Namangan davlat universiteti ikromjon kuzikulov qo'qon xonligi


Xo'jabek o 'z akasi taxtini egallash uchun - 62-


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana27.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1726258
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
Qo\'qon xonligi tarixi. Kuzikulov I

Xo'jabek
o 'z akasi taxtini egallash uchun
- 62-


harakat boshlagan. U o'ratepaliklar qo'llab-quwatlashi yordamida 
Norbo'tabiydan norozi bo'lgan Qurama va Qirovchi aholisini 
o'ziga og'dirgan. Tez orada Xo'jabek To'raqo'rg'onda tarafdor- 
lari ko'pligidan foydalanib, u yemi ham jangsiz egallagan. Xo'ja- 
bekning keyingi harakati Andijonga qaratilgan. Andijonliklar 
unga bo'ysunishdan bosh tortganlar va xonga xabar berganlar. Bir 
necha kundan keyin xon yetib kelgach, aka-ukalar yarash bitimini 
imzolagan. H. Bobobekov bu voqea 1799-yilda sodir bo'lganligi 
haqida ma'lumot bergan/
Xon taxtiga qarshi qo'zg'olonlardan biri Chustda ro'y 
bergan. Unga Chust hokimi 
Buzrukxo'ja
boshchilik qilgan. U 
Qo'qon qo'shinlarining Toshkent bilan band ekanligidan foydala­
nib, hokimiyatni egallash maqsadida 1800-yilda qo'zg'olon ko'- 
targan. Buzrukxo'ja hatto unga qarshi jo'natilgan jazo otryadini 
tor-mor keltirgan, lekin Olimxon o 'z qo'shinlari bilan kelayot- 
ganidan xabar topgach Chotqolga qochgan. U Toshkent hokimi 
Yunusxo'jadan yordam so'rab uning qo'shinlari yordamida 
Chustni egallagan. Bo'layotgan voqealardan Chust aholisi norozi 
bo'lgan ko'rinadi, ko'p o'tmay ular Buzrukxo'jani xonga tutib 
berganlar. Xon uni osib o'ldirishga buyruq bergan. Faqatgina 
Buzrukxo'ja manfaatlari ko'zlanganligi va aholining noroziligi 
sababli qo'zg'olon uzoq cho'zilmagan.
Olimxon taxtga chiqqach, Toshkent, Chimkent, Turkiston 
kabi yerlar hisobiga xonlik hududlarini kengaytirishga erishgan. 
Olimxonning Toshkentni bosib olishi Toshkent qo'zg'olonining 
ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Toshkent amaldorlari aholining Q o'­
qon qo'shinlari tomonidan talanishidan foydalanib, xalqni xonga 
qarshi qo'zg'olon ko'tarishga da'vat etgan. 1808-yil xon qo'shini 
bilan Toshkentga yurish boshlagan va shahami zabt etgan. 
Toshkent taslim bo'lishiga qaramay, shahar atrofida yashovchi 
aholi, ko'chmanchi qozoqlar orasida uzoq vaqtgacha norozilik 
harakatlari davom etgan.
1821-yil qishda Umarxonning buyrug'i bilan Namangan 
hokimi qozoq cho'llaridagi ko'chmanchilardan soliq yig'ishtirish 
maqsadida kelgan. Soliqlardan norozi bo'lgan qozoqlar 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling