Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar


Download 1.16 Mb.
bet2/11
Sana10.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#143134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dadamirzayeva G. Qo'llanma ТАЙЁР


Insonparvarlikinsonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar istalgan qoidalari deb hisoblaydi.

Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistentsilizm kabi yo`nalishlar qo`shiladi.



Teosofiya diniy yo`nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to`g`ri shakllantiradi.

Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday bog`liqligi yo`q, u moddiy emas, ma'naviy qadriyatlarni o`rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat'iy mo`ljallangan maqsadni ko`zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi safollarga javob beradi. Pedotsentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin.

Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo`nalishi bo`lib, u o‘quvchining qiziqishlari va talablarini birinchi o`ringa qo`yishdan kelib chiqadi. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb biladi.

Ekzistentsializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o`zidan ima qilsa ana shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistentsializm vakillari ekzistentsiya ma'nosini, uning ma'naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va kayfiyatlardan (qo`rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, neaekzistentsialistlar esa ko`tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistentsiyani boyitib, ba'zi gumanistik g`oyalarni asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning ma'naviy tanlovi ongli va aniq bo`ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim sharti bo`lib ishtirok etadi.

Pragmatizm konsepsiyasi (unga neopozitivizm, neofreydizm falsafiy oqimlari ham qo`shiladi) shaxsning intellektual va ma'naviy sifatlari uning noyob tabiatida mavjud bo`ladi va ularning namoyon bo`lishi eng avval insonning individual tajribasi bilan bog`liq bo`lishidan kelib chiqadi. Shunday kelib chiqqan holda pragmatizm vakillari ta'lim vazifalarini shaxsning ma'lum ma'naviy sifatlari, prinsiplari, yo`nalishlari qadriyatlarini shakllantirishda emas, balki unga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatlari, sifatlari va uning individual tajribasini o`zini amalga oshirish asosiy sharti sifatida oshirib borishdagina deb hisoblaydilar.

Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab, tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar qo`yish, ijtimoiy g`oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.

Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va uni insonparvarlik yo`nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi.

Insonparvarlik yo`nalishiga alternativ deb stsientistik – texnokratik konsepsiyasi hisoblanadi.,

Stsientizm dunyoqarash yo`nalishi sifatida insoniy jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizatsiyalashda o`zini namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari tabiiy va aniq fanlarga xos bo`lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari absolyutlashtiriladi. Stsientik ko`rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun'iy qo`llashda, sxemalashtirishda, nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda. Stseptizmga qarama-qarshi tabiatga moslik, tabiat bilan kelishuv hisoblanadi – inson tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga chaqiruvchi, ularga tayanish, hamda insonning tabiat bilan birligini, ularning o`zaro aloqalari mosligi va uyg`unligini targ`ib qiluvchi dunyoqarash, falsafiy konsepsiyalarga qarab shaxsning rivojlanishi va tashkil topishi asosiy tamoyillarini farq qiladilar.

O`qitishning suggestopedik konsepsiyasi

Yuksak eslab qolishga olib keluvchi, jonlantirish holatida hissiy ta'sir ko`rsatishga asoslanadi. U verbal va noverbal, suggetitsiya (ta'sir ko`rsatish) tashqi va ichki vositalaridan kompleks foydalanishni ko`zda tutadi. Konsepsiyani amalga oshirish o`qitishning alohida psixologik-pedagogik sharoitlarini ko`zda tutadi.

O`qituvchi uchun bu quyidagilarni bildiradi:

Yuksak obro`ni: mashhurlik, o`qishdagi muvaffaqiyatlari, yuksak sifatlari va boshqalar.

Infantilizatsiya – ishonchlilik vaziyati, bunda o`quvchi o`zini o`qituvchining o`rniga qo`yayotgandek bo`ladi.

Yangi materialni berishda ikki ko`rinishlik: mazmun, ma'no beruvchi har bir so`z zarur bo`lgan mos ohangda, imo-ishora, mimika bilan aytiladi.

O`quvchi uchun quyidagilar zarur: 


  • O`qish masalalarini amalga oshirishga ishonchni yuzaga keltirish; 

  • intellektning ulkan imkoniyatlari fikrini uqtirish psixologik qulay sharoitlari hisobiga doimiy ijobiy emotsional qo`llab turish, fanni o`rganishda muvaffaqiyatlarni namoyish qilish va boshqalar. XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishni texnologiyalashtirishga olib kelib qolmay, balki madaniyat doirasi, bilimlar gumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi.

Informatsion inqilob tushunchasi - Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o‘rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.

Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to‘plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi. O‘z yozuviga ega bo‘lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari, Xitoy kabilarni keltirish mumkin. Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o‘tish alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ikkinchi information inqilob (XVI asr o‘rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq. Bu hodisa axborotlarni caqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi. Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi. Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo‘ldi.

Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf, telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi. Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi “globallashuv” jarayonining debochasi bo‘lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj bo‘lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.

To‘rtinchi informatson inqilob (XX asrning 70 – yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personal kompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga XX asr o‘rtalarida kompyuterlarning paydo bo‘lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo‘ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal o‘zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to‘rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivojiga asos soldi.

Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga:

1. Bilimlarning turli sohalari bo‘yicha davriy nashrlarning ko‘payib borishi; masalan, XX asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo‘lsa, asr oxiriga kelib, bu ro‘rsatkich 100 ga etdi.

2.Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko‘payib borishi sabab bo‘ldi.



Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan XX asr o‘rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 1900 – yilgasha bilimlarning to‘planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan borgan bo‘lsa, 1900-yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950-yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970-yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib chiqardi. Ular orasida insonning chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari bilan doimiy ko‘payib boruvchi axborot oqimlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik; foydali axborotlarni o‘zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; axborot tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to‘siqlarning mustahkamlanishi muammolarini ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.
Nazorat uchun savollar

  1. Tarix fanida axborot texnologiyalari fanining tarixiy tadqiqotlar tizimida tutgan o‘rni qanday?

  2. Fanning maqsadi, vazifalari nimalardan iborat?

  3. Tarix ta’limida axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati haqida ayting?

  4. Fanning uslubiy, ilimiy-nazariy asoslarini sanang?

  5. Informatsion inqilob tushunchasiga tarif bering?


ASOSIY ADABIYOTLAR

  1. Информационные технологии для историков: учеб. пособие к практикуму по курсу «Информатика и математика» / Ред. Л.И.Бородкин. М.: Изд-во МГУ, 2006.

  2. Христочевский С.А. Электронные мультимедийные учебники и энциклопедии // Информатика и оброзование. М., 2000. №2. С. 70-77.

  3. Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: прак. рук. / А.Т. Хроленко, А.В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010.

  4. Lawrence J. Mc.Crank. Historical Information Science: An emerging Unidiscipline. Medford. New Jersey, 2002.


QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR


  1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. – T.: O‘zbekiston, 2006.

  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. – T.: O‘zbekiston. 2017.

  4. Бородкин Л.И., Валетов Т. Я. Электронные ресурсы в изучении истории России XX века, М., МГУ, 2002, -20 с.

  5. Вымятнин В.М., Дёмкин В.П. Принципы и технологии создания электронных учебников. Томск, 2002.

  6. Гарскова И.М. Базы данных: создание и использование, Учебно-методическая разработка.Выпуск №1 М.: МГУ, 2005,-55 с.

  7. ЖуковД.С., Лямин С.К. Моделирование исторических явлений и процессов средствами фракталбной геометрии//Информационный бюллетень Ассоциации «Истрия и компьютер». 2006. №34 С.52

  8. Информационные технологии в гуманитарных исследованиях: Сборник трудов. Новосибирск: НИИ МИОО НГУ, 1988.

  9. История и математика: Процессы и модели / Ред. Л.Е.Гринин, А.В. Коротаев, С.Ю. Маликов. М., 2009.

  10. Информационный Бюллетень Ассоциации «История и компьютер». 1990-2001.

  11. Информатика для гуманитариев: Учебное пособие/ Под.ред.В. Л. Акимова, Л.И. Бородкина. Москва-Саранск, 1998.-215 с

  12. Крупник А. Поиск в интернете. Самоучитель. СПб., 2006.

  13. Ландэ Д.В. Поиск знаний в Интернете. Профессиональная работа. М., 2005.

  14. Леонтьев В. Новейшая энциклопедия Интернета. М. 2009.

  15. Муслимов Н., Сайфуров Д. Web технология асосида электрон ахборот таълим ресурсларини яратиш ва уларни амалиётга жорий этиш. Тошкент. 2015.

  16. Круг идей: историческая информатика в информационном обществе/ Отв. ред.Л.И. Бородкин., В. Н. Владимиров. М. , 2001.

  17. Словарь историка./ Ред. Г. Дюфо, Э. Мазюрель. М.2006

  18. Қосимов С.С. Ахборот технологиялари. Т., 2006.

INTERNET SAYTLARI

  1. http://www.ziyonet.uz

  2. http://www.edu.uz

  3. http://www.google.uz

  4. http://www.turklib.uz

  5. http://www.mirknig.ru

  6. http://www.history.ru

  7. http://www.archeologia.ru

  8. http://www.archeo.ru

  9. http://arc.novgorod.ru

  10. http://www.elib.dgu.ru

  11. http://www.book.ru

  12. http://www.ibooks.ru

  13. http://www.iprbookshop.ru

  14. http://www.biblio-online.ru

  15. http://www.books.google.com

  16. http://www.neicon.ru

  17. http://www.ru.wikipedia.org



MAVZU: TARIX FANIDA AXBOROT TEXNOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. ELEKTRON MANBALARNING TARIXIY TADQIQOTLARDAGI AHAMIYATI
REJA:

  1. Tarix fanida axborot texnologiyalari fani taraqqiyoti. Tarix va informatika.

  2. Digital History (raqamli tarix) tushunchasi. Tarixiy informatika yo‘nalishi.

  3. Digital History tadqiqot doirasi. Rivojlanish tarixi. Xorij tajribasi.

  4. Elektron manbalarning tarixiy tadqiqotlardagi ahamiyati.

XX asrning 80-90 yillarida bilimlrning barcha sohalariga kirib kelgan axborotlashtirish jarayoni tarix fanini ham chetlab o‘tmadi. Tarixchilar kompyuterlardan foydalanibgina qolmay, tezlik bilan rivojlanayotgan dasturiy va texnik vositalar ularni tarixiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan vositaga aylantirdi.Bu esa tarixchi faoliyatida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini yaratdi. Kompyuterlar tarixchilar ilmiy ishlarini yozish va tahrirlash vositasigina bo‘lib qolmay, nozik manbashunoslik metodikalari realizatsiyasi uchun qulay qurolga aylandi. Nisbatan arzon matn yoki tasviriy materialni kompyuter xotirasiga optik kiritish qurilmalari - skanerlarning paydo bo‘lishi madaniyat, san’at tarixi, muzeyshunoslik va apxiv ishi bo‘yicha tadqiqotlarga turtki bo‘ldi. Bunga yana juda katta hajmga ega bo‘lgan optik disklarning chiqarilishi ham sabab bo‘ldi.

Arxivlarda ishlovchi tarixchilarning mehnat sharoitlari ham o‘zgardi: portativ kompyuterlar (noutbuk)lar apxiv fondlaridan olinadigan barcha yozuvlar birdaniga kompyuter xotirasiga yoki personal berilaganlar bazasiga kiritilishi mumkin. BASE va boshqa tipdagi standart berilganlar bazalarini boshqarish tizimlarining mukammallashuvi, ayniqsa tarixiy manbalarning xususiyatlarini hisobga oluvchi maxsus dasturiy ta’minotning (Gettingenlik doktor M.Taller tomonidan ishlab chiqilgan KLEIO tizimi kabi) ishlab chiqarilishi bir qator ilmiy markazlarning katta berilganlar bazalarini yaratishga qaratilgan faoliyatlarini sezilarli faollashtirdi. Ushbu berilganlar bazalari ommaviy tarixiy manbalardan olingan ma’lumotlarlan iborat. Ayniqsa, ushbu jarayon maxsus guruhlar odamlarining tarjimai holini tahlil qilishni maqsad qilib qo‘ygan prosopografik tadqiqotlarga taalluqli bo‘ldi.

XX asrning 80-yillari oxirida tarixchilar tomonidan 100 minglab kishilarning hayotiga oid ma’lumotlarni saqlovchi berilganlar bazalari yaratildi. Ko‘p sonli berilganlar bazalarining yaratilishi ularni standartlashtirish va markazlashtirish zaruratini tug’dirdi. Bugungi kunda turli mamlakatlarda ijtimoiy-tarixiy tadqiqotlarga taalluqli 20 dan ortiq yirik berilganlar banklari yoki mashina ma’lumotlari apxivlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular ma’lum tashkiliy struktura va muammoli yo‘nalishga ega bo‘lib, berilganlar bazalari kolleksiyalarini kengaytirish, taqsimlash va kataloglarni chop etish bilan shug’ullanadilar. Oxirgi yillarda kompyuter texnologoyalarini tarix ilmiga qo‘llashning an’anaviy sohasi – manba ma’lumotlarini matematik-statistik qayta ishlashda yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Statistik dasturiy paketlar tarixchilar uchun qulaylashtirilib, ko‘p o‘lchovli tahlil va vizuallash vositalari (boshlang’ich ma’lumotlar va natijalarning ko‘rgazmali tarzda, diagramma, grafik kabi ko‘rinishlarda ifodalash) bilan boyitildi. Oxirgi yillarda yangi multimedia texnologiyalari rivoji bilan turli mamlakatlarda o‘quv jarayonida personal kompyuterlardan foydalanuvchi tarixchilarning faolligi oshdi.

Ta’lim jarayonini faollashtirish va individuallshtirishga, bilimlarni nazorat qilish samaradorligini oshirishga uringan o‘qituvchilarning yordamchisiga aylandi. Tarixiy tadqiqotlarni axborotlashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan tendentsiyalarining tezlik bilan tarqalishiga kompyuterda ishlovchi tarixchilar orasida aloqani ta’minlovchi elektron pochta ham yordam bermoqda. Elektron kommunikatsiyalarning fan va ta’lim sohasidagi imkoniyatlari keskin ortgan vaqtda tarixchilar Internet tarmog’i taqdim etuvchi ulkan axborot resurslaridan bahramand bo‘lmoqdalar. 1986-yilda turli mamlakatlardagi o‘z tadqiqotchilik amaliyotida va o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi tarixchilar faoliyatini boshqaruvchi ANS tashkil topdi. 1992-yildan ANS tarkibiga MDH davlatlari tarixiy informatika bo‘yicha mutaxassislarini birlashtiruvchi AIK ham kiradi.

Tarixiy informatika – tarix fani va ta’limini axborotlashtirish jarayoni qonuniyatlarini o‘rganuvchi bilimlar sohasidir. Tarixiy informatika asosida barcha turdagi tarixiy manbalarning elektron versiyalarini yaratish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlar majmuasi yotadi. Tarixiy informatikaning nazariy asosini zamonaviy axborot konsepsiyasi bilan ijtimoiy informatika va nazariy manbashunoslik tashkil etadi.Tarixiy informatika amaliy asosini esa kompyuter texnologoyalari tashkil etadi.

Tarixiy informatika bilimlarning alohida sohasi sifatida global axborotlashtirish sharoitida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib, iqtisodiyot, ijtimoiy tadqiqotlar, huquqshunoslik kabi bir qator ilmiy sohalarning informatika bilan bog’liq yo‘nalishlari ajralib chiqdi. Tarixiy informatika terminining o‘zi 1990-yillardan boshlab ikki ma’noda ishlatila boshlandi:


  1. Tarix fani ta’limini axborotlashtirish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan;

  2. Barcha turdagi tarixiy manbalarning elektron versiyalarini yaratish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlar majmuasi.

XX asr oxirgi o‘n yillikda uzluksiz mukammallashtirish natijasida personal kompyuter tarixchilar intellektual mehnati uchun samarali qurolga aylandi. Bu vaqtgacha bir necha o‘n yil davomida geometrik tadqiqotlar olib borilib, elektron arxiv ba’zalari yaratish tajribasi to‘plandi, tarixiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan statistik programmalar yaratildi.

Shunday qilib, tarixiy informatika tadqiqotlarda matematik usullarni qo‘llash sohasi bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, kliometrika yoki kvantitativ tarix nomini olgan.

Tarixchi uchun zamonaviy kompyuter ilmiy ishlarni yozish, tahrirlash va chop etish uchun zarur qurol:


  • Berilganlar bazasini yaratish vositasi;

  • Bilimlarni vizual taqdim etish vositasi, ya’ni diagramma, grafik, xarita, foto, kinofragment va boshqa ko‘rinishlarni taqdim etish vositasi;

  • O‘quv jarayonini faollashtirish va individuallashtirish va bilimlarni nazorat qilishning yangi shakllarini qo‘llash imkonini beruvchi vosita;

  • Tarixiy manbalar bilan ishlashning turli-tuman usullarining quroli;

  • Tasvirli, matnli, xarita ko‘rinishidagi tarixiy manbalarni qayta ishlashning yangi usullarini ishlab chiqishga imkon beruvchi zamonaviy skanerlar tarixchilar uchun qo‘shimcha imkoniyat;

  • Statistik dasturlar paketlari tarixchilar uchun foydalanishning yangi qulay imkoniyatlari bilan boyitilishi.

Ushbu imkoniyatlardan foydalanish tarixchi mutaxassislardan o‘ziga yarasha malakani talab etadi. Kompyuterli manbashunoslik – tarixiy informatikaning ushbu sohasi o‘tgan asrning 1980-1990-yillarida alohida yo‘nalish sifatida ajralib chiqdi.

Kompyuterli manbashunoslik kvantitativ tarix usullari yordamida amalga oshirilgan tadqiqotlarning bir qismi hisoblangan berilganlar bazalari va arxivlari masalalardan kelib chiqqan. 1980-yilda tarixiy manbalarning yirik electron baza va banklari yaratila boshlandi. Ularning paydo bo‘lishiga quyidagilar asos bo‘ldi:



  • Berilganlar bazalarini boshqarish tizimlarining mukammallashuvi;

  • Tarixiy manbalar xususiyatlarini hisobga oluvchi maxsus dasturiy ta’minotlarning yaratilishi;

  • Ulkan hajmli optik disklarning ishlab chiqarilishi

Raqamli tarix (ingl. Digital history) – raqamli ijtimoiy fanlarning bo‘limi bo‘lib, ma’lumotlarni taqdim etish hamda tarixiy tadqiqot va tahlillarda raqamli media va kompyuter texnologiyalardan foydalanishni o‘rganadi. Mazkur yo‘nalishning ikkita asosiy qo‘llanish yo‘nalishi bo‘lib, internet auditoriyani raqamli arxiv, interaktiv xarita, tarixiy voqealar tafsilotlari bilan tanishtirish va tarixchi olimlar uchun tarixni fan sifatida taraqqiy etishi uchun yangi tadqiqot usullarini yaratishdan iborat.raqamli tarix sohasidaggi so‘nggi tadqiqotlar quyidagi belgilarni o‘z ichiga oladi:kreativlik, turli soha mutaxassislarining hamkorligi, yangi texnologiyalar, ma’lumotlarni intelektual tahlili, 3D-modellashtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlili.

Raqamli tarix dastlab 1960 va 1970-yillarda asosan demografik ma’lumotlardan foydalangan holda sonlar hajmini tahlil qilishda, jumladan aholini ro‘yxatga olish natijalari, saylov yakunlari, telefon ma’lumotnomalari kabi sohalarda qo‘llanila boshladi.

XX asrning 80-yillarda dasturiy ta’minotni faol rivojlanishi 1982-yilda AQSH Kongressi kutubxonasida Optical Disk Pilot Project loyihasi vujudga keldi. Loyihaning asosiy mohiyati kutubxona arxivini bir qismini lazer disklariga yozish edi. 1997-yilda Richmond universitetining bo‘lajak kansleri Edvard Ayers va Uilyam Tomas birinchi marta “raqamli tarix” terminidan foydalanishdi. Ular Virjiniya Universitetida faqat tarixga bag‘ishlangan, birinchi tadqiqot markazi raqamli tarix Markaziga asos solishdi.

Raqamli tarix tarixni o‘rganishning an’anaviy usullari bilan bir qatorda quyidagi holatlarda qo‘llanishi mumkin.



  • Yangi va odatdagi tadqiqot usullarini birlashtirish olimlarga yangi xulosalar chiqarish

  • Texnologiyalar inson qila olmaydigan ishlarni amalga oshirishi mumkin-masalan, katta hajmdagi bir va bir necha turdagi ma’lumotlarni qayta ishlash kabi

  • Karta, model va infografik ma’lumotlarni yaratish

Raqamli tarix bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar tarixchi olimlardan boshlab to dasturchilargacha bo‘lgan turli soha mutaxassislari ishtirokini talab qiladi. Bu yo‘nalish asosan ishni tashkil qilish uchun etarli resurslarga ega bo‘lgan universitet va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazalarida rivojlanib boradi.

Eng katta loyihalar yuqorida ta’kidlanganidek Virjiniya Universitetidagi Roya Rozensveyga nomli yangi media va tarix Markazida amalga oshiriladi. Bundan tashqari mazkur soha taraqqiyotiga London Qirollik kollejining Digital Humanities kafedrasi o‘z hissasini qo‘shmoqda. Kafedra o‘qituvchi va talabalari Reformatsiya davridan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrdagi ruhoniylar va qavmga oid maktablar o‘qituvchilarining 1,5 mln yozuvdan iborat biografiyasini o‘z ichiga olgan “Anglikan cherkovi ruhoniylari” ning ma’lumotlarining onlayn bazasini yaratishdi.



Bu yo‘nalishdagi tadqiqot sohasi hisoblanmaydigan loyihalardan biri British History Online bo‘lib, elektron kutubxona o‘zida Britaniyaning 18, 19 va ba’zi hollarda XX asrdagi milliy va mahalliy gazetalarining 4 mln atrofidagi raqamlashtirilgan sahifalarini o‘z ichiga oladi.
Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling