Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning
Download 472.5 Kb.
|
Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Topshiriq
- 3-Topshiriq
1-Topshiriq: Mehnat faoliyati predmetlari haqidagi bilimlarni aniqlash topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchiga karton qog‘ozi berildi va uni tavsiflab berish so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bor o‘quvchilarning 10 (50%) nafari mazkur vazifani mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bor o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog karton qog‘ozlarining burchaklarini qo‘li bilan ko‘rsatib, o’quvchiga shu xarakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 2 (20%) nafari kartonni diqqat bilan qarab chiqib, uning burchaklarini sanab chiqish vazifasini bajara olmadi.
2-Topshiriq: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligining holatini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari yozilgan kartochkalar berildi va shu so‘zlar ishtirokida gap tuzish so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 3 (30%) nafari karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari ishtirokida gap tuzdi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlaridan birini ishtirokida gap tuzib berib, bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etilgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 9 (90%) nafari qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari ishtirokida gap tuzish vazifasini bajara olmadi. 3-Topshiriq: Mehnat quroli haqidagi tassavurlarni aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich beriladi va ularni nomlash, belgilarni tavsiflash so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 3 (30%) nafari qaychi, qalam, yelim, chizg‘ichni nomlash, belgilarni tavsiflash vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga Mehnat qurollaridan birini nomlab, tavsiflab berib va bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 9 (90%) nafari qaychi, qalam, yelim, chizg‘ichni nomlash, belgilarni tavsiflash vazifasini bajara olmadi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling