Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


-yilgi Toshkent qo'zg'oloni


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

1847-yilgi Toshkent qo'zg'oloni.
Qo'zg'olon haqidagi m a'lu­
motlar V. P. Nalivkin asarida berilgan 
(Наливкин В. П. Краткая 
история Кокадского ханства. - Казань

1886.
-
С. 167-168.).
-
6 5
-


Asarda yozilishicha, qo'zg'olonga soliqlaming ortib ketishi sabab 
bo'lgan. Qo'zg'olonga aholi orasida katta obro'ga ega bo'lgan va 
hunarmandchilik (tikuvchilik, shoyi) ustaxonalarining egasi 
Mayusupboy boshchilik qilgan. Shahar ko'chalarida barrikadalar- 
dan o'ta olmagan Toshkent hokimi Azizbek qo'shinlari qo'zg'o- 
lonchilami to'pga tutgan. Bir necha kundan keyin yana yangi 
kuch bilan qo'zg'olon boshlangan. Xon Toshkentda bo'layotgan 
voqealar haqida xabar topgach, u yerga qo'shin jo'natgan. Q o'­
qon qo'shinlari Toshkentni zabt etib, Azizbekni Qo'qonga jo 'n at­
gan. Azizbek qatl etilib, Normuhammad Toshkent hokimi qilib 
tayinlangan.
XIX asrning II yarmidagi xalq harakatlari. 1852-yilda 
Xudoyorxon qipchoqlar hokimiyatini tugatish uchun amaliy 
harakat boshlagan. Qo'shinni kuchaytirish maqsadida Normuham- 
madga o'z yigitlari bilan Qo'qonga yetib kelishini buyurgan. 
Xonning niyatidan xabar topgan qipchoqlar ham qo'shin to'plab, 
Chotqoldan Musulmonqulni chaqirtirganlar. Toshkent qo'shinlari 
Qo'qonga yetib kelmasdan xonning mahfiy buyrug'iga ko'ra, 
Normuhammad o'ldirilib, qo'mondonlikni Qosim o 'z qo'liga ol­
gan va tezlik bilan Qo'qonga jo'naganlar. Xijriy 1269-yil Qurbon 
oyining 27-kuni O'rdada ertalabki marosimdan so'ng qipchoqlar 
xonga o 'z noroziliklarini bayon qilganlar. Suhbat asta-sekin xonga 
nisbatan tazyiqqa aylanib, janjal boshlangan. Shu payt Toshkent 
qo'shini O'rdaga kirib kelib qipchoqlami otib, chopib o'ldirgan. 
Qo'qon aholisi voqeadan xabar topgach, xon qo'shiniga qo'shil- 
ganlar va shaharda qipchoqlar qirg'ini boshlangan.
1852-yilning 10 oktabr kuni Xudoyorxon qo'shini qipchoq­
lar bilan asosiy jang bo'lishi kerak bo'lgan Bilqillamaga yetib 
kelgan. Asosiy to'qnashuv xon qo'shinlari foydasiga hal bo'lgan. 
Qochib ketgan Musulmonqul Uychida asir olingan va kishanlan- 
gan ho Ida Qo'qonga olib kelingan. Bir necha kun mobaynida 
poytaxt va boshqa viloyatlarda qipchoqlar qirg'ini bo'lib o'tgan. 
Minglab odamlar qatl etilgan. Qatl etilganlar orasida Musulmon­
qul ham bor edi. Shu tariqa bir necha yil davom etgan qipchoqlar 
hukmronligiga barham berilgan. Bo'lib o'tgan voqealar vaqti 
tarixiy adabiyotlarda turlicha ko'rsatilgan. H. Bobobekov 
manbalar va arxiv hujjatlariga asoslanib, voqealar 1853-yilning
- 66-


fevral va aprel oylari oralig'ida sodir bo'lganligini bayon qilgan 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling