Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

Xo'ja Qalandar
keladi. U agar o'ziga 
bir kunga xonlik vakolati berilsa, Buxoro amirini Qo'qondan
- 6 4 -


haydab chiqarishi haqida xonni ishontirgan. Xonning boshqa 
chorasi yo'qligi sababli rozi bo'lgan. Bu xabar yashin tezligida 
shahar aholisiga tarqalib, ikki soat mobaynida xonga eng yaqin 
bo'lgan o 'n sakkizta yirik feodallaming uyi talon-taroj qilingan. 
Buxoro amirining elchisi ham o'ldirilgan. Tartibsizlik feodallarga 
qarshi qo'zg'olonga aylanib ketgan. Natijada saroy a'yonlari 
xondan o 'z qarorini bekor qilishni iltimos qilganlar. Xon xalq 
oldida obro'si baland bo'lgan Azimboy va Asqar dodhohlami 
xalqni tinchlantirish uchun jo'natib, X o'ja Qalandami hibsga 
olishga buyruq bergan. Q o'zg'olon tez orada bostirilgan.
1843-yilda Qo'qonda qipchoqlar qo'zg'oloni boshlangan. 
Qo'zg'olonga hokimiyatni egallash uchun harakat boshlagan Mu- 
sulmonqul mingboshi boshchilik qilgan. Bunday voqealarga tay- 
yor bo'lmagan xon qo'shinlari uyushgan qipchoqlardan mag'lub 
bo'lgan. Natijada Qo'qonda qipchoqlaming shafqatsiz hokimligi 
boshlangan.
Xonlikda navbatdagi qo'zg'olon Issiqko'l qirg'izlari tomoni­
dan ko'tarilgan. H. Bobobekov qo'zg'olon 1843-yili bo'lganligi 
va hatto, xon qo'shinlarining bir nechtasi ustidan g'alaba qozonil- 
ganligi haqida ma'lumot bergan. Umuman olganda, qo'zg'olon 
haqida ma'lumotlar yetarli darajada emas.
1845-yili Oloy va Uchqo'rg'on qirg'izlari qo'zg'olon ko'ta- 
rib, O 'sh shahrini egallaganliklari to'g'risida xabar kelgan. 
Musulmonqul qo'shin to'plab, qo'zg'olonni bostirish uchun O'sh- 
ga jo'nagan. Lekin, u yetib kelgunicha Shahrixon begi K o'ro'g'li 
qipchoq o 'z qo'shini bilan qo'zg'olonchilami tor-mor keltirgan 
edi. Shunday bo'lsa ham, Musulmonqul K o'ro'g'li qipchoq bilan 
uchrashish maqsadida yo'lida davom etgan. Shu orada Qo'qondan 
Rahmatullo dodhoh, Sotiboldi dodhoh va Qosimbek otaliq o 'g 'li 
kabilar Murodxonni taxtga o'tqazganligi haqida xabar keladi va 
Musulmonqul Qo'qonga qaytishga majbur bo'lgan. Murodxon 
voqeasi aynan shu paytga to'g'ri kelganligi tufayli O'sh 
qo'zg'oloni Musulmonqul tomonidan uyushtirilganligi to'g'- 
risidagi taxminlar ham mavjud.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling