umumiy sabablarmi
ham
keltirib o'tgan. Ular quyidagilardan iborat:
a)
Hududi va aholisi.
Qo'qon xonligi tashkil topgan vaqtdan
boshlab xonlik hududi boshqa yerlar va shu yerlaming egasi
bo'lgan mahalliy aholi hisobiga kengayib borgan. Yerlaming
zo'rlik bilan bosib olinishi hokimiyatga nisbatan dushmanlikni
kuchaytirgan. Hududning kengligi esa boshqaruvni qiyinlashtir-
gan, shu bilan birga qo'zg'olonlami uzoq vaqt davom etishini
ta'minlagan. Xonlik hududida faqat o'zbeklar emas, qipchoq elati,
qozoqlar, qirg'izlar, tojiklar va boshqa xalqlar ham istiqomat qilar
edi. Bu quramalik milliy-ozodlik harakati kabilami keltirib chiqa-
rishi mumkin edi. Masalan, 1821-yilgi saribag'ishlar qo'zg'oloni,
1839-yildagi Qorategin qo'zg'oloni, 1843-yilgi Issiqko'l qirg'iz
lari qo'zg'oloni, 1853-yildagi qipchoqlar qo'zg'oloni, 1858-
yildagi Xo'jand tojiklari qo'zg'oloni.
b)
D avlat tizimi.
Qo'qon xonligi o'ziga xos bo'lgan tipik
mutlaq monarxiya tizimidagi feodal davlat edi. Xon, uning qarin-
doshlari, saroy amaldorlari va boshqa feodallar dehqonlar ustidan
mutlaq hukmron edi. Bunday boshqaruv ma'lum bir davrlarda
shariat va davlat qonunlarining buzilishiga olib kelgan.
v)
Yer egaligi.
Yer egaligi eng asosiy sabablardan biri
hisoblanadi. Davlat iqtisodi qishloq xo'jaligiga asoslanganligi
uchun yerga egalik qilish bilan asosiy masalalar hal qilingan.
Feodallar va diniy muassasalar yeming aksariyat qismini egallab
olganligi kambag'al tabaqaning ularga qaramligini oshirgan.
g)
Hunarmandchilik va savdo.
Qo'qon xonligida mavjud
bo'lgan feodal tartiblar qishloq xo'jaligining ham, hunarmand
chilikning ham, savdoning ham rivojlanishiga to'sqinlik qilgan.
Ko'rsatilgan barcha sohalar yirik feodallar boshqaruvida bo'lib,
qattiq ekspluatatsiya qilishar edi.
d)
Do'stlaringiz bilan baham: |