1-Topshiriq:
Maqsad: Mehnat faoliyati predmetlari haqidagi bilimlarni aniqlash
Jihoz: Karton
Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga karton qog‘ozi beriladi va uni tasirlab berish so‘raladi.
Ko‘rsatma: “Kartonni diqqat bilan qarab chiq. Uni burchaklarini sanab chiq.”
Topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog karton qog‘ozi burchaklarni qo‘li bilan ko‘rsatadi va bolaga shu xarakat takrorlashni taklif etadi.
2-Topshiriq:
Maqsad: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligini holatini aniqlash
Jihoz: Karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari yozilgan kartochkalar
Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari yozilgan kartochkalar beriladi va shu so‘zlar ishtirokida gap tuzish so‘raladi.
Ko‘rsatma: “Karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari ishtirokida gap tuz” karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari yozilgan kartochkalar beriladi va shu so‘zlar ishtirokida gap tuzish. Topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog bolaga karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlaridan biri ishtirokida gap tuzib beradi va shu xarakatni takrorlash taklif etiladi.
3-Topshiriq:
Maqsad: Mehnat quroli haqidagi tasavvurlarni aniqlash
Jihoz: Qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich
Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich beriladi va ularni nomlash, belgilarni tasirlash so‘raladi.
Ko‘rsatma: “Mehnat qurollarini diqqat bilan qarab chiq va ular nima uchun ishlatilishini aytib ber”.
Topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog bolaga mehnat qurollarni birini nomlab, tavsiflab beradi va shu xarakatni takrorlashni taklif etiladi.
4-Topshiriq:
Maqsad: Shakl va hajmni idrok etish va nomlash hususiyatlarini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |