Namangan davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti menejment kaffedrasi


Download 118.53 Kb.
bet6/6
Sana17.02.2023
Hajmi118.53 Kb.
#1206814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mahfuza Yo`ldasheva Kurs ishi

Mehmonxonada ovqatlanish shakli- yashash narxiga kiritilgan va mehmonxonada qolish vaqtida mijozga taklif qilinadigan oziq-ovqat va ichimliklar.
Oziqlanishning asosiy shakllari
Mehmonxonadagi oziq-ovqat turi xona turidan keyin darhol ko'rsatiladi. Qoida tariqasida, u ikki yoki uchta lotin harflari bilan belgilanadi:
· RO(Faqat xonada) - ovqatsiz.
· EP(Yevropa rejasi) , BO(Faqat yotoq) AO(Faqat turar joy) YO'Q- ovqat yo'q.
· BB(yotoq va nonushta) - nonushta. Qoida tariqasida, bu bufet nonushtasini anglatadi. Bufet varianti. Ham sovuq, ham issiq ovqatlarni o'z ichiga oladi. Taomlarning xilma-xilligi mamlakatdan mamlakatga juda farq qiladi.
· HB(Yarim pansion) - yarim pansion. Qoida tariqasida, nonushta va kechki ovqat, lekin nonushta va tushlik ham mavjud.
· Facebook(To'liq pansion) - to'liq pansion (nonushta, tushlik va kechki ovqat).
· AI(All inclusive) - all inclusive - nonushta, tushlik va kechki ovqat (bufet). Kun davomida cheksiz ichimliklar (alkogolli va alkogolsiz) va qo'shimcha ovqatlar (ikkinchi nonushta, tushdan keyin choy, kechki ovqat, engil atıştırmalıklar, mehmonxona barlarida barbekyu va boshqalar) taklif etiladi.

XULOSA

Turizm sohasining rivojlanishi bu bevosita mehmonxona xo„jaligining


xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish bilan bog„liq. Boy turistik resurslarga ega
bo‟lishiga qaramay, O„zbekistonda mavjud imkoniyatdan foydalanish darajasi
past. Turizm ko‟lamining kengayishi bilan xizmat ko‟rsatish korxonalarining,
jumladan mehmonxonalar soni ham oshib boraveradi. Shunday ekan
mehmonxonalarni rivojlantirish mamlakatlardan o‟rganib, milliylikni targ‟ib
qilgan xolda joriy etish bugungi kunning muhim vazifasidir. Mehmonxona biznesi
va sayyohlikni rivojlantirish jarayonida kadrlar tayyorlashga qaratilgan e‟tibor ham
o‟z samaralarini berib kelmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva
shaharlaridagi turizm yo‟nalishidagi kollejlar, Toshkent Davlat Iqtisodiyot
Universitetining “Xalqaro Turizm” fakulteti, “Samarqand Iqtisodiyot va servis
instituti” hamda poytaxtimizdagi “Singapur menejmentni rivojlantirish” institutida
sayyohlik marketing va menejmenti, xizmat ko‟rsatish, xalqaro turizm,
mehmonxona xo‟jaligi va restoran ishi yo‟nalishlari bo‟yicha mutaxasislar
tayyorlanmoqda. Mazkur ta‟lim dargohlarida tashkil etilgan mahsus mehmonxona
markazlari talabalarning nazariy bilimini amalda mustahkamlashida muhim
ahamiyat kasb etayotir.
Dunyo miqyosida yakka tartibda sayohat qilishning ko‟payishi shinam va
ihcham xususiy mehmonxonalar tarmog‟ini rivojlantirishni taqazo etadi.
O‟zbekistonda ham xususiy mehmonxonalar tarmog‟i jadal rivojlanmoqda.
Ihcham va qulay mehmonxonalarda mijozlar uchun tarixiy maskanlarga, tabiat
qo‟yniga sayohatlar tashkil qilish kabi xizmatlar ko‟rsatishga alohida e‟tibor
qaratilmoqda.
Mamlakatimizda sayyohlikning barcha yo‟nalishlari va xizmatlarini,
xususan, mehmonxona biznesini rivojlantirish, chet ellik sayyohlar oqimini
72
ko‟paytirishga erishish borasida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‟lamli
islohotlar o‟zining yanada yuksak samaralarini berishi shubxasizdir.
Shunday qilib, yuqoridagi samaradorlik tizimida 6 ta ko‟rsatgich mavjud edi.
Ularni mehmonxona xo‟jaliklariga moslashtirish jarayonida bittaga kamayishi va
ularga yana 3 ta ko‟rsatgich qo‟shilib, jami 8 ta ko‟rsatgichni tashkil qilish
mumkinligi asoslanmoqda. Ushbu ko‟rsatgichlar tizimi quyidagilardan iborat:
 mehmonxona xo‟jaliklari xarajatlari samaradorligi;
 mehmonxona xo‟jaliklarining umumiy invistitsiyalari samaradorligi;
 mehmonxona xo‟jaliklari aktivlari samaradorligi;
 mehmonxona xo‟jaliklari asosiy vositalari samaradorligi;
 mehmonxona xo‟jaliklari nomoddiy aktivlar samaradorligi;
 mehmonxona xo‟jaliklari aylanma mablag‟lar samaradorligi;
 mehmonxona xo‟jaliklari mehnat unumdorligi;
 mehmonxona xo‟jaliklari o‟z mablag‟lari samaradorligi.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari turizm va mehmonxona
xo‟jaliklarida ko‟rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirish ham nafaqat
iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Zero, mazkur sohadagi
tadbirkorlikning muvaffaqqiyati bevosita undagi samaradorlikning darajasiga
bog‟liq. Ammo turizm sohasining asosiy tarmoqlaridan biri bo‟lgan mehmonxona
xo‟jaliklarida samaradorlik masalasi yetarli darajada tadqiq qilingan emas. Shu
tufayli ushbu masalani tadqiq qilish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi. Har
qanday mavzuni, kategoriya va tushunchalarni tadqiq qilish uning nazariy
masalalarini o‟rganishdan boshlanadi.
Eng muhimi, hozirgi paytda barcha ko‟rsatgichlar amaliy ma‟lumotlar
asosida aniqlanadigan, mehmonxona xo‟jaliklari faoliyatini tahlil qilganda
o‟rganadigan va samaradorlikni oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda foydalanadigan bo‟lishi lozim.
Turizmning rivojlanishi mehmonxona xo‟jaligida samaradorlik va
xizmatlarning sifatini oshirish bilan bog‟liq. Boy turistik resurslarga ega bo‟lishiga
qaramay, O‟zbekistonda mavjud imkoniyatdan foydalanish darajasi talab qilingan
73
holatdan ancha past. Turizm ko‟lamining kengayishi bilan xizmat ko‟rsatish
korxonalaring, jumladan mehmonxonalar soni ham oshib boraveradi.
Bu mehmonxonaga kelgan har qanday kishi his qilishi lozim. Bu, ayniqsa
xorijdan kelgan mehmonlar uchun muhimdir. Ularning mamlakatimiz to‟g‟risidagi
tasavvuri o‟zgarish bilan birga boshqa yaqinlarini ham mamlakatimizga turist
sifatida kelishga da‟vat etishi mumkin.
Mehmonxona biznesida raqobatda ustunlikka erishishning asosiy
yo‟nalishlaridan biri raqobatchilarga nisbatan yuqori sifatga ega xizmatlarni taklif
etish hisoblanadi.
Mehmonxonada korporativ boshqaruv – bu biznesning tashkiliy-huquqiy
rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul
qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini
tashkil qilishdir.
Korporativ boshqaruv tizimiga kiruvchi mehmonxonalar, hammasi ham
shu mehmonxona tizimlarining shaxsiy mehmonxonalari hisoblanmaydilar.
Chunki turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona
industriyalarining o‟rni aloxidadir. Turistik mehmonxonalarni jahon andozalari
darajasida tamirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod qilish uchun
katta sarmoyalar ajrata boshlandi. Korporatsiyalar mijozlarga alohida xizmat
ko‟rsatish va muomala qilishga juda ko‟p mablag‟ sarflaydilar va ular bunda
muvaffaqiyat qozondilar.
Xulosa qilib shuni ta‟kidlash joizki, mehmonxonalarda korporativ boshqaruv
tizimini samarali boshqarishda xorij tajribasidan foydalanish juda asos bo‟ladi.
Xususan O‟zbekistonda bu tajribadan foydalanish xozirda qo‟llanib kelinmoqda.
Kelajakda mehmonxona xo‟jaligini tashkil etish bo‟yicha yetuk kadr bo‟lib
yetishamiz degan umiddaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



1. Тухлиев Н., Абдуллаева Т. “Основы безопасности в туризме”. –Т.:
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси, 2008.
2. Тухлиев И.С., Ҳаитбоев Р., Сафаров Б.ш., Турсунова Г.Р. “Туризм
асослари”. Дарслик. Т.: “Fan va texnologiya”, 2014.
3. Филлиповский Е.Е., Шмарова Л.В “Экономика и организация
гостиничного хозяйства”. Учебное пособие.-М.: ФиС, 2006.
4. Чудновский А.Д. “Туризм и госиничное хозяйство” М.: ЮРКИНГА.
2005.
5. Яковлев.Г.А “Экономика и статистика туризма”. Учебное пособие.
М.: Изд. 2005.
6. “Turizm infratuzilmasini rivojlantirishning metodologik, uslubiy
asoslarini takomillashtirish”. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. SamISI,
2015.
7. “Turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish istiqbollari”. Respublika ilmiy
amaliy anjuman materiallari. SamISI, 2015.
8. O„zbekiston Respublikasi Statistika Qo„mitasining “Основые показатели
развития туризма и отдыха в республике Узбекистан в 2015 году” nomli
statistik ma‟lumotlari.
VI. Internet saytlari
1. http://www.wto-marketing.ru– sayt VTO
2. http://www.tourism.uz
3. http://www.tour.uz
4. http://hotels.travel.ru france.
5. http:// www. oktogo.ru
6. uzbekturizm.com
Download 118.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling