Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar


Download 1.16 Mb.
bet9/11
Sana10.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#143134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dadamirzayeva G. Qo'llanma ТАЙЁР

Nazorat uchun savollar

  1. Tarixiy xaritalar turlari. Tarixiy xaritalardagi ob’yektlarni geografik haritalar bilan bog’lash.

  2. Geografik axborot tizimlari. Kompyuterda xaritalar yaratishning asosiy bosqichlari.

  3. Tarixiy tadqiqotlarda kompyuter kartografiyasi.

  4. GPS tushunchasi. GPS turlari. GPS dan tarixiy-arxeologik tadqiqotlarda foydalanish usullari.

  5. Google Earth dasturi haqida umumiy ma’lumot. Google Earth dasturidan foydalanish va tarixiy madaniy yodgorliklarning aerokosmofotosuratlarin tushurish.


ASOSIY ADABIYOTLAR:

  1. Информационные технологии для историков: учеб. пособие к практикуму по курсу «Информатика и математика» / Ред. Л.И.Бородкин. М.: Изд-во МГУ, 2006.

  2. Христочевский С.А. Электронные мультимедийные учебники и энциклопедии // Информатика и оброзование. М., 2000. №2. С. 70-77.

  3. Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: прак. рук. / А.Т. Хроленко, А.В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010.

  4. Lawrence J. Mc.Crank. Historical Information Science: An emerging Unidiscipline. Medford. New Jersey, 2002.


QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:

  1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. T.: O‘zbekiston, 2006.

  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2017.

  3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz.-T.: O‘zbekiston.2017.

  4. Бородкин Л.И. Валетов Т. Я. Электронные ресурсы в изучении истории России XX века, М.,МГУ, 2002,-20 с.

  5. Вымятнин В.М., Дёмкин В.П. Принципы и технологии создания электронных учебников. Томск, 2002.

  6. Гарскова И.М. Базы данных: создание и использование, Учебно-методическая разработка.Выпуск №1 М.: МГУ, 2005,-55 с.

  7. Жуков Д.С.Лямин С.К. Моделирование исторических явлений и процессов средствами фракталбной геометрии//Информационный бюллетень Ассоциации «Истрия и компьютер». 2006. №34 С.52

  8. Информационные технологии в гуманитарных исследованиях: Сборник трудов. Новосибирск: НИИ МИОО НГУ, 1988.

  9. История и математика: Процессы и модели / Ред. Л.Е.Гринин, А.В. Коротаев, С.Ю. Маликов. М., 2009.

  10. Информационный Бюллетень Ассоциации «История и компьютер». 1990-2001.

  11. Информатика для гуманитариев: Учебное пособие/ Под.ред.В. Л. Акимова, Л.И. Бородкина. Москва-Саранск, 1998.-215 с

  12. Крупник А. Поиск в интернете. Самоучитель. СПб., 2006.

  13. Ландэ Д.В. Поиск знаний в Интернете. Профессиональная работа. М., 2005.

  14. Леонтьев В. Новейшая энциклопедия Интернета. М. 2009.

  15. Муслимов Н., Сайфуров Д. Web технология асосида электрон ахборот таълим ресурсларини яратиш ва уларни амалиётга жорий этиш. Тошкент. 2015.

  16. Круг идей: историческая информатика в информационном обществе/ Отв. ред.Л.И. Бородкин., В. Н. Владимиров. М. , 2001.

  17. Словарь историка./ Ред. Г. Дюфо, Э. Мазюрель. М.2006

  18. Қосимов С.С. Ахборот технологиялари. Т., 2006.

INTERNET SAYTLARI

  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.edu.uz

  3. http://www.google.uz

  4. http://www.turklib.uz

  5. http://www.mirknig.ru

  6. http://www.history.ru

  7. http://www.archeologia.ru

  8. http://www.archeo.ru

  9. http://arc.novgorod.ru

  10. http://www.elib.dgu.ru

  11. http://www.book.ru

  12. http://www.ibooks.ru

  13. http://www.iprbookshop.ru

  14. http://www.biblio-online.ru

  15. http://www.books.google.com

  16. http://www.neicon.ru

  17. http://www.ru.wikipedia.org


MAVZU: TARIXIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA QAYTA TIKLASH USULLARI. AUTOCAD, 3D MAX DASTURLARINING TARIXIY TADQIQOTLARDA QO‘LLANILISHI
REJA:

  1. Tarixiy jarayonlarni modellashtirish va qayta tiklash tushunchalari. Modellashtirish va qayta tiklash asoslari.

  2. Tarixiy jarayonlarni modellashtirish va qayta tiklash metodlari va usullari.Natijalarni taqdimot qilish.

  3. AutoCAD, 3D Max dasturlari haqida ma’lumot.

  4. AutoCAD, 3D Max dasturlaridan tarixiy ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalanishning usullari. Tarixiy tadqiqotlarda 3D modellashtirishning ahamiyati


Model va modellashtirish. Keng ma'noda model deganda real ob'ektlarning ixtiyoriy tasviri yoki ifodasi tushuniladi.Ob'ektlar bir-bridan murakkablik darajasi bilan farq qilgani kabi, ularning modellari ham u yoki bu murakkablik darajasiga ega bo'ladi. Bundan tashqari ular ifodalanish xarakteri bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi: og’zaki tasvir, grafik tasvir, matematik formula va tenglamalar, fizik ob'ektlar(real ob'ektlarning kichiklashtirilgan yoki soddalashtirilgan analoglari). Modellar statik(o'zgarmas tizimni aks ettiruvchi) yoki dinamik(tizim faoliyatini ma'lum vaqt oralig’ida kuzatish imkoniyati bo‘lgan) bo‘lishi mumkin.

Model inson bilish jarayonidagi muhim qurol hisoblanib, ob'ektning tarkibiy qismlarini va ular orasidagi bog’lanishni ko‘rsatib beradi. Bunda muhim jihatlarga e'tibor qaratilib, ikkinchi darajalilar inkor etiladi. Bu bilan model tasvirdan farq qiladi. Masalan, stol modeli gorizontal sirtning yerdan maxsus elementlar (oyoqlar) yordamida ko‘tarilib turishi faktini aks ettiradi. Bu stolning qanday rangda ekanligi yoki qirilgan-qirilmaganligi ahamiyatga ega emas. O‘t o‘chirish mashinasi modeli uchun esa qizil rang muhim xususiyat hisoblanadi, chunki u mashinaning maxsus vazifasi haqida ma'lumot beradi.

Tizim modeli yaratilish jarayoni modellashtirish deb ataladi. Modelni qurish prinsiplari asosida modellash turlari aniqlanadi. Bunga og’zaki yoki kontseptual, matematik, grafik va fizik modellashtirish turlari kiradi. Oxirgi yillarda hisoblash texnikasining rivojlanishi natijasida kompyuterli modellashtirish vujudga keldi. Uning mohiyati real tizim elementlariga EHM xotirasidagi o‘zgaruvchi va berilganlarning mos qo‘yilishi, ular orasidagi bog’lanishlar esa kompyuter dasturi ko‘rinishida modellashtirilishidan iborat bo‘ladi. Bunday dasturlar tizim yoki uning biror qismini kompyuter ekranida ifodalash, tizim faoliyatining sonli xarakteristikalarini olish uchun xizmat qilishi mumkin. Kompyuterli modellashtirish og’zaki, grafik va matematik usullarda ifodalash qiyin bo‘lgan murakkab tizimlarni o‘rganishda, hodisalarning turli variantlari ehtimoli bo‘lgan davomli jarayonlarni o‘rganishda ko‘proq foydalaniladi.

Tarixiy jarayonlar ham aynan ana shu kategoriyaga tegishli bo‘lib, ularga og’zaki modellash uslubi mos kelmaydi. Ko‘p hollarda matematik modellashtirish uslubi effektiv bo‘lib, qaralayotgan ob'ekt faoliyati formula va tenglamalar sistemasi vositasida ifodalanadi. Shu zaylda ehtimollar nazariyasining matematik asosi bir holatdan boshqasiga tasodidiy o‘zgaruvchi tizimlarni tasvirlashga imkon beradi. Ammo matematik modellashtirish ko‘p sonli bir xidagi yoki bir-biriga o‘xshash elemenlar mavjud bo‘lgandagina effekt beradi. Ko‘p sonli turli tipdagi ob'ektlarni tasvirlovchi matematik modellar juda murakkablashib, katta hajmdagi hisob-kitoblarni talab etadi. Kompyuter dasturlari og’zaki, grafik va matematik modellash usullarini birlashtirish imkoniyini beradi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari natijalarni sonli, grafik va dinamik (animatsion) ko‘rinishlarda ifodalash imkoniyatlariga ega.



Tarixiy jarayonlarni modellashtirish tajribasi. Tarixiy tadqiqotlarda jarayonlarni modellashtirish usulidan foydalanish masalasi bahsli mavzu hisoblanib, tarixchilarning asosiy qismi o‘tmish bilan bog’liq faktlarni aniqlash va o‘rganishni asosiy maqsad qilib qo‘yadilar. Tarixiy manbalar spesifikasi inson faoliyatining alohida tomonlari bilan bog’liq faktlarni aniqlashga imkon beradi(arxeologik topilmalar madaniyat darajasi haqida, yilnomalar harbiy-siyosiy voqealar to‘g’risida), shuning uchun bunday bir tomonlama ma'lumotlar bazasida o‘tmish voqealarini tasvirlash mumkin emas. Imitatsion modellarning tarqalishiga yana bir to‘siq ularning Monte-Karlo metodiga asoslanganligidir, ya'ni hodisa ehtimoli tushunchasini o‘z ichiga oladi. Tarixchilar esa faqat aniq va konkret faktlarga tayanishga o‘rganganlar. Shunga qaramay tarixiy voqealarni tadqiq qilishda fizik modellashtirish usullaridan foydalanib kelinmoqda. Xususan, arxeologlar azaldan o‘z tadqiqotlarida modellashtirishdan keng foydalanadilar. Masalan, 1922-yilda Shveytsariyada tosh va bronza asrlariga taalluqli odamlarning yashash joylari rekonstruksiya qilingan. Keyinchalik ham arxeologlar qadimiy manzilgohlarning modellarini qurib, ularda yashaganlar, mehnat qurollari yasab, xo‘jalik ishlari bilan shug’ullanganlar.

Chex tadqiqotchilari Renata va Yaroslav Malinovlarning kitobi ushbu eksperimentlar bayoniga bag’ishlangan. Afsuski, tarixiy manbalarning saqlanganlik holati modelning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan parametrlar aniq xarakteristikalarini aniqlashga imkon bermaydi, ularni taxminiy baholangan qiymatlar bilan almashtirishga to‘g’ri keladi. Bu esa modelning ishonchlilik darajasini kamaytiradi.

Bunday holatlarda tizimli ob'ektlar asosiy xususiyati - xarakteristikalarning o‘zaro bog’liqliligidan foydalaniladi. Bir parametr qiymatining oshishi, avtomatik holda ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Masalan, demografik modelda o‘lim darajasining oshishi o‘rtacha umr ko‘rish davomliligining kamayishiga olib keladi. Bunda aholi soni tug’ilish darajasining oshishi bilan o‘zgarmasdan qoladi va hokazo. Birinchi kompyuter modellari miqdoriy metod va tizimli tahlil usullari qo‘llanib kelingan fanlarga, ya'ni tarixiy demografiya va tarixiy geografiyaga tadbiq qilindi. Tarixiy geografiyada zamonaviy iqtisodiy geografiya fanidan kirib kelgan statistik qayta ishlash usullaridan foydalanilgan, xususan, "rang-hajm"(rank - size) deb ataluvchi aholi punktlarining hajmini ularning ijtimoiy ahamiyati orasidagi nisbatni matematik tasvirlovchi model yaratilgan.Uning mohiyati ikkinchi darajali kichik shaharlar soni yirik shaharlarga nisbatan doimo ko‘p uchrab, shaharninmg ahamiyati qanchalik katta bo‘lsa, bunday shaharlar soni shunchalik kamroq bo‘lishidan iborat. Bu metodika bo‘yicha yirik arxeologik qazilmalar olib borilgan hududlardagi qadimiy manzilgohlar kattaligi, miqdori to‘g’risidagi ma’lumotlar qayta ishlangan. Manzilgohlarning fazoviy va ierarxik tuzilishi o‘rganilgan. Bunday tuzilishdagi manzilgohlarning paydo bo‘lishiga qanday tarixiy-iqtisodiy jarayonlar sabab bo‘lgan? - degan savol tig’iladi. Bunga taalluqli taxminlarni komryuterli model yordamida tekshirib ko‘rish mumkin.

Manzilgohlar hayotining biror etapi boshlang’ich deb olinib, boshqasi - natijaviy deb qabul qilingan. Keyingi vazifa ishining natijasi bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazuvchi modellash dasturini tanlashdan iborat bo‘lgan. O‘z vaqtida g’arbiy yevropalik va amerikalik arxeologlar kompyuterli modellardan foydalanib bir qancha tadqiqotlar olib bordilar. Shu tadqiqotlardan biri qadimgi odamlarning yangi manzilgoh uchun joy tanlash strategiyasi masalasiga bag’ishlandi. Manzilgohlar paydo bo‘lishining bir necha variantlari modellashtirilib, ulardan qaysi biri empirik usullar bilan olingan statistik xarakteristikalarni yaratishi aniqlangan. Ibtidoiy jamoalar demografiyasini o‘rganishda ham o‘xshash usullardan foydalanilgan. Amerikalik etnograflar bir necha yillar davomida hozirgi kunga qadar ibtidoiy hayot tarzini saqlab qolgan janubiy amerikaning Yanomama qabilasi demografik tuzilishini o‘rgandilar. Oldiniga empirik usul bilan ko‘plab xarakteristikalar to‘plandi: har bir yosh guruhlaridagi erkak va ayollar soni, oilalar soni, tug’ilish, o‘limlar sonining yoshlar bo‘yicha taqsimlanishi va hokazo. So‘ngra tadqiqotchilar ushbu xarakteristikalarni yaratuvchi kompyuter modelini qurib, ishlatib ko‘rdilar. Model ishining natijalari real xarakteristikalarga yaqin bo‘lishiga qaramay, ba'zi mos kelmasliklar aniqlandi. Bu esa qaysidir faktorlar hisobga olinmagan yoki noto‘g’ri baholanganligidan dalolat berar edi. Tadqiqotchilar parametrlarni o‘zgartirib, modelning reallikka yaqinlashuvi oilalardagi xotinlar soni (Yanomama oilasida ko‘p xotinlilikka yo'l qo‘yiladi) barcha uchun teng bo‘lmay, ijtimoiy darajaga bog’liq holda tanlanganda ro‘y berar ekan.

Tarixiy demografiyada bevosita kuzatishning imkoniyati bo‘lmagan tarixiy jarayonlarning sonli xarakteristikalarini aniqlashda ham modellashtirishdan foydalaniladi. Xuddi shu usulda neolit davri aholisining ilk bor o‘troq xo‘jalik vujudga kelgan Yaqin Sharqdan G’arbiy Yevropa hududi bo‘yicha taxminiy tarqalish tezligi o‘lchangan. Bu tadqiqotlarga ko‘ra neoilt davri aholisining kontinent bo‘ylab tarqalish tezligi yiliga 1 km ni tashkil etdi. Bu toifadagi modellar o‘lchash modellari deb ataladi. Bunday modellar ishidan olinadigan natijalar boshlang’ich parametrlarga bog’liq bo‘lib, modelning qimmati ushbu parametrlarning ishonchliligiga bog’liq.

O‘lchash modellarini qurish ilmiy gipotezalarni tekshirish uchun ham effektiv vosita hisoblanadi. Bu esa tarix fanini ma'lum darajada aniq fanlarga yaqinlashtiradi. Bu borada zamonaviy jamiyatning keying rivojlanish yo‘lini bashorat qilish maqsadida uni global modellashtirishga urinishlar ham mavjud. Bu modellar yordamida olingan prognozlar halokatli bo‘lib, ekologik, ijtimoiy, demografik faktorlarga asoslanadi. Umuman olganda ushbu bashoratlar bir tomonlama bo‘lib, o‘tmish voqea-hodisalarini ishonchli talqin etuvchi modellar yaratilgunga qadar e'tibordan chetda qoladi. Imitatsion modellar yo‘nalishi olimlar tomonidan turlicha qabul qilinib, ba'zi holatlarda tanqidga uchraydi. Bunga misol qilib, Sobiq Ittifoqda V.A. Ustinov boshchiligidagi tarixchi olimlar tomonidan 1976-yilda e'lon qilingan qadimgi grek polisi Pelopones urushi qatnashchilari iqtisodiyotining model-rekonstruksiyasini keltirish mumkin. Mualliflar polis xo‘jaligini bir qancha o‘zaro bog’liq parametrlar: aholi soni, qishloq xo‘jalik maydonlari, hosil miqdori, ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot miqdori, iste'mol mahsulot normalari va boshqalarni o‘z ichiga oluvchi tizim sifatida taqdim etdilar. Tarixiy manbalarning holati ko‘p parametrlarning aniq qiymatini aniqlashga imkon bermasdi, shuning uchun tadqiqotchilar taxminiy baholangan qiymatlardan foydalandilar. Ammo taxminiy va gipotetik parametrlar sonining ko‘p bo‘lishi butun rekonstruksiya ishonchliligiga salbiy ta'sir etdi. Natijada sobiq ittifoqda tarix fanidagi modellashtirish yo‘nalishi sust rivojlandi. Epizodik ravishda paydo bo‘lgan ishlardan K.V Xvostovaning 1980-yilda e'lon qilingan Vizantiya feodal dexhqonlarining tabaqalashuvi modelini misol qilib keltirish mumkin.

1980-yillar oxiri 1990-yillar boshlarida tarixiy jarayonlarni modellashtirish sohasida bir muncha ishlar qilindi. Bulardan Yu.P. Bokarevning NEP(Yangi iqtisodiy siyosat) davri iqtisodiyotining parametrlarini differensial tenhlamalar sistemasi bilan tasvirlovchi analitik modellari, V.P Akimov va V.M. Sergeevlarning 1870-yillardagi rus-german munosabatlarini matematik o‘yinlar nazariyasi usullari vositasida tasvirlovchi modellarini keltirish mumkin.Amerikalik tadqiqotchilar X.Xanter va Shirmer 1930-yillardagi Sobiq Ittifoq qishloq xo‘jaligida don yetishtirish dinamikasiga ta'sir etuvchi turli faktorlar ahamiyatini baholashda regression tenglamalar metodidan foydalandilar. Ushbu usul asoschisi R.Fogel amerika tarixiga oid ishlari uchun 1933-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1966-yilda Rossiyada L.I. Borodkin tahriri ostida imitatsion va matematik modellarga misollarni o‘zida saqlovchi "Tarixiy jarayonlarni matematik modellashtirish" deb nomlangan to‘plam chop etildi.

Imitatsion modellashtirish metodikasi Kompyuter modelini yaratish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

1. Muammoni belgilash va tadqiqot masalasining qo‘yilishi

2.Modelning og’zaki, matematik-mantiqiy, grafik blok-sxema ko‘rinishidagi ifodasini ishlab

chiqish

3. Modelni algoritmik tildagi kompyuter dasturiga o‘girish.



4. Dasturni sozlash (tahrirlash, xatolarni to‘g’irlash)

5. Validatsiya (Modelning o‘zi aks ettiruvchi real tizimga mosligini tekshirish).

6. Boshlang’ich berilganlarni tayyorlash.

7. Mashina eksperimentini rejalashtirish.

8. Modelni sinovdan o‘tqazish (dasturni kompyuterda bajartirish va natijalarni olish).

9. Natijalar tahlili.

10. Natijalarni hujjatlashtirish va ularni nashrga tayyorlash.

Ushbu bosqichlarda eng mas'uliyatlisi ikkinchi bosqich hisoblanib, tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob'ektni tahlil qilishi, uning asosiy komponentlari va ular orasidagi bog’lanishlari xarakterini, ushbu elementlar va bog’lanishlarning tadqiqot maqsadlari uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Optimal darajada soddalashtirilgan modelni tadqiqotchi formallashtiradi, ya'ni tizim komponentlari barcha turlarini, ierarxiyasini va ularning model ishi jarayonidagi o‘zgarishlarini tasvirlaydi. Bundan tashqari tadqiqotchi o‘ziga kerak bo‘lgan ma'lumot turini aniqlaydi, masalan, oxirgi natija yoki oraliq natijalarning taqdim etilishi belgilanadi.

Uchinchi va to‘rtinchi basqich - dasturning yozilish va sozlanish jarayoni o‘ziga xos bilim va malakani talab etadi. Validatsiya etapida model ishining natijalari oldindan ma'lum sodda boshlang’ich berilganlar asosida olingan natijalari tahlil etiladi. Natijalar mos tushsa, modelning real tarixiy jarayonni to‘g’ri talqin eta olishiga umid qilsa bo‘ladi. Nihoyat, dastur xatosiz ishlab, tadqiqotchi uning real tizimga mos ishlashiga ishonch hosil qilsa, katta tajriba uchun boshlang’ich berilganlarni tayyorlash bosqichiga o‘tish mumkin. Modelni sinovdan o'tqazish(kompyuterda ishlatish) jarayonida olingan natijalar tahlili muhim ahamiyat kasb etib, sinovlar bir necha o‘n, yuz va minglab marta turli boshlang’ich berilganlar asosida o‘tkaziladi. Olingan natijalar tahlili ularning ishonchlilik darajasini belgilaydi.

Natijalarni hujjatlashtirish bosqichi, ayniqsa turli boshlang’ich berilganlar asosida ko‘p martalab sinovlar o‘tkazilganda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir sinov natijalari sinov muddati va vaqti, o‘zgartirilgan parametrlar konkret qiymatlari bilan birgalikda chop etilishi kerak.

Misol sifatida an'anaviy dehqon xo‘jalgi faoliyatini aks ettiruvchi model qurilishi bayonini tasvirlaymiz. Dehqon xo‘jaligiga tizim sifatida qarab, uning asosiy komponentlarini aniqlash kerak. Bular:

1. Dehqonlar, xo‘jalikda yashovchilar, asosiy xo‘jalik kuchlari Boshlang’ich nuqta sifatida kichik oila xo'jaligini(er-xotin va ularning bolalari) olamiz. Modelni faollashtirish uchun demografik jarayon, ya'ni yangi oila a'zolarining tug’ilishi, ularning o‘sishi va ulg’ayishi, turmush qurishi bilan bog’liq oilaning bo‘linishi va o‘lim jarayonlarini modellashtirish kerak. Bunda har bir oila a'zosining yoshi, ijtimoiy darajasi, oila qurish yoshi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni iste'mol qilish miqdori aniqlanishi kerak.

2. Uy hayvonlari – har bir hayvondan olinadigan foydali mahsulotlar miqdori, oziqlanish normalari va ko‘payish darajasi bilan xarakterlanadi .

3. Barcha don, sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari - mavjud zahira miqdorlari, maydon birligiga ekiladigan urug’lik normalari va o‘rtacha hosildorlik bilan xarakterlanadi.

4. Asosiy dehqonchilik ishlari uchun mehnat sarfi.

5. Har yilgi hosil miqdoriga ta'sir etuvchi iqlim sharoitlari.

Natural dehqon xo‘jaligi bir yillik xo‘jalik sikliga asoslanadi. Modellashtirish uchun to‘rtta asosiy tushuncha: ob'ekt, xarakteristika, ob'ektlar sinfi va protsedura lardan foydalanamiz. Oby'ekt sifatida tizimning ixtiyoriy komponentini ifodalash mumkin. Vaqt o‘tishi bilan uning holati o‘zgarib turadi: odamlar soni, ma'lum navdagi don zahirasi, uy hayvoni, yer uchastkasi va hokazo.Ob'ektlar murakkab ierarxik tuzilishga ega bo‘lishi mumkin: masalan, "xo‘jalik" ob'ektiga "oila boshlig’i", "bug’doy", "ot" va boshqa ob'ektlar bo'ysunadi. Ob'ektning ma'lum davrdagi holatini belgilovchi sonli qiymatlar xarakteristikalar deb ataladi. Masalan, bug’doy ob'ektining ekilish normasi(taxminan 1,5 sentner/gektar) va hosildorlik (masalan, 6 sentner/gektar). Xarakteristika sifatida bitta songina emas, butun jadval ham kelishi mumkin. Masalan, inson uchun bunday xarakteristika sifatida yoshiga nisbatan o‘lim ehtimollari jadvalini olish mumkin.

Ob'ektlar sinfi deganda esa bir xil xarakteristikalar to‘plamiga ega bo‘lgan ob'ektlar majmuasi tushuniladi. Bizning misolimizda "oila boshlig’i", "uy bekasi", "katta o‘g’il", "kichik o‘g’il", "qiz" ob'ektlari "odam" sinfiga mansub, "bug’doy" va "suli" ob'ektlari esa "don" sinfiga mansub bo‘ladi. Ob'ektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lgan vorislik xususiyatiga aoslanib, "odamlar" deb ataluvchi va unga bo‘ysunuvchi "odam" sinfiga taalluqli barcha ob'ektlarga tegishli bo‘lgan xarakteristikalarga egabo‘lgan sinf aniqlanishi kerak.

Xuddi shunday "otlar" sinfiga taalluqli yosh bilan ko‘payish darajasining bog’liqlik jadvali, yosh bilan o‘lim darajasining bog’liqlik jadvali, oziqlanish normalari va hokazo xususiyatlarga ega bo‘lgan bitta ob'ekt aniqlanishi kerak. Bunga bo‘ysunuvchi "ot" ob'ekti esa "jins", "yosh","og’irlik" kabi xarakteristikalarga ega bo‘ladi. O‘xshash usul bilan "bug’doy", "suli" kabi sinflariga tegishli "hosildorlik", "ekish normalari" va boshqa xarakteristikalarga ega bo‘lgan bittadan ob'ektlar yaratiladi. Bundan tashqari "yer" sinfiga tegishli ob'ekt va unga bo‘ysunuvchi "yer uchaskasi" sinfiga kiruvchi " hosildorlik", "yuza", "foydalanish usuli" xarakteristikalariga ega bo‘lgan bir nechta ob'ektlar yaratilishi kerak. Ushbu yaratilgan ob'ektlarni bir tizimga birlashtirish uchun "xo‘jalik" deb nomlangan yangi ob'ektlar sinfi yaratiladi. "Xo‘jalik" ob'ektiga "odamlar", "otlar", "sigirlar", "bug’doy", "suli", "yer" va boshqa sinflarning ob'ektlari bo'ysunadi. Bu sinflarning har bittasiga "miqdor" xarakteristikasi qo‘shilsa, ular bitta dehqon xo‘jaligidagi yashovchilar, uy hayvonlari umumiy soni, yer va zahiralar miqdorini aks ettira oladi. Ammo "xo‘jalik" sinfini ham undan yuqori "qishloq" sinfiga bo‘ysundirish mumkin. Bunday usulda qurilgan konstriksiyani ishlatish uchun proseduralardan foydalaniladi.

Prosedura deganda ma'lum sinf ob'ektlarining yaratish, yo‘qotish yoki xarakteristikalarini o‘zgartirish qoidalari to‘plamini tushunish kerak. Proseduralarning har biri (qism dasturlar) o‘z nomlariga ega bo'ladi. Misol sifatida "Individning ulg’ayishi va o‘limi" prtsedurasini ko‘rib o‘tamiz.Ushbu protsedura "odam" sinfiga mansub ob'ektlar bilan ishlaydi. Dasturning har bir qadamida protsedura ushbu sinf barcha ob'ektlarini ketma-ket ko‘rib chiqib, ularning "yosh" xarakteristikasi qiymatini bittaga oshirib boradi. So‘ngra yuqori turgan "odamlar" ob'ektining "yosh bilan o‘lim darajasining bog’liqlik jadvali" xarakteristikasiga (bu jadvalda satrlar bo‘yicha yil hisobidagi yoshlar, ustunlar bo‘yicha o‘nli kasr ko‘rinishidagi mos yoshdagi o‘lim ehtimoli joylashtiriladi) murojaat etib, tanlangan individning yoshiga mos keluvchi o‘lim ehtimoli miqdorini o‘qiydi. Keyingi qadam tasodifiy sonlar generatori yordamida olingan 0 dan 1 gacha bo‘lgan diapazondagi sonni 0 dan o‘lim ehtimoli ko‘rsatkichigacha bo‘lan oraliqqa tushish-tushmasligi tekshirilib agar tasodifiy son ushbu oraliqqa tegishli bo‘lsa, protsedura tekshirilayotgan ob'ektni yo‘qotib, "odamlar" sinfi ob'ektining "miqdor" xarakteristikasi qiymati bittaga kamaytiriladi. Aks holda esa protsedura keyingi ob'ektni tekshirishga o‘tadi. Xuddi shu tarzda "turmush qurish" protsedurasi ham faoliyat ko‘rsatadi. Uning uchun "odamlar" sinfida "berilgan yoshda turmush qurish ehtimoli" xarakteristikasi tayyorlangan bo‘lishi kerak. Ushbu protsedura o‘z ishini "ulg’ayish va o‘lim" protsedurasi ishini tugatgandan keyin boshlaydi. Bunda "odam" sinfiga taalluqli barcha ob'ektlarning "oilaviy ahvol" xarakteristikasi tekshiriladi. Agar individ oilali bo‘lsa, keyingi ob'ektga o‘tiladi. Aks holda "berilgan yoshda turmush qurish ehtimoli" xarakteristikasiga murojaat etiladi va tasodifiy miqdorga asoslanib, individning turmush qurish yoki qurmaslik fakti aniqlanadi.

Turmush qurish holatida qarama-qarshi jinsli yangi ob'ekt yaratiladi. Haqiqatda ushbu protsedura modellashtiriluvchi urug’ning turmush qurish an'analarini aks ettirish uchun ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lishi kerak, ya'ni, tekhiriluvchi holatda kelin kuyov uyiga kelishi yoki aksinchligi fakti. Bu masala stoxastik (hodisaning ro‘y berish ehtimoliga bog’liq tasodifiy usulda) yoki deyterministli (urug’ urf-odatlari bo‘yicha, masalan kuyov faqat kelinning aka-ukasi bo‘lmagan holdagina kelin uyida yashaydi) usullar bilan hal etilishi mumkin. Yuqorida tasvirlanga protseduralar soni dehqon xo‘jaligi hayotining bizni qiziqtiruvchi barcha jabhalarini aks ettirishga imkon beruvchi miqdorda bo‘lishi lozim. Bularga har bir oilada tug’iladigan avlodlar soni,xo'jalikning bo‘linishi, yerning yillik qayta ishlanishi, hosil yig’im-terimi, soliqlar kabilar kiradi. Shulardan don ekinlaridan birining hosildorligini aniqlash protsedurasini ko‘rib o‘tamiz. Bizning mahsulotimiz bug’doy deb hisoblaymiz. Ushbu mahsulot urug’lik normasi va o‘rtacha hosildorlik xarakteristikalariga ega. Don ekiladigan yer uchastkasi unumdorlik xarakteristikasiga ega. Unumdorlik xarakteristikasi bir necha qiymatga ega bo‘lishi mumkin: unumsiz, o‘rtacha unumdorlikka ega va unumdor. Shuning uchun hosildorlik donning ekilgan joyi xarakteristikasiga qarab, turli uchta qiymatga ega bo'ladi. Shuningdek protsedurada iqlim faktorini ham hisobga olmoq zarur bo‘ladi. Yilning unumdor yoki aksincha bo‘lishini bir necha diskret sonlar (yomon yil, o‘rtacha yil va yaxshi yil) ni teng taqsimlangan tasodifiy miqdor yordamida tanlash orqali modellashtirish mumkin.Bundan tashqari yilning iqlim sharoitini normal (Gauss) qonun yordamida aniqlanadigan tasodifiy son yordamida modellashtirish mumkin. Barcha kerakli protseduralar ishlab chiqilgach, asossiy boshqaruvchi dastur (dasturiy modul) yoziladi. Uning vazifasi barcha protseduralar bajarilish tartibini belgilab, ulardan olingan xarakteristikalarning kerakli qiymatlarini saqlab qolishdan iboratdir. Ushbu dastur barcha ob'ektlar va protseduralar majmuasi bilan birgalikda dehqon natural xo‘jaligining kompyuter modelidan iborat bo‘ladi.

Modellashtirish dasturlari ichida WINDOWS muxitida ishlatiluvchi eng kuchli avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi sifatida Autodesk firmasining AutoCad dasturini olish mumkin. Odatda, AutoCad ni avtomatlashtirilgan loyixalash tizimi(SAPR)ning grafik yadrosi sifatida qabul qiladilar. Dastur yordamida turli chiziq, yoy, matnlar xosil qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan ko‘pgipa muammolarning yechimini avtomatlashtirish, xususiy ssenariy va makrokomandalar yaratib, aniq (konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya qilish mumkin.

3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha- 3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob’yektlarni qo‘llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin. 3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport) da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o‘lchovlarini berasiz.

Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin. Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo‘ladi. Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo‘ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp’yuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.



3ds Max turli ko'rinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch o'lchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qo'llaydi, jumladan:

  • poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli bo'lib, murakkab modellar va o'yinlar uchun ma'lum modellar yaratish uchun ishlatiladi.

  • Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);

  • Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish – aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay;

  • o'rnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qo'llash orqali modellashtirish;

  • splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qo'llash orqali modellashtirish;

  • splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qo'llash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.

Modellashtirish metodlari o'zaro bog'liq holda ishlatilishi mumkin.
Nazorat uchun savollar

  1. Tarixiy jarayonlarni modellashtirish va qayta tiklash tushunchalari. Modellashtirish va qayta tiklash asoslari.

  2. Tarixiy jarayonlarni modellashtirish va qayta tiklashda xolislik.

  3. Tarixiy jarayonlarni modellashtirish va qayta tiklash metodlari va usullari.Natijalarni taqdimot qilish.

  4. AutoCAD, 3D Max dasturlari haqida ma’lumot.

  5. AutoCAD, 3D Max dasturlaridan tarixiy ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalanishning usullari.

  6. Tarixiy tadqiqotlarda 3D modellashtirishning ahamiyati.


ASOSIY ADABIYOTLAR:

  1. Информационные технологии для историков: учеб. пособие к практикуму по курсу «Информатика и математика» / Ред. Л.И.Бородкин. М.: Изд-во МГУ, 2006.

  2. Христочевский С.А. Электронные мультимедийные учебники и энциклопедии // Информатика и оброзование. М., 2000. №2. С. 70-77.

  3. Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: прак. рук. / А.Т. Хроленко, А.В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010.

  4. Lawrence J. Mc.Crank. Historical Information Science: An emerging Unidiscipline. Medford. New Jersey, 2002.


QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:

  1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. T.: O‘zbekiston, 2006.

  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2017.

  3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz.-T.: O‘zbekiston.2017.

  4. Бородкин Л.И. Валетов Т. Я. Электронные ресурсы в изучении истории России XX века, М.,МГУ, 2002,-20 с.

  5. Вымятнин В.М., Дёмкин В.П. Принципы и технологии создания электронных учебников. Томск, 2002.

  6. Гарскова И.М. Базы данных: создание и использование, Учебно-методическая разработка.Выпуск №1 М.: МГУ, 2005,-55 с.

  7. Жуков Д.С., Лямин С.К. Моделирование исторических явлений и процессов средствами фракталбной геометрии//Информационный бюллетень Ассоциации «Истрия и компьютер». 2006. №34 С.52

  8. Информационные технологии в гуманитарных исследованиях: Сборник трудов. Новосибирск: НИИ МИОО НГУ, 1988.

  9. История и математика: Процессы и модели / Ред. Л.Е.Гринин, А.В. Коротаев, С.Ю. Маликов. М., 2009.

  10. Информационный Бюллетень Ассоциации «История и компьютер». 1990-2001.

  11. Информатика для гуманитариев: Учебное пособие/ Под.ред.В. Л. Акимова, Л.И. Бородкина. Москва-Саранск, 1998.-215 с

  12. Крупник А. Поиск в интернете. Самоучитель. СПб., 2006.

  13. Ландэ Д.В. Поиск знаний в Интернете. Профессиональная работа. М., 2005.

  14. Леонтьев В. Новейшая энциклопедия Интернета. М. 2009.

  15. Муслимов Н., Сайфуров Д. Web технология асосида электрон ахборот таълим ресурсларини яратиш ва уларни амалиётга жорий этиш. Тошкент. 2015.

  16. Круг идей: историческая информатика в информационном обществе/ Отв. ред.Л.И. Бородкин., В. Н. Владимиров. М. , 2001.

  17. Словарь историка./ Ред. Г. Дюфо, Э. Мазюрель. М.2006

  18. Қосимов С.С. Ахборот технологиялари. Т., 2006.


INTERNET SAYTLARI

  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.edu.uz

  3. http://www.google.uz

  4. http://www.turklib.uz

  5. http://www.mirknig.ru

  6. http://www.history.ru

  7. http://www.archeologia.ru

  8. http://www.archeo.ru

  9. http://arc.novgorod.ru

  10. http://www.elib.dgu.ru

  11. http://www.book.ru

  12. http://www.ibooks.ru

  13. http://www.iprbookshop.ru

  14. http://www.biblio-online.ru

  15. http://www.books.google.com

  16. http://www.neicon.ru

  17. http://www.ru.wikipedia.org


MAVZU: TARIXNI O‘RGANISHDA VIRTUAL MUZEYLARNING O‘RNI
REJA:

  1. Virtual muzey tushunchasi.

  2. Virtual muzeylar shakllanishi.

  3. Virtual muzey afzalliklari.

  4. Tarixni o‘rganishda virtual muzeylarning o‘rni.

  5. Virtual muzey eksponatlari.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni o‘rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi.

Respublikamiz Prezidentining 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini yanada oshirish maqsadida «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tuzildi.

Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida jami 1200 tadan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. Shu bilan birga, o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nafaqat darsni samarali tashkil etish va ta’lim sifatini oshirish, balki hamkorlik pedagogikasi doirasida o‘quvchilarning tadqiqotchilikka doir faoliyatini muvafaqqiyatli tashkil etishga ham imkon beradi. Zamonaviy muzey pedagogikasi esa, eng avvalo, o‘quvchi shaxsining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish vazifasini hal etishga yo‘naltirilgan. Ana shu maqsad bilan bog‘liqlikda muzey-pedagogik jarayonda o‘quvchilarning nuqtai nazarlari va rolini o‘zgartiruvchi ular bilan ishlashning xilma-xil metodikasi ishlab chiqiladi.

Muzey pedagogikasida o‘qitishning o‘ziga xos jihati – norasmiylik va ixtiyoriylikdir. O‘qitishning o‘ziga xos xususiyati sifatida o‘quvchilarning o‘z qobiliyatlarini maksimal darajada amalga oshirish va qiziqishlarini qondirishga imkon berishi aks etadi. O‘quvchilarning muzey materiallari bilan ishlashini tashkil etish ularning fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual muzeyni yaratish ikkita metodikaning – muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga keladi.

Virtual muzey veb-saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar ko‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi. Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar Internetda 1991-yilda paydo bo‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt – muzeylar paydo bo‘la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bo‘lgan. Biroq barcha rasm to‘plamlari ham virtual muzey bo‘la olmaydi. Virtual muzeylarning to‘plamlari ikkita o‘ziga xos xarakteristikaga ega bo‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bo‘lib, virtual muzeylarning afzalligini ko‘ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bo‘lgan.

Virtual muzeylar nafaqat madaniy – ma’rifiy muassasasigina bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi ko‘rgazmalarni virtual tomosha qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning roli kattadir. Chunki virtual muzeylar real muzeylardan farqi o‘qituvchi yordamisiz o‘quvchilar mustaqil o‘zlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat ilmiy dunyoqarashni rivojlantiradi, balki o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos bo‘ladi. Virtual muzeylardan foydalanish o‘quvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki Internet tarmog‘idan erkin foydalana olish ko‘nikmasini hosil qilishga ham imkon yaratadi.

«Virtual ekskursiyalar» – real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, o‘quvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda u real hayotda ko‘ra olmaydigan muzeylarga ham sayohat qila oladi. O‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan o‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish o‘qituvchining yordami va ko‘rsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa o‘quv dasturlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday tarzda o‘quv ishlarini tashkil etish samarali hisoblanadi.

Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda qo‘llashga doir izlanish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

1. O‘quvchilarni muzey eksponatlari bilan keng tanishishlariga imkon beradi.

2. Mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajada ko‘rgazmalilik va interfaollikni ta’minlaydi.

3. O‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil fikrlashini shakllantirish samaradorligi ortadi.

4. O‘quvchilarda tarixiy voqelikka qadriyatli yondashuv qaror topadi.

Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Shu asosda yurtimizdagi asosiy madaniyat hamda sanʼat obyektlari boʻylab 3D-turlar ishlab chiqish belgilab qoʻyildi.

Binobarin, madaniyat, tashqi ishlar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, moliya vazirliklariga Google Cultural Institute bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berildi.

Dunyoga mashhur kompaniya bilan birgalikda diyorimizdagi asosiy madaniyat va sanʼat obyektlari boʻylab 3D-turlar yaratiladi. Bu esa ularni mamlakat aholisi va xorijliklar oʻrtasida yanada ommalashtirish hamda ilgari surish imkonini beradi.

Shuning uchun yaqin kunlar ichida muzeylar, teatrlar va shu kabi muassasalar haqida maʼlumotlar joy olgan sayt paydo boʻladi. Saytda ana shu obyektlarda joylashgan madaniy boyliklar yoʻnalishni koʻrsatib berish funksiyasi(marshrutizator)ga ega interaktiv xarita koʻrinishida tasvirlanadi hamda elektron chipta savdosi ham yoʻlga qoʻyiladi.

2020-yil boshiga kelib yirik muzeylar qoshidagi fondi muntazam toʻldirib boriladigan jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan kutubxonalar tarmogʻi shakllantiriladi.

Maʼlumot uchun, Google Cultural Institute(Google madaniyat akademiyasi) yuzlab muzeylar, madaniyat institutlari va dunyo arxivlarini oʻzida birlashtirgan global taʼlim onlayn loyihasi va sheriklik dasturidir. Istalgan odam uning yordamida dunyodagi eng mashhur muzey majmualarini har kuni virtual tarzda aylanib chiqishi, ulardagi sanʼat durdonalarining eng mayda detallarigacha tomosha qilishi mumkin.



O‘zbekiston muzeylarida 2,5 milliondan ziyod eksponat, arxivlarda madaniy meros obektlari bo‘lgan milliondan ortiq hujjat saqlanadi.

Google korporatsiyasi dunyodagi mingdan ortiq muzeyning eksponatlarini ko‘rish imkoniyatini beradigan Arts & Culture dasturini hamda shu nomdagi saytning yangi versiyasini ishga tushirdi.

Bir necha yillar davomida haqiqiy muzeylarga onlayn alternativa mavjud - MOMA, Luvr, Viktoriya va Albert muzeyi va boshqa taniqli muassasalarning rasmlarini Google Art Project loyihasi yordamida ko'rish mumkin. Ushbu zamonaviy "muzey" qanday shakllangan va bu bizning san'atimizni idrok etishimizga qanday ta'sir qiladi?

Google Art loyihasidan olimlar dunyoning turli burchaklarida joylashgan muzey va kutubxonalardagi rasmlar va hujjatlarni taqqoslash juda foydali vosita bo'lishi mumkin. Bu bizga Van Gogh muzeyida saqlanadigan Morgan kutubxonasi va muzeyidagi Goginga yozilgan va eskizlarini o'z ichiga olgan xatini solishtirishga imkon beradi. Ushbu raqamli rasmlar bir-birini to'ldiradi va bir-birlariga ma'no beradi, chunki harf rasmda kontekstni beradi. Haqiqiy dunyoda ularni taqqoslashning hech qanday usuli yo'q, chunki ular turli mamlakatlarda va turli qit'alarda. Agar siz olim sifatida ularni taqqoslashingiz kerak bo'lsa, bu unchalik ham oson emas.

Fotosuratlardan tashqari, Google Art Project installyatsiya va boshqa zamonaviy san'at asarlarini aks ettiruvchi videolarni nashr etadi, chunki statik tasvirlar ularning mohiyati va muallifning g'oyalarini aks ettirmaydi.

Dunyoda juda ko'p odamlar borki, ular muzeyga borishni istamaydilar, bu qulay va qulay stuldan turish uchun juda dangasa. Va undan ko'tarilishga tayyor bo'lganlar bor, ammo moliyaviy ahvoli yoki vaqtning yetishmasligi boshqa shaharga yoki boshqa mamlakatga "Mona Liza", "Masihning odamlarga ko'rinishi" va boshqa rasm asarlarini tomosha qilish uchun borishiga imkon bermaydi. Bu shunday odamlar uchun va haqiqatan ham barcha tasviriy san'at ixlosmandlari uchun va resurs paydo bo'ldi. Google Art Project deb nomlangan yangi xizmatni taqdim etadi. Bu, aslida, xuddi o'sha Ko'cha ko'rinishi, faqat siz uning yordami bilan ko'chalarda emas, balki muzeylarda yurishingiz mumkin.

Hozirgi kunda dunyo bo'ylab o'n ettita muzey Google Art Project-da mavjud. Bular Metropolitan san'at muzeyi va Nyu-Yorkdagi zamonaviy san'at muzeyi, Parijdagi Versal saroyi, Londondagi milliy galereya va boshqa shu kabi masshtabdagi muassasalar. Rossiya muzeylaridan Tretyakov galereyasi va Ermitaj bu yerda taqdim etilgan. Ammo bu ro'yxat yanada kengayib, kengayishda davom etadi. Google Art Project-dan foydalanib, to'g'ridan-to'g'ri veb-saytida siz muzey zallarida sayr qilishingiz, interyer, rasmlar, haykallar bilan tanishishingiz, imzolaringizni, yaratilish tarixini, rassomlarning tarjimai hollarini o'qishingiz, sharhlar qoldirishingiz, taassurotlaringiz haqida gapirib berishingiz, maslahat berishingiz va hk.



Suratlar o'zlari 7 gigapiksellik o'lchamda suratga olingan (ha, aniq 7 milliard piksel)! Shunday qilib, san'at ixlosmandlari xohlasalar, har bir yoriqni ko'rishi, batafsil o'rganishi va sevimli rassomlarining ishonchli harakatlaridan zavqlanishi mumkin.

Versal saroyining Ko'zgudagi galereyasidagi shiftdagi rasmlarga uzoq vaqt qoyil qoling, keyin Madriddagi Reina Sofiya muzeyida Pikassoning "Gernika" asarini tomosha qilishga boring, Ermitajga kirishni unutmayapsizmi? Endi siz virtual muzey ostidagi 1000 dan ortiq san'at asarlarini to'plagan Google Art loyihasi - Google Art loyihasi tufayli divandan turmasdan turib buni amalga oshirishingiz mumkin.

Virtual sayohatlar dunyoning 17 yirik muzeyida - Nyu-Yorkdagi zamonaviy san'at muzeyidan Ermitajgacha, Amsterdamdagi Van Gog muzeyidan Versal saroyigacha bor. Aytgancha, Versal saroyi ushbu ro'yxatdagi yagona frantsuz muzeyi edi.

Luvr muzeyi - tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha dunyodagi birinchi muzey (2010-yilda 8,5 million) Google-ning sherigiga aylanmadi. Muzey vakilining so'zlariga ko'ra, Google ushbu taklif bilan Luvr ma'muriyatiga 2009 yilda murojaat qilgan, ammo Luvr ushbu loyihani taklifni rad etgan. Versal saroyi muzeyi direktori Jan-Jak Ayagon, o'z navbatida, Versal ushbu ro'yxatdagi yagona frantsuz muzeyi bo'lganidan xursand. Bundan bizga nima foyda? Hammasi juda oddiy. Har yili Versal saroyiga juda ko'p sayyoh tashrif buyuradi: taxminan 6 million. Biroq, dunyodagi ko'p odamlar Versalni ko'rishni orzu qiladilar, ammo ular bu yerga hech qachon erisha olmaydilar. Patagoniya, Laplandiya yoki Uzoq Sharqda bo'lganlar dunyoning narigi tomonida bo'lganlar qachondir Versalga bora oladimi yoki yo'qmi, noma'lum va bu loyiha Versal saroyiga kela olmaydiganlarga uni ko'rish imkoniyatini beradi. Ko'zgular galereyasidan o'tib, shiftdagi rasmning tafsilotlarini sinchkovlik bilan o'rganishga harakat qilganda, men o'z-o'zimga ularni ko'rish qiyinligini aytaman. Axir, biz har kuni emas, balki oyna galereyasini iskala ostidan ko'rib chiqamiz. Badiiy loyiha Lui XIV hukmronligining muhim voqealarini eslaydigan ushbu siklning barcha tafsilotlarini ko'rib chiqishga imkon beradi.

Googlening chaqirig'iga javob bergan barcha muzeylar o'zlarining Internet-saytlariga ega, allaqachon minglab asarlarni raqamlashtirgan (Versal muzeyidagi 60 000 ta asarning 60%) va o'z xonalarida virtual sayrlarni taklif qilishadi. Ularni Google Art Projectga nima jalb qildi? Birinchidan, Amerika korporatsiyasi tomonidan bepul taqdim etiladigan eng yangi texnologiyalar.



Har bir muzey bitta rasmni tanladi, "gigapiksel" formatida raqamlashtirildi, ya'ni standart raqamli kameraning o'lchamidan ming baravar yuqori. Yana bir muhim yangi xususiyat: 360 daraja aylanib, virtual xonalarda bemalol yurish imkonini beruvchi Street View-dan foydalanish.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling