Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


 Shaxsning irodaviy sifatlari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


5. Shaxsning irodaviy sifatlari 

     Kishining  irodasi  o`z  sifatlari,  ya`ni  kuchi,  axloqiyligi,  mustaqilligi  jihatidan  ayrim  hollarda  turlicha 

namoyon  bo`ladi.  Iroda  ma`lum  kuchga  ega  bo`ladi,  ba`zi  hollarda  irodasi  kuchli,  boshqa  hollarda  esa 

kuchsiz  namoyon  bo`ladi.  Kuchli  irodaga  kosmonavtlarning  irodasi  misol  bo`ladi.  Kishi  irodasining 

kuchsizligi  uning  juda  arzimas  qiyinchiliklarining  ham  enga  olmasligida  ko`rinadi.  Masalan,  biror  ishni 

bajarishga  yoki  biror  ishni  boshlashga  o`zini  majbur  qila  olmaydi.  Iroda  kuchi  -  o`zini  tuta  bilishda, 

jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan 

maqsadlarining  amalga  oshirishga  qarshilik  qiladigan  ichki  holatini  engishda  ko`rinadigan  irodadir. 

O`zini  tuta  bilish  og`riq  hissini,  toliqish,  qo`rquv  va  g`azabni  engishda  namoyon  bo`ladi.  O`zini  tuta 

bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir. Dadillik - kishilik hayoti va 

omonligi  uchun  xavfli  bo`lgan  qarshiliklarni  engishda  ko`rinadigan  kuchli  iroda.  Masalan,  parashyutchi 

har  gal  sakraganda  dadillik  qiladi.  Dadillik  o`zini  tuta  bilish  bilan  bog`liqdir.  Mustaqillik  -  irodaviy 

harakatlar  motivlarida  va  shu  bilan  birgalikda  qaror  qabul  qilishda  namoyon  bo`ladi.  Mustaqillikning 

mohiyati  shundan  iboratki,  odam  o`zining  ish  -  harakatlarining  tevarak  -  atrofdagilarining  tazyiqi, 

tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish 

to`tish  kerakligi  haqida  tasavvurlariga  asoslanib  belgilaydi.  Mustaqillikning  qarama  -qarshi  tomoni 

tasirlanuvchanlikdir.  Bu  shundan  iboratki,  bunda  odam  o`zgalarning  ta`siriga  tez  beriladi,  hamda  uning 

harakat motivlari o`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridan 

ko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydo bo`ladi. Qat`iyat-o`ylab qo`yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalga 

oshirishni  ta`minlovchi  g`oyat  muhim  sifatdir.  Qat`iylik  odamdan  uzoq  vaqt  davomida  hech  bir 

pasaymaydigan irodaviy zo`r berish va kuch - quvvatni taqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi 

qiyinchiliklar  odamni  hayiqtirmaydi,  og`ishmay  intila  boradi.  Qaysarlik  -  odam  oqilona  asoslarga  ega 

bo`lishga  qaramay  harakat  qilish  illatidan,  ilgari  oz  o`ylab  qabul  qilingan  qarordan  voz  kechish 


qobiliyatiga  ega  bo`lishidir.  Qaysarlik  real  sharoitga  tik  qaramay,  o`zgargan  vaziyatga  epchillik  bilan 

moslasha olmaslikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo`ladi. 



6. Irodani tarbiyalash 

      Inson xulq - atvorining irodaviy boshqarilishi bir necha yo`nalishda amalga oshiriladi: 

1. Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish. 

2. O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish. 

3. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash. 

Bu jarayonlar bola tomonidan nutqning o`zlashtirilish va xulq - atvorini boshqara olish bilan boshlanadi. 

Irodaning rivojlanishida shaxs tomonidan o`z oldiga tobora murakkablashib boruvchi maqsadlarni qo`yib 

borish  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan,  o`smir  o`z  oldiga  o`zida  layoqat  bo`lmagan  qobiliyatni 

rivojlantirishni  maqsad  qilib  qo`yishi  mumkin.  Bolalarda  irodaning  rivojlanishi  motivatsion  va  axloqiy 

sohaning rivojlanishi bilan bog`liq holda boradi. Faoliyatga yuqori darajadagi motivlar va qadriyatlarning 

qo`shilishi  -irodaviy  sifatlarning  rivojlanishiga  juda  katta  ta`sir  ko`rsatadi.  Iroda  asosan  o`smirlik  va 

o`spirinlik  davrida  jadal  sur`atlar  bilan  rivojlana  boshlaydi.  Irodani  tarbiyalash  va  qayta  tarbiyalashda 

badiiy  adabiyot  va  kinofil’mlarning  o`rni  katta.  Biroq  ota  -  ona  va  pedagoglarning  o`rnini  hech  narsa 

to`ldira olmaydi. Inson irodasini tarbiyalashning eng muhim sharoitlari - kun tartibiga rioya qilish, butun 

hayotiy  talablarga  to`g`ri  amal  qilishdir.  Irodali  kishi  o`z  vaqtining  xo`jayinidir.  O`z  faoliyatini  oqilona 

tashkil  etadigan  kishi  o`z  ishini  shoshilmay  bajarishi,  faoliyati  esa  uyushqoqlik  va  maqsadga 

yo`naltirilganligi bilan ajralib turishi mumkin. 

Shaxsning irodaviy sifatlari har doim boshqalar bilan faol munosabat jarayonida shakllanadi. 



Mavzu yuzasidan test savollari: 

1. Irodaning psixik faoliyatidagi vazifasi nimadan iborat? 

a) aks ettirish;                          b) boshqaruvchilik

v) undovchilik va tormozlash; g) darak berish va baholash. 

2. Tavakkalchilik shaxsning qanday xususiyatiga bog`liq? 

a) xarakteri;  b) irodasi;    v) qobiliyati;  

   g) temperamenti. 

3. Irodaviy aktning eng muhim bug`ini qaysi? 

a) maqsadni anglash;               b) qaror qabul qilish

v) motivlar kurashi;                 g) irodaviy zo`r berish. 

4. Iroda sustligining eng ko`p uchraydigan tipi qaysi? 

a) abuliya; 

 b) apraktsiya; v) yalqovlik;    g) qat`iyatsizlik. 

5. Irodani mustaqil tarbiyalashning qanday usullari samarali? 

a) arzimas qiyinchiliklarni engishni odat qilish; b) ma`lum maqsadga erishish uchun intilish; 

v) qabul qilingan qarorlarni bajarish; g) hamma javoblar to`g`ri; 



Mavzu yuzasidan nazorat savollari 

1.  Nima  uchun  baho  ob`ektiv  bo`lishi  kerak?  qanday  vaziyatlarda  baho  irodaviy  sifatlar  rivojlanishini 

ta`minlaydi? 

2.  Velosipedni  boshqarishni  o`rganayotgan  kishi  yiqilib  tushishni  o`ylagan  zahotiyoq  yiqilib  tushadi. 

Bunda irodaning qanday mexanizmi namoyon bo`ladi? 

3. Irodaning rivojlanishida shaxmatning roli kattaligini asoslab bering. 

4. Hayvonlarda iroda bo`lishi mumkinmi? 

5. Irodaning individual xususiyatlarini ko`rsating. 

6. Siz o`zingizni irodasi kuchli deb hisoblaysizmi? Nima uchun? Asoslab bering. 

 

16 - mavzu: Temperament 

Reja: 

1. Temperament haqida tushuncha. 

2. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. 

3. Temperament xususiyatlari. 

4. Temperament tiplari. 

5. Faoliyatning individual uslubi va temperament. 

6. Temperamentni tarbiyalash. 

Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: 

Introversiya  -  Ayzenk  tomonidan  shaxs  tipini  ifodalash  uchun  kiritilgan  tushuncha  bo`lib,  kamgaplik, 

odamovilik, boshqalarga e`tiborsizlik, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil kishilarga nisbatan qo`llaniladi. 


Melanholik  -  temperament  tipi,  tez  ta`sirlanuvchan,  arzimagan  hodisalar  haqida,  chuqur  qayg`uradigan 

kishilar. 

Oliy  nerv  faoliyati  tipi  -  oliy  nerv  faoliyati  xususiyatlarining  (kuchi,  harakatchanligi,  muvozanati) 

barqaror yig`indisi. 

Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o`zgarishga moyil, muloqotga kirishuvchan, 

faol kishilar. 

Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi shaxsning barqaror 

xususiyatlari yig`indisi. 

Flegmatik  -  temperament  tipi,  hissiy  holatlari  kuchsiz  ifodalanadigan,  barqaror,  sekin  harakat  qiladigan 

kishilar. 

Xolerik  -  temperament  tipi,  kuchli  his-hayajon,  tez  -  tez  o`zgarib  turuvchi  kayfiyat,  muvozanatsiz  asab 

tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar. 



1. Temperament haqida tushuncha 

           Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari 

shoshmasdan  va  qiyinchilik  bilan,  boshqalari  esa  sust  va  befarq  bo`ladilar,  yana  bir  xillari  keskin  va 

g`ayratli,  ayrimlari  esa  bir  xil  maromda  va  mulohazali  bo`ladilar.  Temperament  va  xarakter  odamning 

ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha 

“aralashma”  yoki  qismlarning  nisbati,  degan  ma`noni  bildiradi.  Temperament  -  shaxsning  hissiy 

qo`zg`aluvchanligi  va  umumiy  harakatchanligi  bilan  sifatlanadigan  individual  xususiyatlar  yig`indisi. 

Temperament  -  inson  faoliyatida  uning  asab  tizimi  tipining  namoyon  bo`lishi.  Temperament  his  -

tuyg`ularning  paydo  bo`lish  tezligi  va  kuchida  hamda  kishining  umumiy  harakatchanligida  namoyon 

bo`ladigan  individual  -  psixologik  xususiyatlarining  majmuidir.  Temperamentga  taalluqli  individual 

dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari: 

1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va 

har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi; 

2)  temperamentning  xususiyatlari  odam  hayotining  butun  davomida  va  ma`lum  bir  qismida  barqaror  va 

o`zgarmasdir; 

3)  mazkur  odamdagi  temperamentning  turli  xususiyatlari  bir  -  biri  bilan  tasodifiy  birlashgan  bo`lmay, 

balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim 

tuzilmani hosil qiladi. 

Temperamentning  xususiyatlari  deganda,  bir  inson  psixik  faoliyati  tezligini  belgilovchi  psixikaning 

barqaror  individual  xususiyatlarini  tushunamiz.  Bu  xususiyatlar  turli  mazmundagi  faoliyatlarda, 

motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil 

qiladi. 


2. Oliy nerv faoliyati tiplari va temperament 

      I.P.Pavlov  ta`limotiga  ko`ra,  shartli  reflekslar  hosil  bo`lishining  xususiyatlari  asab  tizimining 

xususiyatlariga bog`liqdir. I.P.Pavlov ana shunday xususiyatlardan uchtasini ajratgan: 

1) qo`zg`alish va tormozlanish jarayoni kuchi; 

2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlilik darajasi; 

3) qo`zg`alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining harakatchanligi. 

Bu xususiyatlar doimo qo`shilib kelgan, uni I.P.Pavlov asab tizimining tipi deb atagan va  

to`rtta asosiy tipga ajratgan: 

1) kuchli, muvozanatli, epchil. 2) kuchli, muvozanatsiz, epchil. 3) kuchli, muvozanatli, sust. 4) kuchsiz, 

muvozanatsiz, sust. 

      Hozirgi  paytda  temperamentning  yaxlit  tavsifi  bilan  uning  alohida  xususiyatlari  bo`lgan  asab 

tizimining  o`z  davrida  hayvonlarda  I.P.Pavlov  tomonidan  ajratilgan  4  ta  tipi  o`rtasida  aloqa  borligi 

aniqlangan.  Temperament  bog`liq  bo`lgan  asab  tizimining  ochilgan  tiplari  inson  va  hayvonlar  uchun 

umumiy bo`lib, ular umumiy tiplar deb ataladi.  SHunday qilib, temperamentning fiziologik asosini asab 

tizimining  umumiy  tiplari  tashkil  qiladi.  Ayrim  chet  el  olimlari  -  nemis  psixologi  Krechmer,  amerika 

psixologi  SHeldon  fikriga  ko`ra,  temperament  asab  tizimining  umumiy  tipiga  emas,  balki  tana,  gavda 

tuzilishining  nisbatiga  bog`liq  deb  hisoblaydilar,  ya`ni  vistserotonik  -  semiz,  qorin  bo`shlig`i  kuchli 

rivojlangan odam uchun shodlik, dilxushlik, yaxshi ovqatlanishga mo- 

yillik  xosdir.  Skelet  muskullari  yaxshi  rivojlangan  odamlar  uchun  g`ayratlilik,  faollik,  somatotoniklarga 

xosdir.  Asab  tizimi  va  xususan  bosh  miyasi  kuchli  taraqqiy  etgan  odamlar  uchun  yuksak  sezgirlik, 

tashvishlanish,  o`z  xayollari  bilan  band  bo`lish  -  tserebrotonikka  xosdir.  Bunday  nazariya  noto`g`ridir. 

Temperamentning  psixologik  xususiyatlari  asab  tizimining  umumiy  tipining  fiziologik  xususiyatlariga 



ko`p tomoni tobedir. SHuning uchun asab tizimi umumiy tipi xususiyatlarini fiziologik tadqiqotlar garchi 

zarur  bo`lsa  ham,  temperament  hosil  bo`lishi  qonuniyatlarini  o`rganish  uchun  etarli  emas.  Asab  tizimi 

umumiy  tipi  xususiyatlarini  fiziologik  tadqiqot  qilish  bilan  birga  psixologik  jihatdan  ham  tadqiq  qilish 

kerak. 


3. Temperament xususiyatlari 

      Agar  turli  odamlar  temperamentlari  taqqoslab  ko`rilsa,  unda  temperamentlarning  xususiyatlari 

jihatidan o`xshash juda ko`p guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda eramizning 1-asrlarida bir necha 

turli  temperament  tiplari  haqida  taxmin  qilingan.  Bunda  temperament  tipi  deganda,  odamlarning 

qandaydir juda ko`p guruhlarini ifodalovchi psixik xususiyatlarini yig`indisi tushunilgan. Temperamentni 

1  -  marta  eramizdan  oldingi  5  asrda  yashagan  vrach  Gippokrat  4  ta  tipga  ajratadi,  hozir  bu  tiplar 

Gippokrat  tiplari  deb  ataladi.  Tiplar  quyidagicha  nomlangan:  ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), 

“Flegmatik”(balg`am),  “Melanxolik”  (qora  o`t).  Hozirgi  paytda  tushunchalar  yangicha  mazmun  kasb 

etmoqda. Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi: 

1.  Senzitivlik,  ya`ni  psixik  reaktsiyani  yuzaga  keltirmoq  uchun  zarur  bo`lgan  nihoyatda  kuchsiz  tashqi 

taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish. 

2.  Reaktivlik  -  bir  xil  kuch  bilan  ta`sir  qiluvchi  tashqi  va  ichki  taassurotlarga  odam  qanday  kuch  bilan 

emotsional reaktsiya qilishiga qarab xulosa chiqarish - hissiylik va ta`sirlanuvchanlik. 

3.  Faollik  -  odam  qanday  faollik  darajasi  bilan  tashqi  olamga  ta`sir  etishi  va  maqsadlarini  amalga 

oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan engishidir. 

4.  Reaktivlik  va  faollikning  o`zaro  munosabati  -  bu  hakda  biz  odamning faoliyati  ko`p  jihatdan  nimaga 

bog`liqligiga  qarab,  ya`ni  tasodifiy  tarzdagi  tashqi  yoki  ichki  sharoitlariga  (kayfiyat  va  boshqa)    yoki 

maqsadlarga intilish va niyatlarga bog`liqligiga qarab xulosa chiqarish. 

5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning o`tish tezligiga, ya`ni harakat 

tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka, aql tezligiga qarab xulosa chiqaramiz. 

6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo`lgan rigidlik (qotib qolganlik). O`zgaruvchan 

tashqi sharoitlarga qanday engillik bilan yoki sust va qoloqlik bilan moslasha olish. 

7. ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik . 

4. Temperament tiplari 

       Sangvinik  -  yuksak  reaktivlik.  Bo`lar  -  bo`lmas  narsalarga  qattiq  xoxolab  kulaveradi.  Muhim 

bo`lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo`r qo`zg`alish 

bilan  javob  beradi.  Imo  -  ishoralari  va  harakatlari  yaqqol  ko`rinib  turadi.  Uning  aft  -  basharasiga  qarab 

kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo`lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir 

joyga to`playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug`lik 

qo`zg`ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g`ayratli va ishchan, darslarda tez - tez qo`l ko`tarib 

turadi,  toliqmasdan  uzoq  vaqt  ishlashi  mumkin,  yangi  ishlarga  g`ayrat  bilan  kirishadi.  Faolligi  va 

reaktivligi  muvozanatli.  Uni  intizomga  chaqirish  oson.  U  o`z  hissiyotlarining  namoyon  bo`lishini  va 

o`zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari  shiddatli, nutqi tez,  yangi  ishga  tezlik 

bilan  kirishadi,  diqqatini  tez  to`playdi.  Aqli  tez  ishlaydi,  topqir.  Harakatlari  nihoyat  darajada  silliqlik 

xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o`zgaruvchan. U yangi kishilar 

bilan  tez  kirishib  ketadi.  YAngi  talablar,  yangi  sharoitga  osonlik  bilan  o`rganadi.  Bir  ishdan  ikkinchi 

ishga  tez  ko`cha  oladi.  Malakalarni  tez  o`zlashtiradi  va  tez  qayta  o`zgartiradi.  Aqli  ixcham. 

ekstrovertirovanlik  xususiyatiga  ega.  O`tgan  va  kelajak  hayot  haqida  tasavvurlariga  qaraganda  ko`proq 

tashqi  taassurotlarga  javob  beradi.  Xolerik  -  xuddi  sangvinik  kabi  sust  senzitivlik,  yuksak  reaktivlik 

hamda  faollik  bilan  ajralib  turadi,  lekin  faollikdan  reaktivlik  ustunlik  qiladi.  SHuning  uchun  u  tinimsiz 

o`zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko`proq qotib qolgan. 

SHuning  uchun  intilishlari  va  qiziqishlarida  katta  barqarorlik,  zo`r  qat`iylik  bor,  diqqatini  kuchirishda 

qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi. Flegmatik - senzitivligi sust, 

hissiy  qo`zg`aluvchanligi  oz,  kuldirish,  jahlini  chiqarish,  kayfiyatini  buzish  qiyin.  Hamma  bir  narsa 

yuzasidan  qattiq  kulganda  u  vazminligicha  qolaveradi.  Katta  ko`ngilsiz  hodisa  yuz  berganda  ham 

osoyishtaligini  buzmaydi.  Imo  -  ishoralari  oz,  harakatlari  ifodasiz.  g`ayrati,  ishchanligi  bilan  ajralib 

turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o`zini tuta bilish 

bilan  ajralib  turadi.  Harakatlarining  tempi  va  nutqining  tempi  sust,  ifodasiz.  Diqqatini  sekinlik  bilan 

to`playdi. Rigid  (qotib  qolgan), diqqatini qiyinchilik  bilan ko`chiradi.  YAngi  sharoitga qiyinchilik bilan 

moslashadi.  Introvertirovanlashgan. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo`shiladi. Tashqi taassurotlarga 

qiyinchilik  bilan  javob  qaytaradi.  Melanholik  -  yuksak  senzitivlik  xususiyatiga  ega.  Sezgirligi  yuksak 

(sezgi  chegaralari  yuqori).  Arzimagan  sababga  ko`ra,  ko`zlaridan  yosh  oqib  ketaveradi.  Nihoyatda 


arazchan, sekin  yig`laydi. Samimiy, juda oz kuladi,  faolligi  sust. O`ziga ishonmaydi,  tortinchoq, ozgina 

qiyinchilik tug`iladigan bo`lsa, qo`lini yuvib qo`ltigiga urib qo`ya qoladi. g`ayratsiz, qat`iy emas. Diqqati 

tez chalg`iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik xususiyatiga ega. 

5. Faoliyatning individual uslubi va temperament 

     Temperament  xususiyatlarining  o`ziga  xos  yig`indisi  inson  faoliyati  munosabatlari  va  bilish 

jarayonlarida faoliyatning individual uslubi  sifatida namoyon bo`ladi. U faoliyatning temperament bilan 

bog`liq dinamik tomonlarini ifodalaydi. 

Faoliyatning  individual  uslubi  faqat  temperamentga  ega  emas,  balki  boshqa  sabablarga  shaxsiy  tajriba 

jarayonida hosil bo`lgan ko`nikma va malakalarga ham bog`liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson 

organizmini  tug`ma  xususiyatlari  va  asab  tizimi  tiplarining  faoliyat  sharoitlariga  moslanishi  deb  qarash 

mumkin.  Bunday  moslanish  kam  kuch  sarflab  ko`proq  natijaga  erishish  imkonini  berishi  kerak. 

Faoliyatning individual  uslubining asosini  asab tizimi xususiyatlari  yig`indisi tashqil etadi. Faoliyatning 

individual uslubiga kiruvchi 2 xil xususiyatlar mavjud: 

1.  Asab  tizimi  individual  xususiyatlari  nuqsonlarining  o`rnini  tuldiruvchi  tajriba  jarayonida  shakllangan 

xususiyatlar. 

2.  Insonda  mavjud  layoqat  va  qobiliyatlardan  maksimal  darajada  foydalanish  imkonini  beruvchi 

xususiyatlar. 



6. Temperamentni tarbiyalash 

      Temperament  tiplarining  kelib  chiqishida  irsiyatning  roli  katta.  Masalan,  gomozigot  (1  tuxumdan  ) 

rivojlangan  va  geterozigot  (2  tuxumdan  rivojlangan).  egizaqlar  temperamentlarini  solishtirib  bunga 

ishonch  hosil  qilish  mumkin.  Temperamentning  ayrim  xususiyatlari  hayot  davomida  ma`lum  bir 

o`zgarishga uchrashi mumkin. Lekin temperament tipi o`zgarmaydi. Temperament xususiyatlari ma`lum 

bir  yoshda birdaniga paydo bo`lmaydi.  Ba`zan kichik  bolalarda  yosh  xususiyatlari tufayli to`la darajada 

namoyon bo`lmaydi. Ma`lum bir temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi namoyon 

bo`lmaydi,  balki  yoshga  qarab  sekin  -  asta  asab  tizimining  voyaga  etishi  bilan  bog`liq  holda  namoyon 

bo`ladi.  Bu  jarayonni  biz  temperamentning  voyaga  etishi  deb  ataymiz.  Umuman  yaxshi  va  yomon 

temperament  tipi  yo`q.  Masalan,  sangvinik  o`zining  hissiyligi  va  ishchanligi  bilan  ajralib  turadi.  Lekin 

uning  mayllari,  diqqati  beqarordir.  Melanholik  tez  toliqadi,  o`ziga  ishonmaydi,  lekin  u  noziq  sezuvchi, 

ehtiyotkor  va  xushyor  odamdir.  Agar  xolerikning  kuch  -  quvvati,  ehtirosliligi  munosib  maqsadlarga 

yo`naltirilgan bo`lsa, qimmatli fazilatlar bo`lishi mumkin, lekin etarlicha bo`lmagan muvozanatlik, hissiy 

qo`zg`aluvchanlik,  zarur  tarbiya  bo`lmaganda  o`zini  tuta  olmaslikda,  keskinlikda,  doimo  qizishib 

ketishiga  moyillikda  ifodalanishi  turgan  gap.  Flegmatikning  vazminligi,  sabr  -  toqatliligi, 

shoshqaloqlikning yo`qligi, qimmatli xususiyatlardir. Lekin tarbiyaning noqulay sharoitlarida ular kishini 

bo`shashtirib  hayotining  ko`pgina  taassurotlariga  befarq  qilib  qo`yadi.  Shunday  qilib,  temperamentning 

aynan  bir  xil  boshlang`ich  xususiyatlari  ularning  qanday  -  ijobiy  va  salbiy  tomonga  rivojlanishini 

oldindan  belgilab  bermaydi.  SHuning  uchun  tarbiyachining  vazifasi  bir  temperamentni  boshqasiga 

o`zgartirishga o`rinib ko`rishdan iborat bo`lmasligi kerak, balki muntazam ish olib borish yo`li bilan har 

bir  temperamentning  ijobiy  tomonlari  rivojlanishiga  ko`maklashish  va  ayni  paytda  ushbu  temperament 

bilan bog`liq bo`lishi mumkin, salbiy jihatlardan holi bo`lishga yordam berishdan iboratdir. 



Mavzu yuzasidan test savollari: 

1. Temperament haqidagi birinchi ta`limot kim tomonidan tavsiya qilingan? 

a) Arastu; 

 v) Gippokrat; 

b) Aflotun;  

 g) Gall; 

2. Temperament xususiyatlari qanday sifatlarga bog`liq? 

a) kishining tana tuzilishiga; 

b) organizmdagi suyuqliklar nisbatiga; 

v) qon tarkibi va tomirlari tuzilishiga; 

g) asab tuzilishi xususiyatlariga. 

3. Kishining temperamenti va xarakteri o`rtasidagi munosabatni aniqlang? 

a) temperament xarakter tarkibiga kiradi

b) xarakter temperament tarkibiga kiradi; 

v) temperament va xarakter bir narsa; 

g) temperament va xarakter shaxsning qarama -qarshi xususiyatlari. 

4. Quyidagi asab tizimi tiplarining qaysi biri singviniklar uchun xos? 

a) kuchli, muvozanatsiz, harakatchan; b) kuchli, muvozanatli, harakatchan;  

v) kuchli, muvozanatli, sust;                g) kuchsiz, muvozanatsiz, harakatchan yoki sust. 


5. Asab hujayralarining ish qobiliyati tashqi taassurotlarga javob berishdagi chidamliligi asab tizimining 

qanday xususiyatlariga bog`liq? 

a) harakatchanligi; 

 v) kuchi; 

b) muvozanati;  

 

g) labilligi. 



Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1.  Kishining  holatidan  kelib  -  chiqib  uning  hissiy  qo`zg`aluvchanligi,  nutqining  tezligini  o`zgartirishi 

mumkin. Bu xususiyatlarni temperamentga bog`liq deb aytish mumkinmi? 

2.  Shaxsning  bir  marta  namoyon  bo`ladigan  xususiyatlariga  qarab,  uning  temperamenti  haqida  fikr 

yuritish mumkinmi? 

3. Temperament tipiga qarab shaxsning ijtimoiy mavqeini aniqlash mumkinmi? 

4. Bir kishida bir necha temperamentga xos xususiyatlar bo`lishi mumkinmi? 

5. Temperament va xarakterni ifodalovchi shaxs xususiyatlarini aniqlang? 

6. Temperament xususiyatlari tana tuzilishiga bog`liq deb talqin etuvchi ta`limot qanday nomlanadi? 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling