Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi
(Бабабеков X. Народные движения в Кокандском ханстве и их
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1854-yil qipchoqlar qozgoloni
(Бабабеков X. Народные движения в Кокандском ханстве и их
социально-экономические и политические предпосылки (XVIII- XIXвв.). - Ташкент: Фан, 1990. - С. 69.). 1854-yil qipchoqlar qo'zg'oloni boshlangan. Н. Bobobekov- ning ma'lumotiga ko'ra, qo'zg'olonga O'tanboy qipchoq bosh- chilik qilgan. Qo'zg'olonchilar Andijon va Marg'ilon shaharlarini egallagan. Keyinroq qo'zg'olonga qirg'iz urug'lari ham qo'shilganlar. Muallifning xabariga ko'ra, qo'zg'olon olti oydan ko'proq davom etgan. Xudoyorxonning ukasi, Andijon hokimi So'fibek to'y qilish maqsadida akasini taklif etgan paytda, Qo'qonda yana bir qo'zg'olon ko'tarilgan. Qo'zg'olonga Maxdum A'zam avlodidan bo'lgan Rustamxonxo'ja boshchilik qilgan. V. P. Nalivkinning yozishicha, xon xalq orasida ta'siri katta bo'lgan xojalar va to'- ralami xuddi qipchoqlar kabi tugatishni maqsad qilgan edi (Наливкин В. П. Краткая история Кокандского ханства. - Ка зань, 1886. - С. 185). Xonning maqsadidan xabardor bo'lgan Rustamxonxo'ja poytaxtda uning yo'qligidan foydalanib, xojalar- ni to'plagan va xavfdan xabardor qilgan. Shu yig'inda ona tomondan xonlarga qarindosh bo'lmish Rustamxon xon qilib k o ' tarilgan. Xon Qo'qonga Qosim mingboshi va Qambar ponsodni qo'zg'olonchi Rustamxonni jazolash maqsadida jo'natgan. Qo'qon aholisi Rustamxonning tarafmi olib, xon vakillarini poy- taxtdan quvib yuborgan. Shu yerda qo'zg'olonga sabab bo'lgan bir voqea eslangan. Musodora qilingan qipchoq yerlari masa-lasi edi. Bu harakatga Mirza M unawar boshchilik qilgan. Tarixiy adabiyotlarda bu voqea 1855-yilda sodir bo'lganligi yozilgan. Toshkent hokimi Mirzaahmad qozoq qabilalariga og'ir soliqlar solibgina qolmay, voyaga yetmagan bolalami qullikka sotar edi. Natijada 1857-yil Avliyootada qozoqlar qo'zg'oloni boshlangan. Qozoqlar Mirzaahmad qo'shinlari tomonidan tarqa- tilgan bo'lsa-da, keyinroq katta kuch bilan Avliyootani qamal qilgan. Bu ma'lumotlar V. P. Nalivkinning “Краткая история Кокандского ханства” asarida berilgan. Lekin, bizga ma'lumki, bu voqealar bo'lib o'tayotgan vaqtda Avliyoota ruslar tomonidan bosib olingan edi. - 6 7 - 1857-yilda Alatov yaqinidagi Jetisuv hududida qozoqlaming qipchoq urug'i qo'zg'olon ko'targan. Xudoyorxon qo'zg'olonni bostirish uchun 500 kishilik qo'shin bilan yo'lga chiqqan. Lekin, Mallaxonning hokimiyatni qo'lga kiritish uchun qilgan harakati tufayli ortga qaytishga majbur bo'lgan. Qozoqlaming dulat, beshtamg'al va changlin urug'lari 1858- yil qo'zg'olon ko'targan. Toshkent parvonachisi chorvadorlardan soliq yig'ish maqsadida o 'z odamlarini jo'natgan. Soliq faqatgina chorva hayvonlaridangina emas, balki har bir qiz bola uchun 20 mbl to'lanishi kerak edi. Soliq yig'uvchilar boshlig'i Mirzaboy qiz bolalami ro'yxatdan o'tkazish paytida erkaklar telpagi kiyib yurgan Qanayboyning qizini payqab qolgan. Qanayboydan jarima to'lashni talab qilganida, Mirzaboy o'ldirilgan. Boshqa chorva- dorlar soliqchilarga hujum qilib, ulaming aksariyatini o'ldirganlar. Shu tariqa qo'zg'olon boshlanib ketgan. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling