Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Muloqotning turlari va vazifalari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana10.06.2020
Hajmi0.82 Mb.
#116658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
umumiy psixologiya


2. Muloqotning turlari va vazifalari. 

      Hamkorlikdagi  faoliyatda  zaruriyat  tufayli  inson  boshqa  kishilar  bilan  birlashishi,  ular  bilan 

munosabatga kirishishi, aloqa o`rnatishi, o`zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga 

mos  javobni  berishi  kerak.  Bunda  muloqot  faoliyatning  bir  tomoni,  uning  axborot  aspekti-

kommunikatsiya  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Biroq  predmet  yasash  bilan  birga  inson  o`zi  yasagan 

predmetda o`zini “translyatsiya” qiladi,  ya`ni o`zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet 

(ko`rilgan bino, yozilgan qatorlar, o`tkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan 

inson  o`zini  ko`rsatadigan  vositadir.  CHunki  bu  boshqa  kishilar  uchun  hosil  qilingan.  SHunday  qilib, 



faoliyat  muloqotning  bir  qismi,  uning  tomoni;  muloqot  faoliyatning  bir  qismi  va  tomonidir.  Lekin 

muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashqil etadi. 



3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari 

      Til  muomala  vositasidir.  Til  muomalaga  kirishuvchilar  o`rtasidagi  kommunikatsiyani  ta`minlaydi, 

chunki  uni  axborot  beruvchi  ham,  uni  qabul  qiluvchi  ham  birday  tushunadi.  Boshqa  kishiga  axborot 

beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi 

kerak,  aks  holda  bir  -  birini  to`g`ri  tushunolmaydi.  Axborot  almashish  muomala  qatnashuvchilariga 

tushunarli  belgi  va  mazmunga  ega  bo`lishi  kerak.  Til  so`z  belgilari  yig`indisidan  iboratdir.  So`zning 

ma`nosi  uning  mazmuniy  tomonidir.  Har  bir  alohida  odamning  harakatlari  va  faoliyatlarini  alohida 

odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir 

muncha  tor  doiradagi  kishilar  jamoasining  ijtimoiy  -tarixiy  tajribasi  belgilaydi.  Kichkina  bola  dunyoni 

mustaqil  ravishda  bilab  olmaydi,  u  ota  -  onasiga  savollar  beradi  va  ular  unga  javob  beradilar,  bu 

javoblardan  bola  o`z  faoliyatini  keyinchalik  foydalanadigan  umumiy  bilimlarning  faqat  ozgina  qismini 

oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so`z belgilari tizimida 

hosil  qila  oladi.  Maktabda  ham  xuddi  shunday  bo`ladi,  o`quvchi  olam  haqida  barcha  bilimlarni 

o`qituvchining  tushuntirishidan  yoki  darslikdan,  ya`ni  til  yordamida  o`zlashtiradi.  Bu  erda  til  o`zining 

muhim  vazifalaridan  birini  bajaradigan,  ya`ni  yashash  vositasi  ijtimoiy  -tarixiy  tajribani  berish  va 

o`zlashtirish  vositasi  tarzida  namoyon  bo`ladi.  Ikkinchidan,  har  bir  alohida  odamning  ish  -harakati  va 

faoliyati  ko`pincha  ijtimoiy  qiymatga  ega  bo`lmagan  o`zga  kishilarning  bevosita  tajribalari  belgilaydi. 

Masalan, men oshxona tomon yo`l olaman. Yo`lda o`rtog`im uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi. 

SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni  ma`lum  bir tarzda boshqaradi: men qayrilib,  boshqa oshxona 

tomon jo`nayman.  Bu  erda til  o`zining boshqa muhim vazifasi  bilan,  ya`ni  vosita  yoki kommunikatsiya 

usuli  yoki  olamning  xatti  -harakatlarini  boshqaruvchi  bir  vosita  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Natijada  har 

qanday  kommunikatsiya,  har  qanday  munosabat  suhbatdoshiga  ta`sir  qilishdan  iboratdir.  Uchinchidan, 

har  bir  alohida  odamning  ish  -harakatlari  va  faoliyatlarini  har  bir  ayrim  kishilarning  shaxsiy  tajribasi 

belgilaydi.  Odamning  “shaxsiy”  tajribasi,  o`z  individual  tajribasi  boshqa  kishilarning  tajribalari  va 

ijtimoiy  tajribaning  o`ziga  xos  aralashmasidan  iborat.  Odam  hayvondan  farqli  ularoq,  o`z  harakatlarini 

rejalashtira  oladi.  Bunday  rejalashtirishdan  va  umumiy  fikriy  masalalarni  hal  qilishning  asosiy  quroli 

tildir.  Bu  erda  biz  tilning  uchinchi  vazifasi  aqliy  faoliyatning  (  idrok,  xotira  tafakkur,  xayol)  quroli 

sifatidagi vazifasiga to`qnash keldik. So`z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi. 

             Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy -tarixiy tajribani o`zlashtirish va avlodlarga berish yoki 

kommunikatsiya  o`rnatish  o`z  harakatlarini  rejalashtirish  maqsadida  tildan  foydalanish  jarayonidir.  Til 

aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o`zidir. Nutq faoliyatining 

faol  va  passiv  turlari  farqlanadi:  So`zlovchining  nutqi  faol  nutq,  tinglovchining  nutqi  esa  passiv  nutq 

hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo`linadi. Tashqi nutq-yozma va og`zaki nutqka, ogzaki nutq esa 

monolog  va  dialogik  nutqqa  bo`linadi.  Monolog  -  bir  kishining  o`ziga  yoki  boshqalarga  qaratilgan 

nutqidir.  Bu  o`qituvchining  bayoni,  o`quvchining  to`laroq  javobi,  ma`ruza  va  boshqalardir.  Monologik 

nutq  ma`lum  qiyinchiliklarga  ega.  Monologda  gapirayotgan  kishi  fikrlarning  aniqligiga,  grammatik 

qoidalarning  saqlanishiga,  mantiq  va  aytilayotgan  fikrlarning  izchilligiga  e`tibor  berish  kerak.  Dialogik 

nutqqa  nisbatan  monologik  nutq  kechroq  shakllanadi.  Maktabda  o`qituvchilar  o`quvchilarda  monologik 

nutqni  rivojlantirishga  alohida  e`tibor  berishlari  kerak.  Ikki  yoki  undan  ortiq  kishilar  o`rtasidagi  nutq 

dialog  deyiladi.  Dialogik  nutqda  bayon  qilinayotgan  fikr  ko`p  jihatdan  undan  oldingi  fikrga  bog`liq 

bo`ladi.  Dialogik  nutqda  suhbatdoshlarga  ma`lum  bo`lgan  ayrim  so`zlar  tushirib  qoldiriladi.  SHuning 

uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo`lmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil 

turdagi  shablonlar,  ya`ni  odatlanib  qolingan  so`z  birikmasi  ko`p  uchraydi  (qoyil,  marhamat  qilib 

aytingchi).  Nutqning  ichki  nutq  deb  atalgan  turi  nutq  faoliyatining  alohida  turi  hisoblanadi.  Ichki  nutq 

amaliy  va  nazariy  faoliyatni  rejalashtirish  fazasi  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Biz  so`zni  chala    -  yarim 

aytishimiz  bilanoq  tushunaveramiz.  Ichki  nutq  ayrim  og`zaki  nutq  aktlaridan  ilgariroq,  xuso`san 

ixtiyoriylik  darajasi  ancha  yuksakroq  bo`lgan  og`zaki  nutqdan  ilgariroq  sodir  bo`lishi  mumkin.  YOzma 

nutq monologik nutqning turlaridan biri bo`lib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. 

Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu 

va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning 

o`rnini  bosadi.  Bolgarlarda  boshni  qimirlatish  yo`q  degani,  ruslarniki  teskarisi  bo`ladi.  Turli  yosh 

guruhlarida  noverbal  kommunikatsiya  vositasi  turlicha  bo`ladi.  Masalan,  bolalar  ko`pincha  kattalarga 

ta`sir  etish,  ularga  o`z  xohish  va  kayfiyatlarini  o`tkazishda  yig`idan  vosita  sifatida  foydalanadilar. 


Axborotni  so`z  bilan  bayon  etishning  mazmuni  va  maqsadiga  noverbal  kommunikatsiya  vositalarining 

mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Bu ayniqsa pedagog uchun g`oyat muhimdir. 



4. Muloqot kishilar o`rtasidagi o`zaro ta`sir etish 

      Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan 

birga o`z oldiga boshqalarga ta`sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo`yadi. Muloqotning 

maqsadi  kishilarning  birgalikdagi  faoliyatiga  ehtiyojini  aks  ettiradi.  Bunda  muloqot  shaxslararo  o`zaro 

ta`sir sifatida namoyon bo`ladi, ya`ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo`luvchi aloqa 

va o`zaro ta`sirlar  yig`indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat  sharoitida ro`y beradi. 

Jamiyat  ijtimoiy  normalar  sifatida  maxsus  xulq  -  atvor  namunalari  tuzilishini  ishlab  chiqqan.  Ijtimoiy 

normalar  ko`lami  nihoyat  keng  -  mehnat  intizomi  harbiy  burch  va  vatanparvarlik  xushmuomalalik 

qoidalari  ana  shular  jumlasidandir.  Ijtimoiy  nazariya  muloqotga  kirishuvchilar  bajaradigan  rolning 

“repertuar”iga  mos  holda  namoyon  bo`ladi.  Psixologiyada  “rol’”  deganda  ijtimoiy  (sotsial)  mavqeni 

egallab turuvchi  har bir  kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma`qullangan xulq  -  atvor 

namunasi  tushuniladi.  (yosh,  mansab,  jins  va  oiladagi,  o`qituvchi  va  o`quvchi  shifokor  va  bemor,  katta 

kishi  yoki  bola,  boshliq  yoki  xodim,  ona  yoki  buvi,  erkak  yoki  ayol,  mehmon  yoki  mezbon  rolida 

namoyon bo`lishi mumkin). O`z navbatida har bir rol’ o`ziga mos talablarga javob berishi kerak. Bir kishi 

turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat jo - 

yida direktor, kasal bo`lsa shifokor ko`rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota - onasining qobil 

farzandi,  mehmondo`st  oila  boshlig`i  bo`ladi.  Turli  rollarni  bajaruvchi  kishilarning  o`zaro  munosabati 

rolli  kutishlari  bilan  boshqariladi.  Xohlaydimi  yoki  yo`qmi  atrofdagilar  undan  ma`lum  namunaga  mos 

keluvchi  xulq  -atvorni  kutadilar.  Agar  rol’  yaxshi  bajarilmasa  ijtimoiy  -  nazorat  tomonidan  baholanadi, 

ozmi -ko`pmi cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o`zaro ta`sir etuvchi 

kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor namunasini qo`llanishidadir. 

Kishining  boshqalar  undan  nimani  kutayotganini,  nimani  eshitishga  va  unda  nimani  ko`rishga  tayyor 

ekanligini to`g`ri, aniq, xatosiz ko`chira olish qobiliyati takt deb ataladi. O`qituvchi o`quvchilar jamoasi 

kishilardan  tashqil  topganligini  unutmasligi  har  bir  o`quvchi  shaxsini  e`tibordan  chetda  qoldirmasligi 

kerak.  O`quvchilar  bilan  psixologik  aloqaning  qisqa  muddatga  bo`lsada  yo`qolishi,  og`ir  oqibatlarni 

vujudga keltiradi. 



5. Muloqot kishilarning bir -birini tushunishi 

       Muloqotning  pertseptiv  tomoni  kishining  kishi  tomonidan  idrok  qilish,  tushunish  va  unga  baho 

berishdir.  Boshqa  kishilarni  tushunib  olish  bilan  kishi  suhbatdosh  bilan  bo`ladigan  faoliyat,  aloqa 

istiqbolini aniqroq belgilab oladi. 

Kishini  kishi  tomonidan  idrok  qilish  mexanizmi.  Muomala  jarayonida  kamida  ikki  kishi  ishtiroq  etadi. 

Kishining  qiyofasi,  xatti  -  harakati  asosida  suhbatdosh  haqida  tasavvur  hosil  qilinadi.  Bir  -birini  idrok 

qilishda quyidagi mexanizmlar g`oyat muhimdir: 

a) identifikatsiya

b) refleksiya; 

v) stereotipizatsiya. 



Identifikatsiya (lotincha tenglashtirish) tasnifini u kishiga tenglashtirish, baravarlash. 

Refleksiya — (lotincha aks ettirish) - o`z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya`ni 

muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan 

idrok  qilishini  ikqilangan  oynadagi  aks  ettirishga  o`xshatish  mumkin.  Odam  boshqa  kishini  aks  ettirar 

ekan, shu bilan birga o`zini ham aks ettiradi, agar kishi o`zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to`liq, 

ilmiy  asoslangan  axborotlarga  ega  bo`lsa,  ular  bilan  bexato  aniqlikda  o`zaro  ta`sir  o`rnatishi  mumkin. 

Biroq  sub`ekt  hamma  vaqt  bunday  aniq  ma`lumotga  ega  emas.  SHuning  uchun  u  boshqalar  xatti  - 

harakatining  sabablarini  o`ylab  chiqishga  majbur  bo`ladi.  Boshqa  kishining  harakatlarini  tushuntirish 

uchun faoliyat motivlari, his - tuyg`ular, intilish va fikrlashning o`ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb 

ataladi.  O`qituvchilar  tomonidan  bola  harakatlarining  shunday  sababini  talqin  qilinishi  maktabdagi 

pedagogik  muomalani  qiyinlashtiradi.  Stereotipizatsiya  —  grekcha  o`zgarishsiz,  takrorlanish  degan 

ma`noni bildiradi. Stereotipizatsiya mos ma`lum yoki taxminan ma`lum bo`lgan voqealarni tiklash, nisbat 

berish yo`li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba`zan muomala 

jarayonida  noto`g`ri  stereotip  vujudga  keladi.  Masalan,  A.A.Bodalev  tomonidan  o`tkazilgan  suhbatga 

ko`ra kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi 

tasdiqlandi.  So`ralgan  72  kishining  9  tasi  kvadrat  ko`rinishiga  ega  bo`lganlar  kuchli,  irodali,  17  kishi 

peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar engilmas, bo`ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo`yi 

o`rtachadan  past  kishilar  boshqalar  ustidan  hukmronlik  qilishga,  buyruq  berishga  intiluvchi  kishilar,  5 



kishi  chiroyli  kishilar  yo  axmoq  yoki  o`zini  sevuvchi  kishilar  bo`ladi,  deb  tasdiqlagan.  Begona  kishini 

idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi  muhim 

o`rin  tutadi.  Amerikalik  psixologlar  tomonidan  o`tkazilgan  tadqiqot  bunga  misol  bo`la  oladi.  400  ta 

o`qituvchilarga  baholash  uchun  tarqatilgan  ishlarni  ular  200  tasi  ijobiy,  chiroyli,  200  tasi  salbiy  xunuk, 

yoqimsiz  deb  berganlar.  ekspertlardan  tashqi  qiyofasini  emas,  balki  xarakterini  ta`riflash  so`ralgan  edi. 

Afsuski baholarning sub`ektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog`liqdir. Muloqotda qayta 



axborot.  Muloqot  muvaffaqiyatli  bo`lishi  uchun  u  albatta  qayta  aloqaga  ega  bo`lishi  -  sub`ekt  o`zaro 

ta`sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o`zi uzatgan axborotni retsipient qanday qabul 

qilishini  va  qanday  munosabatda  bo`layotganligini  qayta  axborot  ma`lumotlariga  asoslanib  bilib  oladi. 

Muomalada  suhbatdoshni  yoki  tinglovchini  idrok  etish  bir  -birini  tushunishning  asosiy  shartidir.  Agar 

o`qituvchi o`quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa pedagogik 

munosabat yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda muhimdir. 

Muloqot  treningi.  Trening  -  inglizcha  maxsus  rejim,  trenirovka  degan  ma`noni  bildiradi.  Kishilarda 

muloqot  malakalari  tasodifan  yoki  ta`lim  mahsuli sifatida  shakllanib  boradi.  Masalan, o`quvchilar to`liq 

javob berishga, o`zidan kattaga munosabat qilganda o`rnidan turishga o`rganib boriladi. 

Ijtimoiy - psixologik trening: 

1 - muloqot va pedagog muomala qonuniyatlarini o`rganish. 

2  -  pedagogik  kommunikatsiya  texnologiyasini  egallash,  kasbiy  pedagogik  muomala  ko`nikma  va 

malakalarini shakllantirish vazifasini bajaradi. 

Psixologik - pedagogik treningni bir shakli ish o`yinlaridir. 

Mavzu yuzasidan test savollari: 

1. Quyidagilardan qaysi biri noverbal kommunikatsiya vositasi hisoblanadi? 

a) til;   v) nutq; 

b) mimika va pantomimika; g) xatti – harakat. 

2. Pedagogik muloqot qanday munosabat turi hisoblanadi? 

a) shaxslararo munosabat;   v) maishiy; 

b) ish yuzasidan;  

 

 



g) ishlab chiqarish 

3. Shaxslararo ziddiyatlar qaysi sabablar ta`sirida vujudga keladi? 

a) qiziqishlarning mos kelmasligi; 

b) mazmunli to`siqlar; 

v) e`tiqodlarning mos kelmasligi; 

g) muloqotdan qoniqmaslik. 

4. Refleksiya bu: 

a) muloqotdagi aks ta`sir; 

b) suhbatdosh qanday tushunayotganligini to`g`ri idrok qilish

v) kishini kishi tomonidan idrok qilish; 

g) muloqotdagi o`zaro baholash. 

5. Muloqot treningining vazifasi nima? 

a) muomalaning umumiy qonuniyatlari va texnologiyasini o`rgatish; 

b) takrorlash orqali shartli reflekslar hosil qilish; 

v) muomala jarayonida mashq qildirish; 

g) pedagogik muloqotga tayyorlash. 



Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 

1. Muomala, muloqot, aloqa, munosabat tushunchalari o`rtasidagi aloqa qanday? 

2. Muloqotning asosiy vazifasini ayting? 

3. Hayvonot olamidagi munosabat qanday tabiatga ega? 

4. Tilning vazifalari qanday? 

5. Nutq turlariga misollar keltiring? 

6. Noverbal vositalar muloqotda qanday ahamiyatga ega? 

aralashaverasiz. Boshqalar uchun siz bilan, uyda, ishda va boshqa joyda muomalada bo`lish juda qiyin. 



 

 

6-mavzu: Shaxs psixologiyasi 

Reja

1. Shaxs haqida tushuncha: 

a) individ;  b) shaxs;  v) individuallik. 


2. Shaxsning faolligi: 

a) ehtiyoj;  

 b) motiv; 

v) qiziqish;    g) tilak, istak, niyat. 

3. Shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar: 

a) irsiyat;  b) ijtimoiy muhit; 

v) ta`lim - tarbiya;  g) shaxsiy faoliyat. 

4. Shaxsning malaka va odatlari 



Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Faollik - tiriklik xossasi bo`lib, u ongli tanlangan harakatlarda namoyon bo`ladi. 

Individ - ongsiz, yangi tug`ilgan mavjudot, ruxiy kasal, odam. 

Individuallik - shaxs fazilatlarining qaytarilmas birikmasi (temperament, xarakter, qobiliyat). 

Motiv - ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq, faoliyatga undovchi ichki kuch. 

Motivatsiya - faollikka undovchi motivlar majmuasi. 

Shaxs - ongli sub`ekt, faoliyatda bo`ladigan, muloqot madaniyatiga ega bo`lgan, jamiyatda  yashaydigan 

komil inson. 

Ehtiyoj - hayvon va odam faolligining asosiy manbai bo`lib, u aniq sharoitlarda namoyon bo`ladi. 

O`z - o`zini nazorat - shaxsning o`zini holatini boshqara olishi. 

O`z - o`zini baholash - shaxsning o`z xislatlarini baholay olishi. 

1. Shaxs haqida tushuncha 

      Har  bir  odam  tug`ilgan  kunidan  boshlab  odamlar  qurshovida,  ma`lum  jamoada  -  oilada  yashaydi. 

Jamiyatda  rivojlanuvchi,  til  yordamida  boshqa  odamlar  bilan  munosabatga  kirishuvchi  odam  shaxsga  – 

voqelikni  biluvchi  hamda  uni  o`zgartiruvchi  sub`ektga  aylanadi.  Odam  bolasini  individ  deyiladi.  Biz 

hamma  kishilarni  -  normal  odamlarni,  yangi  tug`ilgan  chaqaloqni,  aqli  zaiflarni  individ  degan 

tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali 

mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va 

narsalar  bilan  bo`lgan  aloqalari  ularning  ishlab  chiqarish  faoliyatlarida,  odamlar  o`rtasida  yuzaga 

keladigan  munosabatlarda  namoyon  bo`ladi.  Odam  boshqa  kishilar  bilan  bo`lgan  munosabatlardagina 

shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan 

shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi  yuksak rivojlangan 

komil insondir. 

Inson  shaxsining  eng  muhim  tomonlaridan  biri  uning  individualligidir.  Individuallik  -  bu  shaxsning  bir 

necha  fazilatlarining  qaytarilmaydigan  birikmasidir.  Uning  tarkibiga  xarakter  (tabiat),  temperament 

(mijoz)  qobiliyatlar,  hissiyotlar  yig`indisi,  odatlar  kiradi.  Odam  turli  guruhlarga  kirar  ekan,  har  xil 

vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda 

tengdoshlari  o`rtasida  kamtarin,  odobli,  xushchaqchaq  bo`ladi.  Ishda  juda  jiddiy  yuradigan  odam  biror 

sayohatga  borganda  hazilkash,  qiziqchi  bo`lib  yurishi  mumkin.  Ko`pincha  kishi  turli  vaziyatlarda 

o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. 

Bizning  jamiyatimizda  shaxsga  beriladigan  tavsifnoma  uning  rivojlangan  jamiyat  qurish  jarayoniga 

bo`lgan  munosabati  va  bu  jarayonda  real  qatnashishi  bilan  belgilanadi.  Odamning  psixik  holatlarini 

o`zgarishi  tashqi  muhitga  va  ijtimoiy  tarbiyaga  bog`liqdir.  Shaxsning  nisbatan  barqaror  va  nisbatan 

o`zgaruvchan  xususiyatlari  shaxs  xislatlarining  bir  butunligi  va  o`zaro  bog`liqligidan  iborat  bo`lgan 

murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. 

       Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi: 

1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni 

oldindan ko`ra olish imkonini beradi. 

2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi 

inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy 

omillarning  ta`siri  bilan  tarkib  topgan  inson  shaxsida  ikkita  asosiy  qismlarni  ajratuvchi  nazariya  ko`zga 

ko`rinarli  o`rinni  egallamoqda.  Inson  shaxsi  “Endopsixik”  (ichki)  va  “Ekzopsixik”  (tashqi  )  a`zolariga 

bo`linadi,  degan  fikr  ilgari  surilgan  edi.  Tabiiy  asosga  ega  bo`lgan  “endopsixika”  biologik  shart  - 

sharoitlarga  bog`liq,  “ekzopsixika”  ijtimoiy  omillarga  bog`liqdir.  Ikkala  omil  nazariyasining  xatoligi 

shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” 

bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib 

topishi,  tuzilishiga  ta`sir  qiluvchi  tabiiy  va  ijtimoiy  omillar  masalasiga  yondoshishning  boshqa 

imkoniyatlari  ham  bor.  Masalan,  shunday  tadqiqot  o`tkazilgan:  tadqiqotda  bo`yi  80  -  130  sm.  dan 


oshmaydigan  kishilar  shaxsining  tuzilishida  ko`p  jihatdan  o`xshashlik  borligi  aniqlangan.  Ularda 

bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan. 



2. Shaxsning faolligi 

        Shaxs  o`zining  faoliyati  tufayli  tevarak  -atrofdagi  olam  bilan  faol  munosabatda  bo`ladi.  Shaxsning 

faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan 

faqat  odamlar  emas,  hayvonlar  ham  o`zaro  munosabatda  bo`ladilar.  Lekin  hayvonlar  tashqi  muhitga 

moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. 

Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan 

avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy 

yo`l bilan o`tgan instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy 

instinktlar  shaklida  namoyon  bo`ladi”.  Freyd  shaxsning  faolligini  jinsiy  mayllar  bilan  bog`laydi. 

Shaxsning  faolligini  hozirgi  zamon  ilmiy  psixologiyasi  to`g`ri  hal  qilib  beradi.  Ularning  fikricha,  inson 

shaxsiy  faolligining  asosiy  manbai  uning  ehtiyojlaridadir.  Odamning  ehtiyojlari  faollik  ko`rsatishga 

undaydi.  ehtiyoj  -  shaxs  faolligining  manbai  sifatida  namoyon  bo`ladigan  va  uning  aniq  yashash 

sharoitiga  bog`liqligini  ifodalovchi  holatdir.  ehtiyojlar  paydo  bo`lishiga  ko`ra,  moddiy  (tabiiy)  va 

ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq 

va  sovuqdan  saqlanish, uy  -  joyga  bo`lgan  ehtiyojlar  kiradi.  Ma`naviy  ehtiyojlarga  kishilarning  ijtimoiy 

ong  mahsulotlariga  bo`lgan  muhtojligi  kiradi.  Bunday  ehtiyojlarga  -  o`zaro  suhbatlashish,  kitob  o`qish, 

kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar 

asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart. 

           Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv 

faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar 

moddiy,  ma`naviy,  salbiy,  ijobiy,  davomli,  qisqa  muddatli  bo`ladi.  qiziqishlar  asosida  shaxsning 

dunyoqarashi  va  ishonch  -  e`tiqodlari  tarkib  topadi.  Biz  yoshlarda  mehnatga  ehtiyojni  tarbiyalashimiz 

kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum ehtiyojlarini qondirish bilan 

bog`liq  bo`lgan  qandaydir  faoliyatga  moyillikdir.  Agar  ehtiyojlar  inson  shaxsi  faolligining  moxiyatini 

tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan 

bog`liqdir.  SHuning  uchun  motivlar  bir  -  biridan  ehtiyoj  turiga  qarab  farqlanadi.  Masalan,  moddiy 

ehtiyojning  qondirilishi  bilan  bog`liq  bo`lgan  motivlar  yoki  ma`naviy  ehtiyojlarning  qondirilishi  bilan 

bog`liq  bo`lgan  motivlar  bo`lishi  mumkin.  Motivlar  anglanilgan  va  anglanilmagan  bo`lishi  mumkin. 

Anglanilmagan  motivda  odam  nimanidir  istaydi,  ammo  o`sha  narsa  nimaligini  tasavvur  qila  olmaydi. 

Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti 

-  harakatlarning  muhim  motivi  e`tiqoddir.  e`TIqOD  -  shaxsni  o`z  qarashlari  ,  tamoyillari, 

dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham 

xatti - harakat motivlari bo`lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy 

etish sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng 

ko`p  o`rganilgan  masala  ko`rsatma  berishdir.  Bu  masala  gruzin  psixologi  D.N.  Uznadze  va  uning 

xodimlari  tomonidan  ishlangan.  Ko`rsatma  berish  deganda,  bilish  faoliyati  bilan  bog`liq  bo`lgan 

ehtiyojlarni  ma`lum  usulda  qondirishga  tayyor  turish  tushuniladi.  Masalan,  talabalar  o`qituvchilar 

beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar. 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling