Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


Fedor Mixaylovich Dostoyevskiy


Download 472.5 Kb.
bet16/30
Sana09.01.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1084764
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning

Fedor Mixaylovich Dostoyevskiy (1821-1881)
Rus yozuvchisi. Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi.
F.M.Dostoyevskiyning ijodi rus va jahon adabiyotiga o`lkan ta’sir ko`rsatdi. Yoshlik yillaridanoq F.M.Dosgoyevskiyda epilepsiya kasalligi rivojlana boshladi va shu kasallik uni hayotdan olib ketdi.
Anri Tuluz-Lotrek (1864-1901)
Fransuz rassomi, litografi. Fransiyaning qadimiy aristokratik oilalaridan biriga mansub edi. O`smirlik davrida ikkala oyog`ini sindirib oldi va bir umrga nogiron bo`lib qoldi.
Erkin harakatlanish imkoniyatidan mahrum bo`lgan Lotrek o`zini rassmochilikka bagishladi. Sirkka va sirk artistlariga, velosipedchilar, jokeylar va boshqa sportchilarga bagishlangan rangli rasmlar va litografiyalar, o`z davrining mashhur akter va aktrisalarining portretlari uning mo`yqalamiga mansub. Tuluz- Lotrek birinchilardan bo`lib afisha yaratish ishiga jiddiy yondoshdi.U reklama plakati janrini baland san’at darajasiga ko`tardi.
Albert Eynshteyn (1879-1955)
Hozirgi zamon fizikasining inqilobiy rivojalinshini belgilab bergan XX asrning eng buyuk olimi. U, ayniqsa nisbiylik nazariyasining asoschisi sifatida keng sho’hrat qozongan. Eynshteyn kvant mexanikasining yaratilishiga, statik fizika va kosmologiyaning rivojlanishiga ham katta hissa qo`shdi. Eynshteyn disleksiya (nutq tovushlarini ajratmaslik) nutq kamchiligiga ega edi. Bu degani u tengdoshlari qatorida o`qiy olmas edi.
Franklin Ruzvelt (1888-1945)
1932 yildan 1945 yilgacha AQSh Prezidenti bo’lgan (bu lavozimga to’rt marta qayta saylangan va umrining oxirigacha shu lavozimda qolgan).
Nikolay Ostrovskiy (1904-1936)
O`tgan asrning boshida yashab ijod qilgan yirik rus yozuvchilaridan biri.
Yoshligida Sovet hokimiyatini o`rnatish uchun olib borilgan kurashlarda faol qatnashdi. 1919 yilda, y`ani 15 yoshida frontga ko`ngilli bo`lib ketdi. 1920 yilda ogir yaralanganidan keyin demobilizasiya qilindi va front ortida mehnat qildi. 1927 yilda frontda orttirilgan jarohatlar oqibatida u to`shakka mixlanib qoldi, ko`zi ham ko`rmay qoldi.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling