Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


Imkoniyati cheklangan o’smirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning


Download 472.5 Kb.
bet15/30
Sana09.01.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1084764
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning

2.3. Imkoniyati cheklangan o’smirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning
mazmunini yoritish uchun nogironlikga ega bo`lgan mashhur shaxslar haqida ma`lumot


Iogann Volfgang Gyote (1749-1832)
Inson o’z organizmi yoki ruhiy holatining tahliliga o’ta berilib ketar ekan, u
albatta o’zini bemor deb e’tirof etadi.
Pifagor (e.av. 569-475 yy.) Yunon faylasufi va matematiki.
Sonlar nazariyasi, geometriya, astronomiya, asosiy musiqa
intervallarini aniqlashga oid va yana qator boshqa asarlar
Pifagor qalamiga mansub deb e’tirof etiladi. Geometriyaga oid
mashxur kashfiyotlaridan biri uning Pifagor teoremasi bo`lsa,
astronomiyada olim samoviy jismlar musiqadagi tovushlar
uygunligi (garmoniyasi) qonunlariga (“sferalar musiqasi"
konsepiiyasi) buysunadi deb hisoblar edi. Hozirgi zamon fani
hamon Pifagor kashfiyotlarini e’tiborga oladi. Ma’lum
bo`lishicha, olim epilepsiya kasalligiga duchor edi. Bu kasallik
unga tez-tez xuruj qilib turar edi.
Gay Yuliy Sezar (e.av.102-44 yy.)
Davlat arbori, yirik siyosatchi, sarkarda, yozuvchi. Gay Yuliy Sezar umrining oxirigacha Rimning yagona diktatori bo`lib qoldi va respublika boshqaruvini markazlashtirishga erishdi.
Admiral Gorapio Nelson
Buyuk dengiz sarkardasi. Dengiz janglarida u o’ng qo’li va o’ng ko’zidan
ajraldi, biroq bor kuchi bilan bo`lmasa-da, ishlashda davom etdi.
Lyudvig van Betxoven (1770-1827)
Nemis kompozitori. Ko`pchilik uni hamma davrlarning buyuk musiqachisi
deb hisoblaydi. Uning ijodini mutaxassislar goh klassisizm goh romantizm deb ataydilar. Biroq kompozitorning ijodiy merosi bunday ta’riflar chegarasiga sigmaydi: Betxovenning asarlari avvalambor uning buyuk shaxsining ifodasidir.
Uning eshitishida yoshligidanok muammolar paydo bo`lgan. Biroq rivojlanib borayotgan karlikka qaramay, u tengsiz musiqa yaratishda davom etgan. O`z ahvoli haqida matonatli kompozitor shunday degan edi: “Men jannatda eshitaman”.
Lord Bayron (1788-1824)
Ingliz romantik shoiri, Angliya peri, 1809 yildan lordlar palatasining a`zosi.
Uning ijodida hayotdan sovugan individualist-isyonchi, XIX asr boshidagi ijtimoiy fikrlar tashuvchisining obrazi yetakchilik qiladi.
Bayronning oyoq kafti suyaklari tug`ilganidan shikastlangan bo`lib, u oqsoqlanib yurar edi. Yoshligida u o`zining bu majruhligidan atrofdagilardan ko’p ruhiy aziyat ham chekkan.
Lui Brayl (1809-1852)
Fransuz pedagogi, ko`rlar uchun shrift ishlab chiqqan. Uch yoshidayoq Brayl ko`r bo`lib qolgan. O`n yoshida esa Parijdagi ko`rmaydigan yoshlar uchun Milliy institutning stipendiyasiga sazovor bo`lgan.
1829 yilda yigirma yoshli Brayl o`z ixtirosi - ko’rlar uchun yozuv sistemasi haqida matbuotda xabar berdi. Bu yozuv harflari qflin qog’ozning orqa tomonidan teshib bitiladigan oltita nuqta kombinasiyasidan iborat edi.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling