Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Faoliyat haqida tushuncha


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


1. Faoliyat haqida tushuncha 

       Har  bir  tirik  organizmning  faolligi  uning  ehtiyojlarini  qondirishga  qaratilgan  bo`ladi.  Anglab 

bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - 

shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug`diradi. 

Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi 

esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - 

harakatning  bu  tipi  shunchalik  o`ziga  xoski,  uni  atash  uchun  psixologiyada  “faoliyat”degan  maxsus 

termin  qabul  qilingan.  Faoliyat  deb,  shaxsning  o`z  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  ko`rsatadigan  jismoniy 

va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi.  Inson faolligining o`ziga xos xususiyati  shundan iboratki, faoliyatni 

mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj 

faoliyatga motiv  sifatida madad berib, uni  rag`batlantirib tursa, faoliyatning  shakli va mazmuni ijtimoiy 

sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi. 

 

 

 



F a o l i ya t n i ng  m u h i m  x u s u s i ya t l a r i 

Hayvonlar faolligi 

Inson faoliyati 


Instinktiv - biologik faollik 

Bilishga va muloqotga bo`lgan ehtiyojlar bilan 

yo`naltirilgan. 

Hamkorlikdagi  faoliyat  emas,  to`da  bo`lib  yurish, 

biologik  maqsadlar  (oziqlanish,  himoyalanish)ga 

asoslangan. 

Kishilik 

jamiyati 

hamkorlikdagi 

faoliyat 

asosida  tashqil  topgan  har  bir  harakat  inson 

uchun  hamkorlikdagi  faoliyatdagi  o`rniga 

ko`ra ahamiyatlidir. 

Ko`rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi  Predmet va hodisalarni mavhumlashtirish, ular 

o`rtasidangi 

sababiy 


bog`lanish 

va 


munosabatlarni aniqlash mumkin 

Irsiy  jihatdan  mustahkamlangan  dastur  (instinkt) 

lar  asosidagi  xatti  –  harakatlar,  ko`nikmalar  yakka 

tartibda  hosil  bo`lib  hayvonning  yashash  uchun 

tashqi  sharoitlarga  moslashishi  sifatida  namoyon 

bo`ladi 


Tajribani  berish  va  o`zlashtirish  muloqotning 

ijtimoiy  vositalari  (til  va  boshqa  belgilar 

tizimi)  yoki  moddiy  madaniyat  mahsulotlari 

orqali amalga oshiriladi 

YOrdamchi  qurollar,  vositalar  yasashi  mumkin, 

ammo  undan  qurol  sifatida  doimo  foydalanmaydi. 

Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi 

Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlarga 

ham  qoldirishi  mumkin.  Turli  predmet  va 

qurollardan foydalanib yangi qurol va vositalar 

yarata oladi 

Tashqi muhitga moslashadi 

O`z  ehtiyojlariga  muvofiq  tarzda  tashqi 

dunyoni o`zgartiradi  

     

          Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo`lishi mumkin. Biroq odam, 



masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat 

talab  qiladigan  biron  mahsulotni  tayyorlash  maqsadi  bilan  belgilanadi.  Faollikning  manbai  bo`lgan 

faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi. 

YUqoridagi  jadvalda  inson  faoliyati  bilan  hayvonlar  xatti  -  harakati  o`rtasidagi  farqlar  aks  ettirilgan. 

Faoliyat  faollikni  yaxshi  anglab  olingan  maqsad  bilan  boshqariladi.  Faoliyatni  anglash  qanday  darajada 

bo`lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi. 



2. Faoliyatning tarkibi 

     Inson  faoliyati  juda  xilma  -  xildir:  mehnat,  pedagogik,  badiiy  -  ijod,  ilmiy  -  tadqiqot  faoliyatlarini 

kiritish  mumkin.  Inson  faoliyati  tarkibini  tahlil  qilish  shuni  ko`rsatadiki,  faoliyat  tashqi  ongli  dunyoni 

ongli  psixik  aks  ettirilishida  namoyon  bo`ladi.  Har  qanday  faoliyatda  inson  o`z  harakatlarini  maqsadini 

anglaydi,  kutilayotgan natijani tasavvur qiladi,  sharoitni idrok qiladi  va baholaydi,  bajariladigan  harakat 

tartibini  o`ylaydi,  irodaviy  zo`r  beradi,  faoliyatning  borishini  kuzatadi,  muvaffaqiyat  va  mag`lubiyatni 

o`ylaydi. 

Faoliyat  -  bir  tomondan,  shaxsning  rivojlanishi  va  sifatlarining  namoyon  bo`lish  sharoiti,  ikkinchi 

tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari 

tarkibida  uchta  tarkibiy  qismni  maqsad  -  motiv  -  harakatni  ajratish  mumkin.  Maqsad  -  inson  faoliyati 

so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini 

faoliyatga  undaydi  va  o`nga  mazmun  baxsh  etadi.  Ish-harakat  -  galdagi  bitta  oddiy  vazifani  bajarishga 

qaratilgan  nisbatan  tugallangan  faoliyatning  tarkibi.  Faoliyatga  qaratilgan  maqsad  ozmi  -  ko`pmi  uzoq 

yoki yaqin bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari 

harakat  qilish  davomida  uning  oldida  tug`iladigan  qator  juz`iy  maqsadlar  izchillik  bilan  hosil  qilishdan 

iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni 

ish  -  harakat  (sa`i  -  harakat)  deb  yuritiladi.  Narsalar  bilan  qilinadigan  istagan  bir  ish  makon  va  zamon 

bilan  bog`liq  bo`lgan  ma`lum  harakatlardan  tashqil  topadi.  Masalan,  “A”,  “I”  harflarini  yozishdagi 

harakatlar  bir  -  biridan  farq  qiladi.  Odamning  narsalar  bilan  qiladigan  harakatlari  tahlili  shuni 

ko`rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko`p va rang - barangdir. SHunday bo`lsa ham, odatda ular 

uchta  sodda  elementlardan  tashqil  topgandir:  “olmoq”,  “joyini  o`zgartirmok”,  “qo`yib  yubormoq”,  bu 

harakatlar  odamning  tanasi,  oyoqlari  va  boshi  bilan  qilinadigan  yordamchi  harakatlar  bilan  birgalikda 

amalga oshiriladi. 

Narsalar bilan qilinadigan ish - harakatdan tashqari, odamning faoliyatini badanning ma`lum vaziyatini va 

qiyofasini  saqlab  turishi  ta`minlaydigan  harakatlar,  (turish,  utirish)  organizmning  bir  joydan  ikkinchi 

joyga  o`rin  almashtirishi  (yugurish,  sakrash),  kommunikatsiyani  ta`minlaydigan  harakatlar,  ifodali 

harakatlar (mimika va pantomimika) va nutq harakatlari mavjud. 


Narsalar  bilan  qilinadigan  ishlarni  bajarish  ma`lum  tizimdagi  harakatlarni  amalga  oshirishdan  iborat. 

Harakatlar  tizimi  va  maqsadi  bilan,  bu  maqsad  yo`naltirilgan  narsalar  xususiyati  va  ish  sharoiti  bilan 

bog`liqdir. Masalan, stakan va qalamni  olish, piyoda va chang`ida  yurish, og`ir va engil narsani  boshqa 

joyga  olib  qo`yish,  mayda  va  katta  mixni  qoqish,  gantel  va  shtangani  ko`tarish  harakatlari  bir  -  biridan 

farq qiladi. 

               Harakatlarni  boshqarish  va  nazorat  qilish.  Harakatni  boshqarilishi  va  uning  natijalarini 

erishiladigan  pirovard  maqsad,  taqqoslash  yo`li  bilan  doim  nazorat  qilib  boriladi  va  to`ldirilib  turiladi. 

Unday  nazorat  sezgi  a`zolari  (ko`rish,  eshitish,  muskul  sezgisi)  yordami  bilan  amalga  oshiriladi. 

Odamning  maqsadini  ko`pchilik  hollarda  ayni  shu  choqda  ko`z  o`ngida  yo`q  narsalar  va  lekin  ularning 

harakatlarini  yordami  bilan  erishilishi  mumkin  bo`lgan  narsalar  tashqil  etadi.  Demak,  maqsad  miyada, 

kelajakdagi  faoliyat  natijasida,  dinamik  modelning  obrazi  tarzida  ifodalangan  bo`ladi.  Xuddi  ana  shu 

tilakdagi kelajak (talab qilinayotgan) modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu 

ishning qay yo`sinda bo`lishi boshqariladi. 

Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi 

     Tashqi  olamda  turli  hodisalar  ma`lum  darajada  o`zaro  doimiy  bog`liqdir,  ma`lum  sharoitlarda 

namoyon  bo`ladigan  biror  mustahkam  xususiyatga  va  tuzilishga  egadir.  (olov  hamma  vaqt  kuydiradi, 

tundan  so`ng  tong  otadi).  Ob`ektlar  bilan  hodisalar  o`rtasidagi  bunday  barqaror  (invariant) 

munosabatlarni  ob`ektlarning  muhim  xususiyatlari  va  hodisalarining  qonuniyatlari  deb  yuritiladi.  Bu 

ularning  kelajakda  qay  darajada  o`zgarishi  va  shu  maqsadga  muvofiq  ish  to`tish,  ya`ni  ob’ekt  va 

hodisalarning “xatti -harakatlari”ni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya`ni buyumlar bilan 

qilinadigan  bunday  holda  go`yo  ichki,  ya`ni  ideal  faoliyatning  oldindan  payqab  olinadi.  Ob`ekt  (narsa) 

ustida  qilinadigan  konkret  ishlar  bu  ob’ektlarning  muhim  xususiyatlari  ustida  qilinadigan  operatsiyalar 

bilan,  ya`ni  ideal  (psixik)  ishlar  bilan  almashinadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  narsalar  bilan  jismoniy 

tarzda  qilinadigan  ishlar  shu  narsalarning  mazmuni  bilan  qilinadigan  ideal  ishlar  bilan  almashinadi. 

Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o`tish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. (Ichki 

ishga  aylanadi).  Inson  psixikasi  interiorizatsiyasi  tufayli  ayni  chog`da  ko`z  o`ngida  yo`q  bo`lgan 

narsalarning  obrazlari  bilan  ishlay  bilish  qobiliyatiga  ega.  Ma`lumki,  odamning  ichki  dunyosi  paydo 

bo`lganidan so`ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o`ylab, so`ngra amalga oshiradi. Oldin 

ichida o`ylab, so`ngra bevosita tashqi munosabatga o`tishni faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. 

Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir. 

3. Faoliyatni egallash

      Harakatlarning  istagan  bir  tomonlarini  ularning  motor  (harakat),  sensor  (sezgi)  va  markaziy 

komponentlari,  ya`ni  qismlari  deb  atash  mumkin.  Ishni  amalga  oshirishda  bajaradigan  vazifalariga 

muvofiq,  ular  ishni  ijro  qiluvchi,  nazorat  qiluvchi,  boshqaruvchi  deb  belgilanishi  mumkin.  Bu 

vazifalarning  har  birini  kishi  ongli  va  ongsiz  ravishda  bajarishi  mumkin.  Odam  talaffo`z  qilmokchi 

bo`lgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, 

ishdan ko`zlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. 

Masalan,  velosipedda  ketayotgan  odam  mutlaqo  ongsizlik  holatida  buning  uddasidan  chiqa  olmaydi. 

YUrish,  dorda  yurish  kabilar  ham.  Bajariladigan  harakatning  ma`lum  tomonlari  dastavval  to`la  anglab 

boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtiroqini borgan sari kamroq talab 

qilinadi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning 

amalga  oshirilishi  va  avtomatlashuvi  malaka  deb  aytiladi.  Ish  tuzilishining  shunday  qisman 

avtomatlashuvi tufayli o`zgarish imkoniyati quyidagidan iborat: 

1.  Harakatlarni  ijro  qilish  usullarining  o`zgarishi.  Bundan  avval  har  biri  alohida-alohida  bajarilgan  bir 

qator  ayrim  harakatlar  bir  butun  harakat  tarkibidagi  oddiy  harakatlar  o`rtasida  hech  qanday  “to`xtab 

qolish”  va  tanaffuslar  bo`lmaydigan  bitta  yaxlit  aktga  aylanadi.  Masalan,  mashina  haydashni 

o`rganayotgan haydovchi, yozishni o`rganayotgan bola harakatini ko`rish mumkin. 

2. Ishni bajarishda sensor, ya`ni hissiy nazorat usullarining o`zgarishi.  Ishni bajarish ustidan qilinadigan 

ko`rish  nazorati  ko`p  jihatdan  muskul  (kinestezik)  nazorat  bilan  almashinadi.  Masalan,  mashinistkaning 

hat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi , pulat kuyuvchi metal rangining o`zgarishini farq qiladi. 

3.  Ish-harakatini  markaziy  boshqaruvchi  usullarning  o`zgarishi.  Diqqat  ish-harakatining  usullarini  idrok 

qilishdan  ozod  bo`ladi  va  asosan  ish-amalning  hamda  natijalarni  idrok  qilishga  qaratiladi.  Ayrim 

hisoblash,  qarorga  kelish  va  boshqa  intellektual  operatsiyalarning  tez  va  birlashgan  holda  “intuitiv” 

bajarila boshlaydi. Malaka faoliyat tarkibida o`ziga xos o`rin tutadi. Malaka ish unumdorligini orttirishga 

vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka 

quyidagicha hosil qilinadi: 



1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash. 

2. Harakat namunasini esda olib qolish. 

3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish. 

4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi. 

5.  Malaka  harakatlarni  avtomatlashtirish  bilan  shakllanadi.  Ayrim  ortiqcha  harakat  elementlari  tushib 

qoladi. 


Biror  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  mavjud  bilimlardan  va  malakalardan  foydalana  olish  ko`nikma 

deyiladi. 

Malaka  turli  yo`llari  bilan  ko`rsatish,  tushuntirish,  ko`rsatish  va  tushuntirishni  kushib  olib  borish  orqali 

hosil qilinishi mumkin. 

Har  bir  ko`nikma  va  malaka  odamning  o`z  tajribasida  avval  egallab  olgan  malakalari  asosida  yuzaga 

keladi  va  amal  qiladi.  Malakalarning,  ko`nikmalarning  ayrimlari  kishining  ko`nikma  hosil  qilishiga  va 

malakali  ishlashiga  yordam  beradi,  boshqa  birlari  esa  halaqit  beradi,  uchinchilari,  yangi  ko`nikmalarni 

o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi 

bir  malakaning  tarkib  topishini  qiyinlashtirishi  -  malakalar  interferentsiyasi  deyiladi.  Masalan, 

SHvetsiyada  ko`cha  harakatlarining  chap  tomondan  o`ng  tomonga  o`tkazilishi  ko`plab  yo`l  transport 

hodisalarning  vujudga  kelishiga  olib  kelgan.  CHizmachilik  darslarida  to`g`ri  chiziqni  yuqoridan  pastga, 

pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin. 

Avval  hosil  qilingan  malakalarning  yangi  malakalarga  ijobiy  ta`siri  malakalarning  ko`chishi  yoki 

malakalar  induktsiyasi  deb  ataladi.  Masalan,  matematika  darsida  hosil  bo`lgan  ko`nikmani,  fizikada 

qo`llash mumkin. 

Malakalar samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar 

Ob’ektiv 

Sub’ektiv 

Jihozlarning 

tuzilishi 

Jihozlarning holati 

ish sharoiti 

Fiziologik 

CHarchoq  

(toliqish) 

Salomatlik 

 psixik munosabat o`z kuchiga ishonish kayfiyat 

      Faoliyatning yana bir qismi odat bo`lib, ko`nikma va malakalardan hech qanday samara yoki natijaga 

ega  emasligi  bilan  ajralib  turadi.  Odat  odam  tomonidan  beixtiyor,  ongsiz  tarzda  muayyan  maqsadga 

yo`naltirilmagan  holda  amalga  oshiriladi.  Ba`zi  hollarda  odatlar  shaxs  tomonidan  nazorat  qilinishi 

mumkin, lekin har doim ham aqlli va keraqli harakatlar bo`lmasligi mumkin. 



4. Faoliyatning asosiy turlari 

      Odamning  faoliyati  ongli  faollik  sifatida  inson  ongining  tarkib  topishi  va  taraqqiyoti  bilan  bog`liq 

holda  tarkib  topadi  va  rivojlanadi.  Inson  faoliyatida  ayni  choqda  ong  tarkib  topishi  va  taraqqiyotining 

asosi  hamda  ong  mazmunining  manbai  bo`lib  xizmat  qiladi.  Faoliyatda  insonning  shaxsi  ifodalanadi  va 

shu  bilan  birga  faoliyat  odam  shaxsini  tarkib  toptiradi.  Odamda  har  xil  turdagi  faoliyatlarning  paydo 

bo`lishi  va  taraqqiyoti  juda  murakkab  hamda  uzoq  davom  etadigan  jarayon.  Bolaning  faolligi  uning 

kamoloti  davomida  faqat  asta  -  sekin  ta`lim  va  tarbiyaning  ta`siri  ostida  ongli  maqsadga  mos  faoliyat 

shaklini ola boradi. 

Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va 

uchinchisi  mehnat  faoliyatidir.  Bu  faoliyat  turlari  bola  shaxsining  tarkib  topishida  hal  qiluvchi  rol’ 

uynaydi.  O`yin.  Bola  bir  yoshga  to`lgandan  boshlaboq  unda  faoliyatning  eng  sodda  shakllarini  egallash 

uchun  shart  -  sharoitlar  yuzaga  kela  boshlaydi.  Unday  shart  -  sharoitlardan  birinchisi  o`yindir.  O`yin 

faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan 

o`yin  faoliyatiga  har  xil  narsalar  bilan  shug`ullanish,  yolg`ondakam  urushishlar,  yugurishni  va  shu 

kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham  

o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini 

yuzaga  keltiradigan  sabab  ehtiyoj  bo`lsa,  uning  manbai  taqlid  va  tajribadir.  Bolalar  narsalar  bilan,  rolli, 

qoidali,  harakatli,  didaktik,  mazmunli  o`yinlarni  o`ynaydilar.  O`yin  narsa  va  hodisalarning  mazmunini 

bolaning  o`z  tajribasida  bilib  olishga,  mazkur  mazmunlarni  ishlata  bilishga  mashq  qildiradi.  Bolaning 

shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. 



     Ta`lim.  O`yin  faoliyatining  pirovardida  ta`lim  faoliyati  yuzaga  keladi.  Bu  faoliyatning  maqsadi 

ma`lum  axborotlarni  -  bilimlarni  harakatlar  va  amallarni  o`zlashtirishdan  iboratdir.  Odamning  o`z 

maqsadiga  ko`ra  batamom  o`rganish  va  o`zlashtirishdan  iborat  bo`lgan  mana  shunday  maxsus  faoliyati 

ta`lim  faoliyati  deyiladi.  Psixologik  jihatdan  olganda,  ta`lim  faoliyati  o`z  ichiga  quyidagi  jarayonlarni 

oladi:  ma`lum  bir  nazariy  va  amaliy  faoliyat  to`rini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  ob`ektiv 


olamning  eng  muhim  xususiyatlariga  doir  axborotlarni  o`zlashtirish,  bu  jarayonning  mahsuloti 

bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni 

egallash,  bu  jarayonlarning  mahsuloti  malaka  va  uquvlardan  iboratdir.  Ta`lim  faoliyatining  tarkibi  juda 

ham murakkab bo`lib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi. 

Ta`lim  faoliyati  maxsus  ravishda  tashqil  etilgan  sharoitda  amalga  oshiriladi.  Katta  yoshli  kishilar 

bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq 

bo`lgan  xatti  -  harakatlarni  tashqil  qiladilar.  Bu  faoliyat  va  harakatlarni  insoniyat  ijtimoiy  tajribasini 

o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib 

boshqariladi  va  tizimli  ravishda  nazorat  qilib  boriladi.  Ma`lumki,  ta`lim  faoliyati  bilan  tarbiya  ishlari 

uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga 

ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz 

kerak.  Maktabimizdagi  tarbiyaviy  ishlarni  asosan  tushuntirish,  ishontirish,  ko`rsatish,  ragbatlantirish, 

talab  qilish,  vazifa  berish  va  jixozlash  kabi  vositalar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Maktablarimizdagi 

barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. 

Mehnat. Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga 

qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy 

tabiatga  ega  bo`ladi.  Mehnat  faoliyatining  maqsadi  kishilarning  iste`mol  qiladigan  narsalar  va  shunday 

iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar 

va  boshqa  shu  kabi  narsalarni  ishlab  chiqarishga  qaratilgan  bo`lishi  mumkin.  Mehnat  faoliyati  o`z 

mohiyati  jihatidan  ham  ijtimoiydir.  Mehnat  taqsimoti  tufayli,  birorta  kishi  ham  o`ziga  kerak  bo`ladigan 

narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan 

oxirigacha  ishlab  chiqarishda  ham  qatnashmaydi.  SHuning  uchun  odam  hayoti  uchun  zarur  bo`lgan 

hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o`z ehtiyojlarini qondiradi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  faoliyat  kishi  hayotida,  o`quvchilar  hayotida  juda  muhimdir.  Faoliyat  -  bu 

faollikdir.  Demak,  biz  yoshlarni  faol  yashashga,  faol  o`qishga,  mustaqil  davlatimizni  rivojiga  o`z 

hissalarini  qo`shishga  da`vat  qilishimiz,  buning  uchun  ularni  dunyoqarashlarini  shakllantirimiz,  harakat 

qilishga undashimiz zarur. Bola yashash ma`suliyatini his qilsagina, u faol bo`ladi. 

Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti -harakatlari o`rtasida qanday farqlar mavjud? 

2. Bolalar nima uchun o`ynaydilar? 

3. Malakalarning qanday turlari bor? 

4. Faoliyat tarkibiga nimalar kiradi? 

5.Faoliyatni o`zlashtirishdagi asosiy bosqichlarni sanang. 



Mavzu yuzasidan test savollari: 

1. Shaxs faolligining manbai nima? 

a) instinktlar;  b) ehtiyojlar; 

v) motivlar; 

 

g) maqsad. 



2. Maqsad nima? 

a) faoliyatning tarkibiy qismi; 

b) ehtiyojlarning qondirilishi

v) ehtiyojlarning ruyobga chiqishi; g) faoliyatning so`nggi natijasi. 

3. Faoliyat jarayonida sezgi a`zolari qanday vazifani bajaradi? 

a) ijro etish;       b) nazorat qilish; 

v) boshqarish;  

    g) kuzatish. 



 

5 - mavzu: Muloqot psixologiyasi 

Reja: 

1. Muloqot haqida tushuncha. 

2. Muloqot turlari va vazifalari. 

3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari. 

4. Muloqot - shaxslararo o`zaro ta`sir etish. 

5. Muloqot insonlarning bir - birini tushunishi. 

6. Muloqot texnikasi va usullari 

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Afaziya  —  bosh  miya  po`stloq  qismidagi  markazlar  faoliyatining  shikastlanishi  natijasida  nutqning 

buzilishi. 

Dialogik nutq — ikki yoki undan ortiq ishtiroqchilar birday faol bo`lgan nutq turi. 



Ichki nutq — insonning tovushsiz nutq faoliyatining o`ziga xos turi, tafakkurning asosiy quroli. 

Identifikatsiya — o`zini boshqa kishining o`rniga qo`yish orqali unga tenglashtirish. 

Kommunikatsiya (psixologiyada) — til yoki boshqa belgilar vositasida axborot berish. 

Muloqot  —  ikki  yoki  undan  ortiq  kishilar  o`rtasidagi  axborot  ayirboshlash,  o`zaro  ta`sir  va  bir  -  birini 

tushunishdan iborot jarayon. 

Monologik nutq — bir kishining o`ziga yoki boshqalarga yo`naltirilgan nutqi. 

Refleksiya  —  sub`ektning  u  bilan  munosabatga  kirishgan  sherigi  tomonidan  qay  tarzda  idrok  etilishini 

anglab etish. 

Stereotiplashtirish  —  xulq  -  atvor  shakllarini  tasniflash  va  ularni  hozirgacha  ma`lum  va  mashhur  deb 

sanalgan,  ya`ni  ijtimoiy  qoliplarga  mos  keladigan  hodisalar  jumlasiga  kiritish  yo`li  bilan  ularning 

sabablarini izohlash. 

Til — so`z belgilari yig`indisi. 



1. Muloqot haqida tushuncha 

     Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri  ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, 

ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu 

ob`ektiv  o`zaro  munosabatlari  sub`ektiv  shaxslararo  munosabatlarda  aks  etadi.  Har  qanday  ishlab 

chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan 

munosabat  o`rnatilmasa,  ular  bir  -  birini  to`g`ri  tushunmasdan  to`laqonli,  birgalikdagi  faoliyatni  tashqil 

eta  olmaydi.  Masalan,  o`qituvchi  o`quvchilarga  biror  narsani  o`rgatish  uchun  ular  bilan  munosabatga 

kirishishi kerak. 

Muloqot  kishilarning  hamkorlikdagi  faoliyati  ehtiyojlari  asosida  tug`iladigan  ular  o`rtasidagi  aloqa 

rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot 

almashinishni  o`z  ichiga  oladi,  bu  muloqotning  kommunikativ  tomonini  ifodalaydi.  Odamlar  bir  -  biri 

bilan  munosabatga  kirishishda  tildan  muomala  vositasi  sifatida  foydalanadilar.  Muloqotning  ikkinchi 

tomoni  muomalaga  kirishuvchilarning  o`zaro  ta`siridir.  Bunda  faqat  so`zlar  emas,  balki  harakat  va 

holatlar  ham  almashinadi.  Masalan,  sotuvchi  bilan  haridor  o`rtasida  biror  so`z  aytmasdan  muomalaga 

kirishish  mumkin.  Muloqotning  uchinchi  tomoni  muomalaga  kirishuvchilarning  bir  -  birini  idrok 

qilishidir.  Muomalaga  kirishuvchilarning  bir  -birini  to`g`ri  tushunishi  muhim  ahamiyatga  ega.  SHunday 

qilib,  muloqotning  shartli  uch  tomonini  ajratish  mumkin:  kommunikativ  (axborot  berish),  interaktiv 

(o`zaro  ta`sir)  va  pertseptiv  (o`zaro  idrok  qilish).  Muloqotning  bu  uch  tomonining  birligi  muomalaga 

kirishuvchi  kishilarning  o`zaro  munosabati  va  hamkorlikdagi  faoliyatining  tashqil  etish  usuli  sifatida 

namoyon  bo`ladi.  Muloqotning  qonuniyatlarini,  malaka  va  qobiliyatlarining  shakllanishi  bilish  pedagog 

uchun  g`oyat  muhimdir.  Bu  to`laqonli  pedagogik  muloqotni  yoki  muomalani  yo`lga  qo`yishini 

ta`minlaydi.  Pedagogik  muloqot-pedagog  va  o`quvchilarning  o`zaro  ta`sir  etish  usullari  yig`indisidir. 

Muloqotning  mazmuni  -  axborot  almashish,  o`qituvchi  tomonidan  turli  kommunikativ  vositalar 

yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish  va  o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning 

tarbiyaviy  va  didaktik  vazifalarni  o`qituvchi  hamda  o`quvchilar  jamoasi  o`rtasida  munosabatlarni 

ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi. 

Pedagogik faoliyatdagi muloqot: 

1. O`quv vazifalarini bajarish vositasi. 

2. Tarbiyaviy jarayonni ta`minlashning ijtimoiy - psixologik tizimi. 

3.  Ta`lim  va  tarbiya  jarayoni  muvafaqqiyatini  ta`minlovchi  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  o`zaro 

munosabatlarini tashqil qilish usuli. 

4. O`quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo`ladi. 

Pedagog  bu  muloqotning  o`quv  tarbiyaviy  jarayonlarni  hissiy  foni  va  vosita  mazmunini  tashqil  etadi. 

Muloqot  ikki  va  undan  ortiq  kishilar  o`rtasida  bilish  yoki  baholash  tarzidagi  axborot  almashishda 

namoyon bo`luvchi o`zaro ta`sirdir. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling