Namangan davlat universiteti fiziologiya va hayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi


Qozon yasash jarayonida faoliyat ko`rsatadigan ishchilar eshitish


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana03.11.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1744071
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
хаёт фаолияти

Qozon yasash jarayonida faoliyat ko`rsatadigan ishchilar eshitish 
qobiliyatining pasayishi 
Ish staji 
Normal eshitadigan kishilarning 
soni, % da 
yilgacha 
1-4 yilgacha 
5-9 yilgacha 
10-14 yilgacha 
15-19 yilgacha
20-24 yilgacha
25-29 yilgacha 
30 yil va undan ortiq 
99,0 
76,3 
50,0 
33,0 
20,0 
10,0 
8,7 
4,7 
 
 
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta`sirida bo`lishi uchun 
sog’ligiga ta`sir etadi, u tez charchaydi, ruhiy reaktsiya tezligi kamayadi, 
xotirasi susayadi. SHuningdek, shovqin insonga diqqatini bir joyga jamlashiga 
halaqit qiladi, harakatida muvozanatni buzadi, tovush va yorug’lik signallarini 
qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib 
chiqishiga sabab bo`ladi.
Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko`z qorachig’ining 
kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir 
urishining tezlashishiga, asab sistemasining buzilishiga, uyqusizlikka va eshitish 
qobiliyatining buzilishiga ham olib keladi. Ayniqsa inson qulog’i eshitmaydigan 
shovqinlar-infratovushlar (tovush chastotasi 16 Gts dan kichik shovqinlar) va 
ul’tratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gts dan katta) inson sog’ligiga katta 
ta`sir ko`rsatadi. 

SHovqin darajasini me`yorlashtirish va o`lchash. SHovqin darajasini 
me`yorlashtirish-shovqinning insonga salbiy ta`sirini kamaytirishga qaratilgan 
asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. SHovqinning inson sog’ligiga ta`siri uning 
chastotasiga bog’liq bo`lganligi sababli, har bir shovqin oktava polosasi uchun 
alohida ruxsat etilgan shovqin darajasi belgilangan. SHovqinning eng yuqori 
ruxsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, ruxsat etilgan past darajasi esa 
yuqori chastotali shovqinlar uchun qabul qilingan. Masalan, eng kichik tovush 
bosimi nazariy va ilmiy ishlar bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo`lib, 
u o`rtacha geometrik chastota 8000 Gts bo`lganda 30 dB deb qabul qilingan. eng 


232 
yuqori tovush bosimi esa doimiy ish joylarida, ishlab chiqarish binolari, mashina 
va traktorlarning kabinalari uchun belgilangan bo`lib, u o`rtacha geometrik 
chastota 63 Gts bo`lganda 99 dB ga teng. 
SHovqin darajasini aniqlash uchun SHum-1, ISHV-1 markali shovqin 
o`lchagichlardan foydalaniladi. SHovqinni spektr chastotasi bo`yicha baholash 
uchun ASH-2M, AS-3 markadagi chastotali anilizatorlar ishlatiladi. Ushbu 
anilizatorlar o`tkazish kengligi bo`yicha oktavali, yarim oktavali, 1/3 oktavali va 
qisqa oktavali bo`ladi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling