Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Tentak To'ra boshchiligida qo'zg'olon
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
Tentak
To'ra boshchiligida qo'zg'olon ko'targan. Tez orada Turkiston yaqinida unga 12 ming qozoq ko'chmanchilari qo'shilgan. - 6 3 - Sayram qo'zg'olonchilar tomonidan egallanib, tayanch punktga aylantirilgan. Xon qo'shinlari kelayotganidan xabar topgan qo'z g'olonchilar ikki guruhga bo'linganlar: birinchi guruh Tentakto'ra rahbarligida Sayram qal'asi himoyasi bilan, ikkinchi guruh esa Chimkent qal'asi himoyasi bilan band bo'lganlar. Har ikki qal'a- lar xon qo'shinlari tomonidan qamal qilingan. Uzoq davom etgan qamaldan so'ng kelishuvga erishilgan. Shartnomaga ko'ra, qo'z g'olonchilar rahbari xon hokimiyatini tan olgan va o 'z o'g'lini poytaxtga garov sifatida jo'natishga majbur bo'lgan. H. Bobobekov XIX asrning 20-yillarida Turkiston va Tosh kent oralig'idagi hududda Qobul boshchiligida qozoqlar qo'zg'o- loni bo'lib o'tganligi to'g'risida ma'lumot bergan Q o'zg'olon Bog'istonda boshlangan. Umarxon qo'zg'olon- dan xabar topishi bilan Toshkentdan jazo otryadini jo'natgan. O g'ir janglardan so'ng qo'zg'olonchilar Bog'iston qal'asiga chekinganlar. Q al'a uzoq vaqt himoya qilingan. Xon qo'shinlari tomonidan qal'a zabt etilgach, Qobul Toshkentga olib kelinib, Chorsu maydonida qatl etilgan. Qo'zg'olon mag'lubiyatga uchra- gan bo'lsa-da, ko'chmanchi qozoqlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan. Xonlik qo'shinlari tomonidan bosib olingan Darvoz, Shug'non, Roshon kabi hududlar aholisi bosqinchilar tomonidan yangi soliq va majburiyatlar bilan og'ir ahvolga solingan. Qorate- gin aholisi ham shunday og'ir ahvolda edi. Natijada aholi 1839- yili qo'zg'olon ko'tarishga majbur bo'lgan. Madalixon Qorategin- ga jazo otryadini jo'natib, qo'zg'olonni bostirgan. Qorategin qo'zg'oloni haqida ma'lumotlar juda kam. 1841-yilda Qo'qonda ajoyib bir voqea bo'lib o'tgan. Bunday voqea tarixda kamdan-kam ro'y beradi. 1842-yil Buxoro amiri Qo'qon yerlarining bir qismini egallab, poytaxt yaqinida qarorgoh qurgan. Madalixon sulh tuzish maqsadida amir huzuriga o 'z o 'g 'li Muhammad Amin boshchiligida elchi jo'nat-gan. Nasrulloxon esa shartnoma tuzish uchun elchilarga shaxsan Qo'qon xoni Madalixonning o'zi kelishini aytgan. Madalixon saroy a'yonlarini maslahatga chaqirgan. Shu payt xon huzuriga Qo'qonda mashhur bo'lgan misgar hunarmand Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling