Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


Tajriba – sinov ishlarining yakuni va samaradorlik ko’rsatkichlari


Download 472.5 Kb.
bet19/30
Sana09.01.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1084764
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning

3.2.Tajriba – sinov ishlarining yakuni va samaradorlik ko’rsatkichlari.
Biz eshitishda nuqsoni bo’lgan o’smirlarning o’quv malakalarini shakllantirish jarayonini o’rganish, mazmuniy tuzilishi hamda ijtimoiy hayotdagi o’rnini qay tarzda davom ettirishi mumkinligini aniqladik. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda ta’kidlovchi tadqiqot natijalari asosida eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarning pedagogik malakalarini shakllantirish jarayonini o’rganish uchun interaktiv o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish va mehnat qobiliyatlarini aniqlash imkonini berdi.
Tajriba-sinov ishlarini Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar (Eshitishida nuqsoni bor bolalar) uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab-internatini tanlandi.
Maxsus maktabda mehnat darslarida o’quv jarayonlarini shakllantirishning bugungi xolatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish jarayonida S.I.Fomichev metodiksidan foydalandik[2.52.18]. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda quyidagi metodlardan foydalanildi:
- Belgilangan vazifalarga muofiq ravishda tadqiqot mavzusiga doir ilmiy va metodik adabiyotlar yuzasidan ma’lumotlarni o‘rganish;
-Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish xolatini o‘rganish.
Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishning bugungi xolatini eksperimental yo‘nalishda tadqiq etish rejalashtirildi. Maxsus maktabda mehnat darslarida o’quv jarayonlarini shakllantirishning bugungi xolatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot 9-sinf o‘quvchilarining mehnat malakalari va mazkur ish faoliyatlarida ijtimoiy hayotga kirishish malakasini tekshirdik. Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi o’smirlarni pedagogik malakalarini shakllantirishning bugungi xolatini o‘rganish quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutdi:
- Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi o’smirlarda o’quv malakasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- Maxsus maktabda mehnat darslarining potentsial imkoniyatlarini belgilash;
- Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi o’smirlarda konstruktorlash bo‘yicha pedagogik malakasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi o’smirlarda pedagogik malakalarini shakllantirish jarayonida predmet amaliy faoliyat xususiyatlarini aniqlash;
Tatqiqot jarayonida mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi o’smirlarda bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish jarayonini kuzatish, individual-psixologogik - pedogogogik eksperiment, metodlaridan foydalandik. Ta’kidlovchi eksperiment sakkizta topshiriq majmuasidan iborat bo‘lib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o’smirlarda mehnat darslaridagi faoliyat uchun zaruriy lug‘at boyligini aniqlash, material namunalarini shakli bo‘yicha farqlash, o‘lchov asboblaridan foydalanish, grafik namunaga ko‘ra konstruktorlash bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish aniqlashga qaratilgan.
Ta’kidlovchi eksperiment jarayonida o‘quvchilarning mehnat materiallari, mehnat qurollari, detallar, mehnat faoliyati ketma-ketligi bo‘yicha barcha nutqiy murojaatlari bayonnomaga qayd qilindi. Topshiriqlar majmuasi xarakteri va maqsadiga ko‘ra farqlandi:
1-Topshiriq: Mehnat faoliyati predmetlari haqidagi bilimlarni aniqlashga qaratilgan.
2-Topshiriq: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligining holatini aniqlashga qaratilgan.
3-Topshiriq: Mehnat quroli haqidagi tasavvurlarni aniqlashga qaratilgan.
4-Topshiriq: Shakl va hajmni idrok etish va nomlash hususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
5-Topshiriq: Nutqiy ko‘rsatma bo‘yicha topshiriqni bajarish malakasini aniqlashga qaratilgan.
6-Topshiriq: Mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish malakasini aniqlashga qaratilgan.
7-Topshiriq: “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida yig‘ish malakasini aniqlashga qaratilgan.
8-Topshiriq: “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida qo‘shimcha shart bilan yig‘ish malakasini aniqlashga qaratilgan.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling