Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti
T ak rorlash u ch u n savollar
Download 5.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 1-m avzu. Z a m o n a m izn in g o la m sh u m u l m u a m m o la ri va O ’zb ek iston n in g k elajagi
T ak rorlash u ch u n savollar:
1. "Prognoz" va "bashorat" tushunchalarining mazmunini tushuntiring. 2. Ilmiy va ilmiy b o ’lmagan prognozlar haqida tushuncha bering. 3. Izlanuvchan va normativ prognozlam ing farqi nimada? 4. Tabiatshunoslikka oid qanday prognozlam i bilasiz? 5. Ijtimoiy sohaga oid qanday prognozlar mavjud? 6. Prognozlashtirish qamrab olish vaqtiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? 7. "Rim klubi"ga taqdim etilgan turli prognozlar haqida nimalami bilasiz? 8. Y agona xalqaro norma, qoida va standartlarga o ’tishning zarurati nimada? 1 1-m avzu. Z a m o n a m izn in g o la m sh u m u l m u a m m o la ri va O ’zb ek iston n in g k elajagi 1. Olamshumul muammolar tushunchasi. ulamine mazmuni. beleilar va turlari Insoniyat taraqqiyotining XX asrdagi o ’ziga xosligi shundaki, u kishilar hayot kechirishining turli sohalarida ju d a ulkan m uvaffaqiyatlarga erishdi. Mehnat qilishda asosiy e ’tibor insonning q o ’l kuchi bilan bajariladigan ishlam ing turli- tuman m ashina va mexanizm lar zim m asiga yuklanishi, transport sohalarining, ayniqsa, avtomobil, tem ir yo ’l va aviatsiyaning rivojlanishi yuz berdi, aloqa, fan, texnologiyalar va boshqa ko ’plab sohalarda misli k o ’rilmagan muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu bilan birga ayni XX asrda insoniyat ikki m arta jahonni qamrab olgan urushlar girdobida qoldi. U larda ju d a katta, m illionlarda hisoblanuvchi qurbonlar berildi. XX asm ing 60 - 70 yillarida esa u yana murakkab muammolar - olamshumul deb tavsiflanuvchi m uam m olarga duch keldi. U lam ing vujudga kelishi ilm iy-texnika taraqqiyoti bilan bog’langan b o ’lib, insoniyatning tabiiy m uhitga ta ’siri, energiya bilan ta ’minlash, aholi sonining tez sur’atlar bilan k o ’payishi, moddiy resurslar bilan ta ’minlash kabilam i o ’z ichiga oladi. Shuni ta ’kidlash kerakki, olim lar orasida haligacha m uammolaming qaysilarini olamshumul deb ataluvchilar guruhiga kiritish borasida bir fikrga kelingan emas. Bunga ana shu m uam m olarga turli nuqtai nazardan yondoshishlar ham sabab bo’lmoqda. Bunga sabab b o ’luvchi qiyinchiliklardan yana biri 141 shundaki, biror m am lakat uchun atrof-m uhit m uam m osi keskin b o ’lsa, boshqasi uchun aholini ish bilan ta ’m inlash va ularni boqish masalasi m uhim roq, uchinchi davlatga esa energiya va xom ashyoning aniq biror turi bilan ta ’m inlanish masalasi birlamchi aham iyatga ega va hokazo. Insoniyat tarixi dalolat beradiki, jam iyat taraqqiyotining turli davrlarida turli m uam m olar uning oldida dolzarblik kasb etishi m um kin, vaqt o ’tishi bilan esa bir m uam m oning dolzarbligi o ’z o ’mini boshqasiga, so ’ngra uchinchisiga b o ’shatib berishi m um kin. Tarix dalolat berishicha, qadim gi rim liklar Tibr suvlarining ifloslanganligidan q ay g ’urib, chora qidira boshlaganlar. Eram izdan oldingi birinchi yuz yillikda Lukretsiy «N arsalarning tabiati haqida» degan asarida erni bolani em izadigan, boqadigan onaga o ’xshatadi. Sharqning m ashhur m utafakkirlaridan biri M oxandis G andi: “ Er har bir kishining o chko’zligini em as, balki ehtiyojini qondiradi” deb aytgan. U er hosildorligining ham chegarasi borligi, unga rioya kilish zarurligini uqtiradi. «A vesto»da ham tabiat bilan inson o ’rtasidagi m uloqotda m utanosiblikka rioya qilish haqida ajoyib fikrlar aytiladi. Shu m a’noda turli ilmiy m aktablarda olam shum ul m uam m olar turlicha m iqdorda talqin qilinadi. M asalan, G. Kan va J.F elpslar fikricha hozirgi paytda kam ida 19 um um bashariy m uam m o m avjud b o ’lib, ulardan 9 tasi asosiy hisoblanadi. XX asrning 60-70 yillarida m azkur m uam m olarga insoniyat e ’tiborini qaratgan olim lardan R. X eylbroner, O. Toffler, P. va A. Erlixlar, J. Forrester, D. M edouzlar o ’z ishlarida asosiy global m uam m olar sifatida planeta aholisi m iqdorining k o ’payib ketishi, resurslarning ozayishi va ekologik m uam m olarga e ’tibor qaratgan b o ’lsalar, V. Leontev, M. M esarovich, E. Pestel va boshqalar global m uam m olar k o ’pligini ta ’kidlaganlari holda, asosiy xavfni rivojlanayotgan m am lakatlam ing iqtisodiy qoloqligida k o ’rganlar. A. Pechchei, E. Laslo kabi sotsiologlar esa asosiy m uam m o sifatida insonning o ’zgarib boruvchi tabiiy va ijtimoiy m uhitga m oslashuvi m asalasini k o ’rsatganlar. Hozirgi paytda inson va jam iyatning tabiiy m uhit bilan m unosabatlari, shuningdek ijtim oiy m unosabatlar sohasidagi m uam m olarni quyidagi belgilarga k o ’ra olam shum ul m uam m olar qatoriga kiritish rasm b o ’lgan: a) ta ’sir doirasiga k o ’ra haqiqatan ham um um planeta, um um jahon xarakteriga ega b o ’lib, barcha xaiqlar, davlatlar va davlatlar guruhlarining ham masi uchun hayotiy aham iyatga eg a b o ’lsa; b) echimi topilm agan taqdirda butun insoniyatning, um um an barcha sivilizatsiyalam ing m avjudligiga halokatli ta ’sir qilsa, eng kam ida hayot kechirish va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining pasayisliiga olib kelsa; v) kechiktirm asdan echim i topilishini talab qilsa; g) yechim i topilishi uchun barcha m am lakatlam ing, barcha xalqlarning, butun jah o n ham jam iyatining birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qilsa. Hozirgi vaqtda butun insoniyatni tashvishlantirib turgan jahonshum ul m uam m olarga yuqoridagi asoslar b o ’yicha nazar tashlansa asosan quyidagilar kiradi: a) insoniyatni urush xavfidan qutqarish; b) insoniyatning haddan ortiq k o ’payib ketishi - dem ografik muammo; v) er yuzidagi k o ’pgina m am lakatlar aholisini oziq-ovqat bilan ta ’m inlash m uam m osi; g) insoniyatni xom ashyo va resurslar bilan ta ’m inlash m uam m osi; d) insoniyat jam iyati va uni qurshab turgan 142 tabiiy muhit o ’rtasidagi m unosabatlarda vujudga kelgan ekologik muammo; e) dunyo okeani resurslaridan va kosmosdan foydalanish m uammolari, j) terrorizm va ekstremizm xavfi muammolari va boshqalar. 1. Ekologik m u am m o . Insoniyat sivilizatsiyasi biosfera tabiiy-tarixiy rivojlanishining qonuniy natijasi bo’lib, uning hozirgi bosqichida planetamizdagi barqaror ekologik muvozanatni saqlab qolish, O ’zbekiston Respublikasi birinch Prezidenti I.A.Karim ov ta ’kidlaganidek, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatanni qoldirish biz uchun taqdim i belgilovchi m uam m olar darajasiga k o ’tarildi. Jahon sog’liqni saqlash xalqaro tashkilotining xulosalariga k o ’ra, dolzarbligi jihatidan, tabiiy atro f muhitni m uhofaza qilish muammosi yadro urushi xavfini bartaraf etish bilan bir tartibda turadigan eng muhim vazifa, deb e ’tiro f etilmoqda. Chunki, «D unyoda insonning biologik tur sifatida yashashiga bevosita xavf-xatar mavjud. Y a’ni, yalpi yadro urushi xavfi ancha kam aygan bo’lsa ham, ekologik tanglik xavfi, biogenetik buzilishlar xavfi hamon taxlikali xolatda saqlanib qolmoqda». Haqiqatdan ham, hozirgi kunda, bir tom ondan, yadro qurollariga ega bo’lgan m am lakatlam ing o ’zaro kelishuvi asosida «sovuq urush» siyosati asta-sekin bartaraf etilib, planetar masshtabda, bu xavf-xatam ing oldini olish imkoniyatlari reallashib borishi bilan, tabiatni muhofaza qilish muammosi oldingi o ’ringa chiqmoqda. Umuman olganda m azkur muammo yangi emas. Ammo u hozirgi paytdagi ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuvi bois yangicha ahamiyat kasb etgan. Agar u ilgari asosan tabiatning stixiyali kuchlari ta ’sirining natijasida yuz bergan b o ’lsa, hozir uning mohiyati kundan kunga kuchayib va kengayib borayotgan inson xo ’jalik faoliyati bilan belgilab berilmoqda. Tabiiy muhidagi eng asosiy komponent b o ’lmish kislorodning ahamiyati beqiyosdir. M utaxasislar fikricha kislodordning yarmidan ko ’prog’i quruqlikdagi o ’simliklar, qolgani esa suvdagi mikroorganizm lar va o ’sim liklar tomonidan ishlab chiqariladi. Keyingi 500 yilda inson faoliyati natijasida o ’rm onlam ing uchdan ikki qismi y o ’qolib ketdi. U lam ing 40 foizi so’nggi 100 yilda sodir etildi. Bu jarayon shu tarzda davom etadigan bo’lsa, 40-50 yildan keyin tropik o ’rm onlar yo’qolib ketadi. O ’rm onlar esa kislorod ishlab chiqaruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. U lam ing qisqarishi munosabati bilan har yili kislorod miqdori ham m utanosib ravishda yiliga 10-12 mlrd. tonnaga kam ayib bormoqda. Karbonat angidrid miqdori esa o ’rta asrlarga nisbatan 10-12 foizga ortdi. Kislorod umumiy miqdorining kam ayishiga sanoat ishlab chiqarishi, avtomobil, havo transportidagi ichki yonish dvigatellarining ishlashi hisoblanadi. Bitta sam olyotning Evropa va A m erika o ’rtasida qatnovi natijasida ishlatadigan kislorod miqlorining 50-100 tonna ekanligini, uni ishlab chiqarish uchun 10 ming gektarlik o ’rmon bir kun "ishlashini", o ’rm onlam ing esa tobora qisqarib borayotganini tasavvur qilsak, buning qanchalik muhim ligini tushunamiz. Biosferaning yana bir muhim tarkibiy qismi suv hisoblanadi va uning inson hayotidagi ahamiyati barchaga ayon. Er yuzida suv zahiralari ko ’p b o ’lishiga qaramasdan, ulam ing atigi 3 foizigina chuchuk suvlardir. Uning ham uchdan ikki qismi Arktika va A ntaktidadagi muzliklar holida turibdi. B a’zi hisob-kitoblarga 143 k o ’ra 2100 y ilga borib chuchuk suv zahiralari ishlatib b o ’linadi, 2230 yilga borib planetaning suv zahiralari butunlay tugaydi. T abiatning ifloslanishi shu darajaga etdiki, daryolar, dengizlar, okeanlar, havo basseyni kabi tabiiy tozalovchilar ularni tozalab bera olmay qolm oqdalar. BM T m a'lu m o tlarig a k o ’ra 1970 yilda sanoatning tabiiy muhitni ifloslantiruvchi chiqindilarining um um iy hajmi 40 mlrd. tonna bo ’lgan b o ’lsa, XX asr nihoyasida u 104-105 m lrd. tonnaga etdi. Insoniyatning salbiy x o ’ja lik faoliyati tufayli hozir qayta sh o ’rlangan va botqoqlikka aylangan, qayta qum bosgan, karerlardan chiqqan jin s la r qoplab yotgan erlam ing um um iy m aydoni 4,5 mln. kv. km .ga etgan. Bu quruqlik um um iy m aydonining 3 foizini tashkil etadi. H ozir Er yuzidagi m aydonlam ing 30 mln. kv. km. ch o ’lga aylangan b o ’lib, ular quruqlik um um iy m aydonining 20 foizi dem akdir. Ilgari paytlarda m uhitning ifloslanishi lokal xarakterda edi. Hozirgi paytda esa xavfli chiqitlar paydo bo 'lg an m am lakatdan ju d a uzoqda b o'lgan m am lakatlar aholisi ham uning ta ’sirini boshidan kechirm oqdalar, y a’ni m uhit ifloslanishi chegara bilm aydi. lfloslanishning global xarakter kasb etishi bilan birga ular oqibatlarining ekosferaga - Er yuzida hayot m avjudligini ta ’m inlayotgan tabiiy jaray o n lar tizim iga - ta ’siri xarakteri ham o ’zgarm oqda. Agarda shoshilinch choralar k o ’rilm asa, ushbu oqibatlar iqlim, atm osfera havosining sifati, Er yuzidagi suv balansiga halokatli ta ’sir k o ’rsatadi. H ozirning o ’zidayoq planetadagi yashil o ’sim liklar bilan qoplangan m aydonlam ing sezilarli darajada kam ayganligi qayd etilm oqda. Bu ju d a katta m aydonlardagi erlam ing eroziya ta ’siriga tushganligida, k o ’plab m am lakatlarda sahrolam ing kengayib unum dor erlarga bostirib kirishida k o ’rinm oqda. Inson bilan tabiat m uloqoti paytida inson o ’z extiyojini o ’ylab, faqat ehtiyojinigina em as,balki o chko’zligini ham o ’ylab. tabiatning o ’ziga xos biologik ehtiyojlari borligini unutib q o ’ygani tufayli m azkur inqirozlar ro ’y bera boshladi. M oddiy n e ’m atlarni ishlab chiqarishga b o ’lgan ehtiyojlam ing uzluksiz o ’sib borishi, tabiatga "antropotexnogen bosim ni" oshirib yubordi, natijada biosfera ekologik m uvozanatiga putur etm oqda. "Kelajak haqida bahs: A tro f m uhit" to ’plam ining m ualliflari fikricha, hozirgi kunga kelib, planetam izda har yili 100 mlrd. tonna foydali qazilm alar qazib olinm oqda, 800 mln. tonna turli m etallar eritilm oqda, 6 0 mln. tonna su n ’iy m ateriallar sintez qilinayotir. Qishloq x o ’ja lig id a foydalanilayotgan 500 mln. tonna mineral m adaniy o 'g ’itlar, 3 mln. tonna turli pestitsidlar, zaharli m oddalarning uchdan bir qismi suv xavzalarini, atm osfera havosini b u lg ’atm oqda. Um um an, jahonda sanoat va boshqa sohalarida ishlatilayotgan 500 mlrd. kubom etr oqovalar suv x aw a larig a y o ’naltirilib, ularning dunyo okeanlaridagi qattiq ch o ’kmalari miqdori har yili 14,4 mlrd. tonnani tashkil qilm oqda». D unyoda energetika quvvatlarini ishlab chiqarish har 12 yilda, sanoat m ahsulotlarini ishlab chiqarish — 15 yilda 2 baravarga oshib borishi bilan XXI asrning dastlabki o ’n yilligidayoq tabiatga "industrial bosim "ning 2,5 - 3 m arta oshishi kutilm oqda. Turli y o q ilg ’ilam i ishlatish oqibatida atm osfera havosi yiliga 20 mlrd. tonnadan k o ’proq uglerod ikki oksidi va 700 mln. tonnadan oshiqroq ishlab chiqarishning b u g ’, gaz, chang chiqindilari, asosan uglerod oksidining, "parnik effekti" natijasida, keyingi 60-70 yilda planeta iqlim ining o ’zgarishi, m uzliklar va 144 aysberglarni eritib, dunyo okeanlari suv satxini yiliga 1,5 mm. ko'tarib, massasini 520-540 kubkilom etrga oshirmoqda. Agar ahvol shu tarzda davom etadigan bo ’lsa, m utaxassislarning xulosalariga k o ’ra, kelajakda okean satxi 68 m etrga k o ’tarilib, suv bosish xavfi b o ’lgan joylarda qariyib I mlrd. kishini "ekologik k o ’chishlarga" giriftor qilishi m um kin. Erdan ekologik m uvozanat qonunlariga amal qilm asdan pala-partish foydalanish oqibatida, keyingi 100 yil davom ida planetam izning 27 foiz er maydoni madaniy dehqonchilik uchun yaroqsiz holga kelgan. Chunki, qishloq x o ’jaligida foydalanilayotgan unum dor tuproq qatlam ining yuvilib ketishi yoki shamol eroziyasi tufayli k o ’chishi, har gektar hisobiga, o ’rtacha 730 kilogram m ni, haydalib dehqonchilik qilinadigan erlarda esa, 2 tonnani tashkil qiladi. Vaholanki, I sm gumusli tuproq qatlam ining yo ’qotilishi hosildorlikni I sentnerga kam aytiradi. M utaxassislarning hisob-kitoblariga k o ’ra, bu hodisaning oldini olish bilan 30 mln. kishini yil davom ida boqish uchun etadigan qishloq x o ’ja lik mahsulotlari etishtirish mumkin. Jahonda antropogen ch o ’llam ing paydo b o ’lish jarayoni kuchaym okda. Planetam izdagi har yili 50 ming kvadrat kilom etr em ing cho’llarga aylanish xodisasi shu darajada davom etsa, XXI asrda 600-700 mln. kishining (er shari aholisining ettitasidan birining) hayoti x av f ostida qolish ehtim olligi m avjud. hozirgi kunda er yuzidagi 1 mlrd. kishining surunkali ochlikka m axkum etilganligini, ulam ing oziq-ovqat ratsioniga 230 mlrd. kaloriya (37 mln. tonna g ’alla) etishm asligini hisobga oladigan bo ’lsak, erlarning ekologik vaziyati yom onlashib borayotganligining iqtisodiy, siyosiy oqibatlari yanada yaqqol nam oyon b o ’ladi. Shuning uchun ham ekologik barqaror taraqqiyotni ta ’minlash vazifasi - insoniyat hayot darajasini oqilona tashkil qilishning shart-sharoitini yaratishi bilan - m uhim am aliy aham iyatga m olik masaladir. Ekologik xato ekologik inqiroz tom on q o ’yilgan birinchi qadamdir. Ekologik xatoliklar, tangliklar, inqirozlar asosida tabiiy-ekologik qonunlarni buzish, ulami bilm aslik, biosferaning imkoniyat chegaralari bilan hisoblashm aslik yotadi. Ekologik inqiroz deganda, faqat-atrof m uhitning ifloslanishi, turlarning kam ayib ketishigina tushunilm aydi. Ekologik inqiroz deganda, ekokom ponetlar orasidagi tabiiy bog’lanishlarning buzilishi, er usti va er osti boyliklari, tabiat zahiralarining kam ayib borishi, ekosistemalarning biologik m ahsuldorligini pasayishi, iqlimning o’zgarishi, suv, havo, tuproq sifatlarining salbiy tom onga o ’zgarib ketishi va texnikaning ekologik asoslanm aganligi tufayli yuzaga kelgan ekologik tahdidlar tushuniladi. «Ekologik inqirozning oldini olish, - deb yozadi nem is ekologi B.Grijimek, - unga qarshi kurashdan ko ’ra doim o bir necha chandon arzonroqdir». Masalan, paxta yakkahokim ligidan O ’zbekistonda olingan daromad (1960-1987yillar), Orol dengizi va uning atrofidagi ekologik inqirozni tugatishga ketadigan sarf-xarajatdan k o ’ra 7-10 baravar kamdir. O ’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 1.A.Karimov «O ’zbekiston XXI asr b o ’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «A srlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, m amlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, q o ’l qovushtirib o ’tirish - o ’z-o ’zini o ’limga mahkum etish bilan barobardir... Ekologik xavfsizlik muam m osi allaqachonlar milliy va niintaqaviy doiradan 145 chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o ’zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosobatda b o ’ladi. Bu qonuniyatlam i buzish o ’nglab b o ’lmas ekologik falokatlarga olib keladi», deb k o ’rsatgan edi. O ’zbekistonning dastlab chor Rossiyasi, keyinchalik «qizil imperiya» mustam lakasi bo ’lib qolishi mintaqadagi ekologik vaziyatning keskinlashishida muhim siyosiy om il b o ’ldi. Xususan, mustamlakachilik, totalitarizm , sub’ektivizm, volyuntarizim , m a’m uriy buyruqbozlikka asoslangan m arkazlashgan davlat siyosatiga ko’ra, respublikam izni qishloq x o ’jaligi, asosan texnika ekinlari xom ashyo bazasiga aylantirilishi - ekologik ziddiyatlarining kuchayishiga olib keldi. O ’zbekistonda qishloq, x o ’jaligini rivojlantirish uchun tabiatni ekspluatatsiya qilish tadbirlari "kapitalizm bosqichini chetlab o ’tgan", "qoloq" o ’lkalam i ijtim oiy-iqtisodiy, siyosiy-m a’naviy rivojlantirish uchun ko’rsatilgan g ’am xo’rlik nam unasi”, deb baholandi. Ayniqsa, O ’zbekiston m ustaqillikka erishguncha b o ’lgan davm ing keyingi 10-15 yil ichida sug’orib dehqonchilik qilinadigan yangi er m aydonlarining intensiv o ’zlashtirilishi "ekologik qashshoqlik" darajasini g ’oyat oshirib yubordi. 1975-1990 yillar mobaynida respublika dehqonchiligida foydalanilgan er fondi 1,4 m artaga o ’sdi, lekin har 100 gektar erdan olinadigan yalpi mahsulot hajmi, y a ’ni m ehnat unum dorligi 1975 yil darajasida qolib ketgani xolda, aholi jon boshiga hisoblaganda 1990 yilda 1980 yilga nisbatan 14,8 foizga qisqarib, 632 so’mdan 542 so ’m ga tushib ketdi». Iqtisodiy ehtiyojlar va manfaatlarning mutlaqlashtirilishi, tabiatni ekspluatatsiya qilish, ekologik beqaror vaziyatni vujudga keltirdi. O ’zbekiston hududida 1,0 mln. gektar er maydonining sho’rlanish jarayoni kuchaydi. Q orakalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo viloyatlarida 90-95, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida 60-70 foiz er maydoni kuchli sho’rlanish darajasiga etdi. Respublikaning agrar sohasida xo ’jalik yuritishidagi "paxta yakka xokimligi" 1986 yilga kelib, su g ’orib dehqonchilik qilinadigan em ing 73,4 foizini tashkil qildi. (Jahon ilm iy jam oatchiligi, etakchi m utaxasssislar xuiosalariga, tajribalariga ko ’ra, bu ko ’rsatkich 50,0 foizdan oshsa, er qashshoqlanib, hosildorlikkeskin kam ayishi, keyinchalik esa, uning madaniy dehqonchilik uchun yaroqsiz holga kelishi isbotlangan). N atijada, O ’zbekistonda erlam ing gumus miqdori 0,4-1,0 foizga tushib qoldi. O ’zbekistonda sug’oriladigan er maydonlarining kengaytirilishi, m uqarrar ravishda, biosfera m uvozanatida suv resurslari balansidagi o ’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. hozirgi kunda respublika xalq xo’jgligida suv resurslaridan foydalanish ehtiyoji 61-65 kubkilom etm i tashkil qiladi. Shundan 85 foizi — qishloq x o ’jaligida, 12 foizi — sanoatda, 3 foizi — kommunal x o ’jalikda foydalanishga sarflanm oqda. Bu esa, o ’z navbatida, O ral dengizi suv zahiralarining keskin kam ayishi bilan bog’liq ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik ziddiyatlam i kuchaytirib, orolbo’yi xududida barqaror taraqqiyotni izdan chiqarmoqda. 1932-1960 yillarda Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga taxminan 50 kub km. suv oqib kelardi. Keyinchalik daryolar suvining kamayishi oqibatida Orol dengizida suv hajmi keskin pasaya boshladi, y a’ni Orol dengiziga etib kelayotgan suv miqdori 1970 yilda 35,2 km. kub, 1980 yilda 10 km. kub, 1983 yilda 3,25 km. 146 kubni tashkil qilgan b o ’lsa, 1986 yildan boshlab A m udaryo va Sirdaryo suvlari dengizga deyarli etib kelmayapti. Dengizning umumiy hajmi 65% ga kam aydi. Suvning sho’rligi 3 marta ortdi, uning qurigan maydoni 26 ming kv. km. hududni egallagan bo ’lib, chang va tuz manbai hisoblanadi. Undan shamol bilan yiliga 70 mln. tonna tuz va chang havoga k o ’tariladi. Umuman olganda, Orol dengizining tubi tuz y ig ’iladigan yirik manba b o ’lib, tabiiy atro f m uhitga salbiy ta ’sir ko ’rsatm oqda. Natijada, dengiz va uning atrofida jonli m avjudotlar halok bo'lm oqda, iqlim sharoitlari 100-150 km radusda keskin o ’zgarm oqda. Xorijiy ekologik xaritalarda bu hudud « o ’lim uchburchagi» yoki «Tinch C hem obil» deb atalm oqda. S og’liqni saqlash tizimi vakillarining m a’lum otlariga k o ’ra, o g ’ir ekologik vaziyat ota-onalar organizm iga salbiy ta ’sir k o ’rsatishi natijasida 89% bolalar turli irsiy kasalliklar bilan tug'ilm oqda. Ayniqsa, ijtimoiy va ekologik om illar o ’zaro b o g ’lanib, bolalar sog’ligiga, hayotiga bevosita ta ’sir k o ’rsatm oqda. 14 yoshgacha b o ’lgan bolalar orasida yuqum li kasalliklar bilan kasal b o ’lish ancha yuqori bo’lib, 30% holatlarda, ulam ing o ’limiga olib kelmoqda. Oxirgi 20 yil davom ida bu hududda aholining o ’lim darajasi 2 martaga k o ’paydi. Q ozog’istonning Orol shahrida, har yili tu g ’ilgan 1000 boladan bir yoshgacha 100 tasi nobud b o ’lyapti. Bu k o ’rsatkich Q oraqalpog'istonning B o’zatov tum anida 110 bolaga to ’g ’rikelm oqda. Taxm inan 90% bolalarning organizm ida zararli tuzlarning k o ’p m iqdorda to ’planganligi aniqlangan. A tro f muhitning ifloslanishi boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik omillar bilan m ushtaraklashib, inson salom atligiga, hayotiga salbiy ta ’sir ko’rsatishi natijasida, respublika aholisining o ’rtacha yashash davri 69,3 yilni tashkil qilm oqda. Ekologik vaziyati o g ’ir hududlarda o ’pka sili, oshqozon-ichak raki, qon aylanish sistemasi, nafas y o ’llari, buyrak va boshqa "ekologik kasalliklam ing" k o ’rsatkichlari o ’sish tendensiyasiga ega. Umuman, olim larning xulosalariga k o ’ra, respublika aholisining 20 foizdan ortiqroq kasallanishi bevosita ekologik vaziyatning yom onlashuvi bilan b o g ’liq b o ’lib qolmoqda. M ustaqillik yillarida O ’zbekiston Respublikasida tabiiy atro f m uhitga salbiy ta ’sirlarni kam aytirish b o ’yicha keskin choralar qabul qilindi. Yangi erlarni keng m iqyosda o ’zlashtirish to ’xtatildi, qishloq x o ’jaligi ishlab chiqarish tarkibiy tizimi ijtimoiy va ekologik talablar asosida o ’zgartirildi. A trof muhitni q o ’riqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish b o ’yicha 2050 yilgacha bo’lgan davrga m o ’ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, «O ’zbekiston Respublikasinig atro f muhitni tozaligi b o ’yicha ishlar Milliy rejasi», «Tabiiy xilm a-xillikni saqlab qolish bo ’yicha Milliy strategiya rejasi» ishlab chiqilmoqda. Bularda atro f muhitni q o ’riqlash davlat siyosatining maqsadlari k o ’rsatib o ’tilgan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, kishilar yashashi uchun qulay tabiiy sharoitlar yaratishga y o ’naltirilgan strategiyasining asosiy tamoyil va y o ’nalishlari belgilangan. Ekologik m uam m oning turli yo ’nalishlari b o ’yicha xalqaro ham jam iyat va xalqaro tashkilotlar bilan ham samarali ham korlik ishlari olib borilm oqda. Download 5.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling