yandex, Rambler, Yahoo. Elektron lug’atlar, tarjimonlar va ensiklopediyalar va ularning tarixchi uchun ahamiyatli jihatlari.

Internet – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.

Internet [lot. inter – aro va net (work) – tarmoq] – katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.

Internet tizimi XX asrning 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi.

XX asrning 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.

XX asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.

Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. XX asrning 70-yillari oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: hukumat, universitetlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).

XX asrning 80-yillarida Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi"oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Macalan, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. XX asrning 80-yillari oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. XX asrning 90-yillarida Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.

Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha stan 1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi rivojlanishiga turtki boʻldi.

Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.

1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.

Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. Hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.

Internet – bu jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir. Internet ko‘pgina imkoniyatlarga ega. Internet imkoniyatlari bilan to`laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayohat qilamiz.

1960 – yillari Karib mojarosidan so`ng, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPORATION korxonasi, birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmagan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qildi. Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o`quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bo`lar edi. Shunday qilib, Internet asos solindi.

1964 – yili 4 tarmoqdan iborat AQSHning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarnnig tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o`zi katta muvaffiqiyat edi. XX asrning 70 – yillarida tarmoq ancha o`sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyatini beradi. Keyinchalik 1974 – yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP / IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ldi. 1983 – yilda ARPANET INTERNET deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir - biri bilan bog`langan kompyuterlar va tarmoqlar to`plamidan iborat sistemaga aylandi. 1980 – yillar INTERNET ning keskin o‘sish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo`shilishi hisobiga bo`ldi:

• EUNet - Evropadagi UNIX mashinalari tarmog`i (1982 yil)

• EARN - O`quv va ilmiy - tekshirish muassasalarining tarmog`i (1983 yil)

• JUNET - Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog`i (1984 yil)

• JANET - Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil)

1980-yillar davomida AQSH ning eng tanilgan korxonalari NSFNET Prinston, Pittsburg, Kaliforniyaning Santa – Barbara universiteti va Kornell universitetida beshta superkompyuter markazlarini tashkil etishdi. Bu besh markazni AQSHda "Internet Backbone" (Internet asosi) deb atashadi. NSFNET 56 kbayt/s oshishiga sababchi bo`ldi. 1987 - yili Internetga ulangan kompyuterlar soni 10000 ta bo`lsa, 1989 - yili 100000 taga etdi.

XX asrning 90-yillari Internetda xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo`ldi. 1990-yili Bill Xilan, Elan Emtij va Piter Deych Archie programmasini ishlab chiqishdi. 1991 - yili NSFNET tarmog`i takomillashtirildi va uzatish tezligi 44.736 mbayt/s ga etdi. Shu yili Bryuster Kaale WAIS programmasini tuzdi, Minnesota unversitetida Pol Lindner va Mark Mak – Kayl tomonidan Gopher –programmasi tuzildi. Bu voqealardan keyin 1992-yili Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi. Shu sababli 1992-yili tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketdi.

Internetning 1990-yillardagi rivojlanishiga asosiy World Wide Webning (Butun Dunyo Tarmoqg`i) tuzlishi bo`ldi. 1990-yil noyabrdaYevropa atomni tekshirish markazi (CERN) xodimi Tim Berns - Li WWW tarmog`ining birinchi nusxasini yaratdi, lekin u 1992-yilgacha ishga tushirilmadi. 1993-fevralida NCSA (Nationol Center for Supercomputer Applications, Super kompyuterli Xisoblash Markazi) Mosaic programmasining alfa – versiyani tuzdi. 1993-yil sentyabrida birinchi ishlovchi Mosaic versiyasi ishlab chiqildi va axborot oqimi WWW bo`yicha 1% ni tashkil qildi. 1993-yil oktiyabrida 200 ta WWW – server ishga tushirildi. Keyingi yillar Internet va WWW ning rivojlanishi yanada tezroq suratda bo`ldi. WWW serveri va tarmoqdagi kompyuterlarning aksariyati AQSHda joylashgan.

ILK E-MAIL HAQIDA………

1844-yil 24-may sanasida Semuel Morze ilk telegrammani yuborishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda aynan shu kuni u tarixda muhrlanib qoladigan ishga qo‘l urayotganini bilardi.

Shuning uchun Morze kodi bilan uzatilgan ilk xabar juda ham havoyi “WHAT HATH GOD WROUGHT” ya’ni “XUDONI LARZAGA KELTIRUVCHI” iborasidan iborat edi. Birinchi elektron maktub muallifi Rey Tomlinson ilk e-mailni 1971-yil yuborgan. -@- belgisini ham birinchi marta Rey Tomlinson qo‘llagan.

Internet standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir.

Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi.

Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan.

Texnik masalalar esa «Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi.

Internet tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma'lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi. Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Axborotlarni qidirish. Internet tarmog’i shunday bir muhitki u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi.

Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rovlardan foydalanadi. Ya'ni ma'lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o‘zi tomonidan kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma'lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. Va nihoyat ro‘yxatdagi ma'lumotlarni ketma-ket ko‘rib chiqilib kerakli bo‘lganlari kompyuterga saqlab olinadi.

Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog’i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog’ida ma'lumotlar shunchalik ko‘pki, ta'kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:


  • ma'lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv.

Kutubxona katalogi - bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, hujjatlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar roʻyxati. Kutubxona katalogi kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida boʻlishi va elektron disklar yoki kitob holida koʻpaytirilib sakdanishi mumkin. Kutubxona katalogi kutubxona fondini toʻla yoritish, kitobxonlarning osonlik bilan kitob tanlashlariga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni singdirish hamda ularni maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bosma asarlarning turlari, mavzuning rang-barangligi hamda kitobxonlar talablaridagi xilma-xilliklar Kutubxona katalogining murakkab tizimini yaratishni taqozo etadi. Kutubxona katalogi tuzishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqarish kutubxonashunoslikning asosiy vazifalaridan biridir. Kutubxona katalogi vazifasiga koʻra, kitobxonlar (maʼlumot-tavsiya beruvchi) va kutubxonachilarga moʻljallangan yor-damchi kataloglarga boʻlinadi (yordamchi kataloglar eskirgan, juda kam talab etiladigan asarlarni ham oʻz ichiga oladi). Materiallarni guruhlashda Kutubxona katalogi alfavitam, sistemali, predmetli va boshqalarga boʻlinadi.

Alfavitli kutubxona katalogi barcha kutubxonalarning majburiy kataloglaridan biri, unda asarlar muallifining nomi, nasabi, asarlarning sarlavhalari alfavit tartibida beriladi. Sistemali kutubxona katalogi asarlar mazmuniga asoslanib fan tarmoqlari boʻyicha guruhlanadi: unda kitoblar mantiqiy boʻlinish tartibida (umumiydan xususiyga qarab) – ilmiy fanlar, boʻlimlar, boʻlinmalar va h.k. boʻyicha joylashtiriladi. Sistemali Kutubxona katalogi kitob mazmunini ochib berish bilan birga, uning tarmoq boʻlinishlarini ham hisobga oladi va koʻpgina fanlarni bir tarmoq nuqtai nazaridan bir joyga toʻplash imkoniyatini yaratadi. Bu katalog maxsus ishlangan tayyor jadval ("Kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyasi jadvali") asosida tashkil qilinadi. Predmetli Kutubxona katalogida asarlarda bayon qilingan voqea-hodisalar, tushunchalar sohalar boʻyicha emas, balki alfavit tartibida joylashtiriladi, materiallarni alohida guruhlanishi bilan sistemali Kutubxona katalogidan farq qiladi; uning afzalligi boʻlimlarni alfavit tartibida joylashtirilishi tufayli dolzarb muammolarni tezda yoritish va ulardan foydalanishga imkon tugʻdiradi hamda maʼlumotnomali axborot berish vazifasini bajaradi.

Har bir kutubxonada alfavitli va sistemali kutubxona katalogi, shuningdek, gazeta va jurnallar maqolalari kartotekasi boʻlishi lozim. Predmetli kutubxona katalogi ilmiy va maxsus kutubxonalarda qoʻllaniladi. Respublika, oʻlka, viloyat kutubxonalarida adabiyotlar va shu joylar bilan bogʻliq materiallar boʻyicha Kutubxona katalogi tuziladi, bunday kataloglar oʻlkashunoslik katalogi, mahalliy matbuot katalogi deyiladi. Kutubxonalarning axborot berish vazifalari va kutubxonalararo abonementlarning koʻpayishi bilan bir necha mustaqil kutubxona fondlarini ifodalaydigan qoʻshma kutubxona katalogi (koʻpincha hududiy yoki fan tarmoqlariga koʻra) tuziladi.

Respublikada Kutubxona katalogining markazlashtirilgan tizimi tashkil etilgan. Jumladan, ommaviy kutubxonalar uchun moʻljallab nashr etilayotgan barcha kitoblarda ularning katalogga tushirilgan kartochkalaridagi belgilari berib boriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi tomonidan bosma kartochkalar tarqatiladi.

Elektron pochta (e-mail) – maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtgacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiytexnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail XX asrning 60-yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.

Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990-1991 yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.

Elektron pochta (inglizchaE-mail yoki emailelectronic mail dan qisqartma)–kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmog`ida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.

Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u to`g`ridan to`g`ri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq bo`g`in orqali yuboradi. Bu oraliq bo`g`innig nomi – pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yo`l qo`yiladi.

Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin. Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yo`li.

Hozir internetda deyarli hamma odamlarda elektron pochta mavjud va elektron pochtaning shakli, shundan iborat :



ism@xizmatchi.domen

Ism – ushbu bo‘limga Siz hohlagan nomni qo‘yishingiz mumkin. Masalan: laqabingiz, yaxshi ko‘rgan nom bilan o‘zingizni ismingiz, yoki ismingiz bilan tug’ulgan yilingiz.

@ – elektron pochtaning belgisi.

Xizmatchi – elektron pochtani qilib beradigan xizmatchi. Masalan : Mail, Gmail, Yandeks Pochta va boshqalar.

Domen – elektron pochtani qilib beradigan xizmatchining domeni (manzili).

Sizning pochtangiz ham shunga o‘xshagan bo‘ladi !



Demak, pochta haqida to‘liq bilib oldik va endi uni yaratishga o‘tamiz.

Birinchi qadam. Gmail.Com saytiga o‘tib “Sozdat akkaunt” degan tugmaga bosamiz :



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling