Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Cheklangan monarxiyada
esa (m asalan, 
Shvetsiya, 
Buyuk
108


Hritaniyada) monarx hokimiyati konstitutsiya, parlam ent, hukumat va mustaqil 
sudyalar tom onidan jiddiy chegaralangan bo ’ladi.
Respublikalarda esa davlat hokim iyati m a ’lum m uddatga saylangan va 
saylovchilar oldida m as’uliyati bo ’lgan saylangan organlarga tegishli bo’ladi. 
Tarixdan sizga m a’lumki, boshqarishning respublika shakli qadimgi quldorlik 
davlatlarida vujudga kelgan va o ’zining yorqin ifodasini Afina respublikasida 
topgan edi. O ’rta asr feodalizm ida respublikacha boshqaruv shakli nihoyatda kam 
b o ’lgan, ular ba’zan o ’zini-o’zi boshqarish huquqiga ega b o ’lgan "erkin" 
shaharlarda (m asalan, Venetsiya, Genuya, Lyubek, N ovgorod kabilarda) amal 
qilganlar, xolos.
Hozirgi paytda respublikalar parlam entli va prezidentlik respublikasiga 
ajratiladi. U lar oliy hokim iyat organining qaysi biri - parlamentmi yoki prezident - 
hukumatni tuzishi va uning ishiga rahbarlik qilishi ham da hukum at kim ning oldida 
javob berishiga k o ’ra farqlanadi. 
Parlament respublikasida
(m asalan, GFR) 
parlam ent nafaqat qonunchilik hokim iyatini am alga oshiradi, balki hukumatga 
ishonchsizlik bildirib, uning iste’foga chiqishini talab qilishga ham haqli. Hukumat 
o ’z faoliyati uchun parlam ent oldida jav o b beradi. Prezident faqat davlat boshlig’i 
hisoblanadi, ammo u hukum at boshlig’i emas. Siyosiy jihatdan bu narsa parlament 
saylovlarida g ’olib b o ’lgan partiya (yoki partiyalar) hukumatni tuzishini anglatadi, 
davlat boshlig’i esa - bordiyu u ana shu partiyaning rahbari b o ’lmasa - uning 
faoliyatini boshqarish imkoniyatidan mahrum b o ’ladi. Hukumatni Bosh-vazir 
boshqaradi.
Prezident respublikasida
davlat boshlig’i parlam entning muayyan nazorati 
ostida hukumatni tuzadi, bu hukum at uning oldida o ’z faoliyati uchun javobgar 
b o ’ladi. Odatda, prezidentlik respublikalarida bosh-vazirlik lavozimi b o ’lmaydi, 
chunki hukum at boshlig’i lavozim ini ham prezidentning o ’zi bajaradi. O ’zbekiston 
Respublikasi 
K onstitutsiyasining 
89-moddasiga 
muvofiq 
"O ’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
O ’zbekiston 
Respublikasida 
davlat 
va 
ijroiya 
hokim iyatining boshlig’i hisoblanadi. O ’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni 
paytda Vazirlar M ahkam asining Raisi hisoblanadi". Prezident ijroiya hokimiyati 
apparatini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, respublikada oliy boshqaruv va davlat 
organlarining o ’zaro m unosabatlarini ta ’minlaydi, vazirliklar, davlat q o ’mitalari va 
O ’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining boshqa organlarini tashkil qiladi 
va tugatadi, ular haqida keyinchalik Oliy M ajlisda tasdiqlash uchun farmoyishlar 
qabul qiladi. U Bosh vazim i, uning birinchi o ’rinbosarini, Bosh vazim ing boshqa 
o ’rinbosarlarini, 
O ’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi 
a ’zolarini, 
O ’zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, 
bu farm oyishlar keyinchalik Oliy M ajlisda tasdiqlanadi (Konstitutsiyaning 93- 
m oddasi). 
SHunday 
qilib 
O ’zbekiston 
Respublikasi 
klassik 
prezidentlik 
respublikasidir.
Bundan tashqari 
"aralash" ("yarim prezidentlik" yoki 
prezidentlik- 
parlam entlik) respublikalar ham mavjud (Fransiya, Finlyandiya, Portugaliya), 
ularda parlam ent va prezident u yoki bu darajada hukumatni nazorat qilish 
b o ’yicha o ’z vakolatlarini baham k o ’rishadi.
109


A srlar m obaynida davlatlar bir biridan ichki tuzilishi (strukturasi) bilan, 
y a ’ni m a’m uriy-hududiy birliklarini tashkil etish usuli, shuningdek, davlat 
hokim iyatining m arkazlashuv darajasi bilan farq qilishgan. D avlatning ushbu 
xususiyati 

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling