Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport faoliyati kafdrasi


Download 4.21 Mb.
bet8/71
Sana08.09.2023
Hajmi4.21 Mb.
#1674677
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
Sport inshootlari majmua

Ellenik davr. Mustakil davlatlar hisoblangan kadimiy Gresiya Shaxarlari fan, madaniyat va sport soxalarida boshqa davlatlar bilan doim raqobatlashganlar. YAxshi kushnichilik va dustlik musobakalari ruxi, kadimiy Gresiyada jismoniy madaniyat va sport rivojiga katta ta’sir qursatadi. Gresiya stadionlari me’moriy shakllari, kengligi va landshafning garmonik mosligi bilan ajralib turadi. Ellenik davr stadionlari davlat ijtimoiy xayotida yetakchi rol uynagan. Bu davrdagi stadionlar urindiksiz qurilgan.
Ellenistik davr. Ellenistik davrdagi stadionlar ommaviy xayotda katta axamiyatga ega bo‘lgan. Undan tashqari ular shaxdr axoliey uchun tomosha qursatadigan inshootga aylanadi. Stadion tribunalari uncha ko‘p bo‘lmasa xam fakat Shaxar axolisiga muljallangan edi. Masalan: 1000000 axoli yashaydigan Milet shaxridagi stadion shu Shaxar ichiga qurilgan.

2-rasm. Eramizdan avvalgi 7 asrdagi Gera nomidagi obida (o‘zunligi 50 metr, eni 18,7 metr).

3-rasm. Olimpiya mash’alasini yokish tantanasi. Gresiya, Olimpiya Kadimiy Rim davri.
Ko‘pgina stadionlar va sport inshootlar Rim imperiyasining shakllanayotgan vakliga to‘g‘ri keladi (eramizning boshi). Bu vaklda ellenik davri stadionlarining ko‘pginasi kayta qurildi. Eramizning ikkinchi asrida Afina va Delfadagi stadionlarni kayta qurishga to‘g‘ri keldi. Musobaka katnashuvchilari sonining ortishi tufayli stadionlar maydoni kengaytirildi va tomoshabinlar uchun marmar tribunalar-urindiklar urnatildi. K,adimgi Rim davridagi stadionlarning tribunalari qurishga kulay bo‘lishini ta’minlash uchun yarim oy shaklida qurilgan. Bu davrdagi stadionlar me’morchilik tomonidan tula-tugallangan ob’ektlarga aylanadi. Eramizdan oldingi birinchi asrda Kadimgi Rim inshooti bo‘lmish amfiteatr shakllana boshladi. Amfiteatr o‘z navbatida zamonaviy sport arenalarining qurilishida muxim axamiyatga eta bo‘ldi.
Amfiteatr (yunonchadan Amphitheatron - ikki tomonlama tomosha) ommaviy tomoshalar: teatr spektakllari qursatiladigan K,adimgi Rim monumental binosi hisoblanadi. Amfiteatr - urtasidagi maydoni ellips shaklida qurilgan va tomoshabinlar uchun muljallangan sport arenasi kagor-kator urindikdari pastdan yo‘qoriga zina shaklida kutarilib borgan. Bu amfiteatrlar Pompei shaxrida miloddan avvalgi 70-yillarda qurilgan bo‘lib o‘z ichiga 15000 tomoshabinni olgan.
Butun dunyoga mashxur bo‘lgan Rimdagi Kollizey miloddan oldingi 125 yilda qurilgan bo‘lib 50000 tomoshabinlarga muljallangan. Kollizey avval uch yarusdan iborat bo‘lib, turtinchi yarusi eramizni ikkinchi asrida tula bitkazilgan. Avval Kollizeyda xayvonlar, keyinchalik esa gladiatorlar jangi bo‘lib utgan. Bu yerda tribuna ostida juda ko‘p sonli xonalar bo‘lgan. Undan tashqari arena ostida xayvonlar uchun kafaslar va boshqa xonalar joylashgan. Kollizeydan 1 kmo‘zoqdikda kullar kishlogi joylashgan bo‘lib, u stadion arenasigacha yer osti yuli bilan tutashgan. Kollizey ustiga brezent koplama tortilgan bo‘lib, u yopiq stadionga aylantirilgan deb taxmin kilinadi (4-rasm).
Kollizeyga uxshagan stadionlar Rimning xar bir yirik Shaxarlarida bo‘lgan. Aravada poygaga muljallangan gippodrom deb nomlangan yirik Sirkus Maksimus inshooti aloxida ax,amiyatga egadir. Bu inshoot o‘z tribunasiga 250000 cha tomoshabinni sigdirgan.
Kadimgi Rimda term (xdmmom) inshootiga katta e’tibor berilgan. Bu so‘zish, chumilish uchun muljallangan yirik suv xavzasi bo‘lib, eramizning I asri va II asri oraligida qurilgan. Eng yirik va mashxur Dioklentana va Qarakalla termi taxminan 120000 mmaydonda joylashgan bo‘lib, o‘zunligi
337 metr, eni 338 metrni, devorlarining kalinligi 6 metrni tashkil kilgan. Bu termlarga bir vaktning o‘zida 3000 odam sigib, ular chumilish, parlanish, ukalash, dush, vanna kabo‘l qilish, suv xavzasida (sovuk, ilik, issik) so‘zish kabi muolajalarni olish mumkin bo‘lgan.



a) Oldi tomondan surinishi



b) ichki tomondan surinish
4-rasm. Rimdagi Kollizey xarobalari
Rim termlari o‘zining ajoyib bezak va uskunalari bilan ajralib turadi. Bino devorlarni bezash uchun kimmatbaxo marmar ishlatilgan. Rim yana suv kuvurlari va isitgichlar bilan jixozlangan. Kadimiy Rim shaxri suv kuvurlari va isitkichlar bilan xdm mashxur bo‘lgan.
Rimda eramizning IV asridan boshlab xristian dini davlat tomonidan kullab-kuvvatlangan xolda kirib keldi. Uch ming axolini yiguvchi Rim tomoshalariga qarshi cherkov faol qurash olib bordi. Asta-sekin milliy madaniyatning pasayishi boshlandi, shu bilan birga jismoniy tarbiya xampasaydi. Odam tanasining madaniyati va xar tomonlama rivojlanishini inkor etuvchi xristian dinining tarkalishi kadimgi olamga mansub ko‘pgina yirik sport inshootlarining konunsiz yemirilishiga sabab bo‘ldi. Ayrimlari esa cherkovga aylantirilgan.

Download 4.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling