Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


II BOB. IMKONIYATI CHEKLANGAN O’SMIRLARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI


Download 472.5 Kb.
bet11/30
Sana09.01.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1084764
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning

II BOB. IMKONIYATI CHEKLANGAN O’SMIRLARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI.


2.1. Imkoniyati cheklangan o’smirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning shakllari, metodlari, vositalari.
Nutq – murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkomol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo’lib, atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog’langan holda ishlaydi, eshitish analizatorining rivojlanish darajasi esa ko’p jihatdan talaffuzga bog’liq.
Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhim-o’z nutqi va atrofidagilar nutqidagi so’zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So’z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega[2.19.76].
Ikkala signal tizimi, shuningdek, idrok bilan so’zning o’zaro aloqada bo’lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi.
Defektologlarning (T.A. Vlasova, R.M. Boskis, D.V. Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko’ra, eshitishida nuqsonlari bor o’smirlarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrda paydo bo’lganligiga va og’ir – yengilligiga bog’liq. Surdopedagogikada eshitishda nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, keyinchalik eshitishida nuqsoni bo’lgan bo’lib qolgan bolalar guruxiga bo’lib o’rganiladi. Tug’ma hali tili chiqmagan go’daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar – soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar guruxiga kiritiladi. Nutqiy rivojlanib, shakllanib olgandan so’ng yaxshi eshitmaydigan bo’lib qolgan bolalar keyinchalik eshitishida nuqsoni bo’lgan bo’lib qolganlar guruxiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so’ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo’laveradi.[2.19.10]
Turg’un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va ottirilgan bo’lishi mumkin[2.10.55].
Kar–soqov bolalarning 25% - 30% da eshitish nuqsonlari tug’ma bo’ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota – onalarning ichkilik ichib turishlari, onaning xomiladorlik davrida bilar – bilmas dori – darmonlarni iste’mol qilishlari (ayniqsa steptomitsin, xinin singari dorilarni), xomilaning shikaslanishlari; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishlaridagi patologik o’zgarishlar bo’lishi, masalan, eshitish yo’li atrofiyasining bituvi)[2.10.5].
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorlarining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o’tkazuvchi yo’llar yoki quloqning o’zidagi o’zgarishlar sabab bo’ladi. Bolaning ilk yoshida otit, paraotit (tepki), meningit, meningoinsifalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi xollarda kar-soqov yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin. Xozirgi kunda ekologiya masalalarining keng o’rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatorlariga turli zaxarli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib ayniqsa analizatorning o’tkazuvchi nervlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo’lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo’lmagan bolalar anomal bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Eshitish nuqsonlari bor o’smirlar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o’qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolani har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi, bog’cha va maktab dasturlarining o’zlashtirishda bir qator o’ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Kichik yoshdagi bolaning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so’ng masalan, ikki yoshida yo’qolganida ham, karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va xattoki bilganlarini ham asta – sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo’shilib u kar – soqov bo’lib qoladi. Bolaga o’z vaqtida maxsus yordam ko’rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo’ladi. Biroq nuqsonning o’rni to’ldirilib, boshqaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus pedagogik korrektsion sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etadi, ularni ham nutqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi.
Zaif eshtuvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi xamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o’qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim – tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar – soqov, tug’ma hamda keyinchalik eshitishida nuqsoni bo’lgan bo’lib qolgan bolalar kiradi. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’z navbatida eshitish qobiliyatining nechog’lik buzilganiga qarab yengil, o’rtacha va og’ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo’linadi. Yengil darajadagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar ovozi bilan gapirilgan nutqni 6–8 metr masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3–6 metr masofadan eshitadi. O’rta darajadagi qulog’i og’ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4–6 metr, ovozsiz shivirlab gapirilgan gapni 1–3 metr masofadan eshitadi. Og’ir darajadagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’rta me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 metr, shivirlab gapirilgan gapni 0,5 metr masofadan eshitadi xolos[2.10.77].
Qulog’i og’irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug’atining kambag’al bo’lishi, grammatik komponent rivojlanmagan – gap ichida so’zlarni tashlab ketish, so’zlarni noto’g’ri eshitish, ularni o’zaro bog’lay olmaslik, kelishik, so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilish – o’xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir.
Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim tarbiyachi va o’qituvchilar bolani dangasa, mahsuliyatsiz, bezori deb, unga noto’g’ri munosabatda bo’ladilar, natijada bola injiq, yig’loqi, serjaxl, gap o’tmas bo’lib qoladi, yahni unda ikkilamchi ruhiy o’zgarishlar paydo bo’ladi[2.19.98].
Yengil darajadagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar sog’lom tengdoshlari qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta’lim – tarbiya olishi mumkin. Biroq unga alohida munosabatda bo’lish, ular uchun qulay shart – sharoitlar yaratish talab etiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekistonda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb–hunar kollejlarida maxsus guruhlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan maktab–internatlarda maktabgacha tarbiya bo’limi hamda umumta’lim maktab bo’limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 9 yillik ta’limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki maktablarda ta’lim olganlaridan keyin oliy o’quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan barobar mehnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, to’la kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va o’qituvchilarning asosiy vazifalari – sog’lom bolalarni eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo’lsa, ularning “maxsus muassasalar” da ta’lim – tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etishni taminlashdan iborat[2.5.56].
Maxsus muassasalarda o’z fikrini og’zaki ifodalay olmasligini his etgan o’quvchi yozma shaklda bayon etishni bilishi kerak. Buning uchun o’quvchilarning o’z fikrini og’zaki, yozma bayon etishga o’rgatish amaliy nutqiy ko’nikma va malakalarni shakllantirirsh asosida amalga oshiriladi.
Kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarda so’zlashuv (og’zaki, yozma) nutqni shakillantirish yuzasidan dars va mashg’ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarni barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etadi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishi ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojini tug’duruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bo’yicha o’quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo’ladi, yani korrektsion – pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi[2.9.45].
Har bir dars uchun nutqiy materiallar korrektsion–komunikativ tizim tamoyillariga qa’tiy rioya qilgan xolda (o’quvchilarning eshitish, talaffuz qilish imkoniyatlariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapozoni yengil, oddiydan murakkabga, noo’xshashlikdan – o’xshashlikka boruvchi tartibda) tanlanadi va tayorlanadi.
So’zlashuv nutqiga extiyojini tarbiyalash oiladan boshlanishi, yahni maktabda egallagan nutqiy ko’nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustaxkamlanishi va o’quvchilar amalda (erkin, qo’rqmasdan, uyalmasdan) qo’llashlariga erishish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila ahzolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqati va iliq munosabati bolaning kegingi bosqich tahlim – tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita tahsir ko’rsatuvchi omillardan xisoblanadi.
Kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning nutqiy axboratni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u mahlum miqdorda bo’ladi) qoldig’idan optimal ravishda foydalanishga bog’liq bo’lganligi tufayli maxsus muassasalarda tahlimni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sniflar maxsus jixozlanadi. Yahni maktab – internat moddiy texnika negizining yo’nalishiga mos shakllanishi talab mazmunining samaradorligini oshiradi[2.9.90].
Kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar o’z ona tilini shu til qonuniyatlari, xsusiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruxiy, nutqiy imkoniyatlariga moslashtirilgan, korrektsion komunikativ tamoillarga asoslangan va maxalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondashuv asosida egallaydi.
Maxsus maktab – internatlarida tahlim – tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o’quvchilarning fikr maxsuli nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalashga o’rgatishda daktil belgilaridan tegishli bosqichlarida o’rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarda so’zlashuv (og’zaki,yozma) nutqni shakillantirishga ijtimoiy extiyoj sifatida yondashish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi[2.11.45].
Kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan bola jamiyatning to’laqonli ahzosi sifatida siyosiy, iqtisodiy va boshqa ijtimoiy munosabatlarining barchasida mehyorda rivojlangan, sog’lom tengqurlari qatorida o’z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o’zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tizimda muloqot qila olishi tahminlash mumkinligi amalda o’z isbotini topmoqda.
O’quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyatini rivojlantirish, o’z ona tilida sog’lom tengqurlari kabi so’zlashish, fikr almashtirishini shakllantirishga yo’naltirilgan o’quv – korrektsion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali takomillashtirilmoqda.
Kar va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktablari o’quv rejasiga Labdan o’qishko’nikmalarini shakillantirish va mustaxkamlash mashg’ulotlari kiritilgan[2.11.76].
Eshitishida muammosi bo’lgan bolalar maxsus maktab-internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar bilan jixozlanadi, sog’lomlashtirish bo’yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling