Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


5. Diqqatning rivojlanishi 

      Ta`lim  va  inson  faoliyatining  barcha  turlari,  asosan  ixtiyoriy  diqqat  yosh  ulg`ayishi  bilan,  inson 

faoliyati  davomida  asosan  tarbiyaning  ta`siri  ostida  o`sib  boradi.  Katta  yoshdagi  kishilar  bolalarning 


diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga 

etishi  bilan  ko`rina  boshlaydi.  Bunda  bola  diqqatining  to`planishi  va  barqarorligini  saqlab  turish  uchun 

yoshlik  paytidan  boshlab  beixtiyor  ravishda  o`ziga  jalb  qiladigan  qo`zg`atuvchilarning  taassurotini 

engishga  to`g`ri  keladi.  Katta  kishilar  bolani  tozalikka,  tartiblilikka,  intizomli  bo`lishga  va  jamiyatda 

yashash  koidalariga  o`rgatadilar.  Bo`larning  hammasi  ixtiyoriy  diqqatni  taraqqiy  qildiradi.  5  yoshdan 

boshlab  ixtiyoriy  diqqat  bolaning  o`z  tashabbusi  bilan  ham  o`sa  boshlaydi.  Bolalardagi  ixtiyoriy  diqqat 

maktab yoshidan boshlab tez o`sa boshlaydi. O`qish jarayonining o`zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning 

to`planishi  va  barqarorligining  o`sishiga  yordam  beradi.  Bolalarning  yoshlari  ulg`aygan  sari  diqqatning 

ayrim  sifatlari  kulami,  kuchuvchanligi,  kuchi  va  barqarorligi  o`sib  boradi.  Bolalarning  diqqati  avvalo 

kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bo`linishi bilan ajralib turadi. 

Bir  yoshli  bolalarda  biz  faqat  tor  kontsentratsiyalashgan  diqqatni  ko`rishimiz  mumkin.  Masalan:  bolaga 

bir  narsa  berib  bir  qo`liga  ushlatib  qo`yib,  ikkinchi  qo`liga  boshqa  narsa  bersak,  u  birinchi  qo`lidagi 

narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o`z qo`lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. 

Keyinchalik  diqqatining  bo`linuvchanligi  kattalar  yordami  bilan  bolalarning  o`yin  faoliyatlarida,  o`qish 

va amaliy mehnat jarayonida o`sib boradi. 

Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi o`sa boradi. Bu xususiyatlari o`yin, 

mehnat va o`qish jarayonlarida o`sadi. 

       O`qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo`lishi talab qilinadi. Diqqat 

barqarorligining o`sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o`sishi katta yordam 

beradi.  Bola  hayotining  dastlabki  onlariga  ixtiyorsiz  diqqat  xos  bo`ladi.  SHuning  uchun  avval  bola 

tashqaridan  keladigan  qo`zg`atuvchilarga  qattiq  ovozlar,  yorqin  ranglarga,  ta`sirli  bo`ladi.  Bola 

hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob`ektning tashqi tomonlariga ko`proq qiziqa boshlaydi. endi bola 

biror  predmetga  ko`proq  qarashi,  uni  og`ziga  solishi  mumkin.  YAltiroq  narsalar  uning  diqqatini  torta 

boshlaydi. 

Bola  yoshining  oxirgi  yoki  ikkinchi  yoshining  boshlarida  ixtiyoriy  diqqat  shakllana  boshlaydi.  2  yoshli 

bolalarda  ongning  elementlari  ixtiyoriy  diqqat  bilan  birga  paydo  bo`la  boshlaydi.  Bola  ixtiyoriy 

diqqatning  rivojlanishida  o`yin  katta  ahamiyatga  egadir.  Agar  bog`cha  yoshidagi  bolalarda  ixtiyorsiz 

diqqat  mustahkam  bo`lmasa,  ixtiyoriy  diqqat  mustahkam  bo`lmaydi.  Ixtiyoriy  diqqatni  tarbiyalashda 

o`quv  jarayoni  muhim  ahamiyatga  ega,  ya`ni  darsda  qanday  utirish,  maktab  topshiriqlari,  o`qituvchini 

eshitish,  ularning  hammasi  ixtiyoriy  diqqatning  shakllanishida  katta  rol’  uynaydi.  Maktabgacha  bolalik 

davridagi  diqqat  ixtiyorsiz  bo`ladi.  Maktab  yoshidagi  bolalar  o`z  diqqatlarini  boshqara  olmaydilar. 

Diqqatning  ixtiyoriy  turi  o`yin  davomida  faqat  epizodik  tarzda  sodir  bo`ladi.  O`quv  faoliyati  juda 

murakkabligi,  majburiyligi  va  ijtimoiy  ahamiyatliligi  bilan  diqqatning  rivojlanishiga  jiddiy  talablar 

kuyadi. 


Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o`sib borishidir. quyi 

sinf  o`quvchilarida  ixtiyoriy  diqqatning  beqarorligiga  sabab,  ular  asab  tizimining  tez  charchashi, 

tormozlanish  jarayonining  kuchsizligidir.  SHuning  uchun  o`qituvchi  o`quvchilar  diqqatini  tarbiyalashda 

o`quv  materialining  mumkin  qadar  qiziqarli  ko`rgazmalar,  xilma  -  xil  bo`lishiga  harakat  qilishi  kerak, 

o`quvchilarni  faollashtirishga  intilishi,  mashg`ulot  davomida  tanaffus  berish  imkoniyatlarini  avvaldan 

o`ylab ko`rishi lozim. O`quv faoliyatini to`g`ri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, o`smirlik 

yoshida  mustahkamlanadigan  diqqatlilikka  odatlanishga  zamin  hozirlaydi.  O`smirda  har  xil  narsalarni 

bilishga  qiziqish,  ko`p  narsalarni  mustaqil  bajarishga  nisbatan  jo`shqin  g`ayrat,  istak  uyg`onadi.  Bu  bir 

tomondan,  diqqatning  to`planishi  va  barqarorligining  oshishiga  imkon  beradi.  Ikkinchi  tomondan, 

parishonxotirlik,  engil  chalg`ish  hollarini  keltirib  chiqaradi,  chunki  hali  o`smir  faol  jalb  etishigina  unda 

diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo`naltirish va unda tutib turish imkonini beradi. 

      O`qituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati o`rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to`g`ri 

tarbiyalashni  ta`minlaydi.  Bunday  sharoitda  o`smirning  o`zi  ham  o`zida  ixtiyoriy  diqqatni  tarbiyalashga 

harakat  qila  boshlaydi.  Ilk  yigitlik  yoshi  davri  diqqatning  barcha  xususiyatlari  va  turlarini  yanada 

rivojlantirish  bilan  bog`liq.  Bu  yoshda  bilishga  qiziqish  keng  doirasi  bilan  ta`limga  oliy  ma`suliyatli 

bo`lish,  kelgusi  mehnat  faoliyati  uchun  uning  ahamiyati  tushunishning  birgalikda  rivojlanishi  ancha 

mahsuldor  so`nggi  ixtiyoriy  diqqatning,  ya`ni  irodaviy  diqqatning  paydo  bo`lishi  hamda  rivojlanishiga 

zamin hozirlaydi. 

Ko`p yillik o`qish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo 

bo`ladi,  uning  natijasi  yuqori  sinf  o`quvchisi  uning  uchun  qiyin,  qiziqarsiz  bo`lgan  ish  ustida    o`z 

diqqatini nisbatan engil to`play oladigan bo`ladi. 


Bunday  yigit  -  qizlar  murakkab,  mavhum,  nazariy,  materialning  qunt  bilan  o`rganish  qobiliyatiga  ega 

bo`ladi.  Aslida  esa  kichik  maktab  yoshidagi  bola,  hatto  o`smir  ham  ko`rgazmali  va  aniq  materialga 

tayanishga  muhtoj  bo`ladi.  YUqori  sinflarda  diqqatni  jalb  etish  va  tutib  turishda  o`qitishning 

mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ o`ynaydi. 



Mavzu yuzasidan test savollari: 

1. Diqqatning qaysi turi o`quv materiallarini o`zlashtirishda ijobiy rol o`ynaydi? 

a) ixtiyorsiz; b) ixtiyoriy; v) muvofiqlashtirilgan; g) ichki diqqat. 

2.  O`quvchi  darsda  o`z  diqqatini  avval  o`qituvchiga,  so`ngra  doskaga  ,  keyin  daftarga  va  yana 

o`qituvchiga qaratadi. Aytingchi, bu erda diqqatning qaysi xossasi namoyon bo`ladi? 

a) taqsimlanishi; 

b) ko`lami;  v) ko`chishi;  

 g) barqarorligi. 



Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1. Diqqatning umumiy xususiyati nimadan iborat? 

2. Diqqatning fiziologik asosini tushuntiring. 

3. Ixtiyoriydan so`nggi diqqatni tushuntirib bering. 

4. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatning bir-biridan farqi nima? 

“Kim tezroq” (diqqatni mashq qildirish ) 

1.O`quvchilarga  biror  matndagi  eng  ko`p  uchraydigan,  masalan,  “a”  va  “o”  harflarini  chizib  chiqish 

tavsiya  etiladi.  Topshiriqni  bajarish  muvaffaqiyati  sarflangan  vaqt  va  yo`l  qo`yilgan  xatolar  miqdoriga 

qarab baholanadi. Xatolar qanchalik kam bo`lsa, muvaffaqiyat shunchalik yuqori bo`ladi. 

2.  Diqqatning  ko`chishi  va  taqsimlanishini  mashq  qildirish  uchun  topshiriqning  mohiyatini  biroz 

o`zgartirish mumkin. Bir harfni vertikal chiziq bilan, ikkinchisini gorizontal chiziq bilan chizish mumkin. 

Asta - sekinlik bilan vazifani murakkablashtirib borish, ya`ni bittasini chizish, ikkinchisini aylana ichiga 

olish, uchinchisini tagiga chizib quyish mumkin. 



 

9-mavzu: Sezgilar 

Reja: 

1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. 

2. Sezgining nerv - fiziologik asosi. 

3. Sezgilarning tasnifi va turlari: 

 a) ko`rish;  b) eshitish;  v) hid bilish;  g) ta`m bilish va boshqalar. 

4. Sezgilar sohasidagi ayrim qonuniyatlar; 

a) adaptatsiya; b) sinesteziya; v) sensibilizatsiya. 

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Adaptatsiya - qo`zg`atuvchining davomli ta`siriga analizatorning moslashishi 

Analizator - sezuvchi apparat 

Vibratsiya - titrashni sezish 

Sensibilizatsiya - sezgirlikning ortib borishi 

Kinestezik - oraliq sezgi 

Statik - muvozanat sezgisi 

Sinesteziya - ikki sezgining qo`shilib ketishi 

Retseptor - analizatorlarning qo`zg`atuvchini qabul qiluvchi qismi 

1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha 

       Psixologiya psixikani o`rganadi.  Psixologiyaga esa psixik jarayonlar, individual xususiyatlar,  psixik 

faoliyat  kiradi.  Psixik  jarayon  biror  psixik  hodisaning  ma`lum  vaqt  ichida  vujudga  kelishi,  o`zgarishi, 

taraqqiy etishi va tugallanishidan iborat. 

Psixik (ruxiy) hodisalar uchga bo`linadi: 

1. Bilish jarayonlari. 

2. Emotsional soha. 

3. Irodaviy soha. 

    Bilish jarayonlari intellektual aqliy jarayon deyiladi. Bilish jarayonlari ikkiga bo`linadi: hissiy bilish va 

mantiqiy  bilish  -  hissiy  bilishga  sezgilar,  idrok,  xotira,  mantiqiy  bilishga  xayol,  tafakkur  kiradi. 

emotsional  sohaga:  idrok  qilayotgan,  fikr  yuritayotgan  narsa  va  qilinayotgan  ishga  nisbatan  ko`ngildan 

kechadigan  har  xil  yoqimli  va  yoqimsiz,  xush  yoki  noxush  tuyg`ular  kiradi.  Odam  atrofidagi  narsa  va 

hodisalarni o`rganadi. Dunyoni bilish hissiy bilishdan boshlanadi. Hissiy bilish mantiqiy bilishga o`tadi. 

Biz  ranglarni,  ta`mni,  hidlarni,  tovushlarni,  og`ir  —  engillikni,  issiq  -  sovuqni  sezamiz.  Sezgilar  hosil 

bo`lishi uchun quyidagi jarayonlar bo`lishi kerak: 


1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi. 

2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov. 

Biz  gulning  hidini,  quyoshning  issiqligini,  qovunning  mazasini,  toshning  og`irligini  sezamiz.  Sezgilar 

idrok  tarkibiga  kiradi.  Idrok  bilan  sezgi  bir  -  biriga  bog`liq  holda  bo`ladi.  Lekin  idrok  qilmasdan  avval 

sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz. 

      Sezgi  boshqa  jarayonlarga  nisbatan  oddiy  jarayon  bo`lib,  bu  jarayonning  mohiyati  moddiy 

qo`zg`atuvchilarning  tegishli  retseptorlariga  ta`sir  etish  yo`li  bilan  moddiy  dunyodagi  narsa  va 

hodisalarning  ayrim  xossalari  va  organizm  ichki  holatini  aks  ettirishdan  iborat.  Sezgilar  materiyaning 

sezgi  a`zolarimizga  ta`siri  natijasidir.  Sezgi  a`zolari  axborotlarni  qabul  qilib,  tanlab,  to`plab  har  bir 

sekundda  bepoyon  informatsiyalar  oqimini  qabul  qilib  va  qayta  ishlab  miyaga  etkazib  beradi.  Natijada 

tevarak  -  atrofdagi  taqi  olamning  va  organizm  o`z  ichki  holatining  adekvat  “mos”  aks  ettirishi  hosil 

bo`ladi.  Sezgi  a`zolari  taqi  olamning  inson  ongiga  olib  kiradigan  birdan  bir  yo`llaridan  iboratdir.  Agar 

odam  sezgi  a`zolaridan  mahrum  bo`lib  qolsa,  u  paytda  u  atrofda  nima  bo`layotganini  bila  olmas, 

ovqatlanish  uchun  o`ziga  ozuqa  topa  olmas  edi.  Mashhur  rus  vrachi  S.P.Botkin  yolgiz  bitta  ko`zi  va 

qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan 

kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech 

kim  tegmasa,  u  uxlab  qolgan.  Sezgilar  haqidagi  ta`limotga  ko`ra,  narsalar  va  ularning  xususiyatlari 

birlamchi  bo`lib,  sezgilar  esa  materiyaning  sezgi  a`zolariga  ta`siri  natijasidir.  Sezgilar  olam  qanday 

mavjud  bo`lsa,  o`shandayligicha  aks  ettiradi.  Sezgilar  haqiqiyligining  mezoni  amaliyot,  sub`ektning 

faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir. 



2. Sezgilarning fiziologik asoslari. 

      Sezgilarning hosil bo`lishi uchun faqat tashqi qo`zg`atuvchining ta`siri emas, balki organizmning o`zi 

ham  faoliyatda  bo`lishi  kerak.  Sezgi  retseptorga  ta`sir  qilib  turgan  qo`zg`atuvchining  maxsus  quvvatini 

nerv  jarayonining  quvvatiga  aylanishidan  hosil  bo`ladi.  Sezgi  faqat  hissiy  organning  komponentigina 

emas,  balki  faoliyat  tarkibidir.  Sezgi  psixik  hodisa  bo`lib,  agar  javob  reaktsiya  bo`lmasa  yoki  javob 

reaktsiyasi  “mos”  bo`lmasa  hosil  bo`lmaydi.  Sezgi  a`zolari  harakat  a`zolari  bilan  bog`liq.  Bu  a`zolar 

bajaradigan  vazifa  qo`lda  joylashgan.  Sezgi  psixik  hodisalar  kabi  reflektor  tabiatga  egadir.  Sezgilarning 

fiziologik  asosini  qo`zg`atuvchining  o`ziga  adekvat  bo`lgan  analizatorga  ta`sir  natijasida  yuzaga  kelgan 

nerv  jarayoni  tashqil  etadi.  Analizator  deb,  I.P.Pavlov  tevarak  -  atrof  vokeligini  tahlil  qilish  uchun 

organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat: 

1) Periferik (retseptor) - u tashqi ta`sirini nerv jarayoniga aylantiradi. 

2)  Analizatorning  periferiya  qismini  markaziy  qism  bilan  bog`lovchi  afferent  (markazga  intiluvchi)  va 

efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, o`tkazuvchi nerv yo`llari. 

3) Nerv impul’slari qayta ishlanadigan analizatorning miya po`stidagi qismlar. 

Analizatorlar  tevarak  -  atrofdagi  olam  ta`sirlarini  tahlil  qilib  beradi.  Ular  insonni  hayoti  uchun  zarur 

bo`lgan qo`zg`atuvchilardan ajratadi. 



3. Sezgilar tasnifi va turlari 

      Tasniflash  xilma  xil  bo`ladi.  Turli  -  tuman  sezgini  qaysi  sezgi  a`zolari  yordami  bilan  hosil  qilsak, 

ularni o`sha a`zolarga qarab quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul 

harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi: 

1. Ekstrotseptiv sezgilar. 

2. Interotseptiv sezgilar. 

3. Propriotseptiv sezgilar (oraliq) 

    Ekstrotseptiv  sezgilar  organizmning  sirtida  bo`ladi.  Ko`rish,  eshitish,  hid  bilish,  ta`m  bilish,  teri 

sezgilari  shular  jumlasidandir.  Bu  sezgilar  odamga  tashqi  muhitdan  keladigan  axborotlarni  etkazadi  va 

sezgilar qo`zg`atuvchi bilan retseptorlar o`rtasidagi masofaga qarab ikkiga bo`linadi: 

1) kontakt retseptorlar 

2) distant retseptorlar. 

Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. 

Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, 

hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, 

oshqozon,  yurak,  ichak,  qon  tomirlari  devorlaridan  keluvchi  qo`zg`alishlarni  miyaga  etkazadi.  Ularning 

retseptor  apparatlari  ichki  a`zolar  devorlarida  joylashgan.  Ovkat  hazm  qilish,  nafas  olish,  qon  aylanish 

a`zolari  va  umuman  ichki  a`zolarida  jarayonlar  vujudga  keltiradigan  sezgilar  shu  interoretseptorlar 

yordami  bilan  bilinadi  Masalan:  organik  sezgilar,  proprioretseptorlar  muskul,  pay  va  boylanmalarda 

bo`ladi.  Bu  guruhga  statik,  muskul  -  harakat,  vibratsiya  sezgilari  kiradi.  Ko`rish  sezgilariga  rang, 



yorug`likni  sezish  kiradi.  Ranglar  xromatik,  axromatik  turga  bo`lindi.  YOrug`lik  nurlari  shisha  prizma 

orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi 

etti  xil rang kiradi.  Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi.  Nimaning  aksi  sariq dog`ga tushsa  o`sha 

narsani  hamma  narsadan  ko`ra  ravshanroq  ko`ramiz.  Ko`rish  sezgisini  hosil  qiladigan  fizik  sabab 

yorug`likdir.  Odam  ko`zi  sezadigan  ranglar  taxminan  380  millimikrondan,  780  mm  gacha  o`zunlikda 

to`lqinlarni  ta`siri  bilan  hosil  bo`ladi.  eng  o`zun  to`lqinlar  qizil  rang  sezgisi  hosil  qiladi.  eng  qisqa 

to`lqinlar  binafsha  rang  hosil  qiladi.  “SHapko`rlik”  da  tayoqchalar  sust  ishlaydi,  yoki  butunlay 

ishlamaydi.  “Rang  ajrata  olmaslik”  xromatik  ranglarni  seza  olmaslik  va  farq  qila  olmaslikdan  iborat. 

Ba`zi kishilar faqat axromatik kul rangni ko`radi. Bunday hodisa erkaqlarda 4%, ayollarda 0,5% uchraydi. 

Bo`nga  sabab,  ko`zning  to`r  pardalaridagi  qolbachalar  ishlamaydi.  Masalan:  ilon,  kaltakesak,  kabutar, 

tovuqlarning  to`r  pardasida  faqat  qolbachalar  bo`ladi.  eshitish  sezgilarining  fizik  sababi  havo 

to`lqinlarining harakati bo`lib, bu havo to`lqinlari tovush chiqaruvchi to`lqinlar tebranganda hosil bo`ladi. 

To`lqinlarning  tekis  harakatlaridan  musiqaviy,  notekis  harakatlaridan  shovqinli  tovushlar  hosil  bo`ladi. 

Odamning  eshitish  organi  bir  sekundda  16  martadan  20000  martagacha  tebranishlagi  tovushlarni  qabul 

eta  oladi.  Hid  bilish  sezgilari.  Burun  kovagining  yuqori  qismida  joylashgan  hid  bilish  (sezgilar) 

retseptorlari  hid  bilish  e`zosi  hisoblanadi.  Havo  bilan  birga  burun  kovagiga  to`shadigan  hidli  moddalar 

zarrachalari  hid  bilish  analizatorlarining  asosiy  qismlaridir.  Ta`m  bilish  sezgilari.  Ta`m  bilish 

retseptorlariga  so`lakda  va  suvda  eruvchi  moddalarning  ximiyaviy  xossasi  kiradi.  Ta`m  bilish 

so`rg`ichlari  til  yuzasida,  tanglaydi,  milkda  va  xalqumning  yuqori  qismiga  joylashgan.  Ta`m  bilish 

sezgilari ta`m bilish retseptorlari hisoblanadi. Ta`m bilish sezgilari 4 ta sifatga ega: shirin, nordon, sho`r 

va achchiq. 

Teri  sezgilari:  Burun  va  og`iz  shilliq  pardasi,  terisiga  mexanik  va  termik  qo`zg`atuvchining  ta`siridan 

sezgining quyidagi turlari kelib chiqadi: 

a) taktil sezgilar (biror narsaning tegishini sezish); b) sovuqni sezish; v) issiqni sezish; g) og`riqni sezish; 

Biror  narsani  tegishini  til  uchi  va  barmoqlar  uchi  bilan  yaxshi  sezamiz.  Muskul  -  harakat  sezgilari  va 

statik  sezgilar  Bunga  og`irlikni  his  qilish  sezgilari,  qarshilikni,  ayrim  a`zolarning  harakatini  bilish 

sezgilari  kiradi.  Bu  sezgilarning  fizik  sababi  gavdalarimizning  harakatlaridir.  Statik  sezgilar 

gavdamizning fazodagi  holatini bilish  va muvozanat  saqlash  sezgilari deyiladi.  Bu statik  sezgilar uchun 

ichki  quloq  daxlizi  va  ichki  quloqdagi  endolimfa  nomli  suyuqlik  bilan  to`lgan  yarim  doira  kanallari 

retseptor  vazifasini  bajaradi.  endolimfada  sezuvchi  nerv  tarmoqlari  bor,  u  organizmning  fazodagi 

harakatini  va  holatini  idora  etadi.  Organizm  harakatlanganda  endolimfa  tebranib,  ana  shu  nervni 

qo`zg`aydi, muvozanat a`zosi zararlansa muvozanat saqlanmaydi. 



4. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari 

      Sezgilarning  hosil  bo`lish  sezgisi  va  davom  etish  muddati.  Sezgilar  biror  bir  sezgi  a`zosining 

qo`zg`alishidan  hosil  bo`ladi.  Qo`zg`atuvchi  reptseptorga  ta`sir  etishi  bilanoq  sezgi  hosil  bo`lmaydi: 

qo`zg`atuvchi ta`sir eta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo`ladi. Sezgilar davom etish 

muddatiga  qarab  qisqa  va  uzoq  muddatli  sezgilarga  bo`linadi.  Masalan:  qisqa  muddatli  sezgiga  erga 

tushib ketgan qqalamning tovushi, lip etib chaq 

nagan  uchqunni  sezish.  Kunduzgi  yorug`likni  sezish, 

zavoddan  yangrayotgan  gudok  ovozini  eshitish  uzoq  muddatli  sezgilardir.  Sezgilar  o`zlariga  adekvat 

(mos) bo`lgan qo`zg`atuvchilarning aks ettirish shakllaridan iborat. Sezgilarning umumiy xususiyatlariga 

sifati,  jadalligi,  davomati  va  fazoviy  joylanishi  kiradi.  Sezgilarning  asosiy  xususiyatlari  sifat  bo`lib,  uni 

boshqa sezgi turlaridan ajratadi. Masalan: eshitish sezgilari tovushning balandligi, qattiqligi bilan, ko`rish 

sezgilari  ranglarning  quyuqligi,  toni  bilan  farqlanadi.  Bilinar  -  bilinmas  sezgi  hosil  qiluvchi 

qo`zg`atuvchining  minimal  kuchi  sezgirlikning  quyi  chegarasi  deyiladi.  Sezgilarning  quyi  chegarasi 

analizatorning  absolyut  sezgirligi  darajasini  aniqlaydi.  Masalan:  1  gramm  qandni  bir  piyola  choydagi 

mazasi  uncha  sezilmaydi,  0,1  sm  qog`ozni  qo`lni  kaftiga  qo`yilsa  uning  og`irligi  sezilmaydi.  Sezgi 

chegarasining  me`yori  qanchalik  kichik  bo`lsa,  mazkur  analizatorning  sezgirligi  shunchalik  yuksak 

bo`ladi. 

Formulasi: 

1

1

E=



P

 

E - sezgirlik, P - qo`zg`atuvchining ta`sir me`yori. Ko`rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi yuksak 



bo`ladi. 

      Sezgirlik turli sharoitlarda o`zgarib turadi, bunda ikki xil hodisa farqlanadi: 

1) tashqi muhit ta`sirlaridan sezgirlik o`zgarishiga adaptatsiya deyiladi. 

2)  analizatorlarning  o`zaro  munosabati  va  mashq  qilish  natijasida  sezgirlikning  kuchayishiga 

sensibilizatsiya deyiladi. 


Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo`linadi: 

a) negativ adaptatsiya; b) pozitiv adaptatsiya. 

Pozitiv  adaptatsiyada  kuchsiz  qo`zg`aluvchi  ta`siri  ostida  sezgirlik  oshadi.  Ko`rish  analizatorida  pozitiv 

adaptatsiya qorong`ulik adaptatsiyasi deyiladi. 

Negativ adaptatsiya ikki xil bo`ladi:  

a) qo`zg`atuvchining davomiy ta`siridan sezgirlik  yo`qoladi.  Masalan:  qo`limizga  yuk qo`yilsa sezamiz, 

ammo  vaqt  o`tishi  bilan  sezmay  qolamiz.  b)  kuchli  qo`zg`atuvchi  ta`siridan  sezgirlikning  susayishi. 

Masalan: qorong`i  xonadan birdaniga  chiqib qolsak, avvaliga hech narsa ko`rmaymiz, vaqt  o`tishi  bilan 

sezgirlik pasayib biz normal ko`ramiz. 

Adaptatsiya  teri  retseptorlarida  tez  yuzaga  keladi.  I.P.Pavlov  fikricha  “Adaptatsiya  bosh  miya  po`stlok 

qismidagi  muhofazalovchi  tormozlanishning  bo`lishi  tufayli  hosil  bo`ladi”.  Haroratga,  hidlarga  nisbatan 

ham adaptatsiya bo`ladi. 

Sensibilizatsiya ikki tomonlama bo`ladi: 

1) adaptatsiyada sezgirlik oshadi yo kamayadi, sensibilizitsiyada esa faqat oshadi. 

2) adaptatsiyada sezgirlikning o`zgarishi tashqi sharoitlarga bog`liq bo`lsa, sensibilizatsiyada psixologik, 

fiziologik holatlarga bog`liq bo`ladi. 

      Sinesteziya qo`zg`atuvchining bir analizatorga ta`siri  bilan  boshqa  analizatorga xos sezgining paydo 

bo`lishidir.  Ko`rish,  eshitish  sinesteziyasi  ko`proq  uchraydi.  Sinesteziyalar  har  bir  shaxs  uchun  doimiy 

bo`ladi. Masalan: kompozitorlardan Skryabin A., F.List, N Rimskiy — Korsakovlarda “rangdor eshitish“ 

qobiliyati  bo`lgan.  Ularga  har  bir  tovush  rangli  bo`lib  tuyulgan.  Masalan:  Skryabin  “do”  notasida  iroda 

baxsh  etuvchi  qizilrang  bor,  “re”  da  nurafshon  rang,  “mi”  da  havo  rang  bor  deb  hisoblagan.  Demak, 

sinesteziya ikki sezgining bir sezgi bo`lib qo`shilishidir. Masalan, “shirin so`z”, “tili zahar”, “tosh yurak”. 

Sezgilar  kontrasti  qarama  -  qarshi  sifatga  ega  bo`lgan  bir  vaqtdagi  qo`zg`alish  tufayli  sezgirlikning 

o`zgarishidir. Masalan: tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. Oqimtir fonda qora rang qoraroq, qoramtir 

fonda  oq  rang  yana  ham  och  bo`lib  seziladi.  Masalan:  odam  charchaganda  sezgirlik  pasayadi.  Harakat 

oshganda  sovuqqa  sezgirlik  o`tkirlashadi.  Sezgirlik  kasbga  ham  bog`liq.  Masalan:  rassomlarda  rang 

sezish, musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling