Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
Pekinda tinchlik shartnomasi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
Pekinda
tinchlik shartnomasi imzolangan. Shartnomaga ko'ra, Qo'qon Sharqiy Turkistonda boshqaruv tizimi, boj va savdo masalalarini hal qilish huquqlarini qo'lga kiritgan. Sharqiy Turkistonda Xitoy imperiyasi istibdodiga qarshi ku- rashgan xalqlardan biri dunganlar edi. Ular XIX asrning 60- yillarida Xitoydagi taypinlar qo'zg'olonidan foydalanib, o'zlari yashayotgan, Xitoyning shimoli-sharqiy provintsiya (viloyat)lari She'nsi va Gan'suda qo'zg'olon ko'targanlar. Qo'zg'olon natijasida Sharqiy Turkistonda Xitoy hokimiyati ag'darilgan. Taypin qo'zg'oloni bostirilganidan so'nggina general Tszo Tszutan boshchiligidagi jazo otryadi dunganlar qo'zg'olonini bostirgan. Qo'zg'olonchilaming bir qismi Rossiya hududiga, bir qismi esa Madajin boshchiligida Farg'ona vodiysiga ko'chishni boshlagan. Ulaming umumiy soni 6 ming kishini tashkil etgan. - 57- Savdo m unosabatlari. Qo'qon xonligi va Xitoy o'rtasidagi Sharqiy Turkiston uchun kurashning asosiy sababi hududga egalik qilish bilan bog'liq. Bu hudud Xitoydan G'arbga borish uchun asosiy savdo yo'lida joylashgan. Sharqiy Turkistonni Tyan-Shan tog'i ikki tabiiy geografik zonaga bo'lib turgan. Shimoliy qismi Jung'oriya bo'Isa, Janubiy qismi Yettisuv, Qoshg'ar deb atalgan. Qoshg'aming shaharlaridagi bozorlar gavjum bo'lib, ular turli tomondan savdo yo'llari bilan tutashgan. Bu yerga sharqdan xi- toylik savdogarlar, shimoldan Rossiyadan kelgan tatar savdogar- lari va g'arbdan Qo'qon, Buxoro savdogarlari o 'z mahsulotlarini olib kelib sotgan. Qo'qondan Sharqiy Turkistonga boradigan uchta asosiy yo'l mavjud edi. Birinchisi, Tyan-Shan va Oloy tog'laridan Terek dovoni orqali o'tuvchi eng qulay hamda qisqa yo'l. Ikkinchisi, Toshkent, Turkiston va Qulja orqali o'tuvchi xavfsiz, lekin uzoq yo'l. Uchinchisi, Pomir va Badaxshon orqali o'tuvchi xavfli do- von bo'lib, karvonlar nisbatan kam qatnagan. Sharqiy Turkiston dagi savdodan Qo'qon xonligi xazinasiga juda katta miqdorda da- romad tushar edi. Xitoy manbalariga ko'ra, XVIII asr oxirlarida xonlikka savdodan tushadigan daromad 60-70 ming tillani tashkil etgan. Ch. Valixonovning ma'lumotiga ko'ra, Qoshg'arda savdo- garlarning umumiy soni va ahamiyati jihatdan birinchi o'rinda qo'qonliklar, keyin buxoroliklar turgan va xitoyliklar ularni “andtszidjon” (andijonliklar) nomi bilan ataganlar. 1832-yili tuzil- gan shartnomaga ko'ra, Qoshg'ami rezident va konsul huquqiga ega bo'lgan oqsoqol boshqargan. Oqsoqol Qo'qon xoni tomoni dan tayinlangan va uning xazinasiga 500 kumush yombi jo'natib turgan. Ushbu oqsoqol huzurida qozi, imom va qo'rboshilar bilan birga “xon dalloli” deb ataluvchi mansabdor bo'lgan. Bu man- sabdor muxojir savdogar bilan bo'ladigan savdo-sotiq ishlarida dallollik qilgani uchun, agarda, bu savdo yombi bilan bo'lsa, har yombidan 3 tilla, agar oltin bilan bo'lsa, o'ndan bir ulushini olgan. Qoshg'ardan chiqib ketayotgan karvondagi har bir ulovdan 2 tangadan boj olingan. Dallollar xazinaga yiliga 3600 kumush pul to'lab turganlar. Buning evaziga oqsoqol qo'rboshilar yordamida savdogarlarni yo'l qaroqchilaridan himoya qilgan. - 58- Sharqiy Turkistonning Buxoro, Xiva, Hindiston, Afg'onis ton, Rossiya kabi davlatlar bilan tashqi savdosi Qo'qon orqali olib borilgan. Qo'qondan Qoshg'arga, asosan, rus temiri, qizil charm, mato, movut, Rigada ishlangan duxobalar, oynalar, qalampirmun- choq, novshadil, simob, bo'yoqlar, oltin olib borilgan. Qoshg'ar- dan Qo'qonga esa, asosan, gilam, nashatil, choy va kigiz keltiril gan. Qoshg'ardan Qo'qonga har yili 30000 otda choy, 200 otda oq rangli mato, 50 otda attorlik buyumlari keltirilgan. Qo'qon va Qoshg'ar o'rtasidagi savdo aloqalari, albatta, si yosiy voqealarga bog'liq bo'lgan. Ayniqsa, 1826-1832-yillardagi urush vaqtida savdoda pasayish kuzatilgan bo'lsa, 1832-yilgi tinchlik shartnomasidan so'ng katta o'sish yuz bergan. Qo'qon va Sharqiy Turkistonning diplomatik va savdo alo qalari o 'z navbatida asrlar davomida shakllangan madaniy aloqa- laming rivojlanishiga ta'sir ko'rsatgan. Sharqiy Turkistonda O'rta Osiyo xalqlarining ta'sirini sezish bilan birga Qo'qonda ham qoshg'arliklar madaniyati namunalari o 'z o'm iga ega bo'lgan. Me'morchilikda, tikuvchilikda “qoshg'archa” nomli usullar paydo bo'lgan. Xo'jalik yuritish, ayniqsa, oziq-ovqat masalasida Sharqiy Turkiston xalqlarining milliy taomlari muhim o'rin egallay boshlagan. Tayanch iboralar: Qo'qon xonligining Sharqiy Turkiston dagi siyosati, Madalixonning Qoshg'arga yurishi, ko'chish, Pekin tinchlik shartnomasi, savdo munosabatlari. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling