Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Konfederatsiya - suveren 
davlatlar ittifoqi bo'lib, и muayyan (iqtisodiy, harbiy va boshqa) maqsadlarga 
erishish uchun tashkil etiladi.
K onfederatsiya organlari a ’zo-davlatlar faoliyatini, 
ular nim a m aqsadlarda birlashgan b o ’lsalar, ana shu m asalalar borasidagi 
faoliyatlarinigina m uvofiqlashtiradi. K onfederatsiya suverenitetga ega b o ’lmaydi.
O ’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi shakllari bir qator xususiyatlari 
bilan xarakteri anadi. K onstitutsiyaning 68-m oddasiga muvofiq O ’zbekiston 
R espublikasi viloyatlar, tum anlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek
Q o raq alp o g ’iston Respublikasidan tashkil topadi. Q oraqalpog’iston Respublikasi 
o ’z 
m a ’m uriy-hududiy 
tuzilishini 
m ustaqil 
hal 
qiladi. 
Q oraqalpog’iston 
R espublikasi O ’zbekiston Respublikasi tarkibiga T>’z suverenitetiga ega b o ’lgan 
holda kirgan b o ’lib, u O ’zbekiston R espublikasi tom onidan him oya qilinadi 
(K onstitutsiyaning 70-m oddasi). O ’zbekiston R espublikasi va Q oraqalpog’iston 
R espublikasining O ’zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasi doirasidagi o ’zaro 
m unosabatlari ular o ’rtasida tuziladigan shartnom a va kelishuvlarga m uvofiq 
boshqariladi (K onstitutsiyaning 75-m oddasi).
3. Hokimivatning bo ’linish tamovili
H okim iyatning b o ’linish tam oyili 
hozirgi 
zam on davlat va huquq 
nazariyasining asoslaridan biri b o ’lib, k o ’p jihatd an fransuz m a’rifatparvarligining 
atoqli vakili, taniqli huquqshunos va siyosiy arbob Shari Lui M onteske (1689-
110


1755) nomi 
bilan bog’liq. Qomusiy bilim lar sohibi bo'lm ish bu olim 
huquqshunoslik va siyosat masalalari bilan bir qatorda falsafa, axloqshunoslik, 
lurix, sotsiologiya, din, siyosiy iqtisod, tabiiy fanlar, san’at va adabiyot bilan ham 
shug’ullangan. M onteskening siyosiy va huquqiy qarashlari 
uning "Fors 
m aktublari" (1721), "Rim liklam ing buyukligi va halokati sabablari haqida 
mulohazalar" (1734), "Qonunlar ruhi haqida" (1748) asarlarida aks etgan. Shuni 
aytib o ’tish joizki, M onteske "Qonunlar ruhi haqida"gi kitobini 20 yil mobaynida 
yaratgan.
M onteske boshqarishning uch obrazini (shaklini) farqlaydi: respublikaviy, 
m onarxik va despotik. Respublikacha boshqaruvda oliy hokim iyat yoki butun xalq 
(dem okratiya) yoki uning bir qismi (aristokratiya) q o ’lida bo ’ladi. M onarxiya - bu 
qat’iy o ’rnatilgan qonunlar vositasida bir kishi tom onidan boshqariluvchi davlatdir. 
D espotiyada esa barcha narsa har qanday qonun va qoidalardan ustun turuvchi 
hukm dorning istagi va irodasiga k o ’ra sodir bo'ladi. M onteske ana shu boshqaruv 
shakllarining vujudga kelishi va amal qilishini qonunchilik, ijroiya va sud 
hokim iyatlarining siyosiy muvozanati, shuningdek, ushbu funksiyalarni amalga 
oshiruvchi organlarning o ’zaro munosabatlari xarakteriga bog’laydi. Uning 
fikricha, hokim iyatning ushbu uch tarm og’i o ’zaro muvozanatda bo’lsa boshqaruv 
"m o” tadil" b o ’ladi, y a ’ni bunday davlat tuzum ida "hech kimni qonun talab 
qilm agan narsani bajarishga, aksincha, hech kimni qonun ruxsat bergan narsani 
bajarm aslikka m ajbur etib bo ’lmaydi".
H okim iyatning bo ’linishidan asosiy maqsad - hokimiyatni suiiste'm ol 
qilishga im kon berm aslikdir. Bunday im koniyatning oldini olish uchun, deydi 
M onteske, "shunday tartib zarurki, bunda turli hokim iyatlar bir-birini tiyib turishi 
mumkin b o ’lsin". Hokim iyatlarning o ’zaro bir-birini tiyib turishi - ularning qonun 
tom onidan belgilab berilgan o ’z imkoniyatlari doirasida o ’zaro qonuniy va uyg’un 
amal qilishining zaruriy shartidir. "Bu uch hokimiyat osoyishtalik va faoliyatsizlik 
holatiga kelishi kerakdek tuyuladi. 
Ammo hodisalarning zaruriy oqimi ularni 
faoliyat ko ’rsatishga m ajbur qilgani uchun, ular o ’zaro muvofiqlashgan holda 
faoliyat yuritishga m ajbur b o ’ladi". Bunda siyosiy tizimdagi belgilovchi va asosiy 
rolni, M onteske asosli ravishda, qonunchilik hokim iyatiga tegishli bo’ladi, deb 
hisoblaydi.
Uning fikricha hokim iyatlarning b o ’linishi siyosiy erkinlikni ta ’m inlashning 
asosiy shartidir: "Qonunchilik va ijroiya hokimiyatlari bir kishi yoki muassasada 
birlashtirilsa, erkinlik b o ’lmaydi, chunki, ushbu monarx yoki senat tiran 
(zolim )larcha 
amal qiluvchi tiran (zolim, mustabid) qonunlar yaratadilar. Sud 
hokimiyati qonunchilik va ijroiya hokimiyatidan ajratilm asa ham erkinlik 
b o ’lmaydi. U (sud) qonunchilik hokimiyati bilan q o ’shilgan taqdirda fuqarolar 
hayoti va erkinligi o ’zboshim chalik va zo’ravonlik hukmi ostiga tushib qoladi, 
chunki bunda sudya qonunchi hisoblanadi. Sud hokimiyati ijroiya hokimiyati bilan 
birlashtirilgan taqdirda sudya zulm qiluvchi, ezuvchi bo ’lish imkoniyatini qo’lga 
kiritadi. Bordiyu bu uch hokim iyatdan uchalasi ham (y a’ni qonun yaratuvchi 
hokim iyat, um um davlat xarakteridagi qarorlarni bajaruvchi hokimiyat hamda 
jinoyatlar yoki xususiy shaxslarning d a’vo ishlarini sud qilish hokimiyati) bir


kishida yoki m ansabdorlar, oqsuyaklar yoki oddiy kishilardan iborat bitta 
m uassasada birlashtirilgan taqdirda barcha narsa halok b o ’ladi."
O ’zbekiston R espublikasida hokim iyatning qonunchilik, ijroiya va sud 
hokim iyatlariga b o ’linishi Asosiy Q onun - K onstitutsiyada m ustahkam lab 
q o ’yilgan 
(11-m odda). 
Asosiy 
Q onunning 
beshinchi 
b o ’limi 
("D avlat 
hokim iyatining tuzilishi") 
qonunchilik, 
ijroiya 
va 
sud 
hokim iyatlarining, 
shuningdek qonunchilikni butun m am lakat hududida aniq va bir xil bajarilishi 
ustidan nazoratni am alga oshiruvchi prokuratura organlarining tuzilishi va faoliyati 
tam oyillariga b ag ’ishlangan. Ushbu bo ’lim da O ’zbekistcinda saylov, moliya 
tizim lari, shuningdek davlat xavfsizligi va m udofaasini ta ’m inlash tam oyillari ham 
aks ettirilgan. O ’zbekiston Respublikasi davlat hokim iyatining tuzilishi masalalari 
qonunchilikning m axsus hujjatlarida (aktlarida) konkretlashtirilgan.
O ’zbekiston R espublikasi Oliy M ajlisining vakolatlari doirasi g ’oyat keng 
b o ’lib, ular K onstitutsiyaning 78-m oddasida aks ettirilgan. U lar qatoriga
jum ladan, O ’zbekiston R espublikasining K onstitutsiyasini, qonunlarini qabul 
qilish, unga o ’zgartish va q o ’shim chalar kiritish; O ’zbekiston R espublikasi ichki 
va tashqi siyosatining asosiy y o ’nalishlarini aniqlash va davlat strategik 
dasturlarini qabul qilish; O ’zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sud hokim iyatlari tizim ini va vakolatlarini belgilash; O ’zbekiston Respublikasi 
tarkibiga yangi davlat tuzilm alarini qabul qilish va ularning O ’zbekiston 
R espublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash va boshqa k o ’plab 
m asalalarni xal qilish kiradi. Ularni siz "H uquqshunoslik asoslari" fani orqali 
yaxshi bilasiz.
2002 yil 27 yanvarda b o ’lib o ’tgan referendum (um um xalq ovoz berishi) 
natijasiga k o ’ra O ’zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisi ikki palatali organga 
aylantirildi. 
Bu 
O ’zbekiston 
Respublikasidagi 
barcha 
viloyatlar 
va 
Q oraqalpog’iston R espublikasining vakilliklarini kuchaytirish ham da qonunchilik 
faoliyatining sam aradorligini oshirish m aqsadida am alga oshirilm oqda.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling