Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


Download 472.5 Kb.
bet14/30
Sana09.01.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1084764
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning

inklyuziv;

Konvensiyaning 6-moddasida shunday satrlar bor: “Tirik qolish va rivojlanish”. Bu modda mos keluvchi ta’limga taalluqli. Rivojlantiruvchi ta’lim 29-moddada ko’rsatilgan: “Ta’lim shaxsning yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirlgan bo’lishi, bolani yerkin jamiyatda faol yashashga tayyorlash kerak”.
2-va 28-moddalar inklyuziv ta’limga tegishli bo’lib, ularda kamsitishning olsini olish, ta’lim hamma uchun qobiliyatiga yarasha yekanligi belgilab qo’yilgan.
Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o’qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta’limda o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ta’lim tufayli maxsus ehtiyojli bolalar:

  • jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar;

  • ijtimoiy xulq va o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish malakalarini yaratadilar;

  • ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o’quv materiallarini o’zlashtiradilar;

  • tengqurlari bilan turli o’yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar;

  • jismoniy tarbiya darslarida shaxmat-shashka o’yinlari, turli sport

musobaqalarida vaqtni kuzatuvchi hakam yoki darvozabon bo’lishlari
mumkin;

  • do’stona muhitda do’st orttiradilar;

  • turli ko’ngilochar va bayramona dasturlarda ishtirok etadilar. Boshqa bolalar

esa;

  • do’stona muhitni yaratadilar;

  • maxsus ehtiyojli bolalarga g’amho’rlik qiladilar,ularni turli o’yinlarga jalb

qiladilar;

  • sinf tadbirlarida ishtirok etadilar;

  • tozalik va ozodalikni ta’minlaydilar;

  • jamoa oldida ma’suliyat hissini rivojlantiradilar;

  • didaktik va o’yin vositalarini tayyorlashda birgalikda ishtirok etadilar;

  • o’qituvchi va tarbiyachilar bolalarni bir-birlarining ichki dunyolarini

tushunishga o’rgatadilar;

  • har bir bolaning qobiliyati va imkoniyatini hisobga oladilar;

  • har bir bolada hayotiy malaka va mustaqillikni shakllantiradilar;

  • ishlarni tahlil qiladilar va baholaydilar;

  • ota-onalarga amaliy yordam ko’rsatadilar;

  • barcha bolalarga birdek bilim berib, tarbiyalaydilar;

Maktab darajasida integrasiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha o’zaro bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi. Markaziy omil o’quv dasturiga kiritish imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, o’qish uchun imkoniyat va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir.
O’qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish mavjud bo’lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish yetarli bo’lmaydi. Bunda o’quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta o’rganishlari kerak.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling