Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Hissiy holatlarning ifodalanishi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


5. Hissiy holatlarning ifodalanishi 

        Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l – oyoq harakatlari,) 

ikkinchidan,  organizmdagi  turli  hodisalarni,  ya`ni  ichki  a`zolar  faoliyatining  va  holatining  o`zgarishida, 

uchinchidan, tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, 



shuning  bilan  birga  modda  almashinuvida  bo`ladigan  o`zgarishlarni  o`z  tarkibiga  oladi.  His  - 

tuyg`ularning tashqi  ifodasiga  yuz ifodasi,  imo  - ishora, vajohat va qaddi  -  qomatning o`zgarishi,  ayrim 

tashqi  chiqaruv  bezlarining  faoliyati  (yosh,  so`lak,  ter  ajralishi)  va  ayrim  harakatlar  xususiyatlaridagi 

o`zgarishlarni  kiritish  mumkin.  Bunga  nutqning  fonetik  o`zgarishlari,  “ovoz  mimikasi”  va  gaplar 

tartibining  sintaksis  o`zgarishi,  “tutilmasdan  gapirish”  yoki  alohida  “silliqlik”hamda  “ifodalilik”ning 

yuzaga  kelishi,  nihoyat  hissiyot  o`zining  to`la  yoki  qisman  ifodasini  topadigan  xatti  -  harakatlarga 

taalluqlidir.  Kishining  emotsional  kechinmalar  vaqtida  nutqning  tezligi  o`zgaradi.  Ko`pincha  nutqning 

sintaksis  tuzilishi  buziladi,  tezligi  va  ohangi  o`zgaradi.  O`tkazilgan  tekshirishlar  shuni  ko`rsatadiki, 

g`amginlik  va  mayuslik  hislarini  ifodalovchi  nutq  vaqtida  shu  nutqning  so`zlovchi  kishining  ovozi 

beixtiyor  pasayib  ketadi.  Nutqning  o`zi  susayib  qoladi,  so`zlayotgan  kishining  tovushi  ham  bo`linib  - 

bo`linib chiqadi. 

6. Hislarni kechirish shakllari 

         Hissiy  kechinmalar  turli  hollarda  turlicha  tezlik  bilan  paydo  bo`ladi.  Ba`zan  hissiyotlar  juda 

to`satdan,  darhol  paydo  bo`ladi.  Masalan,  kishi  birdan  xursand  bo`lib  ketadi,  darhol  g`azabga  keladi, 

achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba`zan  shu hissiyotlarning o`zi daf`atan qo`zg`almaydi, balki asta-sekin 

tug`ila  boshlaydi.  SHunday  hissiy  kechinmalar  borki,  ularning  qay  darajada  tez  paydo  bo`lmasligini 

belgilash  qiyin  yoki  butunlay  belgilab  bo`lmaydi.  emotsional  kechinmalarning  kuchi  turlicha  bo`lishi 

mumkin.  Hissiyotning  kuchi  avvalo  yoqimli  va  yoqimsiz  tuyg`ularning  naqadar  kuchli  bo`lishidadir. 

Hissiyotning  kuchi  shu  hissiyotni  shaxsning  naqadar  ehtiros  bilan  kechirayotganligi  bilan  belgilanadi. 

Hissiyotning qo`zg`alish xususiyatlari paydo bo`lish yo`lini, kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga 

bog`liqdir. Atrof muhitning holati, shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi, shu xislat tuzilishiga sabab bo`lgan 

hodisalarning  shaxsiy  va  ijtimoiy  ahamiyatini  anglashi,  odamning  dunyoqarashi,  bu  xislat  qanday 

vaziyatda  paydo  bo`lishi  va  o`tishi,  hamda  shaxsning  individual  xususiyatlariga  bog`liqdir.  Hislarning 

ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo`lishiga ko`ra, his-tuyg`ularning quyidagi turlari farqlanadi: 

hissiy  ton,  emotsiyalar,  affekt,  jiddiylik  holatlari  (stress)  ,  kayfiyat  va  boshqalar.  Hissiy  ton.  Hissiyot 

ko`pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruxiy jarayonning o`ziga xos sifat tomoni tariqasida namoyon bo`ladi. 

Yoqimli  suhbatdosh  ekan,  kulgili  voqea,  yoqimsiz  hid,  zerikarli  kitob,  ko`ngildagi  mashg`ulot, 

xushchaqchaq  sayohat,  og`ir  ish  kabilar.  Hissiy  ton  -  sezgi  yoki  idrok  jarayonida  shaxsning  idrok 

qilayotgan  narsa  yoki  hodisaga  munosabatini  ifodalovchi  maxsus  hissiy  buyok,  yoqimli  yoki  yoqimsiz 

idrok  bilan  bog`langan  hissiyot.  Masalan,  og`riq  va  bir  qator  kuchli  qo`zg`ovchilar  yaqqol  ifodalangan 

yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. emotsiya - bu qandaydir bir hissiyotning bevosita kechirilishidir. 

Musiqani  sezuvchi  kishining  kontsertda  o`zi  yaxshi  ko`rgan  kuyni  yaxshi  ijrochi  ijrosida  tinglab, 

kechirish, his qilish natijasida rohatlanish, hayratda qolish kabi holatlarni emotsiya deyiladi. Ba`zan odam 

qo`rquvdan,  dahshatdan  qotib  qoladi,  qo`rqquvdan  va  umidsizlikdan  o`zini  xavfli  ob`ekt  tomon  otadi. 

Ba`zan emotsiyalar kishiga kuch beradi. “Tog`ni tolqon” qilishga tayyor bo`ladi. Faol emotsiyalar paytida 

odam  jim  tura  olmaydi.  Affekt  tez  paydo  bo`ladigan,  nihoyat  darajada  kuchli,  g`oyat  jo`shqinlik  bilan 

o`tadigan  qisqa  muddatli  emotsional  holatlardir.  Affekt  lotincha  bo`lib,  ruxiy  hayajon,  ehtiros  degan 

so`zdan  olingan.  Affektlar  ko`pincha  to`satdan  paydo  bo`ladi  va  ba`zan  atigi  bir  necha  minut  davom 

etadi.  Affekt  holatida  kishining  ongini  tasavvur  qilish,  fikr  qilish  qobiliyati  torayadi,  susayib  qoladi. 

Affektlar  vaqtida  odamning  harakatlari  kutilmagan  tarzda  “portlash”singari  birdaniga  boshlanib  ketadi. 

Ba`zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo`ladi va bunday holatda organizm bo`shashib, 

harakatsiz  bo`lib  va  shalvirab  qoladi.  Bunday  holat  ko`pincha  odam  birdaniga  qo`rqqanida,  to`satdan 

quvonganida va shu kabi hollarda “o`zini yo`qotib qo`yish” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Har bir kishi 

o`zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko`rashmog`i kerak. 

Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik 

holati  deb  ataladi.  Jiddiylik  -  turli  jismoniy  va  aqliy  ishlar  haddan  oshib  ketib,  havfli  vaziyat  tug`ilgan 

paytlarda,  zaruriy  choralarni  tezlik  bilan  topishga  to`g`ri  kelganda  vujudga  keladigan  harakatdir.  Stress 

holatining  paydo  bo`lishi  va  o`tishining  psixologik  xususiyatlarini  bilish  uchuvchilar,  kosmonavtlar, 

elektrostantsiya  operatorlari,  dispetcherlar,  mashinistlar,  haydovchilar,  sud’yalar,  korxona  rahbarlari, 

o`quvchilardan  imtixon  oladigan  pedagoglar  va  boshqalar  uchun  ham  muhimdir.  Ehtiros  -  muayyan 

harakatga va muayyan ob`ektga muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan emotsional holatdir. ehtiros 

ham uzoq davom qiladigan va barqaror bo`lgan hissiy holatdir. ehtiros doimo aniq bir narsaga qaratilgan 

bo`ladi,  masalan,  bilimga,  ixtirochilikka,  musiqaga,  mehnatga  bo`lgan  ehtiros  ijobiy  ehtiroslarni,  mol  - 

dunyoga  xirs  qo`yish,  qimor,  qarta,  ichqilikka  va  hokazoga  bo`lgan  salbiy  ehtirosni  ajratib  ko`rsatish 

mumkin. 


Kayfiyat  -  odamning  nisbatan  zaif  va  o`rtacha  kuchga  ega  bo`lgan,  odatda  uzoq  vaqt  davom  etadigan 

ayrim  ruxiy  jarayonlarga  umumiy  hissiy  tus  berib  turadigan  holat  kayfiyat  deb  ataladi.  Pedagogik 

faoliyatda butun sinf jamoasida sog`lom ishchanlik, vaqti kelganda jiddiyroq, vaqti kelganda quvnoqroq 

kayfiyat yaratish ta`lim ishi samaradorligining muhim shartidir. 



7. Yuksak hislar 

      Hissiy  jarayonlarning  har  xil  shakllari  normal  odamda  alohida  yakka  holda  mavjud  bo`lmaydi. 

YUzlab  va  minglab  kechirilayotgan  emotsiyalar,  affektlar,  kayfiyatlarda  aniq  yashaydigan 

umumlashtirilgan  hislar  yuksak  hislar  deyiladi.  YUksak  hislar  o`z  tarkibiga  birmuncha  soddaroq  turli 

hislarni  oladi.  Insoniy  faoliyatning  qaysi  bir  turi,  yoki  qaysi  bir  sohasi  hislarning  qaysi  birining  asosi 

ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy, intellektual, estetik hislarga 

ajratiladi. 

Praksik  hislar.  Inson  amaliy  hayotining  istalgan  sohasi  maqsadga  muvofiq  aqliy  faoliyatga  shaxsning 

ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda odam biror 

maqsadni anglabgina qolmay, uni e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo`llarini 

baholaydigan,  ta`sir  qilish  usullari  va  qurollarini  ma`qullaydigan  va  ma`qullamaydigan,  ularning  to`g`ri 

tanlanganligiga  shubhalanadigan,  nihoyat  muvaffaqiyat  yoki  muvaffaqiyatsizlik  hissini  kechiradigan 

mehnat  faoliyatida kuzatiladi.  Mehnat  inson hayotining asosi bo`lib, insonning mehnatga bo`lgan  hissiy 

munosabati  yuksak  hislar  orasida  muhim  o`rinni  egallaydi.  Axloqiy  hislar.  Axloqiy  hislarda  odamning 

boshqa  kishilarga,  jamoa  va  o`zining  ijtimoiy  burchlariga  bo`lgan  munosabatlari  ifodalanadi.  Inson  bu 

hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, 

boshqa  kishilarning  xatti  -harakatlariga  yoki  ruxiy  xususiyatlariga  hamda  o`zining  xatti  -  harakatlariga 

baho  beradi.  Shaxsning  etakchi  axloqiy  hislaridan  biri  bu  burch  hissidir.  Bu  his  odam  yashab  va  ishlab 

turgan  tor  doiradagi  jamoa  (oila,  maktab,  ishlab  chiqarish  korxonasi)  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  turib 

harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Odam o`zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat 

ekanligini  bilib  va  tushunibgina  qolmay,  balki  ularni  bajarish  zarurligini  ichdan  his  qilib  qayg`uradi. 

Kishilar  hayoti  va  faoliyatida  o`zaro  yordamlashish,  hamjihatlik,  intilish  va  manfaatlar  birligiga 

asoslangan  o`rtoqlik  munosabatlari  yuzaga  keladi.  O`rtoqlik  hissining  rivojlanishida  mehnatga  bo`lgan 

munosabat hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O`rtoqlik munosabatlarining yuksak cho`qqisi do`stlik hissida 

namoyon  bo`ladi.  Do`stlik  hissi  o`rtog`iga  mehribonlikda,  uni  ko`rish,  u  bilan  gaplashish,  o`z  fikr 

hissiyotlari  bilan  o`rtoqlashishida  namoyon  bo`ladi.  Haqiqiy  do`stlik  hissi  do`stiga  nisbatan  yuksak 

talabchanlik  bilan  bog`liqdir.  Xato  va  kamchiliklarni  tuzatishda  ham  yordam  berish  do`stlikka  yaqin 

bo`lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir. Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy - psixologik 

asosi hisoblanadi. 

Estetik hislar. Axloqiy hislar ularning taraqqiyoti uchun yakin hisoblangan estetik hisga doimo tayanadi. 

Odamlar hayotning turli faktlarga va ularning san`atiga aks ettirishiga qandaydir go`zallik yoki xunuklik, 

fojiali  yoki  kulgili,  olijanob  yoki  razil,  nozik  yoki  dag`al  hodisalar  sifatida  munosabatda  bo`ladilar.  Bu 

hislar  tegishli  baholarda,  estetik  didlarda  namoyon  bo`ladi  va  o`ziga  xos,  badiiy  lazzatlanish  holatida 

kechiriladi.  Aqliy  (intellektual)  hislar  odamning  haqqoniy  fikrlarga,  soxta,  ajablanarli,  shubhali, 

tushunarli  yoki  tushunib  bo`lmaydigan,  hayratda  qoldiradigan  fikrlarga  bo`lgan  munosabatlarda 

ifodalanadi.  Aqliy  hislarga  dastavval  ajablanishni  kiritish  mumkin.  Ajablanish  inson  bilish  faoliyatining 

ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmaydigan hayratda qoldiradigan emotsiyalarga 

berilib  ketgan  odam  o`zining  bilish  ehtiyojlarini  ondirishga  intiladi.  Haqiqatni  izlash  shubhalanish  hissi 

bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g`oya hamda 

e`tiqodlarning hayotga tadbiq qilish uchun bo`lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo`ladi.  



Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1.  Boshqa  bilish  jarayonlari  kabi  his  -  tuyg`ular  ham  aks  ettirishdir.  Idrok,  xotira,  tafakkur  kabi  bilish 

jarayonlari orqali aks ettirish qanday farq qiladi? 

2. His - tuyg`ular bilan emotsiya o`rtasida qanday farq mavjud? 

3. Inson ruxiy faoliyatida his - tuyg`ularning roli qanday? 

4. His - tuyg`ularning asosiy vazifasi nimalardan iborat? 

5. Ko`tarinki hissiy holatni saqlab turish uchun qanday qoidalarga rioya qilish kerak deb o`ylaysiz? 

                                                                      Mavzu yuzasidan test savollari: 

1.  Hissiyotlarning  yuz  ifodasi  imo  -  ishora  va  ifodali  harakatlarda  aks  ettirilishi  uning  qanday  tomonini 

tashkil etadi? 

a) impressiv;   

v) darakchilik; 

b) ekspressiv;                g) boshqaruvchilik



2. Qanday his - tuyg`ular shaxs faolligining ortishiga ta`sir ko`rsatadi? 

a) ijobiy; 

v) stenik; 

b) salbiy; 

g) astenik; 

3.  Qanday  hissiy  holat  paytida  ongning  nazorat  qilish  vazifasi  buziladi,  ya`ni  diqqatning  ko`lami 

torayadi? 

a) stress; 

v) kayfiyat;  b) emotsiya; 

g) affekt; 

4. Sezgi va idrok bilan bog`liq hissiy holat nima deb ataladi? 

a) hissiy ton;  v) affekt; 

b) ehtiros; 

g) stress; 

5. Ajablanish, qiziquvchanlik, shubhalanuvchanlik hislari qanday yuksak hislar tarkibiga kiradi? 

a) axloqiy; 

v) estetik; 

b) aqliy; 

 

g) amaliy; 



“Biz kishilarni nima uchun yaxshi ko`ramiz”. 

     Odamlar  bilan  munosabatga  kirishar  ekanmiz,  ularning  ba`zilarini  yoqtiramiz,  ba`zilarini  esa 

yoqtirmaymiz.  Bunda  biz  odamlarning  ichki  xususiyatlariga  qarab  baho  beramiz.  Kimning  qaysi 

xususiyatiga qarab qadrlashimizni quyidagicha aniqlashimiz mumkin. Topshiriq  yozma holda bajariladi. 

Guruh  ichidan  o`zingizga  eng  yoqadigan  biror  kishini  tanlab  oling  va  o`zingizga  yoqadigan  5  ta 

xususiyatini  yozib  chiqing.  Lekin  uning  ismi  sharifini  ko`rsatmang.  Guruh  a`zolariga  ana  shu  5  ta 

xususiyatni o`qib bering va qolganlar bu xususiyatlar kimga mos kelishini topishlari kerak. 

 

15 - Mavzu: Iroda 

Reja: 

1. Iroda haqida tushuncha. 

2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. 

3. Iroda nazariyalari. 

4. Irodaviy akt va uning tuzilishi. 

5. Shaxsning irodaviy sifatlari. 

6. Irodani tarbiyalash. 

Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: 

Iroda — ichki va tashqi qiyinchiliklarni echish uchun xatti - harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon 

bo`ladigan ruxiy aks ettirish shakli. 

Irodaviy  zo`r  berish  —  irodaviy  harakatning  zo`r  berishini  his  qilish  bilan  bog`liq  sub`ektiv  tarkibiy 

qismi. 

Iroda kuchi — maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan irodaviy zo`r berish darajasi. 



Impul’siv  harakat  —  ong  tomonidan  to`liq  nazorat  qilinmaydigan  va  beixtiyor  tarzda  bajariladigan 

harakatlar. 

Motivlar ko`rashi — qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi. 

Qaror qabul qilish — muammoning hal etishning biror usulini tanlash. 



1. Iroda haqida tushuncha 

     Inson  o`z  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  faollik  ko`rsatar  ekan,  ba`zan  ichki  (sub`ektiv)  va  tashqi 

(ob`ktiv)  to`siqlarga  duch  keladi.  Bu  to`siqlarni  engib  o`tish  va  maqsadga  erishish  uchun  undan  yanada 

faolroq  bo`lish  talab  qilinadi.  Maqsadga  erishish  yo`lida  turgan  qarama  -qarshiliklarni  bartaraf  qilish 

uchun  zo`r  berish  bilan  bog`liq  bo`lgan  va  ma`lum  maqsadga  yo`naltirilgan  ongli  harakatlar  irodaviy 

harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning 

uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti - 

harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator 

boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda 

odam  o`z  -  o`zini  idora  qiladi,  o`zini  qo`lga  oladi.  Bir  qator  hollarda  irodaviy  faoliyat  odamning  hayot 

yo`lini  aniqlaydigan,  uning  ijtimoiy  qiyofasini  namoyon  qiladigan  va  uning  axloqiy  qiyofasini  ochib 

beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi. 



2. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlari 

     Umumiy  irodaviy  faoliyatni  yoki  alohida  aktini  amalga  oshirishning  muhim  xususiyatlaridan  biri 

amalga  oshirilayotgan  harakatlarning  erkin  ekanligini  anglashdan:  “Xohlasam  unday,  xohlasam  bunday 

qilaman” deyishdan iboratdir. 

Odamning irodaviy harakati to`la - to`kis determinizmga, ya`ni sababiy bog`lanish qonuniga bo`ysunadi. 

SHuning  bilan  birga  irodaviy  faoliyatning  bevosita  sabablari  sifatida  irodaviy  harakatlarni  belgilab 



beradigan turli - tuman hayotiy sharoitlar bo`lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob`ektiv jihatdan 

bog`langandir.  Irodaviy  faoliyatning  muhim  xususiyatlaridan  yana  biri,  irodaviy  harakatlarni  odam 

hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog`liq ravishda irodaviy harakat 

odam to`la ravishda javob beradigan ish sifatida ichdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli ko`p jihatdan 

o`zini  shaxs  sifatida  anglaydi,  o`z  hayot  yo`li  va  taqdirini  o`zi  belgilashini  tushunadi.  Irodaning  eng 

muhim  xususiyati  unda  faoliyatni  amalga  oshirishning  puxta  o`ylab  chiqilgan  rejaning  mavjudligidir. 

Avvaldan  rejalashtirilmagan  xatti  -  harakatlarni  irodaviy  harakat  deb  aytib  bo`lmaydi.  SHu  bilan  birga 

iroda  -  avval  mavjud  bo`lmagan,  lekin  faoliyatni  amalga  oshirish  natijasiga  erishgandan  so`ng  hosil 

bo`lishi  mumkin  bo`lgan  qoniqishga  butun  e`tiborni  qaratishdan  iboratdir.  Ko`p  hollarda  iroda  vaziyat 

yoki  qiyinchilik  ustidan  g`alaba  qozonish  emas,  balki  o`z  -  o`zini  engish  hamdir.  Bu  ayniqsa 

muvozanatsiz,  hissiy  qo`zg`aluvchan,  sust  kishilarga  xos  bo`lib,  o`zlarining  tabiiy  xarakterologik 

xususiyatlari  bilan  kurashishga  to`g`ri  keladi.  Hech  bir  hayotiy  muammo  irodaning  ishtirokisiz  hal 

etilmaydi,  yashagan  va  yashayotgan  biror  kishi  kuchli,  irodasiz  katta  muvaffaqiyatga  erisha  olmaydi. 

Odamzot boshqa tirik mavjudotlardan o`zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi 

bilan ham ajralib turadi. 

3. Iroda nazariyalari 

      Irodaviy,  ya`ni  ixtiyoriy  harakatlar  odamga  irsiy  yo`l  bilan  tug`ma  ravishda  beriladigan  harakatlar 

emas. Irodaviy harakatlar har doim ma`lum sabablarga ko`ra yuzaga keladi. Chet el psixologiyasida iroda 

erkinligi  degan  ta`limot  yuzaga  kelgan  bo`lib,  bu  ta`limotga  ko`ra,  odamning  irodasi  azaldan 

belgilangandir.  Irodaviy  harakatlar  odamning  shaxsiga,  ongiga  mutlaqo  bog`liq  emas.  Iroda  qandaydir 

iloxiy kuchga bog`liqdir. Shuning uchun iroda o`z mohiyati jihatidan doimo erkindir. Chet el olimlarining 

iroda  erkinligi,  ya`ni  irodaviy  harakatlar  hech  qanday  sababga  bog`liq  emasligini  haqidagi  ta`limotlari 

batamom  xatodir.  Biz  yashab  turgan  moddiy  dunyoda  sababsiz  hech  narsa  va  hech  qanday  hodisa 

bo`lmaganidek irodaviy harakatlarning ham o`z sabablari mavjuddir. 

Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po`stining 

shartli  reflekslar  hosil  qilishdan  iborat  bo`lgan  murakkab  faoliyati  yotadi.  Irodaviy  harakatlar  ongli 

harakatlar  sifatida  ikkinchi  signallar  tizimi  asosida  ro`y  beradi.  Gumanitar,  ya`ni  inson  muammolariga 

e`tibor ortishi bilan o`z - o`zidan irodani o`rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII - XIX 

asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik  tadqiqot  masalalaridan biri edi.  Biroq psixologiya fanida 

XX  asr  boshlarida  ro`y  bergan  inqiroz  tufayli  u  ikkinchi  rejaga  o`tib  qoldi,  uni  mutlaqo  inkor  etish 

mumkin emas. 

      Arastu o`z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e`tirof etgan. Uning fikricha, 

iroda  inson  xulq  -  atvorini  o`zgartirishga,  boshqarish  imkoniyatiga  ega  bo`lgan  omil  hisoblanadi. 

Psixologiyada mavjud oqimlar ham irodani turli jihatlariga ko`ra tadqiq etadilar. Masalan, bixeviorizm - 

xulq  -  atvor  shakli,  motivatsiya  psixologiyasi  -  shaxsning  ichki  ziddiyatlari,  shaxs  psixologiyasi  - 

insonning  muhim  shaxsiy  xususiyati  sifatida  o`rganadi.  V.  A.  Ivannikov  fikricha,  iroda  -  inson  xulq  -

atvoridagi  reaktivlik  va  faollikning  o`zaro  ko`rinishidir.  V.I.Selivanov  esa,  irodani  ongli  boshqarilishi 

maqsadga  yo`naltirilgan  harakatni  amalga  oshirish  uchun  ichki  va  tashqi  qiyinchiliklarini  engib  ketish 

imkoniyati  borligini  bilish  deb  ta`riflaydi.  Inson  irodaviy  faoliyati  ongli,  maqsadga  yo`naltirilgan 

faollikdir. Asab tizimining umumiy sog`lomlik holati katta ahamiyatga ega. Kasallik paytida, charchagan 

vaqtida inson irodasi bo`shashadi. 



4. Irodaviy akt va uning tarkib. 

     Har qanday irodaviy harakat dastavval odam oldida tug`iladigan maqsadni taqozo qiladi. Odam u yoki 

bu  harakat  orqali  nimaga  erishmoqchi  ekanligini  anglaydi.  U  o`z  holatini  o`zgartirishi  lozimligini, 

qandaydir  ehtiyojlarni  qondirilishi  zarurligini  anglaydi.  Bu  nima  sababdan  odam  muayyan  maqsadga 

intilayotganini,  uning  belgilangan  maqsadini  amalga  oshirishga  nima  majbur  qilishini  tushuntiruvchi 

harakat motivlaridir. 



Irodaviy harakat bosqichlari 

 

Maqsad va o`nga erishishga intilish 



Maqsadga erishishning bir necha imkoniyatlarini anglash 

Imkoniyatlarni  mustahkamlovchi  va  rad  etuvchi  motivlarning  

paydo bo`lishi 

Motivlar kurashi 

Imkoniyatlardan birini tanlash, qaror qabul qilish  

qarorni ijro etish 



 

      Odatda  odamning  oldida  u  yoki  bu  xildagi  jalb  qilish  xususiyatiga  ega  bo`lgan  turli  motivlar 

(maqsadlar) paydo bo`ladi. Odamga bu maqsadlarni tanlashga, ularning ma`qulligini yoki noma`qulligini, 

uning  hozirgi  hayot  uchun  yoki  keyinchalik  ahamiyatini  baholashga  va  hozirgi  payt  uchun  eng  kerakli 

yoki eng muhimini belgilab ajratib olishga to`g`ri keladi. Mana shu munosabat bilan irodaviy harakatning 

muhim bosqichi, ya`ni qo`yilgan maqsadga qanday erishishni, unga erishish yo`llari qanday bo`lishini, bu 

maqsadga qanday yo`llar olib borishini o`ylash bosqichi paydo bo`ladi. Ana shu jarayonlarning hammasi 

o`z  mohiyati  jihatidan  iroda  akti  tarkibiga  kirgan  intellektual  (aqliy)  holatlar  deyiladi.  Irodaviy  aktning 

haqiqiy boshlanishi uchun ma`lum bir qarorga kelish kerak. Ko`pincha qarorga kelishda motivlar kurashi 

paydo bo`ladi. Masalan, ixtisosni o`zgartirish niyatidagi yangi ixtisosdan va ichki qanoatlanish umididan 

voz  kechish  kerakmi  yoki  aksincha,  imkoniyati  tug`ilayotgan  qimmatli  istiqbol  uchun  o`zining  boshqa 

ehtiyojlaridan  voz  kechish  kerakmi,  degan  motivlar  kurashi  paydo  bo`ladi.  Masalan,  sevgan  qizi  bilan 

kinoga borish va to`satdan qattiq og`rib qolgan yakin kishisiga yordam berish o`rtasidagi motivlar kurashi 

keskin farq qiladi. 

Motivlar  kurashi  natijasida  qarorga  kelish  paydo  bo`ladi.  SHubhalanish  va  ikkilanishlarni  chetga  surib 

tashlab,  qarorni  amalga  oshirish  kerak  bo`ladi.  Qabul  qilingan  qaror  to`g`ridan  to`g`ri  amalga 

oshirilavermaydi.  Qabul  qilingan  qarorni  bajarish  uchun  yana  ongli  ravishda  irodani  ishga  solib  zo`r 

berish kerak. Irodaviy zo`r berishni ongli jiddiylik tarzida his qiladi. Bunday jiddiylik irodaviy harakatga 

o`tish  bilan  tarqalishi  mumkin.  Qabul  qilingan  qarorni  zo`r  berish  bilan  ijro  etish  irodaning  muhim 

belgisini  tashkil etadi. Zo`r berish  juda muhim xususiyatlarning biri  bo`lib, bu xususiyat  orqali irodaviy 

harakatlar  ixtiyorsiz  harakatlardan  farqlanadi.  Irodaviy  zo`r  berish  motivlar  kurashi  va  qarorga 

kelishdayoq seziladi. Bunday zo`r berish fikrlash jarayonini ishga solib, muhokama yurgizishda, keraksiz 

hissiyotlarni  engishda  o`z  ifodasini  topadi.  Irodaviy  zo`r  berish  va  irodaviy  harakat  maqsadga  erishish 

yo`lida  uchraydigan  to`siqlarni  engishda  namoyon  bo`ladi.  (loqaydlik,  dangasalik).  Irodaviy  zo`r  berish 

vositasi bilan avvalo organizmning passiv holatini o`zgartirib, uni faol holatga keltirish lozim. Masalan, 

yotgan  odamning  turish  -  turmasligi.  Irodaviy  zo`r  berish  vositasi  bilan  aqliy  faoliyat  faol  holatga 

keltiriladi. Masalan, talaba yoki o`qituvchi dars boshlanishi bilan iroda kuchini ishga solib, diqqatini bir 

joyga to`plab, irodaning barqarorligini saqlab, tafakkur va esda qoldirish jarayonlarini kuchaytiradi. 

      Kishi  o`z  oldiga  qo`ygan  maqsadni  amalga  oshirishga  qarshilik  qilayotgan  to`siqlarni  engadi, 

voqelikni  maqsadiga muvofiq o`zgartiradi.  Kishi  irodaviy zo`r berish  va irodaviy harakat  yordami bilan 

ijtimoiy  qimmatga  ega  bo`lgan  yangi  narsalar:  o`ylar,  fabrikalar,  zavodlar,  yo`llar,  mashinalar,  san`at 

asarlari va boshqalarni yaratadi. 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling