Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tursunxoja va Mirqurbon
Soatbek Sultonbekov
boshchiligidagi navbatdagi elchilar jo'natil- gan. Yo'lda ko'chmanchi qozoqlar tomonidan talangan elchilar iyun oyida Omskka yetib kelganlar. Ular general-gubematorlik ma'murlaridan talonchilami jazolashni talab qilgan. Elchilar Toshkent qushbegisi sovg'asi (2 ta ot) va xatini topshirganlar. Xatning asosiy mazmuni shundan iborat ediki, Qo'qon xonligi ixtiyorida bo'lgan va soliq to'layotgan qozoqlarning Rossiya ix- tiyoriga o'tkazilayotganligidan xon norozi edi. General-guber- nator javob xati yozar ekan, qozoqlar majburlab emas, o'z ixtiyorlari bilan Rossiya tobe'ligiga o'tayotganligini ma'lum qil- - 4 9 - gan. Qo'qonlik elchilar karvonlar xavfsizligi va savdo-sotiqni rivojlantirish chora-tadbirlarini ham muhokama qilganlar. Madalixon tomonidan Tursunxo'ja va Mirqurbon boshchi- ligidagi elchilar guruhi 1828-yili Rossiya poytaxtiga jo'nagan. Elchilar podsho Aleksandming vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor qilib, Nikolayning taxtga o'tirganligi bilan tabriklaganlar. Shu bilan birga Qo'qon xonligi taxtiga Madalixon o'tirganligini ma'lum qilib, xonning podsho nomiga yozgan yorlig'ini topshir- ganlar. Elchilar rus hukumati a'zolari bilan savdo va diplomatik munosabatlami rivojlantirish, ikki davlat o'rtasidagi - qozoq cho'llaridan o'tadigan chegaralami aniqlash uchun qat'iy qarorga kelganlar. Qo'qon xonligi 1829, 1830-yillarda ham Rossiya poytaxtiga elchilar jo'natishga ulgurgan. 1829-yilda yuborilgan elchilar hal qilishi kerak bo'lgan masalalar savdo, diplomatik aloqalar va ikki davlat fuqarolarining ko'chib o'tishiga to'sqinlik qilmaslik chora- lari bo'Isa, 1830-yil Peterburgga kelgan elchilarga undanda mu- himroq masalalar yuklatilgan edi. Peterburgga xon maktubi bilan kelgan elchilar imperatorga xonning iltimosini yetkazganlar. Xat- da yer osti boyliklarini o'rganish va foydali qazilmalami qidi- rishda yordam berish uchun ikki kon muhandis (injener)ini jo '- natish so'ralgan edi. Ikkinchi masala, Qo'qon-Xitoy munosa- batlari keskinlashganligi munosabati bilan to'plar va tajribali zobitlami jo'natish so'ralgan. Rus hukumati Rus-Xitoy munosa- batlari yaxshilanayotganligini hisobga olib, bu iltimosga rad javobini berdilar. 1830-yili Qo'qonga N. Potanin boshchiligida rus elchilari kelgan. Elchilar savdo va diplomatik aloqalar yuzasidan tadbir- lami amalga oshirganlar. Rus hukumatining elchilar oldiga qo'ygan asosiy vazifalaridan biri - xonlikning iqtisodiy, siyosiy hayotini o'rganish, shu jumladan, xonlikning qo'shni davlatlar bilan munosabatlarini tahlil qilish edi. N. Potanin elchilik safari haqida kitob yozib qoldirgan (“Записки о Кокандском ханстве хоронжего Потанина”). - 50- Madalixon 1831-yili Rossiyaga yana elchilar jo'natgan. U largaX oya Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling